Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1369438 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 310 B


Ansora  19 Noyabr 2009, 19:49:27

V.assalom.

Uzr- Turkiy qabilalar bostirib kelmasdan oldin siz kim edingiz : )
Menga bu juda qiziq tuyuldi....

O'zbek so'zi- Oltin O'rda Xonidan (1 chi bo'lib İslom dinini qabul qilgan, asli Mo'g'ol aslli Xon) keyin tarixga kirib kelgan. O'rhon obidalarida esa Qirg'izlarning ismi kechadi bizning ismimiz esa 14 asrdan keyin qo'llana boshlangan....xo'sh, bizni ota-bobolarimiz oldin yashashmaganmi?

Turk so'zini faqatgina Turkiyadagi Turklarga tegishli deb bilmaslik, kerak!
Bekorga Turkiy qavmlar- deyilmaydi. O'rhon obidalaridagi so'zlar biz, Qirg'zilar, Qozoqlar hullas butun Turkiy qavmlarning xozirgi kunda qo'llanayotgan so'zlari bilan to'la. Turkiyadagi Turklar bu obidalarga dunyodan hammadan ham ko'p ega chiqishadi, lekin xozirgi kunda qo'llanilayotgan Turkiya Turkchasi adabiy tilidan juda uzoq....

Masalan Forobiy bizniki deymiz, lekin Qozoqlarni pulida kattakon Forobiy rasmi bor.

Bu tur tarixiy shahslar va tarixiy yodnomalarni birgina Qozoq, Qirg'izga yoki bizga tegishli deb bo'lmaydi. Bu ishning ichidan chiqish yo'li esa: "Hammamiz Turkiy qavmlarmiz", deyish....Chunki biz ham bu merosga da'vogarmiz.

Masalan Alisher Navoiy asli Uyg'ur. Lekin O'zbek tilining asoschisi deymiz, Navoiyni o'zi esa hech qachon men O'zbek tilida yozyabman, demagan....
Temuriylar birlan O'zbeklar orasidagi dushmanlikni hamma biladi....

Temurni mashur so'zi ham: Bizki Mulki Turon, Amiri Turkistonmiz, Biz Millatlarning eng qadimi, Turkning bosh bo'g'inimiz, degan, buni ham bilasiz. Xo'sh qani O'zbekman, degani.....

Bularning hammasi Ruslarning bizga farqli Millat atamalarini yopishtirib chiqqanini asorati.....

Hammangiz Turkiy qavmsiz, desa, biz  bir-birimiz bilan yana ham yaqin bo'lardik-da shuning uchun huddi boshqa til, boshqa millatday tariximizni yangidan yozishdi.....

Fe'lning joyi o'zgarishiga she'riyatda "Oq she'r" deyiladi. Men esa matn holida qo'llanish shaklini nazarda tutdim fe'l so'ngda keladi, der ekanman...

İnglizcha zotan- Nemis tili bilan Frantsuz tilining qorishmasidan o'rtaga chiqqan, o'z tiliga sof holda ega bo'lmagan millat qanday qilib boshqa tildan olingan so'zdan voz kecha olishi mumkin?

Xozrigi kunda İngliz tilining butun dunyoda hukmron bo'lishiga sabab odamlarning boy bo'lishigina xolos!

Boy bo'lsang, tilingni ham yoyasan!

Siz keltirgan Qish. Hammayoq oppoq. Qanday go'zal-a? misoli ham bu asrning boshlarida hosil bo'lgan yozuv turi. Undan oldin yozilgan masalan 1800 largacha hech bir matnda ko'zga tashlanmaydi.
İlgarigi davrlarda insonlar yozuvni bir san'at holiga keltirib uzundan-uzun qilib, bezab yozishgan.
Davrimizga kelib esa insonlar hamma narsani praktik oson yo'liga o'ta boshlashdi.

Bu tur oppoq qor,,,,,misollari ham shundan dalolar beradi....





Qayd etilgan


otash19  19 Noyabr 2009, 22:39:00

manga ham ubu narsa o'rgatilar. man bu forumda yangiman

Qayd etilgan


Arbuzchi  19 Noyabr 2009, 22:50:53

manga ham ubu narsa o'rgatilar. man bu forumda yangiman

Nimalani o'rgatiylu Otash. Ketmon ushashni bilasmi? Lapatka ushashnichi...
Bilaseyz o'rgatvoramiz... :D

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Noyabr 2009, 23:46:25

manga ham ubu narsa o'rgatilar. man bu forumda yangiman


Forumda yangi bo'lsangiz, tezda eskirishga harakat qiling. Qachongacha yangi bo'lib turaverasiz? :7

1. Bu yerda asosiysi o'zaro fikr almashish.

2. Ma'lum bir mavzuga kirasiz va o'sha mavzu bo'yicha o'z fikringizni qoldirasiz.

3. Agar mavzulardagi birorta mulohaza (xabar, post) yoqib qolsa, unga rahmat aytishingiz mumkin. O'ng yuqori tomonda "Rahmat aytish" degan tugmani bossangiz kifoya.
Qani, bir proba qilish uchun mana shu xabarga rahmat aytib ko'ringchi. :7

4. Bu forumda eslab qolishingiz kerak bo'lgan asosiy narsa, bu - a'zo (user) lardan kim qanaqaligini bilib olishdir. Sizga maslahatim Arbuzchi, lolo degan userlarni ko'rsangiz orqangizga qaramay, duch kelgan joyga qoching. Ular sizni yo'ldan urishadi bo'lmasa :7

Yana u-bu narsa kerak bo'lsa so'rarsiz...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  20 Noyabr 2009, 10:14:51

Be'manilik...ga o'xshamayaptimi sizga???
Uylanmaganmisiz Y_U_R_I_S_T bola? :D
Yaxshi qizimiz bor a tak.... ;D

Yo'qda aka! Kim ekan u yaxshi qiz... Aytingchi. Ha, endi kattalar aytganda xo'p-xo'p deb turaylik, ayniqsa uylanish mavzularida... :7

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  20 Noyabr 2009, 11:25:30

Assalomu alaykum.

Oxxo, Kapalak opa, tarixda shuncha gaplar bo'lib o'tgan ekan-u, biz bilmay yurgan ekanmizda :7

Oma Amir Temurni gapi zo'r chiqibdi...!

Bo'pti bir boshidan boshladim...

Iqtibos
Uzr- Turkiy qabilalar bostirib kelmasdan oldin siz kim edingiz Kulgi
Menga bu juda qiziq tuyuldi....

Bilmadim, men sal keyinroq tug'ilganman. :7

Agar tarixiy bilimlarim pand bermayotgan bo'lsa, Turkiy qabilalar kelmasidan ancha oldin men neandertal odam bo'lganman (Teshiktosh g'orida nima qilib yurgan ekanman-a o'sha paytlari?). Undan keyin Fergantrop bo'lganman (Bitta joyda o'tirmas ekanda bu bola deb o'ylayabsizmi?)

Keyinchalik sak, massagetlarga qo’shilganman. Shiroq ham aslida menman! To’marisni kuyovi bo’lmoqchi edim, qarasam qizi yo’q ekan"¦ Iskandar yurishi vaqtida Spitamen yonida bo’ldim.
Keyinchalik Marg’iyonalarga bordim, Katga bordim, Kushon davlatiga asos soldim, Dovon davlati qo’shini safida Xitoyga qarshi urushdim, Toxaristonda savdogarlik qildim"¦

Ey, gapirsam gap ko’p"¦ Turkiy bo’lishim tarixi 5-6 asrlarga borib taqaladi. Turk hoqonligiga qo’shildim. Ammo bu ham etnik shakllanishimdagi so’ngi nuqta emasdi. 8-9 asrlarda Shimoli-sharq tomondan qipchoqlar, o’g’uzlar va qorluqlar qabilalarining kirib kelishi katta ta’sir o’tkazdi. Buni tilimizdagi lahjalardan ham bilib olishingiz mumkin.

Iqtibos
O'zbek so'zi- Oltin O'rda Xonidan (1 chi bo'lib İslom dinini qabul qilgan, asli Mo'g'ol aslli Xon) keyin tarixga kirib kelgan.

Bu aslida noto’g’ri. O’zbekxondan shunchaki "œo’zbeklar" degan atama kelib chiqqan xolos.

ChehMikdan sitata:
Iqtibos
O'zbek ismini o'sha xonga kim bergan ekan?qayerdan olgan ekan?

Tarixchilarmizning fikricha, O’zbek so’zi qaysidir qabilaning (hech eslolmadimda) Ispak degan boshlig’i nomidan kelib chiqqani ekan. Ey, buni nima qizig’i bor xozir?

Iqtibos
Turk so'zini faqatgina Turkiyadagi Turklarga tegishli deb bilmaslik, kerak!

Kim aytdi sizga bu gapni? Qachon, qayerda?


Iqtibos
Navoiyni o'zi esa hech qachon men O'zbek tilida yozyabman, demagan....

Iqtibos
Temurni mashur so'zi ham: Bizki Mulki Turon, Amiri Turkistonmiz, Biz Millatlarning eng qadimi, Turkning bosh bo'g'inimiz, degan, buni ham bilasiz. Xo'sh qani O'zbekman, degani.....

Buni tilga va tilimizga ruslarning ta’siri mavzusiga nima aloqasi bor? Siz meni noto’g’ri tushunibsiz.

Keling masalani oydinlashtirib olsak. Gap tilimizdagi ruscha so’zlarni va atamalarni yo’qotish haqida bo’lgan. Men aytdimki, ruslarning tilimizga ta’sirini hech ham hayron qoladigan joyi yo’q. O’sha siz aytayotgan, o’zbek tilining asosi deb qaraladigan turkiy til ham bizga chetdan kirib kelgan qabilalar orqali o’tgan. Yoki O’zbek hududidagi odamlar boshidan turkiy tilda gaplashganmi? Albatta yo’q! Gapimning manosini tushuntira oldimmi?


Iqtibos
Fe'lning joyi o'zgarishiga she'riyatda "Oq she'r" deyiladi. Men esa matn holida qo'llanish shaklini nazarda tutdim fe'l so'ngda keladi, der ekanman...

Bu shakl, nasrda ham qo’llanilgan. Faqat nazmda emas. Siz keltirgan aynan "œBayramingiz bilan" iborasi boshqa shakllarda oldin ham qo’llanilgan. Misol uchun 17-19 asr nasriyatida "œG’alabangiz bilan!" "œAyyom muborak" kabi iboralar ham ishlatilgan. Buni ruslarga aloqasi yo’q.


Iqtibos
Siz keltirgan Qish. Hammayoq oppoq. Qanday go'zal-a? misoli ham bu asrning boshlarida hosil bo'lgan yozuv turi. Undan oldin yozilgan masalan 1800 largacha hech bir matnda ko'zga tashlanmaydi.

Xo’p, mayli siz aytgandek, 1800 gacha uchramagan ham deylik. Xo’sh undan keyin ishlatilgan bo’lsa, bunga ruslarning siyosatini nima aloqasi bor? O’zingiz

Iqtibos
Bizning ham ona tilimiz Sovet paytida juda ko'p taraflama Rus tilining tazyiqi ostida qolgan.

Dediz. Lekin 19 asrda kirib kelgan atov gaplarga rus siyosatining hech qanday aloqasi yo’q-ku. Bu shunchaki jahon adabiyotidagi yangi usuldan foydalanish bilan bog’liq xolos. Buni adabiyotimizga sonet janrining kirib kelishiga o’xshatsak bo’ladi.

Iqtibos
İnglizcha zotan- Nemis tili bilan Frantsuz tilining qorishmasidan  o'rtaga chiqqan, o'z tiliga sof holda ega bo'lmagan millat qanday qilib boshqa tildan olingan so'zdan voz kecha olishi mumkin?

Afsuski bunga ham qo’shilolmayman. Nima o’sha vaqtlarda (13 asr) ingliz tili umuman bo’lmaganmi? Bo’lganku! Balki haqiqatdan ham ingliz tili o’sha siz aytgan tillardan kelib chiqqandir, lekin men aytmoqchi bo’lgan fikr, garchi o’sha zamonda ingliz tili alohida til sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, ammo fransuzlar mustamlakasi natijasida ba’zi fransuzcha atamalar qolib ketgan demoqchi edim.


Iqtibos
İlgarigi davrlarda insonlar yozuvni bir san'at holiga keltirib uzundan-uzun qilib, bezab yozishgan.

Bunday holat asosan arab yozuvi bilan bog’liq bo’lgan xolos. Diyorimizda ishlatilgan oromiy, sug’d  yozuvlari bilan bunday holat kuzatilmagan. O’zu umuman bezab yozish tilga emas, yozuvga bog’liq narsa xolos"¦ Buni farqi bor bir-biridan.



Shuncha gapni gapirdigu, lekin ikkalamiz ham mavzudan chiqib ketdik.  :7 Asosiy masala mana bunday edi:

Tilimizdagi atamalarni o’zbekchalashtirish kerakmi yoki yo’q!

Salomat bo’ling.

Qayd etilgan


muhibb  21 Noyabr 2009, 14:37:37

Bu muborak asarning tarjimasi sizga oidmi?

Qayd etilgan


muhibb  21 Noyabr 2009, 14:52:31

صفي الرحمن المباركفوري

Muborakfuriy deb o'qilsa, chiroyliroq bo'ladi

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Noyabr 2009, 16:02:24

صفي الرحمن المباركفوري

Muborakfuriy deb o'qilsa, chiroyliroq bo'ladi

Menimcha, Muborakpur deb to'g'ri qo'llangan.
Chunki, asli hindcha-urducha tallaffuzda ham "Muborakpur" bo'ladi. Arab tilida "p" harfi bo'lmagani sababli "f" tarzida yozilgan.

Muborakpur xuddi Malikpur, Sultonpur, Hafizpurga o'xshab, o'sha yerda o'tgan buyuk shax yoki o'sha yerni obod qilgan kishining nomiga qo'yilgan. Xuddi bizdagi Yunusobod, Solijonobodga o'xshab.

Qayd etilgan


ZUBAIR  23 Noyabr 2009, 21:20:12


Qayd etilgan