Alloh meni yaxshi ko'radi, chunki....  ( 35104 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ansora  08 Noyabr 2009, 12:35:40

Kechagina o'qigandim asli Turkcha, tarjimasi shunday:

"Yo Rabbim, men senga qarshi isyonlarim bilan

Sen esa bizlarga bo'lgan Marhamating bilan Mashhursan"....

Qayd etilgan


registan  11 Noyabr 2009, 12:07:50

Hadisi qudsiyda aytilishicha, bir banda "Ey Alloh senga o'zingning buyukliging qadar hamd bo'lsin" deb Allohga hamd aytarkan. Yaxshi amallarni yozadigan farishta nima yozishni bilmay, hayron qolarkan (Rostdan ham Allohning buyukligi qadar hamd qancha bo'ladi?). Shundan keyin Allohga yuzlanib "Ey Alloh bir bandang senga shunday hamd aytdiki men nima yozishni bilmay qoldim" derkan. Hamma narsani bilib turguvchi Alloh bilib turib so'rarkan, "Bandam menga nima deb hamd aytdi?". "Ey Alloh senga o'zingning buyukliging qadar hamd bo'lsin" dedi. Shunda haq taolo "U qanday aytgan bo'lsa shunday yozib qo'y, qiyomatda u bandam menga yuzlangan vaqtda, ajrini mening o'zim beraman" degan ekan. Shuning uchun do'stlar kelinglar Allohga ko'proq hamd aytaylik, zora Allohni sevguvchi va Alloh sevguvchilardan bo'lsak.

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2009, 14:34:00

Kecha bir marketdan yangi 2010 chi yil uchun devor taqvimi hadiya etishdi. Taqvim 30x40 kattaligida bir plakatdan va 365 kunga mo'ljallangan kitobchadan iborat.
Plakatda Makkai-Mukarramaning rasmi va yuqorida Fariddidin Attorga oid shu so'zlar bor edi:

"Agar ko'nglingni bu dunyoda U'ning ishqi bilan yoqqan bo'lsang, nima uchun Jahannamda yonasan-ki" .....

So'zni o'qib juda ta'sirlandim.

Rabbim qalblarimizni U'ninq ishqi bilan to'ldirsin, eng buyuk muhabbatimiz faqatgina O'zigagina bo'lishini nasib etsin inshalloh....

*********************************************************


Yarim kechasi uyqum o'chib ketdi...Birdan "Allohdan qanchalik qo'rqaman, men uning amrlarini bajar oldim-mi", degan xayol uyqusirab turgan miyyam va tanamni qoplab oldi....Rostdan ham qo'rqinchli xolat...

Allohim, sen bizdan shafqatu-marhamatingni ayama, bir duoda aytilganiday:

"Sen jazolantiradigan boshqa qul topishing mumkin, lekin meni avf etadigan boshqa Allohim yo'q! "............

Qayd etilgan


siddiqa  12 Dekabr 2009, 14:46:30

Payg'ambarimiz sav davat qilganlarida ilk so'zlari
Iloh yo'q   Allohdan boshqa bu kalimani biz Allohdan boshqa iloh yo'q deb o'zbekchada tarjima qilinar ekan ,
arablarda esa bu so'zlar taasirli chiqishi o'laroq va 360 butni chippakka chiqarish uchun ham iloh yo'q Allohdan boshqa deb aytilar ekan .

Alloh bizni yahshi ko'radi va biz musulmonmiz .
lekin.....
Allohim tavhidni aytdikk,musulmonmiz dedik ,amallarimiz o'zinga ayon ,bizlarni arshing soyasidan o'sha kuni uzoqlashtirma ,kechir ...........Sattor isming ila bizlarni bilib bilmay qilgan gunohlarimizni satr qil .

Qayd etilgan


Akbarjоn  12 Dekabr 2009, 16:10:54

 :as:
     Insonni u meni yaxshi ko'radi deyishlik yaxshimasdir ammo Allohni meni yaxshi ko'radi deyishlik menimcha yaxshi xolat, bu mening nazarimda Allohga bo'lgan intilishni kuchaytiradi, iymonni mustaxkamlaydi (yaxshi ko'rishiga ishonish ko'payadi) xamda Alloga ibodatda qoyim bo'lishga undydi
Vallohi A'lam

     Shundan kelib chiqqan xolda men ham shuni aytishim mumkinki, meni (barchamizni) Alloh yaxshi ko'radi, buning isboti sifatida ko'p dalillar keltirishim mumkin, masalan:
    - Eng asosiy ta'kidlamoqchi bo'lgan narsam, meni islomda bunyod qildi, tilimdan tavxid kalimasini ayttirib dilim bilan tasdiqlatti, Alhamdulilloh.
    - Menga vaqti vaqti bilan kir bo'lgan kishi yuvinib poklangani kabi, gunohlarimdan poklanishim uchun sababar yaratib qo'ydi, Juma nomozi, Xayit nomozlari, Qadr kechasini va boshqa sabablarni.
    - Shuningdek alohida ta'kidlab o'tishim joizki Allohim gunohlarimga kaforot bo'lishligi uchun vaqti vaqti bilan dard berib turyabdi, Firavinni Alloh yomon ko'rganligidan unga xech qanday dard bermagan ekan, qilgan gunohlarini jazosini bu dunyoda olib qolmasin uchun, xattoki tishi xam og'rimagan ekan, qurtlamagan ekan. Dard bergan Allohimga shukurlar bo'lsin, meni yaxshi korarkan, gunohlarimni xaqqini bu dunyoda beribdi. Rasulilloh SAV aytgan ekanlar, xattoki oyog'ingizga sanchilgan bir tikan xam bu dunyodagi gunohingizga kafforat bo'ladi deb.
     - Biror bir ma'siyatga, gunohgga qo'l urayotganimda (bilib bilmasdan) Alloh ogohlantiruvchi xabar yuboradi, xattoki bir nehca  marttalab yuboradi, shu ishdan qaytishlikka ogohlantirish belgisi sifatida. Alloh suygan badasini oxiratning ofatlaridan asrashlik uchun bu dunyoda undan qaytishga undovchi sabablar belgilar ko'rsatib qoyadi, magaram oqil kishilargina anglasa.
     - Allohim o'ziga begona qilmaslik uchun o'zini doimo yodimda tutib yurishligim uchun tashvishlar berib turadi, Allohga shukur!. Zikrini takrorlab turishimga sabablar topib berayotgani uchun ham.

Alloh barchamizni barcha mo'min musulmonlarni yaxshi ko'rdi, bir o'ylab ko'ring, exxe sabablarni qanchasini topasizu...



Qayd etilgan


Ansora  07 Aprel 2010, 22:12:21

Allohim! Meni Musulmon qilib yaratganing, O'zingni yo'lingda, yiqilib-turtilib bo'lsa ham yurishni nasib etganing uchun minglab shukrlar bo'lsin.

Dunyoda milyardlab insonlar yashamoqda xozirgi kunda. Turfa xil Din, e'tiqodga egalar. Lekin Sen meni, oilamni O'zingni Haq Diningda yaratding. Menga ato etgan joning, badanim bilan birga yaratganing nafsim bilan "cho'llarda sarson-sargardon" qilmading ey Rabbim. Bu ham bo'lsa, menga bo'lgan shafqat-muhabbatingning bir ko'rsatgichi emasmi...

Ey Yaratguvchim! Menga ato etgan jon bilan- bizlar uchun eng buyuk imtihon kunida faqat Sen'ing yo'lingda xizmat etgan shaklda, unga hech qanday shaytoniy o'y-fikrlar aralashmagan holda, Sen eng boshda musaffo yaratgan go'zalligingda Sen'ing huzuringga chiqishni nasib et Yo Rabbim!!!

Shularni o'ylasam o'zimdan o'zim titray boshlayman...So'nggi nafasimda ham iymonimizdan ayrilmagan, shaytonga hay bergan holda jon berishni Sen'dangina yolvorib tilayman Ey Yaratguvchim!!!

Qayd etilgan


BelleQizcha  10 Aprel 2010, 08:59:38

Judayam chiroli savol bobti..
Allah meni sevadi chunki Men Musulmonman.. Ibodadta.. Hudoga shukur.

Qayd etilgan


UzMuslim  10 Aprel 2010, 18:32:44

Alloh Barcha Muslim Va Muslimalarni Yaxshi Ko'radi chunki ular doim Ibodatda Yuradilar,Boshlariga nimayiki Qiyinchilik kelsa Allohdan deb biladilar va Undangina Yordam so'reydilar.Barchamiz Alloh Sevadigan Bandalardan Bo'laylik...

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2012, 13:26:08

Rabbim, sevgingdan noumid qilma, va doimo "Alloh meni yaxshi ko'radi", deyishni nasib et. Chunki bu sinov dunyosida biz ojiz qullaringni oyoqda tutgan SEN'ing sevgingdir...

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  15 Yanvar 2012, 13:51:26

Men bir mavezada eshitkandim qori aka olloh muhabbatini shunday tasvirlap bergandila.
Ota ona uz bolasini qanchalik yahshi kuradi uni yeru kukga ishonmaydi ona bolasini qornida 9oy kutarib yuradi vujudini bir parchasi bulib ajralib chqadi unga mehr beradi. Ota uz farzandida qoni oqayotkanini bladi uni pushti kamaridan bulganlgi uchun uni yahshi kuradi mehr beradi avaylap ustiradi.
Ota ona unga uz farzandilgi uchun ularni shu hayotdagi vasifaslgi uchun yahshi kuradi.indi olloh bolaga jon ato etadi suratini yaratida unga uz ruhini beradi shuning uchunam olloh bizni yahshi kuradi adashmastan tug'ri yulda ketishi uchun payg'ambarlarini elchi qlib junatadi bandam jahannamda kuymasin tanasi va ruhi ozor chekmasin diydi

Qayd etilgan