Muallif Mavzu: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 65741 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #15 : 07 Oktyabr 2009, 12:42:34 »
ALLOHNING RAHMATI

Hadisi sharifda keladiki, Alloh taolo mo'min bandaning hisobini qiyomat kunida yashirib qiladi. Banda Yaratgan huzuriga kelarkan, uning gunohlarini jadvalma-jadval ko'rsatib, shu gunohlarni qilgan eding-a, deb hisob so'raydi. Shunda banda o'zining do'zaxga mahkum bo'lganini, har tomondan jannam olovi qurshaganini his qiladi. Shunda Alloh taolo: "Ey bandam, dunyoda shuncha gunohingni yashirgan edim, iymoning hurmatidan bu yerda ham yashirib, nomai a'moilingni hasanalarga to'ldirib, seni jannatga kiritaman" deydi. Alloh taolo aytadi: “Men shunday zotmanki, ularning gunohlarini yaxshilikka almashtiraman”.
Allohim qiyomat kunida ham mo’min bandani qilgan gunohlari uchun sharmanda qilmas ekan...
Tahonaviy aytadi:
“Ey do’stim, sen shunday Xudoni tashlab qayerga ketyapsan?”

Manba: Yorqinjon qori - Allohning rahmati, Bandaning himmati.mp3 (17:22  minut, 7,95 Mb)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #16 : 08 Oktyabr 2009, 12:13:22 »
OTA-ONANING FAZLI

Rasululloh s.a.v. aytdilar:
“Ota-onangizga bir marta mehribonlik nazari bilan qarasangiz, bitta haj va bitta umra savobi beriladi”.
Bir sahoba savol berdilar:
- Yo Rasululloh s.a.v., agar bir kunda ming marta qarasam-chi?
- Alloh taoloning fazli senga 1000 ta haj va umra yozishdan kamaymaydi, - deb javob berdilar Rasululloh s.a.v.

Bir odam kelib Rasululloh s.a.v.dan so’radi:
- Yo Rasululloh s.a.v., men onamga 30 yildan beri xizmat qilaman, onam esa menga 3 yil xizmat qilgan xolos. Haqini ado etoldimmi?
Rasululloh s.a.v. javob berdilar:
- Yo’q, chunki, onang senga 3 yil xizmat qilgan bo’lsa-da, har zamon sening o’lib qolmasliging umidida xizmat qilgan, bu xizmatdan u malollanmagan, sening esa qalbingda bu xizmatlardan qachon qutuilarkinman, degan fikr turadi.

Yana Rasululloh s.a.v. aytadilar:
“Ota-ona haqiga farzand duosini to’xtatsa, Alloh uning rizqini kamaytiraveradi”.

Manba: Yorqinjon qori - Ayollarga aytiladigan gaplar.mp3 (38:02 minut, 17,4 Mb)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #17 : 09 Oktyabr 2009, 15:33:43 »
QO’SHNINING HAQI

Taqiy Usmoniy hikoya qiladi:
“Makkai mukarramada bozorga kirib, bir matoni so’radim. Do’kondor o’sha matoni topgunga qadar oldimga 20 tacha o’ramdagi gazlamalarni to’kib soldi. Ularning ichgidan bittasi menga ma’qul tushib, shuni sotib olmoqchi bo’ldim. Narhiyam ma’qul keldi. Sotuvchi:
- Siz shu ma’qul keldi-a?
- Albatta ma’qul keldi.
- Unda yo’lning uyog’iga o’tsangiz, huv anau do’konda ham shu gazlamadan bor. O’sha yerdan sotib oling.
- Iye, nega endi. Hamma narsani shu yerda savdo qildim, sizning ham qancha vaqtingizni oldim. Nega endi undan sotib olarkanman. Buning siri nimada?
- To’g’ridagi sotuvchi mening qo’shnim, ko’ryapmanki, ertalabdan beri hech narsa sotmadi. Men esa ancha narsa sotib qo’ydim…”

Yorqinjon qoridan
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2012, 11:16:15 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #18 : 09 Oktyabr 2009, 15:34:08 »
TANGANING IKKINCHI TOMONI

Abu Hurayra r.a. aytgan ekanlar:
“Sen xotining xunuk bo’lgani uchun kuyinma, bir kun senga go’zal farzandni tug’ib beradi – xursand bo’lasan”.

Iso alayhissalom ashoblari bilan yo’lda ketayotsalar, harom o’lgan itni ko’rishibdi. Ashoblar hammalari burnilarini yopib:
- Namuncha sasimasa, badbaxt, - deyishsa, Iso alayhissalom:
- Tishini oqligini qarang, - deb undan ham bir yaxshilik topgan ekanlar.

Inglizlarning bir maqoli bor:
“Buzuq soat ham kuniga 2 marta to’g’ri gapiradi.”

Yorqinjon qoridan
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2012, 11:19:54 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #19 : 09 Oktyabr 2009, 16:41:23 »
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA BO’LGAN MUHABBAT HAQIDA

Sahobai kiromlar Payg’ambar alayhissalomga murojat qilayotganlarida “Ota-onam sizga fido bo’lsin yo Rasululloh!..” deya to’lqinlanib gapirardilar! Buning boisi nima edi? Albattaki, bu ularning Allohga va Rasuliga bo’lgan cheksiz muhabbatlaridan edi… 
Biz-shi? Bu savolga javobni har kimning o’ziga qoldirib, bu haqdagi ushbu ma’ruzani tinglab ko’rsak…

“Yo Rasullulloh biz Sizga loyiq ummat bola olayapmizmi?....” Yaxshisi o’zingiz bir eshitib ko’ring…


Nuriddin hoji domla - Rasululloh s.a.v.ni nima uchun sevamiz?.mp3
Dil ba Yoru, dast ba kor.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #20 : 10 Oktyabr 2009, 09:19:29 »
BADXULQ AYOL – MENING MARTABAM

Buyuk tasavvuf shayxlaridan Mirzo Mazhari Joni-Jononning ayoli juda badjahl, yomon xotin bo’lgan ekan. Shunday bo’lsa, shayx har kuni bomdoddan keyin, shogirdlaridan birini ayoli oldiga jo’natib, hol-ahvolini so’rattirar ekan. Ahvol so’ragani brogan shogirdlarini ayol so’kib, “dunyoda mani erimdan boshqasi qurib qolibdimi, shungayam shogird bo’lasanlarmi?”, deb vaysib berarkan. Uning bunday muaomalasini shaxga aytishga ular istihola qilisharkan.
Bir kuni shayx ayolining oldiga bir badaviysifat shogirdini jo’natibdi. U esa ayolning bunday muomalasini ko’rib, yugurgancha, shayxning oldiga kirib, shunday debdi:
- Ustoz, bunday ayol bilan qanday yashaysiz, meniyam, sizniyam boplab so’kib berdi. Taloq qilib yubormaysizmi uni?
- Meni kim deb bilasan?
- Siz ustozsiz, buyuk ilm sohibisiz.
- Mening erishgan barcha ilmim, martabam, shu xotinimdan. Uning bu azoblariga sabr qilganimdandir. Agar men bir kun uning holini so’ramasam, martabamdan tushib qolaman. Endi qanday qilib, meni shu darajaga olib chiqqan xotinimni taloq qilay…

Yorqinjon qoridan
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2012, 11:20:06 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #21 : 10 Oktyabr 2009, 09:19:46 »
MUSULMONNING VAFODOR AYOLI

Ashraf Ali Tahonaviy aytadi:
“Musulmonning xotinidek ayolni dunyoda topolmaysiz. Uning kabi vafodorni dunyodan topolmaysiz. Buning isboti shuki, erning xizmati bilan birga uning ota-onasi, aka-ukasining ham xizmatini qilib, duosini olaveradi. Vaholanki erning ota-onasiga xizmat qilish unga vojib emas. Uzoq qarindoshingiz kelsa ham uni ham ochiq chehra bilan kutib olaveradi. Siz yillab musofirlikda yursangiz ham sizni kutib yuraveradi. Vaholanki, ayolning ruxsatisiz 4 oydan oshiq muddatga musofir bo’lish mumkin emas. Kechasi soat 2 da kelsangiz ham, eshikni ochib, sizga ovqat ham qilib beraveradi…
Shuncha xizmatlariga yarasha bu ayollarning tillari shirin bo’lganida edi… Jiddiysini qo’ying, og’zilaridan chiqqan hazil duo ham qabul bo’lib ketardi. Adashib duo qilsalar ham Alloh qabul qilaverardi…”

“16-17 ga kirgan yoshgina qiz “O’zingizni bag’ishladingizmi?” degan birgina so’zga vafodorlik qilib, o’z xonadoni, ota-onasi, yaqinlarini tashlab, sizniki bo’lib o’tiribdi. Lekin sen badbaxt “La ilaha illalloh” deding-u, Xudoniki bo’lmading…”

Yorqinjon qoridan
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2012, 11:20:17 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #22 : 12 Oktyabr 2009, 08:25:42 »
OVQATNI MAQTASH HAM SUNNATDAN

Abdulhay Laknaviy bir kuni er-xotin muridlarinikiga mehmonga boribdi. Ovqat nihoyatda mazali bo’lgan ekan (odatda, shayx Rasululloh s.a.v.ning sunnatlariga ko’ra, ovqatni doim maqtarkan), parda ortidagi ayolga qarata:
- Alloh rozi bo’lsin, ovqatingiz juda mazali chiqibdi, - debdi.
Bu gapni eshitgan ayol yig’lab yuboribdi. Shunda shayx buning sababini so’raganda shunday javob bergan ekan:
- Erim bilan 40 yildan beri birga yashayman. Lekin biron marta ham menga ovqatimni maqtamagan. Sizdan birinchi marta bu gapni eshitib, ko’zimga yosh keldi.

Yorqinjon qoridan
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2012, 11:20:28 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #23 : 13 Oktyabr 2009, 09:17:11 »
SUVI OQQAN INGLIZ

Hindiston shayxul-islomi Husayn Ahmad Madaniy poyezdda shogirdlari bilan birga ketayotsalar, oldilariga bir ingliz kishi ayoli bilan chiqib o’tiribdi. U zotga xizmat qilayotgan muridlarni ko’rib, bu qaysi mashhur odam ekan, deb surishtiribdi. U kishining shayxul-islom ekanini bilgach, savol beribdi:
- Hazrat, mening bir masalada Islomga e’tirozim bor. Nega sizlarda ayollarni yopinib yurishga buyurilgan? Go’yoki ochiq kiyinish erkaklarning yo’ldan urilishiga sabab bo’larkan, zinoga da’vat qilar ekan? Mana mening xotinim, sochlarini yoyib, kalta kiyimlarni kiyib olib, oldimda o’tiribdi. Ayting-chi, bu poyezdda ketayotgan kimni gunohga da’vat etyapti?
Hazrat javob bermabdilar. Indamay o’tiraveribdilar. Bir soatdan so’ng shogirdlaridan biriga limon choy buyuribdilar. Shakar solingan choyga limonni to’rg’ayotib, inglizga qarasalar, limonning mazasiga og’zidan suvi kelayotgan ekan. Shunda aytibdilar:
- Og’zingizga suv keldimi? Limon shunday narsaki, tabiatan nordon bo’lganligi sababli, uni kesilganda odamning og’zidan suv keladi. Kichkinagina, jonsiz limon suvingizni oqizib yubordi-ku. Seni xotiningni esa joni bor, go’zalligi, husni jamoli bor, jodu ko’zlari bor. Qanday qilib u birovlarning og’zidan suvni oqizdirmaydi?

Yorqinjon qori - Ayollarning erlari ustida haqlari.mp3 (62:03 minut,  28,4 Mb)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #24 : 14 Oktyabr 2009, 09:21:01 »
OTA-ONA KIM?

Rasululloh s.a.v.dan so’radilar:
- Ota-ona kim?
- U sening Jannating yoki Do’zaxingga hujjatdir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #25 : 14 Oktyabr 2009, 14:09:56 »
HAZRATI UMAR :ra:

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Nafslaringni bir xisob-kitob qilib qo’yinglar” dedilar.
“Allohni xuzurida borib xisob-kitob qilinmasingizdan avval, o’zlaringni bir xisob-kitob qilib qo’yinglar”.

Bu gapni eshitib Hazrati Umar r.a.ning qalblari g’ash bo’lib qoldi. Darxol ikki odamni chaqirib, qo’llariga daftar qalam berib aytdilarki: “Sanga gunoh amalllarimni aytaman, sanga savob amallarimni aytaman, yozasizlar. Qani tortib ko’raychi qaysi biri og’ir keladi”.

Kotiblar yozib bo’lganlaridan keyin shundoq qarasalar, haligi gunoh amallar yozilgan amallar daftar og’ir kelibdi. Hazrati Umar r.a. yig’lab yubordilar.
Hizmatchini qo’liga qamchi berib “Har bir savob amalimdan o’tib ketgan gunoh amalimni har bir varag’i uchun orqamda 1 tadan qamchi urasan” dedilar.

Hizmatchi “Ya Hazrati Umar! Bundoq qilolmaymiz” deya e’tiroz bildirdilar.
Hazrati Umar r.a. so’zlarida turib oldilar!

Har bir savob amalidan o’tib ketgan gunoh amali varag’iga 1 tadan qamchi urishdi.
Hazrati Umar r.a. behush bo’lib yiqilib qoldilar. Ertalab turib ko’zlarini ochdilaru, yig’lab yubordilar va “Subhanolloh! Qiyomat bo’lmabdi. Agar bu hisob-kitob qiyomatniki bo’lganida nima qilardim? Orqamga tekkan qamchi azob farishtasiniki bo’lsa nima qilardim? Allohga shukr, hayriyatki hali o’lmabman, qiyomat bo’lmabdi, savob amalimni to’ldirib olishimga Alloh menga imkoniyat beribdi” deb shu kundan boshlab kechasi uxlamay qo’ygan ekanlar.

Nuriddin hoji ma'ruzalaridan
« So'nggi tahrir: 11 Fevral 2012, 13:23:07 muallifi AbdulAziz »

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #26 : 15 Oktyabr 2009, 09:48:10 »
“OCHIQ”

Yorqinjon qori hikoya qiladi:
“Qo’qonda inqilobdan avval bittagina yuzi ochiq ayol bo’lgan ekan. Uni hamma beshqo’ldek bilib, nafratlanib, laqabini ham “Ochiq” deb atashar ekan.
… Oradan yuz yil ham o’tmadi. Endi odamlar qo’li bilan “falonchi ro’mol o’ragan” deb ko’rsatyapti… O’zi yoshgina ekan-u, lekin “babushka” bo’vopti” deyishyapti…”
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Rahmatnoma


Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #27 : 15 Oktyabr 2009, 10:12:22 »
"SOTKA"

... Bugungi kunda telefon olib yurish bodilikning namunasi emas, balki zaruriyat bo'lib qoldi... Kundalik ehtiyojimizga kerak bo'lgan narsa bu.
Bir narsani Sizga eslataman...
Bir do'stimiz, o'g'li unga aytdi:
- Dadajon, sotka olib bering.
- Bo'pti o'g'lim, sotka olib beraman, shartlashamiz.
- Nima shart?
- Sotkani qanaqasi kerak?
- Nokia 6300.
 - Mana Nokia 6300, har kun ertalab, bomdod namozidan keyin sotkangizga 1 ta sms tashlayman, 2 ta oyat. Kechqurun shom namozidan keyin shu oyatni  manga yoddan o'qib berasiz...
Bir oy davomida bola Yosin surasini yodladi...

***

Do'sti do'stiga sms yozyapti: "Do'stim Alloh Sizni panohida asrasin..."
Dugonasiga sms yozyapti: "Dugona, bizu sizni Alloh ko'rib turibdi,shunga yarasha qadam bosing"...
Bunday sotkani qanday tashlab bo'ladi, bunday qori yigitni yo'lini qanday to'sib bo'ladi...

***

Bugungi kunda pichoq yashashlikni oldini olmaymiz, chunki pichoqlar oshxonaga ham kerak.. Pichoqchilar odam o'ldirsin deb yasamaydi, vaholanki bugungi kunda bu jihozlarni to'g'ri yo'naltirishimiz, ulardan to'g'ri istifoda qilishimiz kerak...

Davomi...

Azizxo'ja domla ma'ruzalaridan...
« So'nggi tahrir: 11 Fevral 2012, 13:23:58 muallifi AbdulAziz »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #28 : 16 Oktyabr 2009, 08:56:25 »
JIN, SEHR VA FOLBINLAR

Insonni adashtiruvchi kofir jin uch holatda uning ichiga kirib olishi mumkin ekan:
1. Gunohi kabira qilayotganda.
2. Qattiq xafa bo’lganda.
3. Qattiq xursand bo’lganda.
Gunohi kabira qilayotgan paytda kirib olgan kofir jin insonni o’sha gunoh bilan butkul zalolatga uchratishni reja qiladi. Inson o’zini bu gunohdan saqlashga urinsa-da,  jin vasavasa qilib, o’sha gunohi kabirani qildiraveradi.
Inson qattiq xafa bo’lganda, taqdirdan malomat qilib, Allohni esdan chiqaradi. Qattiq xursand bo’lganda ham Allohni unutadi. Shu holatda insonga jin kirib olishi mumkin.
Jinning vasvasalaridan qutulish uchun Qur’on o’qib uni chiqarib yuborish o’rniga, odamlar darhol folbinga yuguradilar. Folbinning ham ichida jin borligi uchun, bemorning ichidagi jin bilan muloqot qiladi. Kofir jin esa insonni zalolat botqog’iga yana-da cho’ktirish maqsadida, uning nomiga qurbonlik so’ysa, o’sha odamdan chiqishini aytadi. Folbin esa jinning talabi bitta tovuq yoki qo’yni qurbon qilish ekanini yetkazadi. So’ng inson jinning nomini aytib qurbonlik qiladi. Tanasidan jin chiqib ketganidan yengillab, folbinga ixlosi oshadi. Bu bilan u ikkita  gunohi kabira qilib, iymonidan ajraladi: birinchidan, folbinni tasdiqlagani uchun, ikkinchidan Allohdan o’zgaga atab qurbonlik so’ygani uchun.
Jin esa bundan so’ng ham tinch turmaydi. Folbinga borib, o’sha odamni o’ziga yana bog’lab berishini talab qiladi. Ixlosi tushgan “bemor”ga folchi “shu vazifani olmasangiz bo’lmaydi”, deb uqtiradi. Natijada yana yangi folbin paydo bo’ladi.

Yorqinjon qoridan
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2012, 11:21:57 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar
« Javob #29 : 17 Oktyabr 2009, 15:10:59 »
HALOL SEHR NIMA?

Vahid Abdussalom aytadi:
“Ey singlim!
Sen eringni o’zingga isitaman, deb harom folchilarga bording-a… Iymondan ajrading-a… Allohning rasuli qaytargan harom joyga halol pullaringni sarflading-a…
Bir menga quloq solgin-a, men senga halol sehrni o’rgatay:
Ering seni, farzandlaringni boqaman deb ko’chada ishlab, horib uyga kelganda ro’parasida kulib turgan, eri uchun go’zal kiyimlarini kiygan xushsurat, xushmuomala ayolini ko’rmaydimi? Sen esa bironta marosim bo’lsa birovlar uchun go’zal kiyimlarni kiyib, atir-upalar bilan o’zingga oro berasan-u, shularni senga olib bergan ering ishdan kelganda esa dog’lanmagan yog’ hidi ufurib turgan yamoq kiyim bilan uni kutib olasan. Unga yaxshi keldingizmi, deya ko’ngil so’rash o’rniga, kundalik g’alvalaringni gapirasan. Shunday qilishga qilasan-u, keyin folchi qidirib yurasan. Sen uning uchun pardozlanishing va unga go’zal muomala qilishing sehrning halolidir. Sen yana bunda Allohning rizoligini ham topasan.”

Yorqinjon qoridan
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2012, 11:22:07 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Sizga ravo ko'rgan sahifalarim...

Muallif AbdulAzizBo'lim Umumiy

Javoblar: 123
Ko'rilgan: 64099
So'nggi javob 16 Mart 2011, 00:06:26
muallifi Shokir
Sizga judayam ta’sir qilgan kinofilm

Muallif AbdulAzizBo'lim Kino olami

Javoblar: 121
Ko'rilgan: 72502
So'nggi javob 10 May 2013, 06:06:24
muallifi Sayyid90
Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 19706
So'nggi javob 24 Iyul 2011, 20:18:56
muallifi NANO
Ta'zimlarim sizga, mening birinchi muallimim!

Muallif ZiyoBo'lim Umumiy

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 19436
So'nggi javob 01 Oktyabr 2009, 12:23:20
muallifi Ansora
Sizga qaysi sheva yoqadi?

Muallif FaridaBo'lim Hamyurtlar

Javoblar: 196
Ko'rilgan: 99426
So'nggi javob 03 Iyun 2017, 11:19:38
muallifi Turonii