Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 70528 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 16 B


AbdulAziz  10 Oktyabr 2009, 09:19:29

BADXULQ AYOL – MENING MARTABAM

Buyuk tasavvuf shayxlaridan Mirzo Mazhari Joni-Jononning ayoli juda badjahl, yomon xotin bo’lgan ekan. Shunday bo’lsa, shayx har kuni bomdoddan keyin, shogirdlaridan birini ayoli oldiga jo’natib, hol-ahvolini so’rattirar ekan. Ahvol so’ragani brogan shogirdlarini ayol so’kib, “dunyoda mani erimdan boshqasi qurib qolibdimi, shungayam shogird bo’lasanlarmi?”, deb vaysib berarkan. Uning bunday muaomalasini shaxga aytishga ular istihola qilisharkan.
Bir kuni shayx ayolining oldiga bir badaviysifat shogirdini jo’natibdi. U esa ayolning bunday muomalasini ko’rib, yugurgancha, shayxning oldiga kirib, shunday debdi:
- Ustoz, bunday ayol bilan qanday yashaysiz, meniyam, sizniyam boplab so’kib berdi. Taloq qilib yubormaysizmi uni?
- Meni kim deb bilasan?
- Siz ustozsiz, buyuk ilm sohibisiz.
- Mening erishgan barcha ilmim, martabam, shu xotinimdan. Uning bu azoblariga sabr qilganimdandir. Agar men bir kun uning holini so’ramasam, martabamdan tushib qolaman. Endi qanday qilib, meni shu darajaga olib chiqqan xotinimni taloq qilay…

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Oktyabr 2009, 09:19:46

MUSULMONNING VAFODOR AYOLI

Ashraf Ali Tahonaviy aytadi:
“Musulmonning xotinidek ayolni dunyoda topolmaysiz. Uning kabi vafodorni dunyodan topolmaysiz. Buning isboti shuki, erning xizmati bilan birga uning ota-onasi, aka-ukasining ham xizmatini qilib, duosini olaveradi. Vaholanki erning ota-onasiga xizmat qilish unga vojib emas. Uzoq qarindoshingiz kelsa ham uni ham ochiq chehra bilan kutib olaveradi. Siz yillab musofirlikda yursangiz ham sizni kutib yuraveradi. Vaholanki, ayolning ruxsatisiz 4 oydan oshiq muddatga musofir bo’lish mumkin emas. Kechasi soat 2 da kelsangiz ham, eshikni ochib, sizga ovqat ham qilib beraveradi…
Shuncha xizmatlariga yarasha bu ayollarning tillari shirin bo’lganida edi… Jiddiysini qo’ying, og’zilaridan chiqqan hazil duo ham qabul bo’lib ketardi. Adashib duo qilsalar ham Alloh qabul qilaverardi…”

“16-17 ga kirgan yoshgina qiz “O’zingizni bag’ishladingizmi?” degan birgina so’zga vafodorlik qilib, o’z xonadoni, ota-onasi, yaqinlarini tashlab, sizniki bo’lib o’tiribdi. Lekin sen badbaxt “La ilaha illalloh” deding-u, Xudoniki bo’lmading…”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Oktyabr 2009, 08:25:42

OVQATNI MAQTASH HAM SUNNATDAN

Abdulhay Laknaviy bir kuni er-xotin muridlarinikiga mehmonga boribdi. Ovqat nihoyatda mazali bo’lgan ekan (odatda, shayx Rasululloh s.a.v.ning sunnatlariga ko’ra, ovqatni doim maqtarkan), parda ortidagi ayolga qarata:
- Alloh rozi bo’lsin, ovqatingiz juda mazali chiqibdi, - debdi.
Bu gapni eshitgan ayol yig’lab yuboribdi. Shunda shayx buning sababini so’raganda shunday javob bergan ekan:
- Erim bilan 40 yildan beri birga yashayman. Lekin biron marta ham menga ovqatimni maqtamagan. Sizdan birinchi marta bu gapni eshitib, ko’zimga yosh keldi.

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Oktyabr 2009, 09:17:11

SUVI OQQAN INGLIZ

Hindiston shayxul-islomi Husayn Ahmad Madaniy poyezdda shogirdlari bilan birga ketayotsalar, oldilariga bir ingliz kishi ayoli bilan chiqib o’tiribdi. U zotga xizmat qilayotgan muridlarni ko’rib, bu qaysi mashhur odam ekan, deb surishtiribdi. U kishining shayxul-islom ekanini bilgach, savol beribdi:
- Hazrat, mening bir masalada Islomga e’tirozim bor. Nega sizlarda ayollarni yopinib yurishga buyurilgan? Go’yoki ochiq kiyinish erkaklarning yo’ldan urilishiga sabab bo’larkan, zinoga da’vat qilar ekan? Mana mening xotinim, sochlarini yoyib, kalta kiyimlarni kiyib olib, oldimda o’tiribdi. Ayting-chi, bu poyezdda ketayotgan kimni gunohga da’vat etyapti?
Hazrat javob bermabdilar. Indamay o’tiraveribdilar. Bir soatdan so’ng shogirdlaridan biriga limon choy buyuribdilar. Shakar solingan choyga limonni to’rg’ayotib, inglizga qarasalar, limonning mazasiga og’zidan suvi kelayotgan ekan. Shunda aytibdilar:
- Og’zingizga suv keldimi? Limon shunday narsaki, tabiatan nordon bo’lganligi sababli, uni kesilganda odamning og’zidan suv keladi. Kichkinagina, jonsiz limon suvingizni oqizib yubordi-ku. Seni xotiningni esa joni bor, go’zalligi, husni jamoli bor, jodu ko’zlari bor. Qanday qilib u birovlarning og’zidan suvni oqizdirmaydi?

Yorqinjon qori - Ayollarning erlari ustida haqlari.mp3 (62:03 minut,  28,4 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Oktyabr 2009, 09:21:01

OTA-ONA KIM?

Rasululloh s.a.v.dan so’radilar:
- Ota-ona kim?
- U sening Jannating yoki Do’zaxingga hujjatdir.

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Oktyabr 2009, 14:09:56

HAZRATI UMAR :ra:

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Nafslaringni bir xisob-kitob qilib qo’yinglar” dedilar.
“Allohni xuzurida borib xisob-kitob qilinmasingizdan avval, o’zlaringni bir xisob-kitob qilib qo’yinglar”.

Bu gapni eshitib Hazrati Umar r.a.ning qalblari g’ash bo’lib qoldi. Darxol ikki odamni chaqirib, qo’llariga daftar qalam berib aytdilarki: “Sanga gunoh amalllarimni aytaman, sanga savob amallarimni aytaman, yozasizlar. Qani tortib ko’raychi qaysi biri og’ir keladi”.

Kotiblar yozib bo’lganlaridan keyin shundoq qarasalar, haligi gunoh amallar yozilgan amallar daftar og’ir kelibdi. Hazrati Umar r.a. yig’lab yubordilar.
Hizmatchini qo’liga qamchi berib “Har bir savob amalimdan o’tib ketgan gunoh amalimni har bir varag’i uchun orqamda 1 tadan qamchi urasan” dedilar.

Hizmatchi “Ya Hazrati Umar! Bundoq qilolmaymiz” deya e’tiroz bildirdilar.
Hazrati Umar r.a. so’zlarida turib oldilar!

Har bir savob amalidan o’tib ketgan gunoh amali varag’iga 1 tadan qamchi urishdi.
Hazrati Umar r.a. behush bo’lib yiqilib qoldilar. Ertalab turib ko’zlarini ochdilaru, yig’lab yubordilar va “Subhanolloh! Qiyomat bo’lmabdi. Agar bu hisob-kitob qiyomatniki bo’lganida nima qilardim? Orqamga tekkan qamchi azob farishtasiniki bo’lsa nima qilardim? Allohga shukr, hayriyatki hali o’lmabman, qiyomat bo’lmabdi, savob amalimni to’ldirib olishimga Alloh menga imkoniyat beribdi” deb shu kundan boshlab kechasi uxlamay qo’ygan ekanlar.

Nuriddin hoji ma'ruzalaridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Oktyabr 2009, 09:48:10

"œOCHIQ"

Yorqinjon qori hikoya qiladi:
"œQo’qonda inqilobdan avval bittagina yuzi ochiq ayol bo’lgan ekan. Uni hamma beshqo’ldek bilib, nafratlanib, laqabini ham "œOchiq" deb atashar ekan.
"¦ Oradan yuz yil ham o’tmadi. Endi odamlar qo’li bilan "œfalonchi ro’mol o’ragan" deb ko’rsatyapti"¦ O’zi yoshgina ekan-u, lekin "œbabushka" bo’vopti" deyishyapti"¦"

Qayd etilgan


Robiya  15 Oktyabr 2009, 10:12:22

"SOTKA"

... Bugungi kunda telefon olib yurish bodilikning namunasi emas, balki zaruriyat bo'lib qoldi... Kundalik ehtiyojimizga kerak bo'lgan narsa bu.
Bir narsani Sizga eslataman...
Bir do'stimiz, o'g'li unga aytdi:
- Dadajon, sotka olib bering.
- Bo'pti o'g'lim, sotka olib beraman, shartlashamiz.
- Nima shart?
- Sotkani qanaqasi kerak?
- Nokia 6300.
 - Mana Nokia 6300, har kun ertalab, bomdod namozidan keyin sotkangizga 1 ta sms tashlayman, 2 ta oyat. Kechqurun shom namozidan keyin shu oyatni  manga yoddan o'qib berasiz...
Bir oy davomida bola Yosin surasini yodladi...

***

Do'sti do'stiga sms yozyapti: "Do'stim Alloh Sizni panohida asrasin..."
Dugonasiga sms yozyapti: "Dugona, bizu sizni Alloh ko'rib turibdi,shunga yarasha qadam bosing"...
Bunday sotkani qanday tashlab bo'ladi, bunday qori yigitni yo'lini qanday to'sib bo'ladi...

***

Bugungi kunda pichoq yashashlikni oldini olmaymiz, chunki pichoqlar oshxonaga ham kerak.. Pichoqchilar odam o'ldirsin deb yasamaydi, vaholanki bugungi kunda bu jihozlarni to'g'ri yo'naltirishimiz, ulardan to'g'ri istifoda qilishimiz kerak...

Davomi...

Azizxo'ja domla ma'ruzalaridan...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Oktyabr 2009, 08:56:25

JIN, SEHR VA FOLBINLAR

Insonni adashtiruvchi kofir jin uch holatda uning ichiga kirib olishi mumkin ekan:
1. Gunohi kabira qilayotganda.
2. Qattiq xafa bo’lganda.
3. Qattiq xursand bo’lganda.
Gunohi kabira qilayotgan paytda kirib olgan kofir jin insonni o’sha gunoh bilan butkul zalolatga uchratishni reja qiladi. Inson o’zini bu gunohdan saqlashga urinsa-da,  jin vasavasa qilib, o’sha gunohi kabirani qildiraveradi.
Inson qattiq xafa bo’lganda, taqdirdan malomat qilib, Allohni esdan chiqaradi. Qattiq xursand bo’lganda ham Allohni unutadi. Shu holatda insonga jin kirib olishi mumkin.
Jinning vasvasalaridan qutulish uchun Qur’on o’qib uni chiqarib yuborish o’rniga, odamlar darhol folbinga yuguradilar. Folbinning ham ichida jin borligi uchun, bemorning ichidagi jin bilan muloqot qiladi. Kofir jin esa insonni zalolat botqog’iga yana-da cho’ktirish maqsadida, uning nomiga qurbonlik so’ysa, o’sha odamdan chiqishini aytadi. Folbin esa jinning talabi bitta tovuq yoki qo’yni qurbon qilish ekanini yetkazadi. So’ng inson jinning nomini aytib qurbonlik qiladi. Tanasidan jin chiqib ketganidan yengillab, folbinga ixlosi oshadi. Bu bilan u ikkita  gunohi kabira qilib, iymonidan ajraladi: birinchidan, folbinni tasdiqlagani uchun, ikkinchidan Allohdan o’zgaga atab qurbonlik so’ygani uchun.
Jin esa bundan so’ng ham tinch turmaydi. Folbinga borib, o’sha odamni o’ziga yana bog’lab berishini talab qiladi. Ixlosi tushgan “bemor”ga folchi “shu vazifani olmasangiz bo’lmaydi”, deb uqtiradi. Natijada yana yangi folbin paydo bo’ladi.

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Oktyabr 2009, 15:10:59

HALOL SEHR NIMA?

Vahid Abdussalom aytadi:
“Ey singlim!
Sen eringni o’zingga isitaman, deb harom folchilarga bording-a… Iymondan ajrading-a… Allohning rasuli qaytargan harom joyga halol pullaringni sarflading-a…
Bir menga quloq solgin-a, men senga halol sehrni o’rgatay:
Ering seni, farzandlaringni boqaman deb ko’chada ishlab, horib uyga kelganda ro’parasida kulib turgan, eri uchun go’zal kiyimlarini kiygan xushsurat, xushmuomala ayolini ko’rmaydimi? Sen esa bironta marosim bo’lsa birovlar uchun go’zal kiyimlarni kiyib, atir-upalar bilan o’zingga oro berasan-u, shularni senga olib bergan ering ishdan kelganda esa dog’lanmagan yog’ hidi ufurib turgan yamoq kiyim bilan uni kutib olasan. Unga yaxshi keldingizmi, deya ko’ngil so’rash o’rniga, kundalik g’alvalaringni gapirasan. Shunday qilishga qilasan-u, keyin folchi qidirib yurasan. Sen uning uchun pardozlanishing va unga go’zal muomala qilishing sehrning halolidir. Sen yana bunda Allohning rizoligini ham topasan.”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan