Allohim! Meni Musulmon qilib yaratganing, O'zingni yo'lingda, yiqilib-turtilib bo'lsa ham yurishni nasib etganing uchun minglab shukrlar bo'lsin.
Dunyoda milyardlab insonlar yashamoqda xozirgi kunda. Turfa xil Din, e'tiqodga egalar. Lekin Sen meni, oilamni O'zingni Haq Diningda yaratding. Menga ato etgan joning, badanim bilan birga yaratganing nafsim bilan "cho'llarda sarson-sargardon" qilmading ey Rabbim. Bu ham bo'lsa, menga bo'lgan shafqat-muhabbatingning bir ko'rsatgichi emasmi...
Ey Yaratguvchim! Menga ato etgan jon bilan- bizlar uchun eng buyuk imtihon kunida faqat Sen'ing yo'lingda xizmat etgan shaklda, unga hech qanday shaytoniy o'y-fikrlar aralashmagan holda, Sen eng boshda musaffo yaratgan go'zalligingda Sen'ing huzuringga chiqishni nasib et Yo Rabbim!!!
Shularni o'ylasam o'zimdan o'zim titray boshlayman...So'nggi nafasimda ham iymonimizdan ayrilmagan, shaytonga hay bergan holda jon berishni Sen'dangina yolvorib tilayman Ey Yaratguvchim!!!