Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 70530 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 16 B


AbdulAziz  25 Noyabr 2009, 10:02:28

FOHISHAGA HAM OZOR BERMA!
 
Shafe’ Usmoniy hikoya qiladi:
"œUstozim Husayn Asg’ar qarib qolgan paytlari edi. Bir kuni u zot Devband shahridagi eski fohishaning uyi oldidan o’tar ekan, kavushlarini yechib, oyoq uchida o’tib ketdilar. Men bu holatga ko’p guvoh bo’ldim-u, lekin bu zabardast olimdan holatning sababini so’rashga hijolat bo’lardim. Bir kuni kayfiyatlari yaxshiligida buning sababini so’radim. Shunda u zot javob berdilar:
"œBir paytlar bu fohishaning bozori juda qizigan. Endi esa qarib, unikiga birov kelmay qoldi. Endi men kavushimni taqillatib, uning uyidan o’tsam, "œana, kimdir menikiga kelyapti" deb tursayu, keyin men o’tib ketib qolsam bechoraning ko’ngli o’ksimasin"¦ Insonning dilini og’ritgan kishi hech qachon valiy bo’lolmaydi."

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Noyabr 2009, 10:25:39

GO’ZAL HIYLA

Angliyalik mustamlakachilar Hindiston musulmonlarini qatag’on qilarkan, Dehlidan Amritsargacha bo’lgan nechta daraxt bo’lsa, shuncha qori va olimning boshini ilgan ekan. Musulmon  rahbarlaridan, buyuk olim “Hujjatul Islom” Qosimun Nonutviyni ham qatl uchun hibsga kelganlarida  u zot Masjidi Chattada masjidni supurib yurgan ekan. Buyuk olimning juldur kiyimlarda masjid supurayotganini ko’rgan askarlar, u kishidan “Qosim qayerda?” deb so’rashibdi.
Qosimun Nonutviy hikoya qiladilar:
“Men umrimda yolg’on gapirgan emasman. O’limga ro’para kelib turgan vaqtimda ham yolg’on gapirmadim. Ular mendan “Qosim qayerda?” deb o’zimni so’rashdi. Shunda men bildirmay, biroz orqaga tisarilib: “Bir pas oldin shu yerda edi” – dedim. Shunda ular Qosim shu atrofda bo’lsa kerak, deb tarqalishdanda men ham qochib ketishga ulgurganman”.

Yorqinjon qori - Hindistonning buyuk ulamolari.mp3 (28:34  minut, 13,0 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Noyabr 2009, 11:41:44

25 BAYT UCHUN JANNAT KAFOLATI

Payg’ambarimiz SAVning chevaralari, hazrati Husayn r.a.ning o’g’illari Zaynulobidiyn r.a. Madinada yashab turgan paytlarida o’sha paytdagi ummaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik haj ziyoratiga kelibdi. Baytullohga kirarkan, odamlar xalifani tanimasligidan va hojilarning ko’pligidan hech kim unga hajarul asvadga yaqinlashishiga imkon bermabdi. Xalifa Ka’baning yaqiniga ham yo’lolmabdi. Xalifaning a’yonlari unga yuqoriroqdan joy qilib, odamlarni tomosha qilish uchun baland minbar yasab berishibdi.
Shu paytda hazrat Zaynulobiddiyn r.a. ziyoratga kiribdilar. Odamlar esa u kishining kelganini ko’rib, Ka’ba tomon yo’l ochib berishibdi. Hishom u zotni tanibdi. Shunda xalifaning shomlik vaziri ushbu hurmatga sazovor inson kimligini so’rabdi. Xalifa hazrat Zaynulobiddiyn r.a.ga bo’lgan adovati sabab hamda agar vazir u zotning Rasululloh SAVning avlodi ekanini bilsa, unga og’ib ketmasin, deb "œbilmayman" debdi. Buni eshitgan Farazdax degan shoir tutoqib ketib, Rasulullohning chevarasi haqida 25 bayt qasida ijod qilib, o’qib beribdi:
"œAlloh taolo yaratgan dunyodagi eng yaxshi odamning farzandi shu zot bo’ladi. Xalifaning u kishini tanimasligi uning sha’niga zarar yetkazmaydi. Sen tanimasang-da, jonsiz Ka’baning tanishini, uni quchoq ochib kutib olishini ko’rmadingmi? U shunday xonadon farzandiki, Jabroil alayhissalom ularning uyiga vahiy tashigan. Ularning saxovati shu darajadaki, oldiga kelgan odamga hech qachon "œyo’q" demagan..."
Shunda Hishom go’zal satrlar uchun Farazdaxni mukofotlash o’rniga, uni qamoqqa buyuradi. Buni Zaynulobiddiyn r.a.ga yetkazganlarida u zot bisotlaridagi bor hamma boylikni — 12 000 tilloni shoirga olib borib berishni buyuribdilar. Farazdaxga ushbu hadyani olib borishganida u:
"œMen bu zotni pul uchun maqtamadim. Agar pul uchun maqtaganimda xalifani maqtardim. Menga 12000 emas, 120000 tillo berardi. Men u kishini bir og’iz so’z uchun maqtadim: "œQiyomatda bobolari oldiga borib, bu odam xonadonimizning bir iti edi" — deb guvohlik bersalar, shu menga kifoya".
Zaynulobiddiyn r.a.ga pulni qaytarib olib borganlarida, u zot shunday degan ekanlar:
"œMenki o’sha maqtalgan buyuk xonadon vakili ekanman, endi berilgan hadyani hech qachon qaytarib olmayman. Buni Farazdaxga eltib bering. Qiyomatdagi omonatga men kafilman."
Tobeinlar shoir Farazdaxni tirikligidayoq jannatiyligi bashorat etilgan zot sifatida e’tirof etadilar...

Qayd etilgan


lolo  30 Noyabr 2009, 14:37:13

Yo Rosululloh! (Hayrulla Hamidov)
   Sen yo'q eding, Yo Rosululloh! Hazrati Odamning vujudida eding. Avval Jannatni, so'ng esa yer yuzini sharaflantirding. Odam Sening Nuring tufayli avf etildi. Arofat u avfga shohiddir.
   Sen yo'q eding, Nuhning Kemasida eding. To'lqinlar Yer yuzini bo'g'ar ekan, tuproqning bag'ridagi suv osmon bilan uchrashar ekan, va bu bir ilohiy azob, deyilar ekan, Alloh ming bir sabab ila ruhingni asradi. To'fon Nuringga Salom aytdi odob bilan.
   Sen yo'q eding, Hazrati Ismoilning peshonasida eding. Kimsasiz cho'llarda Ibrohim duosi yuksaldi: Robbim, - dedi, - ularga o'zlarining ichlaridan Sening oyatlaringni o'qiydigan, Kitob va Hikmatni o'rgatadigan, ularni poklaydigan bir elchi yubor!
   Omin! - dedi o'n sakkiz ming olam. Sening Nuring bilan yog'du sochgan qo'llarini samoga ko'tarib: Omin! - dedi Ismoil. Hiro, Nur tog'i ham "Omin!" deb oyoqqa turdi. Madinada Uhud tog'idan "Omin!" sadosi yuksaldi.
   Sen yo'q eding, Yo Nabiyalloh! Hazrati Iso seni "Ahmad" deb yo'qladi. Ikki olam sarvari, deya yuzlandi senga. Men sizlar bilan ko'p gaplashmayman, dedi havoriylarga. - Chunki bu olamning raisi kelyapti. Kuting Ahmad kelyapti, olamlarga raxmat kelyapti.
   Havoriylarning yuzini silagan, o'liklarni tiriltirgan bir nafas bo'lding. Ammo sen yo'q eding.
   Sen yo'q eding, Hazrati Abdullohning peshonasida eding. Boshi egik, hafa bo'lib yurar edi u.
   Buhayro ko'klardan seni so'rar, Varaqa seni qidirardi samodan.
   Onalar qiz farzandlarini o'limga yig'lab yasantirar edilar. Yig'lab-yig'lab: Qizim, bobongnikiga borib kelasan! - der edilar.
   Sen yo'q eding, Yo Habiballoh! Aslida tuproqqa tirik ko'milish edi, boboga borish. Chorasiz qolgan volidai muhtarama jagar-bandini o'limga kuzatishdan o'zga iloji yo'q edi. Eng so'nggi qiz chohga uloqtirilar ekan, onasining suratida bir farishta ko'rindi unga va tabassub etib Hiro tog'ini ko'rsatti unga. Farishtalar Hironi yasantirar edilar. Nur tog'i Sohibiga tayyorlanar edi.
   Sayyidiga hozirlanar edi Makka!
   Koinot sarvari uchun bezanar edi. Koinot hazrati Ominaga ilhaq edi.
   Tuproq Robbisiga yolborardi. Mazlumlar ko'zlarin samoga tikkan ko'yi: Kel! - deya yig'lar edilar.
   Sening kelishing kutilar edi, Yo Rosululloh! Bir tushishing bor edi yer yuziga.
   Oldingda Jabroil, orqangda malaklar.
   Yetimlarga eng huzurli kecha bo'ldi u kecha. Nochorlar onalarini to'yib-to'yib quchoqladilar.
   So'ng, sahar vaqtini bir sukunat qopladi, borliq narsa jim-jit bo'lgan edi. "Qani?" der edi yulduzlar! "Qani?" der edi Oy! Koinot bir ism eshitmoq istaydi.
   Ominaning uyidan bir ovoz yuksaldi: "Muhammad!"
   Zulmat o'z o'rnini nurga bo'shatib berdi.
   Muhammad! Farishtalar uning nurli qo'llaridan o'pti!
   Muhammad!, Seni yaratgan Allohga qurbonmiz, ey duri yakdo! Senga bu ismni bergan Rohmanga qurbonmiz!

Qayd etilgan


lolo  30 Noyabr 2009, 14:39:49

   Endi sen borsan!
   Suvsiz tuproqlarga raxmat nozil bo'ldi sen ila. Onangdan so'ng onang Halima suyundi sen ila. Yomg'irga ehtiyoj bormi?, ko'tar shahodat barmog'ingni, yomg'irlarni yog'dirsin Alloh!
So'ng ushla daraht bargini, tomirlaridan qo'pib yoningda yirg'izsin Alloh! Faqat sen ista, Yo Rosululloh! Deginki, "Men kimman, tog'lar, toshlar tilga kirisin." Murg'ak go'dak qo'lingdan tutib: "Sen Rosulullohsan!" - desin.
   Sen bor eding! Badrda g'alaba yor edi. Uhud tor edi, Handaq yor edi. Yigitlaring! O'lim uchun musobaqalashgan yigitlaring bor edi!
   Anas ibn Molik ismli sahobang bor edi, Yo Rosululloh! Uhudda vafotingni eshitib do'stlariga: Nimaga bu yerda o'tiribsizlar?! - deb murojaat qildi u, Allohning Rosuli o'ldirildi, deganlarida, - U o'ldirilgan bo'lsa, sizlar yashab nima qilasizlar?! Turing! Va Uning kabi o'ling! - degandi! O'zi ham jangda shahid etilgandi. Shahid jarohatlaridan tanilmas holatga keldi. Singlisi faqat akasining barmoqlaridan taniy oldi.
   Uhudda nayzangni tashigan Mus'ab ibn Umayring bor edi sening! Shunday bir muhabbat bilan senga bog'liq ediki, Alloh o'sha kuni farishtalarni Mus'abning suratida tushirdi!
   Abu Hurayrang bor edi sening! Qorni ochib, masjidning oldida turib seni kutar va termulib qarab turar edi. "Sen ham kel, ey Abu Hirr" - der eding.

Qayd etilgan


lolo  30 Noyabr 2009, 14:43:40

   Sen ketding!
   Shunday ketdingki, ortingdan mahzunlik, mayuslik qoldi.
   Hasrating qoldi samoda.
   Bilol hatto Azon aytolmay qoldi. Qachonki taraddudlansa, Muhammadur Rosululloh, deya olmas va tizzasi bilan yiqilar, hushidan ketar edi.
   So'ngra kunlar - oy, oylar - yil bo'ldi.
   Asrlar o'tdi.
   Sensiz ochdik ko'zlarimizni. Lekin Sen tashlab ketmassan bizni.
   Sen Borsan!, Ey Shahidlar Sultoni! Bir shahid ham o'lmas ekan! Seni qanday yo'q deymiz???

   Abu Tolib Shomga yo'l olar ekan, tuyasining oldidan to'sib "Meni kimlarga tashlab ketayabsiz... na onam bor, na otam?!" deganding. Abu Tolib shu bois safardan voz kechgandi!
   Sensiz ingragan ummatingni kimga tashlab ketyabsan, Yo Rosululloh!
   Tashlab ketma bizni! To Alloh: Sen ularning ichida ekansan, biz ularni azoblamaymiz! - dedi.
   Tashlab ketma bizni, bizga hayotni sen orqali tanitdi Rahmon!
   Qullikni Sen tufayli angladik!
   Duoni sendan o'rgandik! Hazrati Umar umri uchun Sendan izn so'raganida, "Birodarim, duoingda meni ham eslaysanmi?!" degan eding unga.
   Biz Umar emasmiz, ammo barcha duolarimiz - Sening uchun!
   Ey Robbimiz! Rosulingni eslashimizdan Uni habardor qil!
   Unga minglab salotu salomlar bo'lsin!
   Habibingga Maqomi Mahmudni ber! Unga lutf ayla.
   Uni Rafiqul A'loga ko'tar, bizlarni ham avf et!
   Bizlarni avf et!

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2009, 09:27:11

TO’RT BOLAKAY DUOSI

Makkai mukarramada 4 nafar yosh bolakaylar - Hazrat Abu Bakr Siddiqning nevaralari Abdulloh ibn Zubayr, Urva ibn Zubayr, Mus’ab ibn Zubayr hamda ummaviylardan Abdulmalik ibn Marvon Baytullohda o’tirib, "œkelinglar, shu yerda bir duo qilishaylik, zero Ka’batullohdagi duolarni Alloh qabul qilar ekan" deb maqsadlarini bayon qilishibdi.
Mus’ab ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Iroqqa hokim bo’lsam..."
Abdulloh ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Makkaga hokim bo’lsam..."
Abdulmalik ibn Marvon aytibdi: "œSizlarning himmatingiz past ekan. Men butun dunyoga xalifa bo’lishni so’rayman".
Urva ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga shunday ilm bersaki, odamlar kelib Kalomullohni mendan o’rgansinlar".
Alloh taolo ularning duolarini qabul qildi.
Haqiqatan ham Abdulmalik dunyoga xalifa bo’ldi. Abdulloh ibn Zubayr Makkada hokim bo’ldi. Urva ibn Zubayr esa, Madinaning eng katta yetti faqihidan biri bo’ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2009, 09:27:44

MA’SUM OYOQ

Urva ibn Zubayr Madinada faqihlik qilgan vaqtlarida xalifa Valid ibn Abdulmalik Suriyaga ziyoratga chaqirtiribdi. Urva u yerga kichik o’g’illari bilan birga boribdilar. Faqih xalifa bilan suhbatda ekan, otlarga qiziquvchan o’g’illarini otxonada ot tepib o’ldirib qo’yibdi. Urva o’gillarini ko’mib bo’lmayoq, qorason kasalligiga duchor bo’libdilar. Qorason tobora kengayib borar, tabiblar oyoqni kesib tashlash kerakligini aytishibdi. Urva rozilik bergach, tabiblar:
- Ozroq aroq ichkazsak-da, uning ta’sirida og’riqni sezmay turasiz, tezda kesib olamiz.
- Alloh taolo menga ato etgan salomatlik ne’matini saqlab qolish uchun u harom qilgan aroqni ichmayman.
Tabib avval katta pichoq, so’ng suyakni kesdigan arrani u zotning oldiga qo’yib, so’ng 3-4 kishini chaqiribdi. Shunda Urva so’ragan ekanlar:
- Bu odamlarni nima qilasiz?
- Ular sizning oyoq-qo’llaringizni bosib turishadi.
- Ularning o’rniga men xizmat qilaman. Allohni zikr qilib turaman. Siz esa kesavering.
Hazrat "œLa ilaha illalloh" deb zikrga tushishi bilan ishga kirishishibdi. Kesib bo’lingach qonni to’xtatish uchun oyoqlarini qaynab turgan yoqqa solishibdi. Shunda u zot xushlarini yo’qotibdilar.
Urva ibn Zubayrning odatlari kunduz kuni 8 pora, kechasi 2 rakaat naflda yana 8 pora Qur’onni umr bo’yi tark qilmagan ekanlar. U kishing odatlari faqatgina shu kuni tark bo’lgan ekan.
Xushlariga kelib so’raganlari: "œOyog’im qani?" — bo’lgan ekan. Kesilgan oyoqlarini olib kelib berishsa, u zot uni o’pib shunday der ekanlar:
"œEy oyog’im, kechalari seni ustingda meni masjidga yurgizgan Allohga qasamki, men seni hargiz haromga bosmaganman. Mendan rozi bo’lgin".

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Dekabr 2009, 11:59:07

MUSIBAT USTIGA MUSIBAT

Huzuriga tashrif buyurgan paytdagi Urvaning musibatlaridan ko’zlari yoshlangan xalifa yana mehmon qabul qilibdi: bir ko’r kishi. Undan musibati sababini so’raganda, ko’r kishi shunday hikoya qilibdi:
"œMen shahrimdagi eng boy odam edim. Eng bola-chaqasi ko’pi ham men edim. Alloh har jihatdan menga ne’matni komil ato etgan edi. Bir shahardan ikkinchisiga ko’chish maqsadida mollarni tuyalarga yuklab keta boshladik. Bir joyda bola-chaqalarim dam olish uchun to’xtashimni iltimos qilishdi. O’sha yerga chodir tikib, mollarni tushirib dam oldik. Bilmagan ekanman, u yer selning yo’li bo’lib, kechqurun sel kelib hamma narsamni yuvib ketdi. Teparoqqa beshikka ilingan bolam va bir tuyadan boshqa hech nima qolmabdi. Tuyadan ham ajrab qolmay deb uni quvsam, qochib ketdi. Shunda bolam chinqirab qoldi. Tuyadan kechdim deb bolamning oldiga borsam, uni bo’ri g’ajib qo’yibdi. Boladan ajrab, endi tuyani tutib olay deb yugursam, tuya orqa oyog’i bilan tepib ko’zimni ko’r qildi. Bir soatning ichida bola-chaqa, mol-dunyo va sog’ligimdan ajraganman."
Shunda xalifa: "œBu kishini Urva ibn Zubayrning oldiga olib boringlar. Zero, Urvaning musibati oldida bu kishiniki hech narsamas" — debdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Dekabr 2009, 12:01:38

JANNATDAGI IFTORLIK

Xalifa Urva ibn Zubayrni uylari Madinaga kuzatibdi. Urva uylari eshigini taqillatar ekan, shunday debdilar:
- Ayolim, eshikni ochma, toki senga bir gapni aytib olay. Ochganingdan so’ng ko’rganing seni qo’rqitmasin. Menga to’rtta o’gil berib, bittasini olgan Allohimga hamd bo’lsin! Menga 4 taraf (ikki qo’l, ikki oyoq) berib, endi bittasini olgan Allohimga maqtovlar bo’lsin!
Butun Madina xalqi u kishiga ta’ziya bildirib, aytgan gaplari quloqlariga kirmas ekan-u, illo Muhammad degan bir zotning fikrlari u kishiga taskin bergan ekan:
"œEy, Urva! Bashorat, xursandliklar sizga bo’lsinki, siz shunaqangi baxtli insonsizki, sizning 1 o’g’lingiz bilan, bir a’zoingiz sizni jannatda kutib o’tirsa... Umidim borki, kesilgan bir oyog’ingiz, jannatda ikkinchisi bilan birlashadi".
Kasalliklari avjiga chiqqan mahalda ham u zor ro’zador ekanlar. Shunda qizlari shunday degan ekan:
- Alloh taolo bandaning toqati yetmaydigan narsaga da’vat qilmaydi. Nega ro’za tutyapsiz?
- Ey qizim, umidim borki, iftorlikni havzi kavsarning bo’yida hurlar bilan qilsam...
O’g’illari bizga so’nggi bor nasihat qiling, deb so’raganda, u zot shunday degan ekanlar:
- Ey o’g’lim, dunyodagi hech bir ifloslik beilm qarib qolishga teng kelmaydi.
Shu kuni asrdan so’ng Urva ibn Zubayr vafot etgan ekanlar. Alloh u kishidan rozi bo’lsin!

Yorqinjon qori - Sahoba va tobeinlar hayotidan.mp3 ( 22:40  minut, 10,3 Mb)

Qayd etilgan