Bismillohir rohmanir rohiym!
Hammaga ma'lum, Imomi A'zam r.a. ning Abu Yusuf degan shogirdlari bor.
Imomi A'zam r.a. shogirdlari Abu Yusufning yoshlikdagi zehnini, ilmni yaxshi o'zlashtirishi ko'rib, Imom A'zam r.a.:
-O'g'lim, agar ilmni yaxshilab o'rgansang, podshohlar yeydigan taomdan yeysan, ikki dunyoing obod bo'ladi, hech qachon birovni qo'liga qaramaysan, hech qachon xor bo'lmaysan debdilar.
Abu Yusuf r.a. uylariga borib:
-Otajon, Imom A'zam r.a. menga shunday dedilar desalar.
Otalari:
-Bolam, Imom A'zam to'g'ri aytibdilar, lekin ilm o'rganish Imomi A'zamga ko'proq yarashadi. Chunki u kishining hamma narsasi yetarli. (Imom A'zam savdo ahllaridan bo'lganlar.)
Sen ancha ulg'ayib qolding, ro'zg'orga yordaming tegadigan bo'lib qolding, undan ko'ra, uyga bir-ikki dinor, topib kelsang, opang katta bo'lib qoldi, turmushga chiqarishimiz kerak. deb aytibdilar.
Abu Yusuf r.a. Imom A'zam r.a. huzurlariga borib:
-Ustoz otam shunday dedilar, undan ko'ra uyga bir-ikki dinor, topib kelsam uyga foydam tegar ekan debdilar.
Imom A'zam:
-Agar kuniga ikki dinor, topib kelsang, uydagilaring, ilm o'rganishingga rozi bo'larmikinlar desalar
-Ha deya javob beribdilar Abu Yusuf r.a.
-Unda men senga kuniga ikki dinor beraman debdilar. Imom A'zam r.a.
Shunday qilib Imom A'zam, kuniga ikki dinor berib Abu Yusufni o'z shogirdliklariga olibdilar.
Oradan 25-30 yillar o'tib Abu Yusuf r.a. kasal bo'lib qolibdilar. Juda qattiq betob bo'lib, o'lim to'shagida yotganlarida, huzurlariga Imom A'zam kelib, ko'zlarida yosh bilan yeg'labdilar.
Abu Yusuf r.a.:
-Ustoz, o'lim hammamizni boshida bor, yig'lamang desalar, Imom A'zam r.a.:
-Bolam, bugun bo'lmasa boshqa kun hammamiz o'lamiz, o'lim hammamizni boshimizda bor, men unga yig'layotganim yo'q, senga ilm berib, mendan keyin qoladigan olim sen eding, endi tayyor olim bo'lganingda, ilmni boshqalarga o'rgatmasdan ketayotganingga, yig'layapman degan ekanlar.
Oradan, 5-6 kun o'tib Abu Yusuf r.a. oyoqqa turibdilar. Sog'ayib, kitoblarini qo'liga olib, Ustozlarini oldiga ilm o'rganishga borayotganlarida odamlar:
-Qayoqqa ketayabsan deyishibdi?
-Ustozimni oldiga ilm o'rgangani
-Ie, axir Imom A'zam, mendan keyin qoladigan olim Abu Yusuf degandilar, sen olim bo'lding deyishibdi.
Abu Yusuf r.a. ni o'zlariga ham shunday deganligi uchun Abu Yusuf r.a. bir xona olib, fatvo berib, odamlarga dars bera boshlabdilar. Bu gap Imom A'zamga yetib boribdi.
Imom A'zam r.a.:
-Yangi olimlar kelib dars berayaptimi? Falon shahardagi olim keldimi? desalar
-Yo'q shogirdingiz dars berayapti deya javob berishibdi odamlar.
Imom A'zam r.a. ikki shogirdiga:
-Borib falon masalani so'raysizlar, agar ha desa noto'g'ri deb aytinglar, yo'q desa ham noto'g'ri deb aytinglar debdilar.
Shogirdlaridan biri borib, Abu Yusufga:
-Falon narsani qilsa bo'laveradimi deb so'rabdi.
-Ha.
-Noto'g'ri debdilar.
Ertasi kuni, ikkinchi shogirdlari kelib:
-Falon narsani qilsa bo'ladimi deb so'rasalar. Abu Yusuf r.a. kecha, ha degan edim, noto'g'ri deyishgandi, bu safar yo'q deb aytaychi to'g'ri bo'lsa kerak deb o'ylab
-Yo'q deya javob beribdilar. Yana noto'g'ri degan javobni olganlari uchun, savol kimdan kelganligini faxmlab, ustozlarini huzurlariga borib:
-Ey Shayx, bir savolim bor edi, desalar Imom u kishiga qaramasdan va'z qilaveribdilar. Abu Yusuf, savollarini takrorlabdilar, Imom yana qaramabdilar. Abu Yusuf r.a. indamasdan o'tirib, qo'llarini ko'tarib:
-Ustoz bir savolim bor edi desalar. Imom A'zam r.a.
-Qanday savol?
-O'zingiz bilasiz. debdilar. Imom A'zam javob beribdilar.
Ana o'shandan beri Imom A'zam vafot etgunlariga qadar shogird bo'lib, ilm o'rganibdilar.
Ustozlarini vafotlaridan keyin, qozi bo'lib halifa huzurlarida ishlagan ekanlar. Halifani huzurlariga, faqat halifa yeydigan, qimmat, tansiq taomlar keltirilsa, halifa:
-Imomga uzatinglar birinchi dermush.
Imom Abu Yusuf r.a. taomni oldilariga qo'ysa, taomga qarab kular ekanlar. Halifa:
-Ey Imom nima meni mazax qilyabsizmi taomni birinchi sizga uzattirsam, nega kulyabsiz desalar.
-Bir vaqtlar ustozim, ey bolam, agar ilm o'rgansangiz, podshohlar yeydigan taomdan yeysiz, deb aytardilar. Shu narsani amalda ko'rib hursand bo'lganimdan kulayabman deya javob bergan ekanlar.
Abdulloh domla ma'ruzalaridan Shoxruh Mirzo oqqa ko'chirdi.