Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 97422 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 B


AbdulAziz  26 Avgust 2012, 14:21:09

GADOYLIKDAN OLIMLIKKACHA

Buyuk hind ulamolaridan Anvarshoh Kashmiriy yoshliklarida ota-onadan yetim qolib, Dehlidagi Shoh Jahon qurdirgan masjidda gadoylik qilgan ekanlar. Bir kuni u kishining oldilariga bir odam kelib so'rabdi:
- O'g'lim, turishingdan juda zakovatli bolaga o'xshaysan. Ilm o'qimadingmi?
- Ilm o'qitgani mening ota-onam yo'q.
- Men hamma xarajatlaringga kafil bo'laman, ilm o'qiysanmi?
O'sha kishi bolakayni Mahmud Devbandiy huzuriga ilm o'rganishga olib borgan ekan...

* * *

Anvarshoh Kashmiriy aytadilar: "Men 137000 kitob o'qidim. Farazan, agar Devband kutubxonasini kimdir yoqib, kul qilib yuborsa ham zarracha parvo qilmayman. Chunki u yerdagi kitoblarning hammasini yodlab yuborganman".

* * *

Anvarshoh Kashmiriy Hajga borganlarida bir kishida "Nurul izoh" kitobiga "Maroqul faloh" hoshiyasini yozgan olimning o'z dastxati bilan qoldirgan nodir nusxani ko'rib, egasidan so'ragan ekanlar:
- Shu kitobni menga bir yilga bersangiz. Keyingi yil Hajgacha men bu kitobni Devbandda bostirib sizga qaytaraman. 
- Kitobni berolmayman. Musannifning o'z dastxati bilan qolgan...
- U holda bir kechaga berib turing.
Hazrat bir kechaga 500 sahifalik ushbu kitobni o'qib, yodlab olgan ekanlar. Keyin uni Devbandda bostirib, keyingi yili Hajga olib kelib solishtirishsa, oldingi kitobdagi xatolarni ham tuzatilgan holda chop qilingan ekan...

* * *

Anvarshoh Kashmiriy aytadilar: "Alloh taolo menga shuncha zehn ato etdi-yu, lekin Qur'oni karimni yodlashni nasib etmadi. Har yili Ramazonda 30 kun e'tikof o'tirib, Qur'oni karimni karimni xatm qilaman, deb niyat qilaman. 30 kun ichida 30 sahifa Qur'on o'qiy olaman xolos. Bir oyatni o'qishim bilan Alloh taolo mening ko'z o'ngimda cheki yo'q dengiz paydo qiladi. U yerdagi durlarni teraman deb, shu darajada kirishib ketamanki, natijada yana xatm qilolmay qolaman.  Shuning uchun ham men Kalomullohni yodlay olmadim".

* * *

Anvarshoh Kashmiriy "Sahihi Buxoriy"ga "Fayzul Boriy" degan sharh yozib mashhur bo'lib ketgan vaqtlarida dunyoning eng mashhur ulamolari (ular orasida Misr muftiysi Rashid Rizo ham bor edi) 300 nafar arab olimlari bilan Dehlidagi Shoh Jahon masjidiga Anvarshoh Kashmiriyni ziyorat qilgani kelgan ekanlar. 300 nafar olim bilan so'rashib chiqqanlaridan so'ng hazrat devorga suyanib, yig'lagan ekanlar. Shunda Rashid Rizo yig'i sababini so'raganda, u zot:
- Bir paytlar men shu yerda gadoylik qilardim. Bir necha marta kaltak ham yeganman. Bir paytlar menga non bermagan bu go'shada ilm sababidan bugun dunyoning eng zabardast olimlari qo'limni o'pdi...
Alloh u kishidan rozi bo'lsin!

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2012, 13:46:04

OLMOS SINSA SINSIN, SO'Z SINMASIN!

Mahmud G'aznaviyning Ayoz degan quli bo'lib, podshoh uni yaxshi ko'rar, vazirlarining gapini olmagan holda, Ayoz nima desa, shunga ko'nardi. Bunga vazirlarning hasadi kelib, podshohdan buning sababini so'rashibdi.
Shunda Mahmud G'aznaviy o'zining judayam qimmatbaho olmosini bosh vazirining qo'liga berib, so'rabdi:
- Shu olmos haqida nima deysan?
- Hazrat, bu olmosning dunyoda naziri yo'q, juda qimmatbaho. Bu dunyoda undan faqat sizda bor xolos.
- Yaxshi, endi uni yerga urib sindir.
- Yo'q, hazrat, bunday qimmatbaho olmosni sindirolmayman.
Podshoh boshqa vazirlardan ham yuqoridagi so'rovni talab qilibdi. Barcha vazirlar olmosni sindirishdan qo'rqishibdi.
Shunda Mahmud G'aznaviy Ayozni chaqirib, shu olmosni sindirishi kerakligini aytibdi. Olmosning tengsiz ekanligini bilgan holda, qul uni yerga urib, parcha-parcha qilibdi.
- Ey, Ayoz, qarshingda o'tirgan vazirlarning har biri dunyoga teng ilmu kamolotga ega. Ular shunday qimmatbaho olmosni sindirmagani holda, sen nega urib, parcha-parcha qilding? Sening ulardan ko'ra aqling ziyodami? Yoki ular ahmoqmi?
- Podshohim, dunyoda nimaiki qimmatbaho bo'lsa, mayli, sinib ketsin. Lekin, sizning so'zingiz sinmasin! Menga olmosdan ko'ra sizning gapingiz qimmatliroqdir...

Taqiy Usmoniy aytadilar: "Ko'rdingizmi, bizning misolimiz ham podshoh bilan qulning ushbu misoli kabidir. Biz ham Alloh taoloning hukmini sindirishdan qo'rqmayapmiz-ku, lekin nafsimizning hukmi oldida boshimizni egyapmiz."

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Sentyabr 2012, 20:06:35

"OCHOFAT" IMOM

Imom Shofeiy Bag'dodga xat yozib, shogirdlari Imom Ahmad ibn Hanbalni Misrga mehmonga taklif qilibdilar. U zotning istiqbollariga shahar tashqarisiga chiqqan Imom Shofeiyga qo'shilib, shahar hokimi va shahar ahli Imom Hanbalni kutib olibdilar. Imom Hanbalni Shofeiy uylariga olib kelib, ziyofat beribdilar. Buyuk Imomning kelganlari eshitib, butun shahar yig'ilibdi. Imom Hanbal ziyofatda bir kishi yeydigan ovqatdan yettitasini yebdilar.
Birdan ko'pchilikning qalbiga gumon oralabdi. Maqtalgan imom ochofat ekan-ku, degan shubha Imom Shofeiy va u kishining o'g'illari qalbiga ham kiribdi. Hatto o'g'illari bu haqda Imom Shofeiyga malomat bilan:
- Shogirdimning ilmi mendan ham kuchli derdingiz, g'irt ochofat ekan-ku. Olim ham shunday bo'ladimi? - deyishibdi.
- Mening ham qalbimda shunaqa gumon bor. Lekin mezbonlik odobi bor. Biron narsa deyolmayman. Mayli, sizlar kechasiga suv tayyorlab qo'yinglar, Ahmad kechasi tahajjudga turadi.
Imom Shofeiy bomdodga turib, qarasalar, suv ham ishlamabdi. Gumonlari yanada alanga olib, Imom Ahmadning huzuriga kirib so'rabdilar:
- Ey, Imom, siz avval bunaqa emasdingiz. Kam ovqatlanardingiz. Kechqurun tahajjud o'qirdingiz.
- Ustoz, buning sirini sizga ochaman. Dunyoga kelib, halol ovqatning tepasidan nur chiqishini sizning taomingizda ko'rdim. Yorilib o'lsam ham mayli, deya ushbu halol ovqatingizdan yeyaverdim. Sizning halol taomingiz mening qalbimga nur bo'lib, kechasi bilan uxlamasdan ibodat qilib chiqdim. Taomingizning ilmiy barakasi shunday bo'ldiki, bir oyatdan yuztagacha hukm chiqardim...

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Avgust 2013, 15:35:42

Сафарга ҳозирлик кўрдингизми?

Ҳорун ар-Рашид девона Баҳлулни саройга чақириб, у билан суҳбат қураркан, ҳассасини унга тутқазиб, масхаралаганнамо шундай дебди:
— Ҳазрат, мана шу ҳассамни сизга ҳадя қилсам, кун келиб ўзингиздан ҳам девона, телба ва аҳмоқ одамга сиз ҳам совға қилиб юборарсиз.
Бир вақтлар халифанинг қаттиқ касал бўлганини эшитган Баҳлул зиёратга борибди. Ҳорун ар-Рашиддан ҳол сўрабди:
— Аҳволларингиз қалай?
— Олдимда катта сафар турибди.
— Қачон қайтиб келасиз?
— Қайтмайдиган сафарга кетяпман.
— Ҳар доим сафарга чиққанингиздек, хизматкору ошпазларингизни аввалдан юбордингизми?
— Йўқ, бир ўзим борадиган охират сафарига кетяпман.
— Шунақами? У ҳолда бир пайтлар менга бир омонат бергандингиз. Ўша ҳассани ўзингизга топширсам. Муборак бўлсин! Дунёда сиздан кўра аҳмоқ одамни кўрмадим. Сиз уч кунлик сафарга икки ойлаб тайёргарлик кўриб, аввалдан хизматкорларингизни у ерга юбориб, ўзингизга шароит ҳозирлардингиз. Аммо олдингизда жуда узоқ бўлган охират сафари турганда унга тайёргарлик кўрганингизни билмадим.

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Avgust 2013, 01:23:11

Нима учун илм ўрганяпмиз?

Низомулмулк «Низомия» мадрасасини ўз ҳисобидан қурдириб, болаларни ўқитар экан. Бир куни у сарфлаётган маблағлари хайр келтиряптими-йўқми, болалар нима учун илм ўрганаётганини билиш учун мадрасага келиб, толиби илмларни сўроққа тутибди. Подшоҳни юзидан танимаган болалар ростини айтишибди.
— Менинг отам муфтий, бир кун отам ўлса, ўрнига мен муфтий бўламан, — дебди бир бола.
— Мен маҳкамада ишлайдиган қозининг ўғлиман. Илм ўқийверсам, бир куни мен ҳам отамнинг ўрнига қози бўламан, — дебди иккинчи бола.
Уларнинг жавобидан хафсаласи пир бўлган Низомулмулк менинг хизматларим зое кетяпти экан, мадрасани ёпаман деган ниятда хонақоҳдан чиқаётиб, китоб ўқиб турган кичкина болани учратибди. Ундан ҳам нимага илм ўрганаётганини сўрабди.
— Ақлий ва нақлий далиллар билан менга маълум бўлдики, бу дунёнинг Эгаси бор экан. У зотнинг бандалари устига тўхтовсиз раҳматлари ёғиларкан. Унинг неъматлари ҳеч қачон узилмас экан. Шунча неъматлари шукрига биз ҳам У зотни рози қилишимиз керак экан. Дунёлар соҳиби бўлган Зотни қандай рози қилса бўлар экан, деб илм ўрганяпман, — дебди ҳалиги бола.
Шунда Низомулмулк хурсанд бўлиб, биргина боланинг нияти софлиги менга кифоя қилади, мадрасани асло ёпмайман, деган экан.
Ўша ақлли жавоб эгаси Имом Ғаззолий эдилар.

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Avgust 2013, 02:01:06

Ҳовлингиз ободми?

Ҳазрат Ашраф Али Таҳонавий айтадилар:
«Бир инсонга доимий яшаш учун ҳовли ҳадя қилинди. Унинг ижарада турадиган бошқа уйи ҳам мавжуд. Ижарадаги уйи яқин, ўзига мулк қилиб берилган уй узоқда экан. Икки уй ҳам хароб аҳволда. Ҳалиги одамнинг пули эса битта уйни обод этишга етади, холос. Шунда ўша одам: «Узоқдаги ўз уйимни таъмир қилгандан яқиндаги ижара уйни обод қилганим яхши», дебди. Буни эшитган ҳамма уни аҳмоқликда айблабди. Бизнинг ҳам мисолимиз шунга ўхшайди. Бизга ҳам бу дунё - ижарадаги ҳовли. Биз охиратдаги ўзимиз учун доимий манзил бўладиган уй қолиб, 70-80 йилга берилган ижара уйни обод қиляпмиз».

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Sentyabr 2013, 12:06:57

«Худо» билан гаплашган оми

Ҳасан Басрийнинг бир оми муридлари бўлиб, доим у кишини зиёрат қиларкан. Анча пайт зиёратга келмаган муридларини бир куни шайх кўчада кўриб қолиб, нега келмаётганлигини сўрабдилар.
— Тақсир, мен Худога етишиб қолдим. Ҳар куни хуфтондан сўнг Аллоҳ билан гаплашяпман.
— Бугун ҳам Худо билан муножот қилганингда менинг номимни ҳам эслаб қўй, — дебдилар шайх.
Оми шогирд ўз тасаввурича бу кеча ҳам Худо билан муножот қилаётиб, устознинг гапини эслаб, Ҳасан Басрий дебди. Шунда тасаввури буткул тарқаб, гўнгхонада ўтирганини кўрибди.
Шайтон ҳар куни васваса қилиб, уни гўнгтепага олиб келар ва гўё худо билан гаплашаётгандек тасаввур уйғотарди.
Сўфи Оллоёр айтадилар: «Кўрдингизми, яхши одамнинг номики шайтоннинг ишини хабата қилиб, уни қочирдими, энди ўша яхши одам уйингизда пайдо бўлса, у хонадонга шайтон кира олармиди? Шундай экан фарзандингизни яхши одам қилиб тарбияланг, уларни илмли қилинг!»

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan