Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 97437 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 16 B


AbdulAziz  05 Oktyabr 2009, 11:05:08

:bs1:

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda o’zimiz eshitgan ma’ruzalardan yangilik bo’lgan, ko’pchilik uchun ibratli bo’lgan qismlarini boshqa birodarlarimizga ham ravo ko’ramiz.

Mavzu shartlari:
1. O’zingiz eshitgan ma’ruzadan, ta’sirli qismini olib, yozma tarzda taqdim etish. Boshqa mavzulardan yoki adabiyotlardan ko’chirib, qayta joylash (copy&paste) man etiladi.
2. Ma’ruzada aytilayotgan masalalar Islom bo’limining asosiy qoidalariga mos tushishishi kerak.
3. Ma’ruzaning kimga tegishli ekanligini ham qayd eting.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2009, 11:06:13

:bs1:

BISMILLAH HAQIDA

Taqiy Usmoniy “Zikr va fikr” kitobi muqaddimasida “Bismillah” sharhi haqida shunday deydi:
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
“Allohning nomi bilan boshlanmagan ish chaladir”

Yana Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
“Kishi ko’chadan uyiga kelar ekan, shayton u bilan eshigi oldigacha birga keladi. Ammo kishi uyga qadam qo’yisgdan avval “Bismillahir rohmanir rohiym” (yana bir rivoyatda “Bismillahi xorojna, va ‘alallohi robbina tavakkalna”) desa shaytonning bu yerda nasibasi qolmay, ketib qoladi. Ovqatlanishda ham “Bismillah” bilan boshlansa, shayton ovqatga sherik bo’lmaydi.”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2009, 11:07:03

SUV HAQIDA TAFAKKUR

Taqiy Usmoniy aytadi:
“Bismilloh” rasmiy narsa emas, zaruratdir. Buni ikki misol bilan sizga isbotlab beray.
Sizga bir suv keltirilsa, oniy vaqtda uni tomog’ingizdan o’tkazib rohat qilasiz. Tafakkur qilib ko’ring, u suv vujudingizga kim keltirdi? Qanday qilib?
Alloh taolo bandaning hojatlariga yaraydigan, uning tirikligiga sabab bo’ladigan suvni dengiz, ummonlar shaklida to’plab beradi. Suv bir joyda turib aynib qolmasligi uchun Parvardigorimiz uni tuzlar bilan to’ldirib tashlaydi. Ummon ichida o’lib ketgan jonivorlar o’lib, suvni aynitishi mumkin edi, lekin Xoliqimiz uning mavjlantirib turgani uchun suv achimaydi. Xudovand: “bo’ldi, men suvni yaratib qo’ydim, endi undan o’zing foydalanib ol”, demadi, balki bulutni ummon tepasiga keltirib, undagi chuchuk suvlarni o’ziga so’rib olib, shamol bilan bandalari ustiga olib kelib, suv qilib yog’dirdi. Alloh taolo ko’rinishida tog’larga husn bo’lib turgan qoru muzliklarni bizlar uchun o’sha yerda jamlab qo’ydi. Xudovand: “bo’ldi, ana tog’larga jamlab qo’ydim, endi uni o’zing borib, parchalab, uyga olib kelib, eritib ishlataver” demadi, balki o’zi Quyoshni uning ustiga olib kelib, tagidan eritib, ariqlar, soylar qilib, xonadoning oldiga oqizib qo’ydi. O’sha tog’dagi qorlarni Alloh taolo sizga yaqin bo’lgan dalalarga yog’dirib, jamalasa bo’lardi, lekin bundayam sizning foydangiz bor: agar dalada bo’lganda unga turli jonivorlar tegib, iflos qilardi, tog’da esa unga chang ham, g’ubor ham tegmay, toza bo’lib turadi. Ba’zida Alloh taolo, yer ostida filtrlab suvlarni hozir qiladi, xohlagan joyingini kavlasangiz, unga yetishasiz. Siz suv uchun nima xizmat qildingiz?
Endi, Alloh taoloning shunchga xizmati bilan oldingizga kelgan suvni icharkansiz, qanday qilib, uning nomini aytmaysiz?
Suv ichingizga kirdi. Endi uning vujudingizdagi xizmatlari uchun aqlni lol qoldiradi. Alloh taolo “Suvdan hamma narsani tirik qildim” deydi. Tanangizning eng kichik parchasi ham suv bilan tirik. Banda asli badanining qaysi qismiga qancha suv kerakligini bilmaydi. Alloh taolo mana shu ehtiyojni his qilish uchun chanqoqlik degan ne’matni berdi. Nega shukr qilmaysiz?”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2009, 11:07:44

BUYRAKCHA VA MIYACHA

Taqiy Usmoniy Alloh taolo ne’matlari haqida tafakkur qilar ekan, shunday deydi:
"œAkam Rafe’ Usmoniy yer yuzidagi eng zabardast buyrakshunos olim bilan uchrashganda shunday savol bergan ekan:
- Sizlar bir odamning buyragini saqlab qolish uchun ikkinchi odamdan 50-100 000$ga buyrak sotib olib, uni ulayapsizlar. Shunga qudratingiz yetyapti, yangi buyrak yasolmaysizlarmi?
- Hazrat, buyrakning ichi shunaqagi nozik iplardan yaratilganki, farazan dunyo olimlari oyoqqa tursa ham bir santimetrini yasolmaydi. Mabodo yasadi ham deylik, lekin bir narsa bandaning qo’lidan kelmaydi. U buyrak ichidagi miyachadir. U buyrakka qancha energiya, suv talab qilinishi, uning ishlashini nazorat qiladi."

Manba: Yorqinjon qori - Bismillah haqida.mp3 (21:24 minut, 9,79 Mb)

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Oktyabr 2009, 11:31:38

NECHA DAQIQALIK IBRATLI HAYOTIMIZ BOR?

Yorqinjon qorining bir gapi juda yoqadi menga:
"30 yil umr ko'ribmiz-u, 3 minutlik gapiradigan hayotimiz yo'q..." (albatta hammada ham emas!!!)

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2009, 11:34:20

ENG YAXSHI MAZA

Suriya ulamolaridan Abdulfattoh Abug'uddaning "Ulamolar sabridan lavhalar" kitobi boishida shunday voqeani aytib beradi:
Amr ibn A’lo degan olim aytgan ekan:
“Yoshi yuzdan o’tgan, dunyo lazzatlaridan maza qilmaydigan darajada zaif bir insonni ziyorat qilib, undan so’radik:
- O’lishni xohlaysizmi?
- Yo’q, - dedi u kishi.
- Dunyodagi lazzatlarning bari bitib, tugagan bo’lsa, o’lim afzalroqmasmi? Sizga qanday lazzat qoldi?
- Yaxshilarning gapini eshitib maza qilaveraman.”

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Oktyabr 2009, 11:35:15

O'ZGARUVCHAN QALB

Qalblar shunchalar tez o'zgaradiki qalbimizning hozirgi holi uni bir soat avvalgi va bir soat keyingisidan judayam katta farq qiladi... Qalb faqatgina ko'p o'zgaruvchan bo'lgani uchungina QALB deb nomlangan....

Shayx Muhammad Hason(hafizahulloh) ning qalb haqidagi ma'ruzalaridan...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2009, 11:36:50

HAQIQIY TOLIB

Andalus olimlaridan, buyuk muhaddis Baqi’ ibn Mixlat Imom Ahmad ibn Hanbaldan hadis eshitish maqsadida mashriqqa piyoda kelgan ekan. Bag’dodga yaqinlashganida Imom Ahmadni mo’tazila e’tiqodiga qarshi chiqqani uchun halifa Ma’mun uy qamog’iga tiqqanini eshitib, qattiq g’amga botdi.
Shu kuni shahardagi masjidga bordi. U yerdagi ilm xalqasida o’tirib, ustoz Yahyo ibn Ma’in (katta muhaddis, Imom Buxoriyning ustozlaridan)dan Ahmad ibn Hanbalning holatini so’rab, u zotning uylariga boribdi. Birov ko’rib qolishidan xavotirda ichkarida gaplashibdilar. Ahmad ibn Hanbal so’rabdilar:
- Qayerdan keldingiz? Uzoqdanmi? Afriqiyadanmi?
- Yo’q, undan ham uzoqdan, Andalusdan keldim, faqatgina sizdan hadis o’rganish maqsadida keldim.
- Bilgandirsiz, halifa meni ilm berishdan, masjidga chjiqishdan mahrum qildi"¦
- Hazrat, agar yo’q demasangiz bir hiyla ishlatsam. Huzuringizga har kuni gado qiyofasida kelaman-da, oz muddat ichida menga bitta hadis aytib bersangiz bo’ldi, ketaveraman.
Baqi’ ibn Mixlat hikoya qiladi:
"œHar kuni juldur kiyimlarda, qo’limga egri tayoq tutib Ahmad ibn Hanbalning oldilariga kelar, u zot ba’zan bitta, ba’zan esa 2-3 ta hadis aytib berardilar. U zotdan shu yo’l bilan 300 dan ziyod hadis yod oldim. Ma’mun dunyodan o’tib, Ahmad ibn Hanbal mashhur ulamo bo’lib, buyuk muhaddislarga dars beradigan bo’ldilar. Buyuk mujtahid shuncha buyuk muhaddislarga dars berayotib, huzurlariga kelsam, yonlaridan joy berib, toliblarga shunday der edilar:
- Mana buni haqiqiy tolibi ilm deydi! U gadoylik qilib bo’lsa-da, mendan ilm o’rgandi.
Bir kuni kasal bo’lib qolganimdan xabar topgan imom shogirdlari bilan men yotgan karvonsaroyga keldilar. Shu darajada olimlar ko’p ediki, hatto odam sig’madi. Duo qilib ketdilar. Shundan so’ng, hamma meni hurmat qiladigan, ziyoratimga keladigan bo’ldi."

Manba: Yorqinjon qori - Buyuk olimlar sabri.mp3 (10,3 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2009, 09:13:53

YASHIRIN SAVDO

Abbosiylar halifalaridan Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg’og’iga chiqishibdi. Daryo bo’yida Bahlul degan avliyoulloh qumdan uy yasayotganini ko’rgan halifa undan so’rabdi:
- Ayo, Bahlul nima qilyapsiz?
- Qumdan uy quryapman.
- Uni nima qilasiz?
- Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
Horun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, o’tib ketaveribdi. Halifaning orqasidan yetib kelgan xotini Zubayda ham Bahluldan nima qilayotganini so’rabdi.
- Uy quryapman, begim. Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
- Qurgan uyingizning narhi necha pul?
- 1 dinor.
Zubayda 1 dinorni unga berib, duo olibdi.
Kechqurun halifa tushida jannatda yurganmish. Qarasa, qizil yoqutdan qilingan qasr tepasiga Zubayda deb yozib qo’yilibdi. Xotinimning qasri ekan, kirib ko’ray-chi, deb borsa, posbon kiritmabdi va:
- Bu yerga kimning ismi yozilsa, o’sha kiradi, - deb, ko’kragidan itarib yuborgan joyida xalifa  uyg’onibdi.
“Kecha xotinim haqida Bahlulning duosi qabul bo’libdi. Men ham duo olib kelay”, - deb yana kechqurun xalifa daryo bo’yiga kelibdi. Bahlul hamon uy qurayotgan ekan, undan so’rabdi:
- Uyingizni qanchaga sotasiz?
- Uyimning narhi butun yer yuzining podsholigi.
- Butun dunyoning podsholigiga hatto men ham egamasman, nega bugun qimmat qilib yubordingiz?
- Kecha ko’rmagan savdo edi, bugun ko’rgan savdo.

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Oktyabr 2009, 09:17:05

BADNAZARLIK

Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy “Hay ova pokdomonlik” kitobida shunday hikoya qiladi:
Payg’ambar s.a.v. aytadilar:
“Begona ayolga qarashlik shayton o’qlarining ichida zaharlanganidir”
(O’q tegib o’ldirmasa-da, zahari albatta qalbni o’ldiradi)

Nomahramga tasodifan birinchi marta nigoh zararli emas, agar uni olib qochilsa. Birinchi qarashda ham unga lazzat bilan qarash haromdir.

Shaytonning eng kuchli qurollaridan biri haromni go’zal qilib ko’rsatishdir. Zero, uzoqdan qaraganda ko’p narsalar go’zal ko’rinadi.

Dunyoda qilingan birinchi gunohga ham badnazarlik sabab bo’lgan edi. O’shanda Qobilning ko’nglida Hobilning xotini go’zalligi uchun yomon niyat paydo bo’lgan edi.

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan