Muallif Mavzu: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.  ( 6408 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« : 15 Iyul 2006, 12:36:46 »
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh.
Keling aziz birodarlar, aka opalar bu bo'limda bugungi kundagi musulmonlarimizni kamchiliklari, illatlari va odat bo'lib qolgan yomon hislatlari haqida fikr yuritib uni bartaraf qilish yo'llarini birgalikda topishga harakat qilamiz. O'zimizdagi va birodarlarimizdagi bunday fe'llarni  yo'qotish va bu kasalliklarni davolash yo'llarini Rasululloh s.a.v. va Ashobi Kirom,larning hayotlaridan o'rnak olib hammamiz hamjihat harakat qilaylik. Bizni bunday yomon hislatlarimiz Buyuk va Sof dinimiz Islomga dog' bo'lib tushmasligiga harakat qilaylik. Hammamizni bir zaif tomonimiz bor albatta. Bu zaif tomonlarimizni diniy-ma'rifiy manbalarda keltilgan dalillar va bunday kaslliklardan qutulish yo'llarini bir-birimizga ilinib yo'qotib, buyuk iymon va mukammal ibodat qiluvchilar safiga qo'shilamiz, Inshaaloh.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #1 : 15 Iyul 2006, 12:53:33 »
Eng katta dard.
Iymon nuri zaifligi bizning eng katta kasalligimizdir. Shu tufayli musulmonchiligimizda ko'p nohush holatlar yuzaga kelmoqda. Millatning zaifligi,moddiy va ma'naviy jabhalarda inqiroz, boshqalarga ko'r-ko'rona ergashish kabi ishlarning ildizi aynan iymonning zaifligidir va e'toqidning sustligiga borib taqaladi. quyida shu dardning belgi-ko'rinishlari, uni keltirib chiqaradigan sabablar va muolaja yo'llari haqida qisqacha ma'lumotlar beramiz. Biz bilan birga iymonlashib, sirlashib bunday kaslliklarga qarshi birga kurashasizlar degan umiddamiz. Zora, nafslarimiz kaslligini anglab, undan qutulish harakatiga tushsak.
IYMON NURINI ZAIFLASHTIRUVCHI OMILLAR.
1.Iymoniy muhitdan chetlashish.
2.Solih kishilardan uzoqlashish.
3.Shar'iy ilmga e'tiborsizlik.
4.Gunohkorlar davralariga kirish.
5.Dunyoga havas qo'yish.
6.Musulmonlar jamoasidan uzoqlashish.
7.Diniy - ma'rifiy adabiyotlarni o'qimizlik.

E'TIQOD ZAIFLIGINI ALOMATLARI.
1.Haromga qo'l urish.
2.Dilning qotishi.
3.Ibodatlarda sustkashlik.
4.Fe'li torlik,ziqnalik.
5.Qur'on Karimni o'qib ta'sirlanmaslik.
6.Allohning zikridan g'ofil bo'lish.
7.Harom ishlarni ko'rganda g'zablanmaslik.
8.Makruh amallardan saqlanmaslik.
9.Kichik ko'ringan savobli ishlarga beparvo bo'lish.
10.Birodarlariga yetgan ziyon-musibatlardan qayg'urmaslik.
11.Dini,dindoshlari oldidagi mas'uliyatni his etmaslik.
12.Musibatlarga sabr qilmaslik.
13.Rohat-farog'atga ortiqcha e'tibor berish.
Nafsida mana shu holatlardan ba'zilarini topgan kishi o'nglanish sari qadam qo'ymasa, ohir oqibat kufr to'riga ilinib qolishi mumkin.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

mubashshir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Erkak
  • "Mo'minlar hech shak-shubhasiz og'a-inilardir!"
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #2 : 15 Iyul 2006, 13:06:25 »
IYMON ZAIFLIGINI MUOLAJA QILISH.
1.Qur'on ma'nolarini tadabbur qilish.
2.Alloh taoloning buyukligini fikr qilish.
3.Shar'iy ilmlarni talab qilish.
4.Solih amallar qilishga shoshilish.
5.Ezgu ishlarda jiddiyat bilan bardavom bo'lish.
6.Ibodatlar Alloh huzurida qabul bo'lishini umid qilish bilan birga, qabul bo'lmy qolishidan ham havfsirash.
7.Hunuk oqibatdan qo'rqish.
8.O'limni ko'p eslash.
9.Ohirat ishlarini ko'p o'ylash.
10.Allohning oyat-mo'jizalari haqida tafakku qilish.
11. Allohga tavba tazarru qilish.
12.Orzu-havasni kam qilish.
13.Alloh uchun yahshi ko'rish va yomon ko'rish.
14.Tavozu'li bo'lish.
E'tiqodi sustlashib qolgan kishi dastlab bu ishlarni bajarishga qiynaladi.Bajara boshlaganida ham, davomli bo'lish, mahkam turish og'ir kechadi.Ammo sabr matonat bilan, Allohdan tavfiqu hidoyat so'rab jiddu jahd qilsa, inshaalloh, iymon nuri ziyodalashib,haq yo'liga tushib ketadi.
"Mo'min va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar. Ular yahshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar".( Tavba,71).

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #3 : 16 Iyul 2006, 11:00:53 »
Assalamu alaykum.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Juda ham savobli ishni boshlabsiz.
Bu orqali har birimiz o'zimidagi
iymonimizdagi zaifliklarni anglab bartaraf qilishimiz lozim.
Inson o'zidagi kamchiliklarni ko'rmaydi.
Shunday narsalarni o'qisa, o'zidagi illatlarni anglashi mumkin.
Sizga Alloh yor bo'lsin.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #4 : 23 Iyul 2006, 07:56:41 »
Bugunning gapi.
Rasululloh s.a.v.qabristonni ziyorat qilib turishni, u bizga o'limni eslatishini aytganlar. Ulug'salaflarimiz bu o'gitga ko'ra tez-tez mozotrlarni ziyorat qilishgan, u yerga kirganlarida yig'lashgan,u yerdan chiqqanlarida ham yig'lashgan, qabrda yotganlarning holini tafakkur qilib bir necha kunlab ovqat yeyolmay qolishgan....
9 may - hotira kuni ko'plar qatori men ham qabristonga ziyoratga chiqdim. Odam ko'p. Katta - kichik, hotin-halaj, qari-yosh. Kimdir qabr ustini supurgan, kimdir o'tlarni yulgan, yana kimdir tilovat qilgan...Umumiy bir narsani angladimki, bizda boshqa odoblar qatori qabriston ziyorati odobi ham unutiliobdi. Ziyoratchilarning aksari mozorga kirganda o'qiladigan:"Assalamu alaykum, ey, ahli qabr, sizlar oldin ketdingizlar, Inshaalloh, biz ham ortingizdan borurmiz", degan duoni bilmasligi aniq. Shuningdek, qabr ustida o't - o'lanlar o'sib turishi ahyrlik ekanligini ham bilishmaydi. Shuning uchun o't-o'lanlarni yulib, o'zlaricha "tozalab" qo'yishmoqda. Holbuki, Rasululloh s.a.v. bir qabr ustiga ikki ho'l navdani sanchib u navdalar qurigunicha qabrda yotganlar uchun salovat aytib turishini va qabrda yotgan kishiga yengillik bo'lishini aytganlar. Eng katta odobsizlik esa, ayollarning kiyinishida ekanligini ko'rdim. Aksari boshyalang.Hatto to'yhonaga kelgandek upa-elik qilgan. Oralarida yengsiz, yelkasi, qorni ochiq,etagi kesik ko'ylaklar,shim, tor, harir liboslar, kalta yubka kiyganlari ham bor.Katta ko'chada-ku ularning  bu yurishiga ko'nikdik, ammo qabristonda ham bu holatlarni ko'rib alhazar deysiz. Rasululloh s.a.v.dan eng aqlli mo'min kim ekanligini so'rashganda:O'limni ko'p esalaydigan va unga tayyorgarlik ko'radigan",deb javob berganlar.(Bayhaqiy rivoyati)Shunday ekan, har kim o'limidan keyini uchun tayyorgarligini ko'rsin. Ushbu yozilganlar unutganlarga eslatma, bilmaganlarga bilimdir. BIz bo'ynimizdan soqit qildik.
Sunnatulloh tayyorlagan.
"musulmonlar taqvim kitobidan".
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #5 : 23 Iyul 2006, 08:13:09 »
Zamonaviy ayol qanday bo'lishi kerak?
Hozir shaharlarimiz ko'chalarida yurar ekansiz  aslimizga begona bo'lgan bir holatni ochiq ko'rasiz. Qizlarimiz, singillarimiz va hatto katta opalarimiz ham yarim yalang'och o'z qomatlarini ko'z-ko'z qilib yurishibdi. B u holaridan esa hech tortinishayotgani,iymanishayotgani yo'q. Balik o'zlarini zamonaviy, madaniyatli bilib mag'rurlanishmoqda. Aslida zamonaviylik nima?
Zamon - Allohniki. U o'zgarib, boshqa zamon bo'lib qolgani yo'q, o'z holida tiribdi. Lekin insonlar erkaklar va ayollar o'zgaryapti. Eng so'nggi modada kiyinish eng so'nggi qiliqlar bilan hulqlanish ularga zamonaviylik bo'lib ko'rinmoqda. Aslida ularni bu holidan zamonu - zamin ham zor yig'layotgandir. Zamon Alohniki bo'lar ekan, Uning buyruqlarini bajarish, qaytarganlarida qaytish chin ma'nodagi zamonaviylik bo'lmaydimi?
Agar zamonaviylik yangilik ma'nosida tushuniladigan bo'lsa, unda shaytonning ketidan yurishlar, o'zgalarga taqlid qilish, ma'siyat botqog'iga botishlar eskirmadimikan? Har qanday yangilik asiralari haqiqiy yangilikka - Allohning diniga, toatiga ham bir bor qiziqib ko'rmaydilarmi?Yangicha fikr yuritib - Alloh ularni nima uchun yaratganini, aql-idrokni nega berganini, yashashdan maqsad nima ekanini yangichasiga ko'rmaydilarmi? Balki ayollarimiz shunda chin ma'noda zamonaviy bo'lib shaytonning sarqit yo'llaridan voz kecharlar, haqiqiy yangilikka - to Qiyomatgacha eskirmaydigan Allohning diniga qaytarlar, hayo, iymon sohibalariga aylanishar. Rasululloh s.a.v.ning:"Hayo - Iymondandir"degan o'gitlarini yodda tutarlar....
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Maysara

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 195
  • -oldi: 335
  • Xabarlar: 181
  • Jins: Ayol
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #6 : 24 Mart 2012, 10:39:35 »
 :asl3:

Hozir köplar: mana shu ishni qilib olsam, söng xotirjam yashayman, deb öylaydi. Ammo u oxirgisi deb öylagan ishi yana ancha qöshimcha yumushlarni yetaklab keladi. Odam dunyoning hamma jihozlariga erishadi, ammo hayotdan orom, taskin topolmaydi - buni hamma narsaga erishgan kishilar ham, turli xalqlar ham tan olishyapti.

Tinchlik-hotirjamlikka faqat Allohga ihlos bilangina erishiladi. Har soatda, har soniyada Uning birligini, borligini öylab, hamisha Undan qörqib, har bir ishda Unga tavakkul qilgan qalblargina hotirjamlikka yetishadi.

Mömin kishi öziga yetgan balo-musibatlarga Alloh uchun sabr qiladi. Alloh berganiga rozi böladi. Yaxshi kunlarida ham Allohga hamd aytadi. Uning amriga sodiq qoladi. Mabodo uni yomonlab, malomat qilishsa ham hotirjam turaveradi. Agar odamlar uni maqtab, köklarga kötarishsa ham kibrlanib ketmaydi.

Bunday möminning hayoti faqat hotirjamlikda kechadi. Shuning uchun jon taslim qilayotganida unga: "Ey hotirjam nafs!" (Fajr 27), deb nido qilinadi. Buning mukofotiga u jannat bilan taqdirlanadi. Chunki jannat xotirjamlik, osoyishtalik, orom va taskin diyoridir. Bu ulkan mukofotga u Alloh yölida xolis, yaxshi amallar qilgani uchun erishadi.

TAQVIM kitobidan

Best friend

  • Mehmon
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #7 : 05 May 2012, 19:24:21 »
 Кунлардан бирида мен турмуш ўртоғим билан Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳивасаллам ҳақида суҳбатни бошладик, шу пайт унинг овози қалтираб, деди: - Субҳаналлоҳ… Бугун масжидда биродарим бир ҳикояни айтиб берди… Ўзининг укаси ҳақидаги ҳикоя. Бу биродарим доим саҳобалар, уларнинг иймони, бизга қараганда улар қанчалик юқори мавқеда турганлиги ҳақида гапирар эди, шунда бир куни унинг укаси чидамади-да, норозилик оҳангида деди: “Субҳаналлоҳ, саҳобалар, саҳобалар… Ҳа албатта, аммо биз ҳам Аллоҳ учун ҳаракат қилмоқдамиз-ку, субҳаналлоҳ! Биз ҳам Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни яхши кўрамиз, биз ҳам…” У биродар укаси билан тортишмади, фақат туриб, чиқиб кетди. Бироз вақт ўтиб у укаси билан кўришганда, унда катта ўзгаришлар пайдо бўлганлигини сезди. “Нима бўлди?” деган саволга жавобан у ҳикоясини бошлади: “Ўша куни, сен билан саҳобалар ҳақида мунозара қилганимдан сўнг, кечаси туш кўрдим. Тушимда бир автобус кўрдим, унинг ичида мен саҳобалар билан бирга кетаётган эканман. Биз билан Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳам бор экан. Биз қандайдир тоғли ҳудудда кетаётган эдик, мен атрофга қараб, автобуснинг ичи ва ундаги йўловчиларни томоша қилар эдим… Улар ҳаммаси бирга эди… Менга жуда яқин… Тўсатдан, автобус бир томонга энгашгандек бўлди ва биз аста-секин пастга, жарлик томонга силжий бошладик. Унчалик тез эмас, ҳар ҳолда ундан тушиб, тўхтатиб қолишга уриниб кўрса бўлар эди. Тош, ҳа тош топиб, ғилдирак остига қўйиш керак, деб ўйлаб, автобусдан ирғиб тушдим. Биронта тош излашга киришдим ва ниҳоят уни топиб, автобус томон югурдим. Шунда мен Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг саҳобалари ҳам автобусдан тушиб, уни тўхтатиш учун ўз бошларини (!) ғилдирак остига қўйиб турганларини кўрдим. Улар ўз бошларини қўйиб туришар эди… Мен уйғониб кетдим ва бирон сўз айтишга ожиз эдим. Аллоҳ менга уларнинг мавқеларини ва биз ҳеч қачон Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳамда унинг дини учун улар қилганчалик, хизмат қила олмаслигимизни кўрсатиб қўйди. Субҳаналлоҳ…” Ҳикояни тугатиб, турмуш ўртоғим юзини қўллари билан беркитиб олди… Мен ўйладимки, кўпинча биз, ўзимиз ҳам сезмаган ҳолда амалларимиз ва ўзимиз билан мамнун бўлиб қоламиз. Балки биз динимиз учун анча хизмат қилмоқдамиз ёки бошқаларга қараганда, ҳар ҳолда бирон нарса қилмоқдамиз-ку, деб ўйлаймиз. Ўз-ўзидан мамнунлик ўзини алдаш билан бирга келади. Қанча хизмат қилмайлик барибир биз ўшандай тош излаб юрувчилардан бўламиз, ваҳоланки бу вақтда содиқлар ўзларининг жонларини фидо қилади… Ҳақиқий содиқ деб, барибир, қанчалик хизмат қилмасин, ҳатто жонини фидо қилса ҳам, ҳеч нарса қилмадим деб ўйлайдиган шахсга айтилади ва у ҳақ бўлади.

 Ушбу ҳикоя интернет тармоғидаги бир муслима синглимизнинг блогидан олинди.
 Рус тилидан Абу Абдуллоҳ Муҳожир таржима қилди

Манба: Cодиқлар
« So'nggi tahrir: 22 Noyabr 2012, 10:32:58 muallifi Best friend »

Best friend

  • Mehmon
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #8 : 11 May 2012, 22:04:51 »
 Қизиқарли воқеа Францияда содир бўлди. Биродарлар айтиб беришича, озиқ-овқат дўконларидан бирида бир ниқобли муслима олган маҳсулотларига тўлов қилиш учун касса ёнига келган. Касса ортида бир аёл ўтирар эди. Ташқи кўринишидан унинг Шимолий Африкаданлигини тушунса бўлар эди. Кассадаги аёл ҳам ўзини муслима ҳисоблар эди, аммо ҳижобли ҳаридор аёлдан фарқли ўлароқ бу аёл атрофдаги кўплаб маҳаллий аёллардек яримяланғоч эди. Норозилигини яширмаган ҳолда яримяланғоч сотувчи аёл муслимага ўқрайиб қаради ва баланд овозда деди: “Сендақалар деб, Франциядаги бизнинг мусулмон жамиятимиз қийналмоқда. Бизда шундоқ ҳам сенлар деб муаммо кўп яна сен бу ерда ниқобинг билан қийнчиликлар туғдиряпсан. Биз бу ерда дин ёки анъаналар учун яшамаябмиз, биз бу ерда тирикчилик учун юрибмиз. Динингга тўлиқ амал қилишни, ниқобда юришни хоҳласанг ватанинга, ўзингни давлатинга кет ва ўша ерда шундай қил. Бу ерда сени ҳеч ким ушлаб турган йўқ…” Ҳарид қилган нарсаларни ҳалтасига солаётган муслима тўсатдан сотувчи аёлга ўгирилиб, юзидаги ниқобини ечди. Буни кутмаган яримяланғоч сотувчи аёл олдида ёш, оқ юзли, мовий кўзли малласоч аёл турганини кўрди. Муслима лол бўлиб қолган сотувчи аёлга қараб шундай деди: “Мен францияликман. Бу менинг ватаним ва бу менинг Исломим. Сизлар динингизни сотдингиз, биз эса уни қабул қилиб олдик…!”

Манба: Cодиқлар
« So'nggi tahrir: 22 Noyabr 2012, 10:33:11 muallifi Best friend »

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Musulmonlarning illati va yomon hislatlari.
« Javob #9 : 12 May 2012, 09:01:41 »
Best friend Alloh rozi bo'lsin.
Undan oldingi postingizda ham barchamiz uchun juda ibratli voqea sodir bo'lgan.
Bir kichik davrada shu voqeani aytib bergandim, beixtiyor davradagilarning ko'zlariga yosh keldi... ko'z yoshi iymondandir.

Allohim shu kichikkina iymonimizni ASRAGIN, undan ayrilishimizga yo'l qo'yma. Iymonimizni yanada mustaxka qilgin!

 

Yomon kunda yo'ldoshing (hikoya). Somerset Moem

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4723
So'nggi javob 10 Iyul 2006, 19:07:19
muallifi AbdulAziz
Kim nimani yomon ko'radi?

Muallif ikbaljohnBo'lim Umumiy

Javoblar: 729
Ko'rilgan: 185442
So'nggi javob 16 May 2018, 02:20:10
muallifi AbdurRohman
Yaxshi yoki yomon baho. Nima uchun?

Muallif BonuBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 118
Ko'rilgan: 45470
So'nggi javob 20 Aprel 2008, 15:37:39
muallifi Murod_bek
+ (yaxshi) or - (yomon)

Muallif Murod_bekBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 100
Ko'rilgan: 36557
So'nggi javob 28 Aprel 2008, 18:41:21
muallifi MUTLU
yomon yol

Muallif 1abdulaziz1Bo'lim Ma'rifat

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 944
So'nggi javob 29 Dekabr 2016, 10:09:37
muallifi 1abdulaziz1