Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 97466 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 16 B


AbdulAziz  24 Dekabr 2009, 16:48:20

DUNYO KAVUSHIMGA SAJDA QILDI

So’nggi boburiy Bahodirshoh zamonida yashagan, hujjatul-islom Qosimun Nonutviyning oldiga Merad shahrining hokimi Ilohiybahsh katta bir idishda oltin va pullarni olib, hadya qilgani kelibdi. Yo’lda o’ylabdi: "œMen qilgandek hadyani u zotga hech kim qilmagan bo’lsa kerak". Shu payt Qosimun Nonutviy Masjidi Chattaning oldida sochlarini oldirib o’tirgan ekan. Hokim salom beribdi. U zot alik olibdiyu, lekin unga qaramabdi. Iltifot ko’rmagan hokim maqsadga o’tibdi:
- Hazrat, sizga bu hadyani olib kelgan edim...
- Sening hadyangni olishga mening hojatim yo’q.
- Sizning olishga hojatingiz bo’lmasa, mening berishga hojatim bor. Savob olmoqchiman.
- Men Devband madrasidan 7,5 rupiy oylik olaman. Bu mening bir oylik ro’zg’orimga yetadi. 8 rupiy olib qo’ysam, yarmini nima qilarkinman deb kechasi uxlolmay chiqaman. Sening bir qop pulingni nima qilaman.
Hokim ko’nglidan o’tkazibdi: "œO’zi olmasa, shogirdlariga bo’lib bersa bo’lmasmikan?". Shayxul Islom shu zahoti debdi:
- Agar sening ko’nglingda bu pullarni shogirdlarga bo’lib berish bo’lsa, o’zing bo’lib beraqol. Men aralashmayman.
Hokim sharmanda bo’lib, asta masjiddan chiqibdi-da, ostonada turgan shayxning kovushi ustiga barcha pullarni to’kib ketaveribdi.
Qosimun Nonutviy masjiddan chiqib qarasa kovushlari yo’q. Pulga umuman e’tibor bermay kovushni qidiraveribdi. Shogirdlari pullarning tagidan kovushni topib bergach, shayx pullarni olinglar ham demay ketaveribdi.   
Miyonjiy degan xalfasi "œnahot shuncha pulgayam qaramadiya" deb hayron bo’lib tursa, shayx aytgan ekanlar:
- Odamlar dunyo topaman deb kovushda yuraverib, kovushlari yeyilib ketyapti. Ammo men dunyo demasadan Xudo deganim uchun dunyo kovushimga sajda qilib yubordi"¦

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Dekabr 2009, 11:12:37

QIYOMATDA HAM OCHILMOVCHI SIR

Anvarshoh Kashmiriy hikoya qiladi:
"œBiz 4 ta mazhabni haq deb e’tiqod qilamiz.
Endi savol tug’iladi: Odatda, ikki yoki uch odam bir masalada tortishsa, albatta ulardan bittasi haq bo’ladi. Uchchalasi ham haq bo’lolmaydi. Biz esa to’rtala mazhabni ham haq deymiz. Buni qanday tushunish mumkin?
Buning ma’nosi mazhabboshi mujtahid ulamolarimiz ham xolislik bilan qilgan ijtihodiga ajr olgan, degani. To’rtalasidan qaysi biriga ergashsangiz ham haqqa boraverasiz, degani. Tashqaridan qaraganda esa, qaysidir birlarining ijtihodlari haqdir. Lekin mana shu haqni bilishning imkoniyati yo’q. Chunki, haqni aytguvchi payg’ambarlik silsilasi uzilgan. Bu dunyoda buning iloji yo’q.
Qiyomatda qaysi birlari haqligini bilish mumkin edi. Lekin, Alloh taoloning rahmatidan shuni umid qilamanki, bir mujtahid Islomga xizmat, ummatga yengillik maqsadida Alloh uchun xizmat qilgani tufayli Qiyomatga Alloh sening gaping to’g’ri, seniki notog’ri deya ajratmasa kerak. Qiyomatda ham qaysi mazhab haqligi sir bo’lib qolsa kerak"¦"

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Dekabr 2009, 08:34:50

TOBUT QANDAY KO’TARILADI?

Tobutni ko’tarib ketayotgan odamlar tobutdan oldinda ketadilarmi yoki tobutning orqasida ketishadimi?
Bu masalada Imom Abu Hanifa va Imom Shofe’iy o’rtalarida ixtilof bo’lgan. Ikkalalarining ham aqliy dalillari bor edi.
Imom Shofe’iy aytadilar:  "œTobutni ko’tarib ketayotgan odamlar tobutdan oldinda ketishi kerak, o’lik hammadan orqada ketishi kerak. Chunki o’lik gunohkor. Avliyo bo’lgan taqdirda ham gunoh qilgan. Biz go’yoki o’rtaga tushib uning kechirilishini tilab ketayotgan odamlarmiz. Gunohkorni orqada yashirib ketamiz".
Imom Abu Hanifa aytadilar: "œTobutni ko’tarib ketayotgan odamlar tobutning orqasida ketishi kerak. Chunki, mayyit dunyodan xayrlashib ketayotgan odam. Tobutni ko’tarayotgan kishilar esa go’yo o’likni so’nggi manzilga kuzatayotgan xayrlashuvchilardir. Kuzatuvchilar orqada qoladi".

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2010, 07:54:55

OLIMNI MOT QILGAN “AJNABIY”

Muhammad Taqiy Usmoniy hikoya qiladi:
“Bir kuni xonamda o’tirsam sochlari va kiyinishi butkul g’arbona bo’lgan bir yigit oldimga kirdi. Unda iymonning miltirab turgan chirog’i ham ko’rinmasdi. Yigit savol berdi:
- Hazrat, mening ishim katta bank sohasida hisob-kitobdan iborat. Men buni Angliyada o’qib o’rganganman. Shu ishning mohiyatini bilasizmi?
- Bilaman, Hindistonda men bilgan 3 ta shu sohaning zabardasti bo’lsa, to’rtinchisi sen ekansan.”
- Mening daromadim shahar hokiminikidan ham ko’pligini bilasizmi?
- Bilaman.
- Shu ishimda xotirjam ishlab yurgandim. Bir odam menga bu ishdan keladigan daromad harom dedi. Shunga avval sizdan anig’ini so’rab bilib olayin, deb keldim. Bu ishim haqida nima deysiz?
- Sening ishingda ikkita harom amal bor: qimor va sudxo’rlik. Lekin, bir odam haromdan pul topyapti. Bilgan hunari shu. Vaqtiki, bu ishning haromligini bilgach, unga boshqa ish topish farz bo’ladi. Boshqa halol ishni esa xuddi ochdan o’layotgan kishi yegulik izlagandek izlaydi. Lekin o’sha ishni topilguncha harom ishini tashlamay turadi. Toki shayton senga halol ishni qidirib och qolding, degan vasvasani solmasin. Bu ulug’larning gapidir.
- Hazrat, men sizdan qanday ish topish kerakligini so’ramadim. Bu ishim halolmi harommi? Birgina so’zni so’radim.
- Ishing haromdir.
- Buni kim harom qilgan? Sizmi yo xudomi?
- Alloh harom qilgan.
- Alloh harom qilgan bo’lsa, avval halolning eshigini ochib, so’ng harom qiladi. Va’da beramanki, o’lgunimga qadar eski ishimga qaytmayman.
Mening ko’zimni ochgan edi bu voqea. Bir odam “La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh” dedimi, surati qandayligidan qat’i nazar bizning ehtiromimizga loyiq ekan. Mening dastlabki gumonim qanday ediyu, uning ancha-muncha olimga xos bo’lmagan tavakkuli qanday edi!  Shu yigit hozir Amerikaning eng boy musulmonlaridan...”

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Yanvar 2010, 09:32:13

QABR TEPASIDA QUR’ON O’QIB BO’LADIMI?

Imom Ahmad ibn Hanbal r.a. ibn Qudoma degan kishi bilan bir mayyitning janozasiga qabristonga borishibdi. Janozani o’qib chiqayotib qarasalar bir tug’ma ko’r kishi qabrning yonida Qur’on o’qiyotgan ekan. Shunda Imom Ahmad ibn Hanbal aytgan ekanlar:
- Buni man qilinglar. U bid’at ishni qilyapti.
Qabristondan tashqariga chiqqanlarida ibn Qudoma r.a. so’ragan ekanlar:
- Bishr degan roviyga nima deysiz?
- Ishonchli odam.
- Siz ham undan hadis rivoyat qilganmisiz?
- Ha, rivoyat qilganman.
- Bishr menga aytgandi: "œBir zot o’layotib o’g’liga vasiyat qilgan ekan: "œO’g’lim, men o’lsam qabrim boshiga kelib, "œBaqara" surasining boshi va oxiridan o’qigin. Men buni Abdulloh ibn Umar r.a. o’layotganda o’g’liga shunday vasiyat qilganini eshitgandim. U kishi janobi Rasululloh s.a.v.dan eshitmasa bu gapni hech qachon aytmas edi."
Shunda Imom Ahmad ibn Hanbal bir odamni qabristonga jo’natib: "œHaligi odamga aytgin, Qur’onni o’qiyversin", - deb aytgan ekanlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Yanvar 2010, 09:32:41

OTANING HIMMATI

Imom A’zam rahmatullohi alayhning oldilariga bir odam o’g’lini o’qishga olib kelgan ekan. 20 yil o’tibdi hamki, u tolib deyarli hech nimani o’rganmabdi. Abu Hanifa tolibning otasini chaqirib aytgan ekanlar:
- O’g’lingizni olib ketavering. Olim chiqmadi undan. Endi uni borib ishlating. Pul topsin.
O’g’lidan juda katta narsani umid qilib yurgan otasi dunyoning o’sha paytdagi eng katta mujtahidiga shunday degan ekan:
- Taqsir, hech bo’lmasa sizchalik bo’lmaydimi?
Otaning himmatini ko’rib, Imomi A’zam aytgan ekanlar:
- Sizning himmatingiz juda katta ekan. Endi tashlab ketavering. Inshaalloh o’g’lingiz olim bo’ladi.

Foyda: Bolani qori, olim qiladigan narsa — otaning xolis himmatidir. Shuning uchun ota farzandi kamoli uchun Allohdan astoydil so’rashi kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2010, 12:51:01

TAVASSUL HAQIDA

Rasululloh SAV va solih kishilarning hurmatidan Allohga vasila keltirish joizdir. Ammo bevosita biron solihning qabriga borib, mening boshimga bir mushkul ish tushdi, shunga madad qiling, yo pirim, deb so’rash joiz emas. Chunki duolar bandadan emas, Allohdan so’raladi. Aqidaga ko’ra Allohdan o’zga duo qilinuvchi yo’q. Xayr va sharr faqat Allohdan. Yordamni ham faqat U beradi.
Vasila keltirish Qur’oni karim bilan ham sobitdir:
Alloh taolo Qur’oni karimda Rasululloh SAVga shunday ta’lim beradi:
"œO’zingizning xatolaringiz uchun Allohga istig’for ayting va mo’min va mo’minalarning xatolari uchun ham".
Alloh taolo maloikalarni ta’riflab shunday deydi:
"œUlar Yerdagi odamlarning gunohi uchun mendan istig’for so’raydilar".
Maloikalar ham o’rtada vosita bo’lib, Alloh taolodan bizning gunohlarimiz uchun mag’firat so’rasharkan.
Demak, biz "œRasululloh SAV (yoki biron solih kishi)ning hurmatlaridan bizlarning duolarimizni qabul ayla!" desak, durust bo’ladi. Lekin ularning ruhidan yordam so’rash mutlaqa joiz emas. Chunki "œIyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn", ya’ni "œSengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz!"

Savol: Ayliyolardan madad so’rash mumkinmi? Pirlar yoki palon avliyo madadkor bo’lsin deyish mumkinmi? Falonchi boboning ruhi tarbiyat qilsin degan gap to’g’rimi?

Javob: Mumkin emas. Madad faqat Allohdan so’raladi. Buning oddiy misoli, masalan, siz biron qurilish qilayotsangiz, falonchi madad qiling desangiz, o’sha o’lgan kishi kelib sizga yordam berolmaydi-ku. Demak, yordamni faqat Allohdan so’raladi. Falonchi boboning ruhi tarbiyat qilsin degan gap ham noto’g’ridir, joiz emas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Fevral 2010, 12:52:19

UCHTALOQ HAQIDA IKKI XIL IJTIHOD

Mujtahid ulamolarimizdan Alloh rozi bo’lsin. Ular Qur’onda ham, hadisda ham mavjud bo’lmagan hukmlarni biz uchun ijtihod qilib berishdi.
Imomi A’zam r.a.dan so’ragan ekanlar: "œBir kishi ko’chadan o’tayotgan birovning nikohidagi begona ayolni ko’rib, "œAgar shu xotinni nikohimga olsam, uchtaloqdir" deb aytdi. 3-4 yil o’tib ayolning eri vafot etgach, o’sha ayolni haligi erkak nikohiga oldi. Endi buning hukmi nima bo’ldi?"
Imomi A’zam r.a.: "œUchtaloq bo’ldi. Lafzdan uchtaloq chiqib, amalda bo’lganidan so’ng uctaloq bo’ldi" degan ekanlar.
Imomi Shofe’iy esa: "œHech narsa bo’lmaydi. Uning gapi lag’v edi. Chunki erkak shu gapni aytganda bu ayol birovning xotini edi. Birovning xotiniga boshqasi taloq aytolmaydi", - degan ekanlar.

* * *

Buyuk mujtahidlardan Ibn Abu Layloning huzurlariga bir kishi kelib so’rabdi:
- Men xotinimga: "œTo sen gapirmaguningcha men gapirar ekanman, uchtaloqsan" dedim. Xotinim ham dedi: "œTo sen gapirmaguningcha, men gapirarkanman, barcha mol-mulkim Alloh uchun bo’lsin." Buning hukmi qanday bo’ladi?
- Buning hukmini men bilmayman. Buni Abu Hanifa bilmasa, mening aqlim yetmadi. O’shanga boring va nima deganini albatta menga yetkazing.
Imomi A’zamga holatni tushuntirgach, javob beribdilar:
- Hech narsa bo’lmabdi. Qasaming bekor bo’libdi.
Imomi A’zamning javoblaridan taajjublangan Ibn Abu Laylo u zotdan ijtihod dalilini so’rabdi, Shunda Abu Hanifa shunday javob beribdilar:
- Erkak  "œTo sen gapirmaguningcha men gapirar ekanman, uchtaloqsan" deb qasam ichibdimi? Uning javobiga xotin ham "œTo sen gapirmaguningcha, men gapirarkanman, barcha mol-mulkim Alloh uchun bo’lsin" deb qasam ichibdimi? Xotin eriga javob berganda gapiribdi-ku, demak qasam bekor bo’libdi.
Shunda ibn Abu Laylo aytgan ekanlar:
- Yo imom, senga kelgan ilhom bizga kelmaydi. Shu oddiy narsaga ham aqlimiz yetmabdi...

Domla Hindistoniy - Mazhab haqida.mp3 (25:37 minut, 11,7 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 May 2010, 11:25:49

QALB MAMLAKATI

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
"œDunyoning eng buyuk podshoshi biron mamlakatga bostirib kirsa, avval o’sha davlatning eng kiborlarini xor qilib tashlaydi.
Qalb ham juda keng bir mamlakat. Uning ham ichida Kibr, Baxillik, Harislik, Yomon gumon degan iflos kiborlari bor.
Shu mamlakatga shohlarning Shohi kirib kelsa bormi, ularning hammasi yuvilib ketadi.
Bas, qalbni ziynatlantirish uchun ko’p zikr qiling".

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 May 2010, 11:39:06

3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI

Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng "œAlhamdulillah" deganini eshitibdilar.
"œAlhamdulillah" deyilgandan keyin "œYarhamukalloh" deyish vojib. Abu Dovud "œYarhamukalloh" demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. "œAlhamdulillah"ni eshitgan odamga "œYarhamukalloh" deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak.
Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni 3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga "œYarhamukalloh" deb qaytgan ekanlar.
Abu Dovud aytadilar: "œShunga qulog’imga bir nido eshitildi: Ey Abu Dovud, 3 dirhamga jannatni sotib olding."

Yorqinjon qori - Qalb islohi. Salomlashish.mp3 (32:26 minut, 14,6 Mb)

Qayd etilgan