Men nafsimga qarshi kurashmoqchiman ammo uning yo'li qanday?  ( 14888 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:02:52

Al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen vas-Salaatu vas-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e val-Mursaleen, va ba'd:

Ko'pchiliklardan shikoyatlar eshitamizki, ular o'zlarining nafslari haqida, o'zlarining yomonlikka buyuruvchi nafslari haqida shikoyat qilishadi va aytishadiki:
"Men nafsimga qarshi kurashmoqchiman, AMMO uning yo'li qanday?"
 "Qanday qilib men nafsimga qarshi kurasha olaman?"

 Ba'zilar aytadiki: "Men nafsimni yomon yo'ldan saqlash uchun ko'p harakat qildim, ammo harakatlarim yordam bermadi"
 
Boshqasi aytadiki: "Men nafsimni Allohga bo'ysunishiga harakat qildim, yaxshi, solih amallar qilishga harakat qildim, ammo Men u yo'lda mustahkam emas, nafsim osongina yana u yaxshi yo'lni tashlab ketadi"

Uchinchisi aytadiki: "Men qilgan yomon ishlarimga tavba qildim, va o'zimga vada berdimki ularni endi qilmayman. AMMo baribir bir ozdan keyin yana o'sha yomon amallarni qila boshlayman."
 
Agar biz bunday insonlarning holatiga qarasak, bizga ochiq bo'ladiki, ularning nafslarini o'z qo'llariga ola olmaganliklarining sabablaridan biri nafsga qarshi kurashning sustligidandir.
Ular nafsni shunday holga olib kelishgan va nafs u inson bilan hohlaganicha o'ynaydi.
Nafs shunday narsaki, agar unga qarshi qattiq kurashilmasa, u holda u o'z egasini yomon ishlarga, amallarga buyuradi.
Shuning uchun ham bandaning o'z nafsiga qarshi urush qilishi juda muhim va mana shu ENG katta Alloh yo'lidagi jihoddir.
Musulmon qattiq mustahkam bo'lib o'zining iymoni bilan, Allohga bo'lgan ixlosi bilan, sabri bilan, duosi bilan nafsga qarshi kurashmog'i darkordir.
Banda bu qurollarni toki dushmani (nafsi) yengilmaguncha ishlatishi kerak.
Bu jihod hattoki kofirlarga qarshi qilinadigan jihoddan ham ustun turadi.
 Muhammad sallallahu alayhi va sallam aytgan edilarki, ma’nosi:
 "Mujohid bu nafsiga qarshi uni Allohga bo'ysundirguncha kurashadigan kimsadir"
 At Termiziydan keltirilgan, hasan hadis.
 Agar banda o'z nafsini Alloh yaxshi ko'rgan narsalarga buyuradigan qila olmasa qanday qilib kofirlarga qarshi jihodni qila oladi. Qanday qilib u banda o'zi kuchsiz bo'lsa , shahvatlarga osongina ergashsa,  g'alaba qozona oladi?!
 inshaAllaah ushbu risolada nafsga qarshi kurashning bir necha yo'llari haqida eslatib o'tamiz.
Nafs egasini doimo yomon yo'llarga, bu dunyoni qattiq sevishga, mayishatni sevishlikka chaqiradi.
 Ammo Alloh subhanahu va taolo bandasini Undan qo'rqishga chaqiradi, nafsini yomon yo'llarga o'rgatishni harom qiladi.
 Alloh taolo mana shunga bo'ysunganlarga ya'ni Allohdangina qo'rqib nafsini Uning (Allohning) yo'lida mustahkam qal'adek qilganlarga juda katta mukofot beradi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:03:53

 Alloh taolo aytadiki:
   
"Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo'rqqan va nafsini havolanishdan qaytargan bo'lsa, bas, faqat jannatgina (unga) joy bo'lur" An Naziat surasi (79:40-41)
 Nafsning yomon narsalarga buyurishiga dalil bu Alloh taolo aytadiki
 
"Nafsimni oqlamayman. Zero, nafs - agar Rabbim rahm aylamasa - faqat yomonlikka qistovchidir. Albatta, Rabbim kechirimli va rahmlidir".  Yusuf surasi (12:53)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:04:29

Nafs aslida johil qilinib va yomon yo'lga moyillikda yaratilgan. Mana shu nafsning tabiati, asli. Ilm, hidoyat va solih amallar mana shu nafsni to'g'ri yo'lga solish uchun ishlatiladigan narsalardir.
 Ilm, hidoyat va solih amallar bular nafsga qarshi ishlatiladigan qurollardir.
 Agar kimki haqiqatan nafsini to'g’rilashga xolislik bilan intilsa, to'g'ri yo'lda, Allohning yo'lida sobitqadam bo’lishga intilsa, Alloh unday insonga hidoyat beradi.
 Alloh taolo aytadiki:
 
"œBizning (yo'limiz)da jihod (jiddu jahd) qilganlarni, albatta, O'z yo'llarimizga hidoyat qilurmiz. Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir!" Ankabut surasi (29:69)
 Allah taolo xolislik bilan nafsini to'g'rilashga harakat qilgan insonni hidoyat qilishiga va'da berdi. Unday insonga yordam berishni va'da qildi. Allohning hidoyati, yordami kelgandan keyin banda yana nimani istasin?!
 Nafs bu qalb va Alloh o'rtasida turadigan pardadir. Agar parda yomon bo'lsa, pardada tikanlar bo'lsa u, parda toza bo'lmasa, qop-qora bo'lsa u holda u qalb Allohni ko'ra olmaydi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:05:12

Shu sabab ham biz nafsga qarshi kurashimiz, nafsni poklashga, to'g'rilashga intilishimiz juda muhim narsa.
 Shuni bilingki, ey Musulmon, Alloh sizu bizni to'g'ri yo'lga boshlasin, Nafsga qarshi kurashlik quyidagi 4 ta yo'l orqali boladi:

 1. Nafsni doimo hisobga tutish
 2. Nafsni qaytarish, nafsni shahvatlari, xohlaganlariga qarshi turish
 3. Nafsni Allohga boysunishda sabrli qilishlik
 4. Nafsni Allohning harom qilgan narsalaridan yiroq bolishlikda ham sabrli qilishlik

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:05:53

1. Nafsni doimo hisobga tutish
 Nafsning buzilishiga sabablardan biri bu nafsni hisobga tutmaslikdir. Allohning bandalari ichida juda kamchilikdagilari o'zlarining nafslarini hisobga tutadilar.
 Har bir inson har bir aytgan gapida yoki qilgan harakatida o'zidan shunday savollarni so’rashligi kerak:
 "Men bu so'zim bilan nimani nazarda tutdim? Men Allohga da’vat qilganimda niyatim qanday edi? Aytganlarim, harakatim xolis Alloh uchunmi?
 Allohning Yuzini istab qildimmi? yoki men bu dunyodan biror narsa istab qildimmi? Niyatim nima edi o'zi? Namozni qanday o'qidim? Zakotni kim uchun berdim? Kim uchun ro'za tutdim? Xo'ja kursin uchunmi yoki Alloh uchun?
Men nimaga umid qildim? Men faqatgina Allohdan ajr, savob, mukofot umid qildimmi? yoki biror bandaning mukofotini olish umididamanmi?
 Qilgan amalim Qur'onu sahih sunnatga mosmi? Bid'at, shirk aralashmaganmi?"
"œMen bu harfni, so'zni, gapni aytganimda niyatim qanday edi? Nima uchun ovqat yedim? Nima uchun suv ichdim?... " va h.k.
 Aqlli inson qanday inson ekanligini bilasizmi?
 Aqlli inson shunday insonki u doimo o'zining nafsini hisobga tutadi va o'limdan keyin keladigan narsalarga o'zini tayyorlaydi. O'limdan keyin nima keladi??
 O'limdan keyin qabrga boriladi... qabr bu Qiyomatga birinchi qadam.. qabrda ham so’roq qilinadi.
 O'limdan keyin mukofot yoki jazo keladi.
 O'limdan keyin Tarozi va Sirot ko'prigi keladi
 va nihoyat oxirgi manzil Jannat yoki Do'zax bo'ladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:07:01

 O'zimizdan so'raylik:" O'limdan keladigan narsalarga NIMA tayyorladik?? O'limga tayyormizmi? Qiyomatga tayyormizmi? Amal daftarlarimiz hisobga tutishilishiga tayyormizmi?  Alloh bilan uchrashishga tayyormizmi?"
 Ba'zilar "Alloh meni kechiradi" deb farz amallarini qilishmaydi, gunoh ishlarini qilishadi.
 Axir yaxshi, solih amallarsiz QANDAY qilib inson jannatga kira oladi?
 Faqatgina UMID qilib hech bir amal qilmasa va Jannatga kiraman deb o'tirsa qo'pol qilib aytadigan bo'lsak u inson chuchvarani xom sanabdi
 Umar bin Xattob radiallahu anhu aytgan ekanlarki, ma’nosi:
 "Hisobga tutilmasliklaringizdan oldin nafslaringizni o'zlaring hisobga tutinglar. Amallaringizni hali Qiyomatda taroziga qo'yilmasidan oldin o'zlaringiz hozir o'lchanglar. Chunki bunday qilinsa ertaga keladigan hisob oson bo'ladi".
 Qancha qancha nafslar o'z egalarini qorong’ulikka, yomon yo’llarga chorlaydi. Nafslari egalari ustiga boshliq bo’lib olgan.
 Haqiqiy solih mo’min esa o'z nafsiga boshliqlik qiladi. Nafsini doimo so'roq qiladi.
 O'zini doimo:"Qiyomatda hozir Alloh oldida tursam tayyormanmi? Nafsim meni Jannatga yaqin qiladigan amallarga chorlayaptimi yoki Do'zaxga yaqin qiladigan amallarga?  Har bir qilgan qadamim men uchun oxiratda foyda beradimi yoki zarar beradimi?" deya Alloh uchun o’zini so’roq qiladi va natijada xolislik bilan nafsini to'grilashga harakat qiladi. Nafsiga o'zi boshliq bo'ladi.
 Nafsni hisobga tutishda biror amalni qilishdan OLDIN va u amalni qilgandan KEYIN hisobga tutilishi kerak.
 Biror amal qilishidan oldin o'zidan shahvat va hissiyotlarni chetga qo'yib "Men uchun bu qiladigan amalim yaxshimi? Alloh menga bu amal uchun mukofot beradimi? yoki bu amal gunoh amalimi?" deya so'roq qiladi.
 Agar amali haqiqatan yaxshi bo'lsa, foydali bo'lsa Quron va sahih sunnatga qarshi bo'lmasa, u holda keyin yana so'raydi o'zidan "Men bu amalni Alloh uchun qilyapmanmi? yoki riyo uchun? odamlar maqtashlari uchunmi?"
 Shuning uchun ham Muhammad sallallahu alayhi va sallam:
 "Kimki Allohga va Qiyomatga iymon keltirsa yaxshi so'z so'zlasin yoki sukut saqlasin"
 degan ma'noda aytganlar. Sahih Buxoriy va Muslim.
 Agar AMAL yaxshi bo'lsa, to'g'ri bo'lsa va niyat xolis Alloh uchun bo'lsa u holda u amalni qilish yaxshi.
 Agar Amal yaxshi bo'lsayu, ammo niyat yomon bo'lsa unda amalni qilishdan oldin niyatni to'g'rilash kerak boladi.
 Agar amal yomon bo'lsa u holda u amalni qilmaydi.
 Amalni qilib bo'lgandan keyin ham solih banda o'zidan so'raydi:
 "Alloh uchun qildimmi? Muhammad sallallahu alayhi va sallamning sunnnatlariga ko’ra qildimmi? Birorta kamchilik bo'lmadimi?Biror xato bo'lmadimi"
 Mana shu savollar orqali banda agar xato qilgan bo'lsa xatolarini darrov tavba qilib to’g’rilaydi.
 Agar bunday qilmasa, masalan, 60 yoshga borganida, o'lim to'shagida yotganida juda kech bo'ladi, chunki gunohlar tavba qilinmasa esdan chiqadi va daryo kabi bo’lib qoladi.
 Solih bo'lib o'tgan insonlar (Salafus Solihlar) o'zlari uchun ayniqsa kechaning oxirgi qismida  nafslarini hisobga tutish uchun vaqt ajratishar ekan.
 Birinchi navbatda qilgan farz amallarini hisobga tutar ekan. Agar biror farz amallarida xato bo'lsa tavba qilib to'g'rilab quyar ekanlar.
 Keyin esa o'zini harom narsalardan saqlandimi yo'qmi shuni hisobga tutar ekan.
 Keyin esa e'tiborsizlikda bo’lganmi yo’qmi shuni hisobga tutar ekan, ya'ni biror qilgan amalida Alloh uchun qilayotganligi esidan chiqdimi yo’qmi shuni hisobga tutar ekan.
 Keyin esa kunduz kuni aytgan barcha gaplarini hisobga tutar ekan.
 Keyin esa borgan joylarini, qo’llarini nimaga ishlatganlarini, ko’zlari bilan nima ko’rganlarini, quloqlari bilan nima eshitganlarini va h.klarni hisobga tutar ekan.
 Shunday qilishganda barcha harakatlari faqatgina Allohning roziligi uchun qilinganmi yo’qligini bilib olib shunga yarasha o'zlarini to'g’rilashar ekanlar.
 Nafsni hisobga tutishning bir necha foydalari bor:
 a) Kamchiliklarni hamda nafsning qayerda va nimada kuchsiz ekanligini tanishlik.
 Agar banda nafsini qayerda va nimada kuchsiz ekanligini bilmasa u nafsga qarshi kurasha olmaydi.
 Salaflar ya’ni solih bo’lib o'tganlar, sahobiylar, tobeinlar shunchalik kamtarin bo'lishganki ba'zilar aytishgan "Men 100 ta yaxshi amallar xislatini bilaman ammo ularning birortasi menda borligini bilmadim"
 Ba'zi sahobiylar Muhammad sallallahu alayhi va sallamdan Jannatga borishlari haqida bashorat qilingan bo'lsalarda, Payg'ambarimiz sirlarini aytgan Huzayfa radiallahu anhudan "Muhammad sallallahu alayhi va sallam senga kimlar munofiq ekanliklarini aytganlarida, tog'risini ayt bizlarni nomimiz ularning (munofiqlarning) ichida bormidi yoki y’oqmidi"
 deb so’rar ekanlar.
 b) Allohning bandalaridagi haqqini tanishlik. Banda o'z nafsini doimo so'roq qilsa, nafsi Allohning bandalaridagi haqlarini taniydi. Nafsini mana shu haqni bajarishga doimo qistaydi. Qilgan amallarini shirkdan, bid’at va riyodan tozalaydi.
 Allohning bandalaridagi haqni tanigandan so'ng u insonnning Allohga bo’ysunish darvozasi ochiladi.
 Ba'zilar o'zlariga biror tushkunlik, yomon holat yuz berganda Allohni bahona qilib, Alloh bizlarga shunday qildi va h.k. deya nola qilishadi, AMMO o'zlaridan sorashmaydiki "Nima uchun unaqa tushkunlikka tushishdi, nima uchun u yomon narsa yuz berdi?
 Unday insonlar bilishmaydiki, ularning gunohlari va Allohga bo'lgan osiyliklari sabab shunday bo’lmoqda.
 Ba’zi insonlarning qalbi esa, umuman Allohni bilishni istamaydi, Allohni tanishni istamaydi.
 Agar qalbingizda Allohni huddi Alloh xohlagandek va Muhammad sallallahu alayhi va sallam ko’rsatganlaridek tanish, bilish, Ungagina bo'ysunish niyati bo'lsa, shuni bilingki, Alloh sizga katta bir ne'matni ato qilibdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:08:08

2. Nafsni qaytarish, nafsni shahvatlari, xohlaganlariga qarshi turish
Demak bu yo'l nafsning shahvatlariga ergashmaslik va u shahvatlarga qarshi turishlik orqali bo'ladi.
 Nafs shahvatlari Shaytonga ergashish orqali kelib chiqadi. Shuning uchun ham Shaytonga qarshi turishlik, unga qarshi kurashishlik, Allohdan shaytonning vasvasalaridan, fitnalaridan panoh izlab yordam surashlik juda muhim ish.
 Shayton nafsga 2 eshik orqali kiradi. Mana shu 2 eshikni bilishlik va qattiq yopishlik zarur.
 a) Haddan tashqari oshishlik eshigi.
 Haddan oshishlik nafsga nima xohlasa berishlik orqali yuz beradi. Masalan, haddan tashqari taom, uxlash, gapirish va boshqa nafs egasi yaxshi ko’rgan va ularsiz yashay olmaydigan narsalar.
 Shuning uchun ham shu kabi narsalardan nafsga haddan oshiq berishlik Shaytonga eshikni ochadi.
 Masalan, ba'zilar taomda unchalik haddan oshishmagan, ammo ko'zlari bilan haddan tashqari ko'p narsalarga qarashadi. Odamlar bilan juda ko'p foydasiz ravishda aralashadi. Mana shu kabi amallar qalbni qattiq qilib qo’yadi.
 Bunday narsalar qalbni o'lishiga olib boradi va u qalbga keyin na nasihat na boshqa foydali narsa kiradi.
 Shuning uchun ham, masalan, Alloh taolo Ramazonda savm (roza)ni biz uchun farz qildi. Taqvoli bo'lishimiz uchun farz qildi. Ramazonda nafaqat taomdan balkim yuqorida zikr qilingan barcha narsalardan o'zimizni tiyamiz.
 Mana shu narsalarni Ramazondan tashqarida ham qilishimiz kerak.
 Ramazondan tashqarida ham sunnatda ma'lum bo'lgan nafl ro'zalarni tutishlik bizlarni haddan oshmasligimizga va shu sabab o'sha eshikni qattiq yopishga yordam beradi.
 Xuddi shu kabi kechalari Tahajjud namozlarini o'qishlik haddan tashqari uxlashdan qaytaradi. Nafsiga qarshi kurashib kechasi uyqudan turib, tahorat qilib, qiblaga yuzlanib Allohga xolis ibodat qilishlik bu shaytonni yengadi.
 Islomning yana bir hikmatlaridan shuki agar foydali gap bo'lmasa sukut saqlashlik.
 Kimki Allohga va Oxiratga iymon keltirsa yaxshi, foydali gap gapirsin, aks holda sukut saqlashlikning o'zi u uchun foyda bo'ladi.
 Til sabab bizlar qancha qancha gunohlarni qilamiz, masalan yolg'on gapirishlik, birovni orqasidan g'iybat qilishlik, tuhmat qilishlik va h.k.lar.
b) 2- eshik bu Allohni zikr qilishda etiborsizlikda bo'lishlik. Allohning farzlarini qilishda etiborsizlikda bo'lishlik, ya'ni bu haddan oshishlikni teskarisi ma'lum bir ma'noda.
 Shayton bandani Allohni zikr qilishdan qaytarishga harakat qiladi. Kimki Allohni sunnatga muvofiq ravishda zikr qilsa, Allohning farzlarini bajarsa hamda shu amallarni doimiy qilsa va etiborsizlikda bo'lib qolmasa Shaytondan himoyalanadi.
 Etiborsizlik bo'ldimi demak Shaytonga eshik ochildi, ENG katta dushmanga eshik ochildi. Shayton shu eshik orqali kirib nafsga xohlagan narsasini vasvasa qiladi.
 Shuning uchun ham Quron va sahih sunnatdan ma'lum bolgan duolarni aytilgan vaqtlarda o'qib borishlik qattiq tavsiya qilingan.
 Masalan, ertalab va kechqurun o'qiladigan duolar, uyga kirishda va uydan chiqishda o’qiladigan duolar, uxlashdan oldin o’qiladigan duolar, uxlab turgandan keyin o’qiladigan duolar va h.k.lar.
 Mana shu sahih duolarni aytib Allohni doimo zikr qilib borsak Shaytonga eshik qattiq qulflanadi.
 Har bir inson o'z nafsi nima xohlashini biladi va shuning uchun ham u nafs xohlagan barcha narsani nafsga bermasligi kerak.
 Shu o'rinda yana aytish kerakki, haddan oshish degan narsaga yana bu, masalan, ba'zilar kechayu kunduz namoz o'qiyman deyishlari, butun umr ro’za tutaman deyishlari, umuman uylanmayman deyishlari va h.k. narsalar ham kiradi.
Ya’ni, aytaylik bir kishi aytdi:"Men kechayu kunduz to'xtamasdan kechalari har kuni uxlamasdan namoz qilmoqchiman".
Boshqasi aytadi:"Men butun umr har kuni ro'za tutmoqchiman"
 Uchunchisi esa men: "Umuman uylanmoqchi emasman"- deydi.
 Bu narsa dinda g'uluvga ya'ni haddan oshishga kiradi, chunki Muhammad sallallahu alayhi va sallam Allohga ENG zo'r ibodat qiluvchi bo'lganlar. Ular kechaning bir qismida uxlaganlar bir qismida namoz o'qiganlar. Oyning yoki haftaning ba'zi kunlarida nafl ro'za tutganlar, boshqa kunlarida esa tutmaganlar va payg'ambarimiz sallallahu alayhi va sallam uylanganlar ham.
 Demak nafsga qarshi kurashlikda doimo Muhammad sallallahu alayhi va sallamning yo'llariga ko'ra qilishimiz kerak. Agar uning yo'lidan haddan oshsak demak shaytonga yo'l ochiladi. Agar uning (Muhammad sallallahu alayhi va sallam) yo'liga etiborsizlik qilsak unda ham shaytonga yo'l ochiladi. Demak mana shu 2 yo'lning o’rrtasida bo’lishimiz kerak.
 Etiborsizlikka yana misol, masalan, bir solih birodar bizga kelib "Ey birodar, mana shu shu qilgan amalingiz Muhammad sallallahu alayhi va sallamga, sahobalariga yoki solih imomlarimiz yo'llariga zid, u amalni mana bundoq qilish kerak" deb dalil bilan tushuntirganda agar biz "bore endi seni aytmaganing qoluvdi" deb etiborsizlikda bo'lsak va u birodarni ustidan kulsak, turli xil laqablar bilan atasak bu etiborsizlik, chunki u birodar bizga bizni yanada yaxshi bo'lishimiz uchun nasihat qildi. O’sha uchun agar haqiqatdan yaxshi bo’lishni istasak etibor qilib, quloq solib shunga yarasha o’zimizni o'nglashimiz lozim.
 Solih mo'min qalbi DOIMO haqiqatga ochiq bo'ladi, kibrdan, hasaddan yiroq bo'ladi.
 Chunki kibr va hasad haqiqatni qabul qilishlikka to’sqinlik qiladi. Alloh taolo barchamizni mana shu kibr va hasaddan tozalasin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:08:47

3. Allohning qil deb buyurgan narsalarini qilishlikda sabrlik bolishlik

Nafsga qarshi kurashishlikning 3- yo'li bu Allohning qil deb buyurgan narsalarini qilishlikda sabrlik bo’lishlik.
 
Nafs Allohning barcha buyurgan narsalarni qilishga rozi bo'lmaydi, chunki u nafs xohlamagan narsalar.

Masalan inson ba'zida dangasalik sabab namozni o’qimaydi, ba'zilarini o’qib, ba’zisini o'qimaydi, yoki bomdodga ham erinib turmaydi.
 
Puli nisobga yetganda shahvati sabab zakot tulamaydi, "œbersam pulim tugaydi" deb qo’rqib bermaydi.
 
Hamda ba'zida banda Alloh buyurgan narsalarni qilganda, sinovlarga uchraganda osongina yengilishi ham sabrsizlik alomatidir.
 
Shuning uchun ham biz Allohning buyurgan narsalarini qilishdan erinmasdan Alloh uchun, Allohgagina tavakkal qilib DOIMO qilib borishimiz kerak ekan.

Hattoki mustahab amallarini qilishda ham doimiy qilishlik Alloh yaxshi ko'rgan amallardir.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Oktyabr 2009, 08:09:45

 4-chi Nafsga qarshi kurashish yo'li bu Alloh harom qilgan narsalarni qilmaslikka nafsni sabrga o'rgatish

Bu degani harom narsalarga duchor bo'lganda banda o'z nafsini hisobga tutadi, o'z nafsini haromni qilishga chaqirishiga yo'l qo'ymaydi.
 
Agar banda o’sha haromni qilishga qo’li yetsada u haromdan yiroq bo'lsa u holda nafsini ustidan g’olib kelgan bo’ladi.
 
Shu sabab ham Allohning roziligiga muyassar bo'ladi va Allohgagina bo'ysinuvchilar qatoridan bo'ladi.
 
Masalan, bir yosh yigitni oldiga bir chiroyli qiz kelib fohisha ishni qilishga chaqirdi. Shunda u yigit "Men Allohdan qo'rqaman" dedi.
Etibor qilaylik, u yigit agar xohlasa edi fohisha ishni qilish qo'lidan kelardi, ammo uni qilmadi va "Allohdan qo'rqaman" dedi.
 
Mana shunday qilgan insonlar Alloh taoloning Arshisi soyasidan joy oladigan 7 turdagi insonlardan biriga kiradi.
 
Qiyomatda Allohning Arshisi soyasidan boshqa soya bo'lmaydi
 
Yana misol ko’chalarda yurganda musulmon banda ko'zini yomon narsalarga qarashlikdan saqlashi, yomon narsalarni eshitishlikdan saqlashi, yomon joylarga borishdan o'zini saqlashi nafsga qarshi kurashdir.
 
Xulosa shuki birodarlar, yuqorida zikr etilgan yo'llarni ishlatib doimo nafsimizni so'roq qilib boraylik. Nafsimizni Allohning buyruqlarini qilishda, harom qilgan narsalaridan yiroq bolishda hamda yaxshi amallarni qilishda doimiy bo'lishda sabrli qilaylik.
 
Mana shu yo'llar orqali bandaning Jannatdagi darajasi ham ortadi, Alloh u bandadan rozi bo'ladi va abadiy baxtlikka erishadi.
 
Bu dunyo birodarlar 5 kunlik dunyodir. Qancha yashaymiz? 60 yil 80 yil boringki 100 yil ammo baribir o'sha qabrga boramiz.. Qiyomatda Alloh oldida turamiz. O'zingizni qabrda tasavvur qilib ko'ring: 2 farishta so'roq qilishganda "ROBBING KIM, dining nima, payg'ambaring kim?" degan savollarga hozir hech qanday shak shubha qilmasdan dalillar bilan javob bera olamizmi yoki yo’qmi?
 
Bundan tashqari yana muhim narsa shuki, Agar banda Allohni ko'proq tanisa, bilsa Allohga bo’lgan muhabbati oshadi, ibodatdagi xolisligi oshadi va bu dunyodagi maqsadini yanada aniqroq tushunadi.
 
Alloh haqidagi ilm bu Tavhiddir. Shuning uchun ham mana shu ilmni Alloh va Uning Rasuli sallallahu alayhi va sallam ko'rsatganlaridek hamda sahobalar tushunganlaridek tushunib amal qiladigan bandalardan bo'laylik.

Qayd etilgan