Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 71736 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 16 B


AbdulAziz  06 Oktyabr 2009, 09:17:54

NAMOZDA NEGA XUSHU’IMIZ YO’Q?

Rasululloh s.a.v. aytadilar:
“Musulmon kishining nazari biron xushsurat odamga tushsa-yu, Alloh uchun nigohini pastga qaratsa, Alloh taolo unga ibodatning lazzatini nasib qiladi”.

Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy aytadi:
“Shogirdlarim ibtidoda zikrdan maza qilganlarini, asta-sekin bu mazaning yo’qolib qolganini aytishdi. Buning sababi esa ularning badnazarlik bilan begona ayollarga ko’zi tushib qolganidir.
Badnazarlikning yana bir ofatlaridan biri rizqning kesilishidir. Muttasil shu dardga yo’liqqan odamning xonadonida baraka qolmaydi.

Shayton jannatdan quvilib, Allohdan odam farzandlarini gumroh qilishlik uchun ruxsat olarkan, o’ngidan, chapidan, orqasidan, oldidan kelaman deb va’da qilgan-u, lekin pastki tarafdan kelaman deb va’da qilmagan. Shuning uchun Alloh taolo “nomahramdan yuzingizni pastga qarating” deydi”.

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2009, 09:18:13

BADNAZARLIKNING OQIBATI

Ibni Javziy “Talbisi iblis” degan kitobida hikoya qiladi:
“Abdulloh ibn Jalol aytadi:
“Bir kuni oldimdan chiroyli nasroniy qiz o’tib ketayotgandi, unga qaradim. Shunda Abu Abdulloh Balxiy oldimdan o’tayotib, bu yerda nima ish bilan mashg’ul ekanligimni so’radi. Men:
- Hazrat, anau hushsurat jussani qarang. O’ylanib qoldim, Alloh taolo shunday chiroyli chehrani qanday qilib do’zaxga tashlab yuborarkin…
Shunda u zot ikki kiftim orasiga urib:
- Mana shu qilgan gunohingning natijasini yillar o’tib ketgandan keyin ham ko’rasan, - dedilar.
40 yildan so’ng, murattab qori bo’laturib, Qur’onni unutib yubordim…”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2009, 09:19:14

KIM ZINO QILSA, UNIYAM ZINO QILISHADI

Qonun:
Har mukofotning ajri ham o’z jinsidan bo’lgani kabi, har gunohning jazosi ham o’z jinsidan bo’ladi. Zinokorning qiyomatdagi jazosi zinokorlarning farjidan chiqadigan suyuqlikdir. Uning bu dunyodagi jazosini esa Rasululloh s.a.v. va’id sifatida bayon qiladilar:
“Kim zino qilsa, uning ham zinosini qiladilar, agarchi devoriga ishqalab ketib bo’lsa ham…”
Ya’ni, kim zino qilsa, uning mahramlari – onasi, opa-singlisi, xonadonidagi yaqinlarini ham zino qiladilar. Hech bo’lmagan taqdirda uning devori tagida zino qilib ketadilar…

Hazrat Dovud alayhissalom Sulaymon alayhissalomga shunday nasihat qilgan ekanlar:
“O’g’im, sher bilan ajdahoning orqasidan yurgin-u, hargiz ayol kishining ortidan yurma.”

Hazrat Umar r.a. aytadilar:
“Agar ayol va erkakning ikkita chirigan suyagini xilvat joyga qo’ysangiz, hatto suyagi ham tortishadi.”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2009, 09:21:38

BADNAZARLIKDAN SAQLANISH YO’LLARI

1. Alloh taolo aytganidek, ko’zni pastga qaratish.
2. Uylanish.
3. Alloh taoloning uni ko’rib turganini eslash.

Bir ulug’ zotning oldiga shogirdi kelib so’rabdi:
- Ustoz men bozorda savdo qilaman. Ayollarga ham savdo qilib turaman, ularga qarashning iloji yo’q, savdo ham qilmaslikning iloji yo’q. Men bu darddan qanday qutulay?
Shayx shunday davo uslubini tavsiya qilgan ekan: qo’liga bir stakan sutni to’ldirib, shunday debdi:
- Bu sutni falon shaxning oldiga olib borasan. Sharti shuki, uni shu bozor hududidan olib borasan. Manzilga yetguningcha, undan bir tomchi ham to’kilmasligi kerak. Ortingda mana bu polvon odam poylab boradi. Agar sutdan ozroq to’kilsa ham u seni do’pposlaydi.
Shogird uni nazorat qilib ketayotgan barzangi polvonning zarbasidan qo’rqib, sutni to’kmasdan manzilga olib boribdi. So’ng ustozi huzuriga borib, maqtanibdi:
- Ustoz, sutni bir tomchi ham tushirmay shaxga olib bordim.
- Yo’lda ayollarni ko’rdingiz.
- Vallohi, sutga va ustimda turgan polvonga havotirlanib, ularni ko’rmabman.
- Sen ustingda turgan bir bandaning zarbidan qo’rqib gunohni tark qilasan-u, nega seni yaratib qo’ygan Allohning nazoratidan qo’rqmaysan?
 
Olimlar badnazarlikning oldini oladigan quyidagi tavsiyalarni qilishadi:
4. Biron ayol kishi oldingizdan o’tib ketayotganda unga qaramasdan, hunuk bir odamni tasavvur qilish.
5. O’sha ayolning o’lib, chirib ketgan holatini tasavvur qilishlik.

Manba:
Yorqinjon qori - Badnazarlik.mp3 (57:09  minut, 26,1 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Oktyabr 2009, 12:39:49

BADAVIYNING HIMMATI

Qahatchilik bo’lib, hamma joyda suv qurib ketgan paytda bir badaviy qishlog’idagi aynib, rangi ham o’zgarib ketgan hovuzdagi suvdan olib, Bag’dod halifasiga sovg’a qilib olib borgani yo’lga tushibdi. Saroy darbonlariga halifaga buyuk sovg’a olib kelayotganini aytib, ruxsat so’rabdi. Ichkariga kirib, podshoh bilan suhbatlashar ekan, halifa so’rabdi:
- Menga nima sovg’a olib kelding?
- Jannatning suvini olib keldim. (Badaviy suvning o’z qishlog’idagi hovuzdagina borligiga ishonardi.)
Halifa badaviyning o’z qishlog’idan boshqa yerlarni ko’rmagani uchun, shu suvni jannat suvi deb o’ylarkan-da deb fikr qilib, xazinabonga suv olib kelgan xumini oltinlar bilan to’ldirib berishini aytibdi va:
- Ketishida uni Dajla daryosi bo’yidan olib o’ting, – debdi.

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Oktyabr 2009, 12:42:34

ALLOHNING RAHMATI

Hadisi sharifda keladiki, Alloh taolo mo'min bandaning hisobini qiyomat kunida yashirib qiladi. Banda Yaratgan huzuriga kelarkan, uning gunohlarini jadvalma-jadval ko'rsatib, shu gunohlarni qilgan eding-a, deb hisob so'raydi. Shunda banda o'zining do'zaxga mahkum bo'lganini, har tomondan jannam olovi qurshaganini his qiladi. Shunda Alloh taolo: "Ey bandam, dunyoda shuncha gunohingni yashirgan edim, iymoning hurmatidan bu yerda ham yashirib, nomai a'moilingni hasanalarga to'ldirib, seni jannatga kiritaman" deydi. Alloh taolo aytadi: "œMen shunday zotmanki, ularning gunohlarini yaxshilikka almashtiraman".
Allohim qiyomat kunida ham mo’min bandani qilgan gunohlari uchun sharmanda qilmas ekan...
Tahonaviy aytadi:
"œEy do’stim, sen shunday Xudoni tashlab qayerga ketyapsan?"

Manba: Yorqinjon qori - Allohning rahmati, Bandaning himmati.mp3 (17:22  minut, 7,95 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Oktyabr 2009, 12:13:22

OTA-ONANING FAZLI

Rasululloh s.a.v. aytdilar:
"œOta-onangizga bir marta mehribonlik nazari bilan qarasangiz, bitta haj va bitta umra savobi beriladi".
Bir sahoba savol berdilar:
- Yo Rasululloh s.a.v., agar bir kunda ming marta qarasam-chi?
- Alloh taoloning fazli senga 1000 ta haj va umra yozishdan kamaymaydi, - deb javob berdilar Rasululloh s.a.v.

Bir odam kelib Rasululloh s.a.v.dan so’radi:
- Yo Rasululloh s.a.v., men onamga 30 yildan beri xizmat qilaman, onam esa menga 3 yil xizmat qilgan xolos. Haqini ado etoldimmi?
Rasululloh s.a.v. javob berdilar:
- Yo’q, chunki, onang senga 3 yil xizmat qilgan bo’lsa-da, har zamon sening o’lib qolmasliging umidida xizmat qilgan, bu xizmatdan u malollanmagan, sening esa qalbingda bu xizmatlardan qachon qutuilarkinman, degan fikr turadi.

Yana Rasululloh s.a.v. aytadilar:
"œOta-ona haqiga farzand duosini to’xtatsa, Alloh uning rizqini kamaytiraveradi".

Manba: Yorqinjon qori - Ayollarga aytiladigan gaplar.mp3 (38:02 minut, 17,4 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Oktyabr 2009, 15:33:43

QO’SHNINING HAQI

Taqiy Usmoniy hikoya qiladi:
“Makkai mukarramada bozorga kirib, bir matoni so’radim. Do’kondor o’sha matoni topgunga qadar oldimga 20 tacha o’ramdagi gazlamalarni to’kib soldi. Ularning ichgidan bittasi menga ma’qul tushib, shuni sotib olmoqchi bo’ldim. Narhiyam ma’qul keldi. Sotuvchi:
- Siz shu ma’qul keldi-a?
- Albatta ma’qul keldi.
- Unda yo’lning uyog’iga o’tsangiz, huv anau do’konda ham shu gazlamadan bor. O’sha yerdan sotib oling.
- Iye, nega endi. Hamma narsani shu yerda savdo qildim, sizning ham qancha vaqtingizni oldim. Nega endi undan sotib olarkanman. Buning siri nimada?
- To’g’ridagi sotuvchi mening qo’shnim, ko’ryapmanki, ertalabdan beri hech narsa sotmadi. Men esa ancha narsa sotib qo’ydim…”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Oktyabr 2009, 15:34:08

TANGANING IKKINCHI TOMONI

Abu Hurayra r.a. aytgan ekanlar:
“Sen xotining xunuk bo’lgani uchun kuyinma, bir kun senga go’zal farzandni tug’ib beradi – xursand bo’lasan”.

Iso alayhissalom ashoblari bilan yo’lda ketayotsalar, harom o’lgan itni ko’rishibdi. Ashoblar hammalari burnilarini yopib:
- Namuncha sasimasa, badbaxt, - deyishsa, Iso alayhissalom:
- Tishini oqligini qarang, - deb undan ham bir yaxshilik topgan ekanlar.

Inglizlarning bir maqoli bor:
“Buzuq soat ham kuniga 2 marta to’g’ri gapiradi.”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


Muhyiddin  09 Oktyabr 2009, 16:41:23

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA BO’LGAN MUHABBAT HAQIDA

Sahobai kiromlar Payg’ambar alayhissalomga murojat qilayotganlarida "œOta-onam sizga fido bo’lsin yo Rasululloh!.." deya to’lqinlanib gapirardilar! Buning boisi nima edi? Albattaki, bu ularning Allohga va Rasuliga bo’lgan cheksiz muhabbatlaridan edi"¦ 
Biz-shi? Bu savolga javobni har kimning o’ziga qoldirib, bu haqdagi ushbu ma’ruzani tinglab ko’rsak"¦

"œYo Rasullulloh biz Sizga loyiq ummat bola olayapmizmi?...." Yaxshisi o’zingiz bir eshitib ko’ring"¦


Nuriddin hoji domla - Rasululloh s.a.v.ni nima uchun sevamiz?.mp3

Qayd etilgan