"SOTKA"... Bugungi kunda telefon olib yurish bodilikning namunasi emas, balki zaruriyat bo'lib qoldi... Kundalik ehtiyojimizga kerak bo'lgan narsa bu.
Bir narsani Sizga eslataman...
Bir do'stimiz, o'g'li unga aytdi:
- Dadajon, sotka olib bering.
- Bo'pti o'g'lim, sotka olib beraman, shartlashamiz.
- Nima shart?
- Sotkani qanaqasi kerak?
- Nokia 6300.
- Mana Nokia 6300, har kun ertalab, bomdod namozidan keyin sotkangizga 1 ta sms tashlayman, 2 ta oyat. Kechqurun shom namozidan keyin shu oyatni manga yoddan o'qib berasiz...
Bir oy davomida bola Yosin surasini yodladi...
***
Do'sti do'stiga sms yozyapti: "Do'stim Alloh Sizni panohida asrasin..."
Dugonasiga sms yozyapti: "Dugona, bizu sizni Alloh ko'rib turibdi,shunga yarasha qadam bosing"...
Bunday sotkani qanday tashlab bo'ladi, bunday qori yigitni yo'lini qanday to'sib bo'ladi...
***
Bugungi kunda pichoq yashashlikni oldini olmaymiz, chunki pichoqlar oshxonaga ham kerak.. Pichoqchilar odam o'ldirsin deb yasamaydi, vaholanki bugungi kunda bu jihozlarni to'g'ri yo'naltirishimiz, ulardan to'g'ri istifoda qilishimiz kerak...
Davomi... Azizxo'ja domla ma'ruzalaridan...