Assalomu aleykum azizlar!!!
Jamshidjon aka bu yerda ozgina anglashmovchilik bo'lganga o'xshaydi yana bilmadim,
chunki bunday mudxish xolatlarga mo'minlarni ishongilari kelmaydi!
Shu sababdan men umumiy xolatda ushbu malumotni berib o'tishni joiz deb bildim.
Bu xar bir o'zini mo'minman deb bilgan insonlar uchundir!!!
Alloh namoz o'qishni farz qilgan, Uning amrini bajarish xar bir musulmonga farzdir, deyilsa
qalbini titroq bosib, darxol namoz o'qishni boshlagan odam mo'min bo'ladi. Mazkur xukmni eshitib,
yana o'qimay ketaveradiganlar esa mo'min emasdir!!!
Shuningdek, Alloh ichishni harom qilgan, kim uni ichsa, gunoxkor bo'ladi, deyilsa, Allohda qo'rqib
aroq ichmay qo'ygan inson mo'mindir!
Allohdan qo'rqmay, yana ichavergan odam esa mo'min emas!.
Ushbu misolni boshqa xar bir amrga va qaytariqqa solishtirib olavering!!!!
Endi xaqiqatda shunday bo'lgan bo'lsa u kishi shunday degan bo'lsalar, xaqiqatda din borasida sizdan
yetuk ilmga egadirlar, lekin amalda esa.....
"Sizlar xohlagancha ilm o‘rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir."
Hasan Basriy
Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining "Hayot va Hadis" kitoblaridan
foydalanildi (35-juz,1-bob, 16-bet).