Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1061156 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 310 B


AbdulAziz  04 Mart 2010, 09:14:20

Assalamu alaykum!
Nashidlarning bid'atligiga ba'zi ulamolar fatvo berishgan. Bu ularning fikrlari.

Lekin jumhur ulamolar, tarkibida shirk va yolg'on bo'lmagan nashidlarga ruxsat berishgan. Zero, payg'ambarimiz s.a.v. paytlarida ham g'azotga chiqisharkan, Abdulloh ibn Ravoha kabi buyuk sahobiylar qasiyda-she'rlar o'qishar, buning ta'sirida esa, ham askar, hatto otlar ham jo'shib jangga intilishardi.
Sahobalar va tobeinlar esa eng qiyin damlarda, Rasululloh s.a.v. sunnatlari unutilayotgan damlarda shunday go'zal she'rlar orqali ummatni tiriltirganlar.

Endi, birodarlar, siz nashidni o'zingizga bid'at deb bilarkansiz, sizga buning amalida hech kim e'tiroz bildirmaydi.

Agar kimki ikkinchi tomonning fikriga ko'ra, shirk va yolg'ondan holi nashidlarni eshitsa, unga malomat qilish, sen noto'g'ri qilyapsan, bid'atchisan deyish johillikdan o'zga narsa emas.

Qayd etilgan


Foniy  04 Mart 2010, 10:17:45

 :as:
Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Албатта, дин осондир. Кимки динда ашаддий бслмоқчи бслса, дин унга ғолиб келади. Бас, тсғри амалда бслинглар, сқинлашиб юринглар, схшилик башоратини беринглар. Саҳар чоғида, тушдан кейин ва кечанинг охирида ёрдам талаб қилинг», дедилар».

Имкон топиб сқиб чиқсангиз, иншаоллоҳ, фойдадан холи бслмас,

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2010, 18:57:10

Bu bid'atdan ko'pchilikning habari yo'qligini bilmas ekanman. Bilib turib eshitaverishadi deb o'ylaganakanman. Kapalak opa, man buni bid'atligini o'zim o'ylab topganim yo'q. Bilgan narsamni eslatdim holos. Gapim sizlarni gapingizga to'ri kelmasa bitta shunga mani o'likka chiqarish kerakmi?! Alhamdulillah...
...bir hikmat esimga tushib ketti: O'lishingdan oldin o'lgin, yoki o'lishindan oldin tirilgin (shunaqamidi)!


A.alaykum. Avvalambor Lolo gaplarim og'ir botgan bo'lsa uzr, men siz shundaysiz, demadim, faqat bu savolni sizga berdim.

Yani siz hechmi ko'nglingizga xush kelgan ishni qilmadingiz, bir eslab ko'ring, demoqchi bo'ldim. 
"Xayolga sig'magan xayollar" mavzusida 2-3 marta uzundan-uzun filmday stenariy yozib, hammamizni kuldirdingiz, rahmat. Hattoki tishlarini oqini ko'rsatmaydigan (men shunday deb o'ylayman) o'ta jiddiy Musannif Adham ham sizni xazilingizga yaxshigina kulib, xazilni tushunmaganlarga qarshi ham o'z fikrlarini yozdilar.

Yani biz inson bolasi, gohida jiddiy, gohida xazil bilan to'la hayot kechiramiz.
Nashidalarga kelsak men bu nashidalarga: "Qur'on va Hadis ta'sirida o'rtaga chiqqan yangi asar", deb qarayman. Zotan mavzuni ochgan qizimiz ham bilganimchalik anchagina dindor.

Bir dugonam bor edi, O'zbek. Qabul qilaylik, O'zbekistonda hamma ham to'liq İslom dini haqida bilimga ega emas. Dugonam ham juda yaxshi inson, halol, pok. Birovni haqqini yemagan, lekin Dinimiz bilan bog'liq nima eshitsa hech ta'sirlanmasdi, sababi oilasi o'ta "ruslashib" ketgan insonlardan edi.

Hulllas, shu qiz Turkiyalik Dursun Ali Erzinjanlining Dinimiz bilan bog'liq she'r, qasida, monologlarini eshitib iymoni kuchaydi, hatto namoz o'qidi.

İymonning insonga nimadan, qanday berilishi hech kimga ayon bo'lmaydi. Bir og'iz shirin so'z, yoki bir chiroyli uslubli harakat balki dindan uzoq birini dinga yaqinlashishiga yetadi. Bu albatta nasib masalasi.

Men o'sha kuni yozgan bu satirlarim aynan shu kabi voqealarni o'ylab turib yozilgandi.
Agar o'qiganlar tarafidan: Nafsingizga quloq bering, yoki nafsingiz nimani buyursa shuni bajaring, tarzida anglashilgan bo'lsa uzr so'rayman.

Aslida olib qarasak bazan umumiy forumlarda erkak-ayol aralash-quralash faoliyatda bo'lib, yozishimiz ham siz aytganday bid'attir. 

Tortishma yaratuvchilar safiga eng ohirida men kiraman, aslida.
Hoxlaganim, bir-birimiz bilan tinchlik-totuvlik bilan bizga berilgan, nasib vaqtni o'tkazaylik.
Bazida shunday jiddiy fikrlaringiz bilan kimlarningdir iymon bilan junbushga kelmoqchi bo'lgan qalbiga "to'hta" amrini berib qo'yayotganingiz uchungina shu fikrni yozgandim.

Dinda majburlash yo'q. Qarshimizdagi insonga to'g'ri yo'lni ko'rsatmoqchi bo'lsak faqat va faqat shirin so'z va chiroyli uslub-harakatlarimiz bilangina ta'sirimizni o'tkaza olishimiz mumkin.
Bu gaplar boshda o'zimga qaratilgan, yana menga butun ayblarni qo'ydi, demang.

Rabbim bir-birimizga bo'lgan sabrimiz va muhabbatimizni ortirsin inshalloh.

Qayd etilgan


OnLine  04 Mart 2010, 22:01:48

Shaxsan man nashidlarni eshitishni odat qilib olmaslikni tarafdoriman. Va uzim ham ruhiy tushkunlikka tushib qosam musiqa aralashmagan nashidlar tinglab turaman. Lekin buni hech qanaqa dindan deb qilmayman , yani savob umidida yoki dindagi bir ibodat ornida qilmaganman.
Mumkinlik holati kam bolgan narsa bolgan uchun tinglaganman va bu eshitishm bilan bu narsa ruhsat deb emas balkim osiylikdan yo ojizlikdan deb eshitaman.
Afsus Sami Yusuf ham avvaliga musiqasiz salovat bilan boshlab muhlislar ortirib hozirga kelib MUSIC g`ino ni aralashtrb tashadi va ayrimlar buni tinglashadi.
Bundan tashqari Sami Yusufni 2010 yil bilan butun musulmonlarni tabriklagani unga bolgan "hurmat"ni yana ziyoda qildi.


Qayd etilgan


ZUBAIR  04 Mart 2010, 23:45:29

Bu yerda Abdulaziz ibn Boz, Muhammad Solih al-Useymin, Abdulloh ibn Abdurrohman Jibrin, Muhammad Nosiruddin al-Albani (rohimahumulloh) kabi va boshqa ulamolarning nashidalar haqidagi fatvolari berilgan. http://www.saaid.net/fatwa/f46.htm
Bu ulamolarning barchalari bir xil fikrni qo'llab quvvatlashgan. Agar nashid yaxshilikka, Alloh :jl: ning toatiga, Islomga da'vatni, va Islom dushmanlariga qarshilikni targ'ib qilsa vhkz bu joiz deyilgan. Va agar bu narsa erkak-ayol aralishishiga sabab bo'lsa, yoki fitna-fasodga targ'ib qilsa yoki sabab bo'lsa, va yana musiqa aralashgan bo'lsa vhkz. bu joiz emas deyilgan. Sahyx Abdulloh Jibrin (rohimahulloh) buni ba'zi ulamolar bu so'fiylarni ishidan deb, buni karih ko'rishganini aytganlar. Lekin o'zlari ham boshqa ulamolar kabi buni joiz deb sanaganlar. Arab tilidan xabari bor bo'lgan birodarlar yuqoridagi linkdan o'zlari o'qib olsalar ham bo'ladi.

Qayd etilgan


Nurilla  05 Mart 2010, 00:15:22

Hozirgi zamon ulamolarining nashidlar haqidagi fatvolari: http://ahlihadis.co.cc/?p=47

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Mart 2010, 07:54:57

Iqtibos
Assalomu alaykum
Nega doim bola avtobus, tranvay, metroga chiqsela qizlaga joy bermisila?

metro yoki avtubusga chiqmaganimizga xam ancha bo'libdi...
ammo metro yoki avtobusga chiqanimda iloji boricha o'tirmaslikka xarakat qilaman, mendan ko'ra o'tirishga muhtojlar bordir degan xayolda
ammo o'tirgan bo'lsam o'zimdan yoshroq yoki yoshi men qatori bo'lgan qiz chiqsa joy bermasligim tabbiy, chunki joy bersam nima men senga qarib qoldimmi degan ma'nodagi javob olishim, va meni noto'gri tushunishlari extimoli bor

Lekin yana qaytaraman, avvalo o'tirmaslika xarakat qilaman


Hijobga kirganimdan kn mangayam joy beradigan bo'lishdi.
Lekin rosa hursand bo'laman.
Har doim ham emas, lekin ko'p hollarda Toshkentda hurmat yuzasidan qizlarga aniqrog'i hijobli qizlarga joy berishganini ko'p guvohi bo'lganman.

Uni ustiga hijobga kirsez boshqacha nomlar ham ko'payarkan  :D
"Kenayi"... Sal kattaroq bo'lsez "opoqi"yam divorishadi  :D

Ishxonam atrofida ishlidiganlarni deyarli barcha "kenayi" dib chaqirishadi.
Bunga ko'nikib qolganman.  :D
Umuman o'zi Toshkentda, ko'chada hijoblilarni turmushga chiqqanmi yo'qmi baribir "kenayi" dib murojat qilishadi.
Vodiyda ko'proq "opa" deyishganini eshitaman. Hatto o'zizdan kattaroq kishilar ham hurmat yuzasidanmi bilmadim "opa" dib murojat qilishadi, birinchi marta eshitganimda hayron qogandim.
Muzayyana chiroyli qilib tushuntirib berganlar  :D 

Nima bo'lganda ham yetkazganiga shukr.

Qayd etilgan


Ansora  10 Mart 2010, 22:47:13

Forumda 3 ta shokir:

shokir
Shokirbek
shokir63

bo'libdi : )

mashalloh...


Qayd etilgan


Akbarjоn  11 Mart 2010, 19:17:25


Assalamu alaykum.
Haqiqatda bunaqa holat o'qishda ishda bo'ladi.
Bu narsa odamlarga singib ketgani uchunmi bilib turib ham tabriklaydiganlar bor.
Ilgarilari hurmat yuzasidan Rahmat dirdim.
Lekin knchalik bu Hijob tashlangan kun va "..." ayollar kuni ekanligini bilib "Rahmat" ham bu "bayram"ga rozi ekanligimni bildirishini tushunganimdan keyin umuman indamay qo'yadigan bo'lganman.
Haddim siqqan, tushuntira oladiganim insonga tushuntiraman.
Ayrimlarga indamay qo'ya qolaman Rahmat ham etmiman.

Lekin juda qiyin vaziyat.
Ayniqsa ko'pchilik bn ishlaydigan dugonalarim juda qiynalishadi.

Shaxsan man o'sha ma'ruzani 1-1.5 yil avval ham eshitgandim.
Shunday kn 8 mart bn tabriklaganlarni o'zimga nisbatan haqorat deb bilaman.
Kimdur buni bilib qiladi, kimdur bilmay...

Alloh o'zi o'nglasin.

Shaxsan men 8 mart bilan tabrikladim, yomon ko'rgan yoki qilgan ishlari menga yoqmiydigan, sal yengiltabiat vahokazo kishilarni tabriakladim
bilmasam balki qilgan ishim noto'gridir, ammo tabrikladim

Qayd etilgan


siddiqa  12 Mart 2010, 08:27:07

 :as:

Bugun ko'chaga chiqib Bahor+qish havosidan bahra oldim .
 Bahor ham bir nima qor faqat qishda bo'larkanmi dedida 
:D :D :D :D :D

Qayd etilgan