Alloh meni yaxshi ko'radi, chunki....  ( 35108 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ansora  03 Oktyabr 2009, 12:29:10

İmom-i G'azzoliy, Hadis-i Shariflarning birida shunday deyilganini aytadi:
"Ya Rabbim, O'ZİNGNİNG sevgingni, seni sevganlarning sevgisini, sevgingga qovushtiradigan ishlarning sevgisini nasi et va sevgingni (chanqog'dan yonib suvni orzu etgan kishiday) men uchun sovuq suvdan-da qadrli ayla"

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 12:33:27

Ulug' zotlardan biri aytadi: "Bir kimsa Allohni yaxshi ko'rsa, bilsin-ki Alloh-i Taolo ham uni yaxshi ko'radi".
"Men Alloh Taoloni yaxshi ko'raman, deb o'ylardim. Holbuki, Alloh meni yaxshi ko'rar ekan..."

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 12:46:04

Hadis-i Sharifning birida shunday deyiladi:
"Alloh Taolo Hazrati Dovud (a.s) ga shunday hitob etib buyurdi: "Ey Dovud! Mening zikrim, meni zikr etganlar, Jannatim, menga itoat etganlar, sevgim esa menga oshiq bo'lganlar uchundir; ammo men esa asl meni sevganlar uchunman." ( Bihar-ul Envar, 98 Jild, 226 sahifa)

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 12:51:41

Hazrati İmom Sodiq (a.s) shunday rivoyat qilgan ekanlar:

"Sevgi qorquvdan ustundir". (Bihar-ul Envar. 78 chi Jild, 226 sahifa)

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 13:11:48



Namoz g'aflattan uyg'onishdir
Namoz zulmga hayqirishdir

Namoz inson kabi boqishdir
Namoz zulmga hayqirishdir

Namoz Azonga sig'inishdir
Namoz Takbir'ga sho'ng'ishdir
Namoz nafsni yiqishdir


Namoz jaholatni oshish
Namoz jaholatni "osish"
Namoz jaholayni yoqmodir

Rabbimiz, senga bo'lgan ishqimizni, senga bo'ysinib, namozda ko'rsatgan holda, sajdada senga yana-da yaqinlashish ne'matidan mahrum etma bizlarni...

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 13:25:33

Duo

Ey Buyuk Allohim, shu qorong'u yo'llarni
Bizni Sen'ga yetkazgan yo'llardan ayla

Jahl bilan qovushgan qo'llarni
Bir-birini quchog'lagan qo'llar ayla

Muhabbating qalbimizda ishtiyoq bo'lsin
Aytganlarimiz Haqqa borgan iz bo'lsin

Qarshimizdagi jarlar, tep-tekis yo'llar bo'lsin
Yo'limizdagi tikonlarni atirgul et Ya Rabbim!

Dalolatga tashlab qo'yib insonni
Etma Arsh'ning eng qo'rqinch hayvoni,

Unuttirma, to'g'rilikni, vijdonni
Bizni senga loyiq qullar ayla, Ya Rabbim!



O'rxan Seyfi O'rxon'dan (Turk, Milliy shoiri)





Qayd etilgan


lolo  04 Oktyabr 2009, 11:15:28

Assalamu alaykum! Bir hadisni uchratdim, shu mavzuga aloqasi bor ekan:

Анас родисллоҳу анҳудан ривост қилинади. А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Агар Аллоҳ бир бандасига схшиликни хоҳласа, азобини бу дунёдаёқ бериб қссди. Агар Аллоҳ бандасига ёмонликни хоҳласа, унинг гуноҳини ушлаб туриб, Қиёмат бслганда тсла-тскис қилиб (жазосини) беради. Улуғ мукофот катта нарса билан балоланганларга берилади. Аллоҳ таоло бирор қавмни схши ксрса, уларни балолантириб қссди. Ким бунга рози бслса, у учун розилик (ёзилади). Ким ғазаб қилса, унга ғазаб (ёзилади)», дедилар. Имом Термизий ривостлари.

Musulmon odam qancha iymoni, ihlosi, taqvosi oshib solih amallarni ko'paytirib borsa shuncha ko'p qiyin sinovlarga, qiyinchiliklarga uchrashi ko'p kuzatiladi. Alloh barchamizni chiroyli sabr qiluvchi, birovga nolimaydigan iffatli qilsin.

Qayd etilgan


Ansora  04 Oktyabr 2009, 13:11:11

Bolaligimda Alloh faqat yaxshi ko'rganlariga yaxshilik beradi, deb o'ylardim. Lekin yoshim ulg'aygan sari buning ancha farqli ekanligini ko'rdim. Hayotning bir imtixondan iborat ekanligini, bu dunyoning yolg'onchi, sun'iy dunyo ekanligini anglay boshladim. Bolaligmda ayamning nima uchun "O'zingga shukr" deb tez tez takrorlashlarini tushunmasdim, yaxshi yoki yomon voqea yuz bersin, hammasiga ayni javobni eshitardim.
Endi bo'lsa, men ham shunday duo qilyabman: "Allohim, sinovlaring qarshisida O'zingga isyon qilishdan saqla meni", ko'taraolmaydigan yukimni berma".

Albatta inson bolasi oddiygina shahsiy hayotimizda ham o'zimiz yaxshi ko'rgan narsalarni bir narsa qarshiligida ega bo'lmiz. Ki bu Alloh sevgisidir, Alloh ishqidir, Alloh muhabbatidir. Unga ega bo'lish oson bo'lmasa, kerak.
Lekin men yuqorida ham ko'p ko'p takrorlaganimday, men Allohning shafqat, marhamat yonini ko'proq o'ylayman. Turkiyada ko'p eshitgan gaplarimdan biri: "Musulmon huddi bugun o'ladiganday narigi dunyoga, hech o'lmaydiganday bu dunyoga "yopishishi" kerak" . Bu ikki zit tushunchada aslida (men uchun tabii, darrov ters fikr aqlingizga kelmasin) men uchun olam-olam ma'no bor.
Bu dunyoga yolg'onchi, soxta dunyo, deymiz, lekin agar yetarlicha jiddiyga ham olishimiz kerak. Chunki Boqiy dunyodagi joyimizni bu dunyoda qozonamiz. Qanday qilib bu dunyoda qarshimizga chiqqan voqealarga ko'rsatgan sabr-bardoshimiz orqali.  
Rabbim, O'Zİga bo'lgan ishqimni yana ham ortirsin, Mavlono Jaloliddin Rumiyning aytganiday, Menga Allohning nazari yetar!

Qayd etilgan


Ansora  04 Oktyabr 2009, 21:35:51

Shoirning duosi:

Qullarga tarqatdik hos sevgimizni
Ko'zlarga taqadik ko'zlarimizni
To'pladik, yo’q etdik qiziqishlarni
G'aflatda qoraytirdik o'zligimizni

Sevgi  tutqol, e’tibor esa uni tutgaydir
Yolg’on-u ihonat ishqni yutgaydir
Rabbimi qulga qulni O’ZİNG uyaltir
İlming bilan kuchlantir so’zlarimizni

Madad ber, ko’ngilda sevging poklansin
Qalbimiz Sen'ing ishqingla to’lsin
Taqvo hijobiga ruhlar o’ransin
Badanga qovushtir ko’zlarimizni

Har go’zalga ko’ngil berdik "tarqaldik"
Nuring ila, iymonla yozib-chizaylik
Haq İshqini qator qator tizaylik
Firdavs Jannatingda biz ham kezaylik

Jamolingla nurlantir yuzlarimizni

Tutqol-ushlab,yopishtirib turadigan modda (majoziy ma'noda ishlatilgan)
Onur Bilge (Turk shoiri)

Qayd etilgan


Ansora  04 Oktyabr 2009, 22:26:20

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
Otar qalbim, Alloh, Alloh.

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
Ochar qalbim, Alloh, Alloh.

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
Boqar ko'zim, Alloh, Alloh.

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
Sevar ko'nglim, Alloh, Alloh.

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
Tinglar jonim, Alloh, Alloh.

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
So'ylar tilim, Alloh, Alloh.

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
Yonar o'zim, Alloh, Alloh.

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
Qidirar ko'nglim, Alloh, Alloh.

Alloh, Alloh, Alloh, Alloh,
Derdi Jamol, Alloh, Alloh.

Jamoliddin Gurpınar (Turk shoiri)



Qayd etilgan