Alloh meni yaxshi ko'radi, chunki....  ( 35114 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ansora  03 Oktyabr 2009, 00:19:57

Ota-onamiz, yaqinlarimizning bizga bo'lgan sevgi-muhabbatlaridan hech shubha qilmas ekanmiz, bizga "onalarimizdan ham ming marotaba ko'proq shafqatli bo'lgan" Rabbimizning sevgisidan shubha etishim aslo mumkin emas.
Chunki meni yo'qdan bor etdi, Allohni eslab duo qilmagan paytlarimda ham meni eslab menga rizq berdi, duolarimni qabul etdi, O'Zİ'ga yo'nalishimga yana O'Zİ yordam berdi....

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  03 Oktyabr 2009, 00:45:14

Bazan İslom Dini haqida negadir qo'rqitadigan gaplar, "shuni qilma," "buni qilma", "Jahannamda yonasan," kabi so'zlar ko'proq ishlatiladi. Bu esa, nafaqat Musulmonlarni, boshqa dindan bo'lib, İslom dini haqida qiziqayotgan insonlarni ham qattiq qo'rqitadi, hatto uzoqlashtiradi.
İnson bolasi qo'rqqanini yaxshi ko'ra olmaydi, men har doim Allohni insonlarga bo'lgan g'azabini emas, shafqatining ustunligi bilan esladim.
Allohning O'Zİ bizlarga rahm aylasin.
Мен хам шу гапларга кушиламан. Дархакикат, куплаб насихатгуйлар А асулуллох С.а.в.нинг "Осонлаштиринглар кийинлаштирманглар, хушхабар беринглар нафрат килдирманглар..." деган муборак хадисларига амал килишмайди!!! Аукул уламолар-у, ишбоши рахбарлардан нафратланишга чорлаб куйишади.

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 00:56:33

Bugungina shu Hadis haqida, ho'jayinim bilan gaplashib turgandik. Katta rahmat, soyangizda Hadisi Sharifni osonlik bilan O'zbekchasini o'rganib oldim.

Oddiygina misol qilib aytadigan bo'lsak, bola yig'lagan payt, "jim bo'l, hozir doktor keladi," deb bazi ota-onalar bolasini qo'rqitish bilan jim qilmoqchi bo'ladi. Bolaning xayolida doktor-insonlarga shifo tarqatgan bir inson emas, jonni og'ritadigan, balkida dunyodagi eng vahshiy biri sifatida keladi va yillab buning ta'sirida qoladi.
Bolaga ilk kundan Alloh sevgisini tushuntira olish kerak. İnsoniylik tamaliga Alloh sevgisi otilgan bo'lsa, u ham boshqalarga nisbatan shafqatli, mehribon bo'ladi...


Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 01:31:58

Dinimizda: "Amallar niyatlarga ko'radir", degan so'z bor.

Alloh Taolo, biz bir yomon ishni qilaman, qilaman, desag-u lekin qilmasak, gunoh yozmas, bir yaxshi ishni qilaman, qilaman, desag-u lekin qilishga fursat topa olmasak ham albatta savob yozar ekan...

Ho'sh ayting-chi bu mehir, shafqat, quliga bo'lgan sevgi bo'lmay, boshqa nima?

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 01:38:57

Alloh ishqi uchun mehmat qil! Alloh ishqi uchun xizmat et!

Xalqning qabul etishi yoki rad etishi bilan sening nima ishing bor!

Bu dunyo bozorida senga mo'l mo'l qozondirgan mushtariy sifatida Alloh yetarli emasmi???

Allohdan oladiganlaring qarshisida senga insonlarning bergani nedir-ki???

U holda ko'zingni va ko'nglingni insonlardan keladigan tashakkurlarga emas,

Allohdan keladigan muvaffaqiyatga qarab o'gir!!!


Mavlono Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 01:43:43

Alloh sevgisi, mavsuzida Turkcha video uchun link:

http://video.google.com/videoplay?docid=-7786622069798478877#

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 01:49:41

Turklarda "Allah ashqi ichin", "Alloh ishqi uchun" degan ibora bor.

Bu iborani ishlatgan kishining har bir talabi bajariladi. Yani Allohning ishqini qozonish uchun hamma jonini fido qilishga tayyor...




Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 01:59:18

Haqiqiy Mo'min Allohning rizosini va Allohning o'ziga bo'lgan sevgisni yo'qotishdan juda qo'rqar ekan.

Yana haqiqiy Mo'min qo'rquv bilan umid orasida yashashi kerak ekan.

Umidsizlik shaytonning eng kuchli quroli ekan..

Rostdan ham shunday emasmi, bizni sevgan ota-onamizga doimo xizmat qilsak, ularning duolarini olsak deymiz. Bizni yomon xabarimizni eshitib, hafa bo'lishmasin, deb jonimiz halak bo'ladi.

Ki Allohning sevgisi, O'Zİ'ning muhabbati hammaning va hamma narsaning muhabbatidan ustun bo'lishi kerak ekan...

Rabbim bizlarga ham bu muhabbatni yana-da kuchayishini nasib etsin insholloh.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  03 Oktyabr 2009, 03:19:32

kapalak juda yahsi mavzu ochibsiz darhaqiqat Alloh bandasi sevadi hamda solih bandasini albat hadis bor bunga dalil:

Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: "œOlloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!" — degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: "œOlloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!" — degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir.

"Sahih al-Buxoriy"dan

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 10:28:59



Alloh-Taolo, Payg'ambarimiz (S.A.V) uchun yaratdi, bu dunyoni....

Bizlarga ham Allohning ishqi nasib etsin insholloh....

Qayd etilgan