2. Nafsni qaytarish, nafsni shahvatlari, xohlaganlariga qarshi turish
Demak bu yo'l nafsning shahvatlariga ergashmaslik va u shahvatlarga qarshi turishlik orqali bo'ladi.
Nafs shahvatlari Shaytonga ergashish orqali kelib chiqadi. Shuning uchun ham Shaytonga qarshi turishlik, unga qarshi kurashishlik, Allohdan shaytonning vasvasalaridan, fitnalaridan panoh izlab yordam surashlik juda muhim ish.
Shayton nafsga 2 eshik orqali kiradi. Mana shu 2 eshikni bilishlik va qattiq yopishlik zarur.
a) Haddan tashqari oshishlik eshigi.
Haddan oshishlik nafsga nima xohlasa berishlik orqali yuz beradi. Masalan, haddan tashqari taom, uxlash, gapirish va boshqa nafs egasi yaxshi ko’rgan va ularsiz yashay olmaydigan narsalar.
Shuning uchun ham shu kabi narsalardan nafsga haddan oshiq berishlik Shaytonga eshikni ochadi.
Masalan, ba'zilar taomda unchalik haddan oshishmagan, ammo ko'zlari bilan haddan tashqari ko'p narsalarga qarashadi. Odamlar bilan juda ko'p foydasiz ravishda aralashadi. Mana shu kabi amallar qalbni qattiq qilib qo’yadi.
Bunday narsalar qalbni o'lishiga olib boradi va u qalbga keyin na nasihat na boshqa foydali narsa kiradi.
Shuning uchun ham, masalan, Alloh taolo Ramazonda savm (roza)ni biz uchun farz qildi. Taqvoli bo'lishimiz uchun farz qildi. Ramazonda nafaqat taomdan balkim yuqorida zikr qilingan barcha narsalardan o'zimizni tiyamiz.
Mana shu narsalarni Ramazondan tashqarida ham qilishimiz kerak.
Ramazondan tashqarida ham sunnatda ma'lum bo'lgan nafl ro'zalarni tutishlik bizlarni haddan oshmasligimizga va shu sabab o'sha eshikni qattiq yopishga yordam beradi.
Xuddi shu kabi kechalari Tahajjud namozlarini o'qishlik haddan tashqari uxlashdan qaytaradi. Nafsiga qarshi kurashib kechasi uyqudan turib, tahorat qilib, qiblaga yuzlanib Allohga xolis ibodat qilishlik bu shaytonni yengadi.
Islomning yana bir hikmatlaridan shuki agar foydali gap bo'lmasa sukut saqlashlik.
Kimki Allohga va Oxiratga iymon keltirsa yaxshi, foydali gap gapirsin, aks holda sukut saqlashlikning o'zi u uchun foyda bo'ladi.
Til sabab bizlar qancha qancha gunohlarni qilamiz, masalan yolg'on gapirishlik, birovni orqasidan g'iybat qilishlik, tuhmat qilishlik va h.k.lar.
b) 2- eshik bu Allohni zikr qilishda etiborsizlikda bo'lishlik. Allohning farzlarini qilishda etiborsizlikda bo'lishlik, ya'ni bu haddan oshishlikni teskarisi ma'lum bir ma'noda.
Shayton bandani Allohni zikr qilishdan qaytarishga harakat qiladi. Kimki Allohni sunnatga muvofiq ravishda zikr qilsa, Allohning farzlarini bajarsa hamda shu amallarni doimiy qilsa va etiborsizlikda bo'lib qolmasa Shaytondan himoyalanadi.
Etiborsizlik bo'ldimi demak Shaytonga eshik ochildi, ENG katta dushmanga eshik ochildi. Shayton shu eshik orqali kirib nafsga xohlagan narsasini vasvasa qiladi.
Shuning uchun ham Quron va sahih sunnatdan ma'lum bolgan duolarni aytilgan vaqtlarda o'qib borishlik qattiq tavsiya qilingan.
Masalan, ertalab va kechqurun o'qiladigan duolar, uyga kirishda va uydan chiqishda o’qiladigan duolar, uxlashdan oldin o’qiladigan duolar, uxlab turgandan keyin o’qiladigan duolar va h.k.lar.
Mana shu sahih duolarni aytib Allohni doimo zikr qilib borsak Shaytonga eshik qattiq qulflanadi.
Har bir inson o'z nafsi nima xohlashini biladi va shuning uchun ham u nafs xohlagan barcha narsani nafsga bermasligi kerak.
Shu o'rinda yana aytish kerakki, haddan oshish degan narsaga yana bu, masalan, ba'zilar kechayu kunduz namoz o'qiyman deyishlari, butun umr ro’za tutaman deyishlari, umuman uylanmayman deyishlari va h.k. narsalar ham kiradi.
Ya’ni, aytaylik bir kishi aytdi:"Men kechayu kunduz to'xtamasdan kechalari har kuni uxlamasdan namoz qilmoqchiman".
Boshqasi aytadi:"Men butun umr har kuni ro'za tutmoqchiman"
Uchunchisi esa men: "Umuman uylanmoqchi emasman"- deydi.
Bu narsa dinda g'uluvga ya'ni haddan oshishga kiradi, chunki Muhammad sallallahu alayhi va sallam Allohga ENG zo'r ibodat qiluvchi bo'lganlar. Ular kechaning bir qismida uxlaganlar bir qismida namoz o'qiganlar. Oyning yoki haftaning ba'zi kunlarida nafl ro'za tutganlar, boshqa kunlarida esa tutmaganlar va payg'ambarimiz sallallahu alayhi va sallam uylanganlar ham.
Demak nafsga qarshi kurashlikda doimo Muhammad sallallahu alayhi va sallamning yo'llariga ko'ra qilishimiz kerak. Agar uning yo'lidan haddan oshsak demak shaytonga yo'l ochiladi. Agar uning (Muhammad sallallahu alayhi va sallam) yo'liga etiborsizlik qilsak unda ham shaytonga yo'l ochiladi. Demak mana shu 2 yo'lning o’rrtasida bo’lishimiz kerak.
Etiborsizlikka yana misol, masalan, bir solih birodar bizga kelib "Ey birodar, mana shu shu qilgan amalingiz Muhammad sallallahu alayhi va sallamga, sahobalariga yoki solih imomlarimiz yo'llariga zid, u amalni mana bundoq qilish kerak" deb dalil bilan tushuntirganda agar biz "bore endi seni aytmaganing qoluvdi" deb etiborsizlikda bo'lsak va u birodarni ustidan kulsak, turli xil laqablar bilan atasak bu etiborsizlik, chunki u birodar bizga bizni yanada yaxshi bo'lishimiz uchun nasihat qildi. O’sha uchun agar haqiqatdan yaxshi bo’lishni istasak etibor qilib, quloq solib shunga yarasha o’zimizni o'nglashimiz lozim.
Solih mo'min qalbi DOIMO haqiqatga ochiq bo'ladi, kibrdan, hasaddan yiroq bo'ladi.
Chunki kibr va hasad haqiqatni qabul qilishlikka to’sqinlik qiladi. Alloh taolo barchamizni mana shu kibr va hasaddan tozalasin.