Nikoh vaqtida kuyov tomonidan kelinga beriladigan doimiy va shaxsiy mulkni mahr deyiladi.
Mahr nikohning vojiblaridan biri bo’lib, uning miqdori nikoh vaqtida tayin qilinadi. Mahr kuyov tomonning imkoniyatiga qarab belgilanadi. Mahrni quyidagi rivoyatga muvofiq berish sunnatdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasalam qizlari Fotima roziyallohu anhoni hazrati Ali karramallohu bajhahuga to’rt yuz misqol nuqra mahr bilan uzatdilar.
Mahrning eng kam miqdori ham bor va bu qiymat "œMajma’ ul-maqsud"da o’n tanga (o’n dirxam(34 gr kumush)) deyilgan. Agar mahr bu miqdordan kam belgilansa ham, o’n tanga berish vojib bo’ladi.
Ko’pincha, nikoh paytida qizning mahrini belgilamay, "œmahriga bitta uy, oldi ayvon, sigiri bilan" deb qo’yishadi. Buni kelin-kuyov tushunmaydi ham. Oqibatda kelinlarimizning haqlaripaymol bo’ladi. Uy ham, mol ham bo’lajak oilaning umumiy mulkidir. Nikoh paytida guvohlar ishtirokida mahrni aniq belgilash, bu narsa kelinning shaxsiy va daxlsiz narsasi ekanini tushuntirish, kuyovga esa va’da qilingan mahrni also sedan chiqarmay, taqdim etishni yuklash, ayniqsa, muhimdir.
Mahrni chin dildan rozi bo’lib, xursandchilik bilan berish kerak. "œNiso’"surasining 4-oyatida Alloh taolo: "œVa beringlar xotunlarg’a alarming mahrlarini xursandchilik ila!.." deb buyurgan.
Ma’lumki, bugungi kunda kuyov tomonidan kelin tarafga to’y xarajatlari uchun u-bu narsalar yuborish odati bor. Kelin tomondagilar bu narsalarni to’yga ishlatadilar va qolgan ashyolar esa to’ydan keyin kelin-kuyovlarga beriladi. Bu narsalar mahr bo’ladimi, yo’qmi, degan savol tug’iladi. Agar faqat to’y xarajati niyatida yuborilgan bo’lsa, mahr hisoblanmaydi, lekin kelinning mahri deb bersalar, mahr hisobiga o’tadi. Valiylar qabul qilgan taqdirda ham, mahr kelinning shaxsiy va daxlsiz mulki bo’lgani uchun, uni xarj qilish ham kelinning ixtiyoridadir. Bu narsalarni so’ramasdan ishlatishga hech kimning, hatto ota-onasining ham haqqi yo’q.
Yana bir odat bugungi kunda og’riq nuqtalardan hisoblanadi. Ayrim joylarda kelin taraf kuyov tomonidan "œ sut puli" va shunga o’xshash narsalarni tama va talab qilishadi. Bu narsalarning ham mahrga also daxli yo’q.
Qizimizni "œqimmatroqqa sotish"ni o’ylamay, buning o’rniga unga Allohdan baxt-saodat, qo’sha-qo’sha farzand, oilasiga qut-baraka so’rab, duoda bo’lishimiz a’lo emasmi? Janobi Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œEhtiyoji kam, mahri oz va farzand ko’rishi oson bo’lgan ayol barakotli ayoldir", deb bejiz aytmaganlar.
Yigit mahrning hammasini berolmagan taqdirda ham, bir qismini ertaroq yuborsin.
Mahrning ma’lum bir qismiga qizlar uchun qadrli bo’lgan zirak, uzuk, soat kabi tilla taqinchoqlar, marjon, marvaridga o’hshash ziynatlar va pardoz ashyolari olib, nikoh paytida berilsa, nihoyatda foydali bo’ladi. Qolaversa, shirin xotiralarga oshno ayollar uchun, bu baxtli-saodatli kunlaridan qimmatli bir esdalik bo’lib qoladi. Bu holda ham albatta kuyovning qudrat va toqatiga e’tibor berish lozim.
Ushbu ma’lumot Muhammadi Maxdum Shohmurodzoda Fazluddin
Iqroruddin Hoji o’g’lining "œNikoh va oila risolasi" kitobidan olingan