SUV HAQIDA TAFAKKUR
Taqiy Usmoniy aytadi:
“Bismilloh” rasmiy narsa emas, zaruratdir. Buni ikki misol bilan sizga isbotlab beray.
Sizga bir suv keltirilsa, oniy vaqtda uni tomog’ingizdan o’tkazib rohat qilasiz. Tafakkur qilib ko’ring, u suv vujudingizga kim keltirdi? Qanday qilib?
Alloh taolo bandaning hojatlariga yaraydigan, uning tirikligiga sabab bo’ladigan suvni dengiz, ummonlar shaklida to’plab beradi. Suv bir joyda turib aynib qolmasligi uchun Parvardigorimiz uni tuzlar bilan to’ldirib tashlaydi. Ummon ichida o’lib ketgan jonivorlar o’lib, suvni aynitishi mumkin edi, lekin Xoliqimiz uning mavjlantirib turgani uchun suv achimaydi. Xudovand: “bo’ldi, men suvni yaratib qo’ydim, endi undan o’zing foydalanib ol”, demadi, balki bulutni ummon tepasiga keltirib, undagi chuchuk suvlarni o’ziga so’rib olib, shamol bilan bandalari ustiga olib kelib, suv qilib yog’dirdi. Alloh taolo ko’rinishida tog’larga husn bo’lib turgan qoru muzliklarni bizlar uchun o’sha yerda jamlab qo’ydi. Xudovand: “bo’ldi, ana tog’larga jamlab qo’ydim, endi uni o’zing borib, parchalab, uyga olib kelib, eritib ishlataver” demadi, balki o’zi Quyoshni uning ustiga olib kelib, tagidan eritib, ariqlar, soylar qilib, xonadoning oldiga oqizib qo’ydi. O’sha tog’dagi qorlarni Alloh taolo sizga yaqin bo’lgan dalalarga yog’dirib, jamalasa bo’lardi, lekin bundayam sizning foydangiz bor: agar dalada bo’lganda unga turli jonivorlar tegib, iflos qilardi, tog’da esa unga chang ham, g’ubor ham tegmay, toza bo’lib turadi. Ba’zida Alloh taolo, yer ostida filtrlab suvlarni hozir qiladi, xohlagan joyingini kavlasangiz, unga yetishasiz. Siz suv uchun nima xizmat qildingiz?
Endi, Alloh taoloning shunchga xizmati bilan oldingizga kelgan suvni icharkansiz, qanday qilib, uning nomini aytmaysiz?
Suv ichingizga kirdi. Endi uning vujudingizdagi xizmatlari uchun aqlni lol qoldiradi. Alloh taolo “Suvdan hamma narsani tirik qildim” deydi. Tanangizning eng kichik parchasi ham suv bilan tirik. Banda asli badanining qaysi qismiga qancha suv kerakligini bilmaydi. Alloh taolo mana shu ehtiyojni his qilish uchun chanqoqlik degan ne’matni berdi. Nega shukr qilmaysiz?”
Yorqinjon qoridan