Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 97551 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 16 B


AbdulAziz  21 May 2010, 08:24:11

DUNYODAGI ENG SHIRIN NARSA

Hotami Toyining adolatli vaziri Buzurgmehrning go’zal nasihati bor:
"œDunyoda nima og’irlik bo’lsa, hammasini ko’tardim-u, lekin qarzdek og’ir narsani ko’rmadim.
Dunyodagi eng achchiq narsalarni ham totdim. Hatto sabrdek achichiq narsani ham ko’rdim. Lekin kambag’allikdek achchiq narsani ko’rmadim.
Dunyodagi lazzatli taomlarning hammasidan yedim. Barcha shirin ichimliklardan ichdim. Eng go’zal ayollarni nikohimga oldim. Lekin xotirjamlikdek shirin narsani ko’rmadim".

Rasululloh s.a.v. marhamat qiladilar:
"œSizlarga iymondan keyin, ofiyatdan kora yaxshi narsa berilmadi".

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 15:49:00

ENG KO’P KITOB YOZGAN OLIM

Ibn Aqiyl rahmatullohi alayhning birgina "œFunun" degan kitoblari 800 mujallad bo’lgan ekan. Odam alayhissalomdan keyin kelgan odamlardan hech biri bunchalik ko’p kitob yozolmagan.
Ibn Aqiyl aytgan ekanlar:
"œHozir yoshim 80 da. Lekin haliyam kitob yozishga himmatim bor. Men sizlar ovqatlangandek ovqatlanmayman. Balki, vaqtimni qizg’onaman. Qattiq nonni suvga solib qo’yib, kitob yozayotgan joyimda yeyaveraman. Astoydil o’tirib yeyishga esa vaqtim yo’q."

Amr Xolid aytadi:
"œUmmati Muhammadiyaning hozirda qoim bo’lishi mana shunday vaqtning qadriga yetadiganlar sababidandir. Agar din bizga o’xshaganlarga qolganda xor bo’lgan bo’lardi.
Umr yashab o’tilgan yillar bilan emas, qilingan ezgu ishlar bilan o’lchanadi"¦"

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 15:49:13

ARSH LARZAGA TUSHDI

Sa’d ibn Muoz r.a. 30 yoshda musulmon bo’ldilar. U zot 37 yoshda vafot qilganlarida Rasululloh s.a.v.: "œAllohning Arshi Sa’dning o’limidan larzaga tushdi" degan ekanlar. Marhumning tobutini ko’tarib ketayotgan bir sahoba: "œNega uning tobuti juda yengil?" — deb so’raganda, Rasululloh s.a.v.: "œUni farishtalar ko’tarib ketyapti" — degan ekanlar.
Alloh sizdan rozi bo’lsin, ey Sa’d, siz 7 yillik musulmonlik umringizda vaqtdan unumli foydalanaib, oily martabalarga erishdingiz.

Hazrat Usoma ibn Zaydni Rasululloh s.a.v. katta qo’shinga amir qilganlarida yoshi 16 da edi. Vaholanki, bu qo’shinda Abu Bakr siddiq, Umardek (r.a.) zotlar bo’lgan. Demak, Usoma r.a. shu yoshigacha vaqtini g’animat bilan Rasululloh s.a.v.ning e’tiborlarini qozongan ekan.

Muhammad Fotih (Fatih Mehmet) Istambulni kofirlar qo’lidan olganida yoshi 23 da edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 16:00:01

TAOMINI UNUTGAN IMOM

Imom Navaviy 500 ta kitob yozganlar. 40 yoshda vafot etganlar. Ilmni deb uylanolmaganlar. Shu zot aytgan ekanlar: "œAllohga qasamki, yiqilib tushmagunimcha ovqatlanmayman va uxlamayman. Chunki vaqtni qizg’onaman". Onalari ovqatni olib kelarkanlar-da, hazrat kitob o’qiyverarkanlar, onalari og’izlariga tiqib-tiqib ketaverarkan. Bomdodga azon chaqirilib, hazrat onalariga: "œOnajon, ovqatni olib keldingizmi?" desalar, onalari: "œUni kechqurun yedirib qo’ydim-ku" — derkanlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 16:10:14

UYQUGA ZOR XALIFA

Umri davomida to’yib uxlamagan Hazrati Umarning gaplarini eshiting:
"œQachon uxlay ekan. Kechqurun uxlasam Parvardigorning haqini zoye qilaman, kunduzi uxlasam bandalarning haqini zoye qilib qo’yaman-ku". 

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2010, 17:03:19

BIR LAHZANING QADRI

Imomi A’zam r.a.ning shogirdlari, buyuk Faqih Abu Yusuf o’lim to’shagida ham shogirdlarini chaqirib, biron ilmiy masalani suhbat qilib turaylik, degan ekanlar.
Shunda shogirdlaridan biri: “Hazrat, hozir masala tortishadigan vaqtmas-ku, o’zingiz bilan o’zingiz ovora bo’lsangiz” – desa, shunday javob bergan ekanlar: “Alloh menga bergan 1 lahza qolsa ham o’sha bilan bir musulmonga xizmat qilib qolsam deyman. Shu lahzani qo’ldan boy berib qo’ymay…”

Buyuk hofiz, muhaddis Ibn Rajab r.a. aytadilar: “O’z qo’lim bilan 2000 ta kitob yozganman”. Hatto kuniga 9 ta kitob yozgan paytlari ham bo’lgan ekan.
Amr Xolid aytadi:
“Bular qandayin zotlar edi! Vaqtining qadrini bilgan mana shunday zotlar sababli ummat 1300 yil turdi. Oxirgi 100 yilning ummatlari nima bo’ldi? Bu zamon ummatining dardu g’ami uy qurish bo’ldi…”

Yorqinjon qoridan
Yorqinjon qori Vaqtning qiymati.mp3 (18,8 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 May 2010, 09:54:45

FARZAND TARBIYASI

Ashraf Ali Tahonaviy r.a. aytadilar:
"œFarzandlarni komil qilib tarbiyalash barcha ota-onaning burchidir.
Mening 80 yillik umrim davomida, buyuk olimlar bilan suhbatlashib, ta’limini olganimdan kelib chiqib, shuni aytamanki, "œbolam aqli kirib, gap tushunadigan bo’lganda tarbiyasini boshlayman, bir yaxshi odamga ta’limga bersam, albatta solih bo’lib yetishadi", deb hargiz o’ylamang. Inson umri davomida xoh yaxshi, xoh yomon xulqni 5 yoshigacha olib bo’ladi. Siz hargiz u hali yosh bola deb uning oldida yomon xulqlanmang. Fotoapparatni ko’rganmisiz? Uning joni yo’q, aqli yo’q. Lekin siz rasm oladigan bo’lsangiz, qoshu kiprigingizgacha aniq ko’rsatib beradi. Yosh bolaning esa o’ziga yarasha aqli bor, joni bor.
Siz 10-15 bolam bo’lsa deb niyat qilasiz. Lekin 3-4 tasini tarbiya qilganingizdan so’ng, nafasingiz orqaga qaytadi. Bularni qanday solih va soliha qilib tarbiya qilaman, deb o’ylaysiz. Mening Alloh uchun sizga nasihatim shuki, siz birinchi farzandingizga bor g’ayratingizni sarflab, yaxshilab tarbiya qilib oling. Boshqalarini shu bolangizning o’zi tarbiya qilib oladi. "

Yorqinjon qori - Nikoh va oila hayoti.mp3 (28:00  minut, 12,8 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2010, 16:15:08

SHAYTON VASVASASI IYMONDAN AYIRADIMI?

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
“Bir kishi menga xat yozib, o’z holatini bayon etdi:
“Hazrat, mening qalbimga shunday yaramas, qabih fikrlar, alfozi kufrlar keladiki, agar u gaplarni tilimga chiqarib yuborsam, kofir bo’lib ketaman, deb qo’rqaman. Mana shunday iflos fikrlar ko’nglimga kelganda men iymondan ajrab qolmaymanmi? Ushbu maktubni yozyapman-u, shularni o’ylab, ko’zimdan yosh to’xtamayapti…”
Keyin men unga javob yozdim:
“Shunday xayolotlar kelganda siz uni qanday qarshilayapsiz?”
“Taqsir, bunaqa holatda qalbim ezilib ketadi. Haligi yaramas xayolni ichimdan chiqaraman, deb o’zimni qiynab, yig’lashgacha boraman, alamlanib ketaman”.
“Siz beshak musulmonsiz. Alloh agar sizga rahm qilmaganida shu fikrni tilingizga chiqargan bo’lardi. Rasululloh s.a.v. derdilar: “Shaytonning ishini faqat vasvasa qilish qilib qo’ygan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!” Demak, shayton bizni vasvasa qiladi-yu, undan uyog’iga o’ta olmaydi. Shayton zinoga da’vat qilishi mumkin, lekin sizning qo’lingizdan yetaklab, u ishni qildirolmaydi.
Mening dargohimda minglab inson va’z tinglaydi. Qani birontasi turib “mening qornimda najosat yo’q”, deb aytsin-chi. Modomiki, hammaning qornida najosat bor ekan, to u tashqariga chiqmaguncha tahorat sinmayaptimi, qalbdagi iflos narsalar tilga chiqmaguncha iymon ham sinmaydi”.

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Iyun 2010, 10:50:13

O’RTA UMMAT

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
“Alloh taolo Muhammad s.a.v. ummatlarini maqtar ekan: “Biz sizlarni o’rta ummat qilganmiz” deb marhamat etadi.

Insonni uchta quvvat boshqarib turadi:
1. Aqliy quvvat. Alloh taolo aqlning o’rta qismini maqtaydi. Aql o’rtadan pastga tushib ketsa, uning nomi “jinnilik” deb ataladi. Agar ziyodalik tomonga o’tib ketsa, odamni kofir qiladi. Ba’zi olimlar aqli o’ta yuksalib ketib, Alloh taolo payg’ambar yuborsa, anau omilarga yuborsin, bizga uning hojati yo’q, degan kufr gaplarni aytib yuborishgan.

2. Shahvoniy quvvat. Shahvoniy quvvatning ko’payib, haromga ketib qolishini fojirlik va fosiqlik deyiladi. Agar bu quvvat pasayib  ketsa, insonda nomardlik paydo bo’ladi. Uning ham o’rtachasi insonning hayotini go’zal qiladi, shu orqali inson zurriyod orttiradi. Mana shu o’rtalik iffat deyiladi.

3. G’azabiy quvvat. Har qanday holatda ham, muloyimlik bilan bitirish kerak bo’lgan joyda ham g’azab qilaverishni tahavvur deyiladi. G’azab keladigan holatda ham indamay qarab turaverishni esa qo’rqoqlik deyiladi. Ana endi g’azabning o’rta holati: g’azab bilan bitirish kerak bo’lgan joylarda g’azab qilish, muloyimlik bilan bitirish o’rinlarida muloyim bo’lishni shijoat deyiladi”.

Yorqinjon qori - O'rta ummat.mp3 (13,6 Mb)

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  06 Iyul 2010, 18:46:41

VASIYAT

O'tmishda bir odam bo'lib yoshligini savdo sotiq bilan, tijorat bilan o'tkazib juda ko'p mol dunyo orttirgan edi. Yoshi bir joyga borib, beldan quvvat ko'zdan nur ketganidan keyin qo'li ishga bormay uyda o'tirib qolibdi. Uning kasbini o'g'li davom ettirar va o'z zamonasining eng boylaridan edi.
Kunlardan bir kun, otaxon o'g'lini yoniga chaqirib:
- O'g'lim namuncha shu mol-dunyoni ortidan quvmasang? Meni topganimni nevarang bilan yotib yesang ham yetadiku? Nima qilasan shuncha davlatni? Kel meni yonimda bir pas o'tir desa o'g'li ko'nmas, Dunyo tashvishi bilan hali u yoqqa hali bu yoqqa yugurar tinim bilmasdi...

***

Bir kuni otaxon o'g'lini yana chaqirdi va:
- O'g'lim yonimga o'tirginda gaplarimni yaxshilab eshit, mana o'zing guvohsan mol dunyom o'zimga yetarli. Bu mol dunyoni nevarang bilan yeb ham tugata olmaysan. Lekin qarib quldan kuch quvvat ketganidan keyin, ko'chaga chiqa olmay uyda o'tirib qoldim. Senga hozir aytmoqchi bo'lgan vasiyatim shuki, uyda anchadan buyon o'tiraverganimdan manashu yirtiq eski paypog'imga ancha o'rganib qoldim. Men o'lgandan keyin, sendan iltimos meni qabrga shu eski paypog'im bilan ko'minglar. Endi ikkinchi vasiyatimni eshit, ikkinchi vasiyatim huv anavi taxmon ustidagi qog'ozga yozilgan. Faqat uni meni ko'mib kelganlaringdan keyin ochib o'qigin.
Oradan hech qancha vaqt o'tmasdan ota olamdan o'tdi.

***

G'assollar mayitni yuvish uchun hozirlik ko'rishayotganida o'g'il:
- Otam menga shu paypog'i bilan ko'mishni vasiyat qilgandilar. Iltimos paypoqni yechmanglar.
- Bunday odat shariatda yo'q, paypoqni yechmasak, mayitni yuvib bo'lmaydi
- ...Lekin otam menga vasiyat qilgandilar-da...
- Bo'lmasa o'zing yuv...
- Shoshmang, mayli yecha qolinglar...
Otani qabrga qo'yib kelishgach huvillagan hovlida yolg'iz qolgan o'g'ilning hayoliga, birdan otasi aytgan ikkinchi vasiyat keldi. Borib taxmon ustidagi, xatni ochib uqiy boshladi...
"O'g'lim...! Mana, shuncha molu dunyo yig'ib, shuncha davlat orttirib, eski yirtiq paypog'imni o'zim bilan olib ketolmadim... Sen nima qilmoqchisan shuncha molu dunyoni?!"

Fozil qori Yosin o'g'li ma'ruzasidan... ALLOHim rahmatiga olsin u kishini...

Qayd etilgan