Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1018283 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 310 B

mutaallimah  23 Oktyabr 2009, 23:13:22

Eskirgan somsalarni o'tqizaman deb o'ylamang, baribir yemaymiz. ;D

Heech xavotir olmang, bizni uyda somsani eskisiniyam yangisiniyam umri juda qisqa :)

Undan tashqari bu somsalarni rasmidan boshqa hech narsasi qolmagan sizlarga ;)

Qayd etilgan

registan  23 Oktyabr 2009, 23:23:40

Eskirgan somsalarni o'tqizaman deb o'ylamang, baribir yemaymiz. ;D

Heech xavotir olmang, bizni uyda somsani eskisiniyam yangisiniyam umri juda qisqa :)

Undan tashqari bu somsalarni rasmidan boshqa hech narsasi qolmagan sizlarga ;)

Umid qilamiz bizga ham tegib qolar o'zbek taomlari. bu yerda ham osh qilib yegan bo'lardimu, lekin qilishni bilmimanda.  :-[ Shuncha harakat qildim o'rganaman deb baribir bo'lmadi. Har doim shavla bo'lib qoladi. :)

Qayd etilgan

Ulugbek75  23 Oktyabr 2009, 23:40:33

[quote author=registan
Umid qilamiz bizga ham tegib qolar o'zbek taomlari. bu yerda ham osh qilib yegan bo'lardimu, lekin qilishni bilmimanda.  :-[ Shuncha harakat qildim o'rganaman deb baribir bo'lmadi. Har doim shavla bo'lib qoladi. :)[/quote]

Ey Sizni qarang, shavlayam o'zbek taomiku... :)
Menda o'sha shavlani qilishga ham hafsala yo'q, yaxshiyam mashinada 5 daqiqalik yerda o'zbek restorani bor. O'sha yerda nafaqat turli o'zbekcha taomlar yeyman, balki soatlab so'rilarida qolib ketaman netda ....

Endi "on:" deb bu o'zi nima haqida mavzu ekan deb qarasam, asli turgan turishi off ekan...
:)

Qayd etilgan

registan  24 Oktyabr 2009, 10:54:36

:as:

Yaqin yaqingacha ham ayam ko'p eslardilar bu voqeani.. Aytaverganlaridan yod bo'lib ketgan.. Lekin o'zim eslolmayman :D :D
Toshkentga yangi kelgan vaqtimizda men 3-4 yoshlarda bo'lgan ekanman..
Dadamni birodarlari meni rosa yaxshi ko'rishrdi ekan, doim "bir o'pib qo'yay" deb yurisharkan..
Bir kuni ularni ichida meni eng ko'p yaxshi ko'rgan Shavkat akani to'yari bo'libdi, bir necha kun o'tib biznikiga keibdilar men ular o'tirgan xonaga kirmoqchi bo'lganimda ayam "endi o'pmang degin" deb o'rgatibdilar.
Men xonaga kirsam ular yana o'pmoqchi bo'lgan ekanlar ularga qarab "Shavkat akam endi o'psez uyat bo'larkan, o'pmasakansiz" degan ekanman ::) ::)
Ehhh o'shanda hozirgidan aaanchagina aqlli bo'lgan bo'lsam kerak :-[ :-[

Qoraga boyalgan gapizzi tushunmay qoldim, qanday bo'lishi mumkin? ;D

Qayd etilgan

mutaallimah  24 Oktyabr 2009, 11:01:13

Qoraga boyalgan gapizzi tushunmay qoldim, qanday bo'lishi mumkin? ;D

Aytdim qo'ydim-da :)

Qayd etilgan

Robiya  24 Oktyabr 2009, 22:51:40

Ulugbek75, birodar, Sizni fikrlariz qaysidir ma'noda to'g'ridir. Lekin dini, iymoni, axloqi uchun turmush qurayotganlar ham yo'q emas oramizda. Bu ideal emas albatta. Endi ideal insonni topish amri mahol, balki bo'lmaydigan ish...

Qayd etilgan

Ulugbek75  24 Oktyabr 2009, 23:36:45

Ulugbek75, birodar, Sizni fikrlariz qaysidir ma'noda to'g'ridir. Lekin dini, iymoni, axloqi uchun turmush qurayotganlar ham yo'q emas oramizda. Bu ideal emas albatta. Endi ideal insonni topish amri mahol, balki bo'lmaydigan ish...

Dunyoda eng ko'p uchraydigan va juda oson yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolardan biri umumlashtirishdir, menimcha.
Mening so'zimdan ham umumlashtirish anglashilgan bo'lsa bu xatodir va men uni demoqchi emasdim. Shuning uchun ham "ko'pincha" deb cheklov qo'ydim. (Endi muammo o'sha cheklovim chegarasi bo'lishi mumkin xolos).
 
Men shunaqa, dinni birinchi o'ringa qo'yib hayot qura oladigan, yashay oladigan, yashaganda ham aynan dinini birinchiga qo'ygani sababli saodat chuqqisiga erishib yashay oladigan opa-singillarimiz va aka-ukalarimiz borligiga shubha qilmayman. Ammo hayotda takror-takror kuzatganim shuki, ular unchalik ham ko'p emaslar. Agar Men mana shu taxminimda adashgan bo'lsam, bundan faqatgina xursand bo'lurdim.

Qayd etilgan

Robiya  24 Oktyabr 2009, 23:38:43

Ajoyib javob bo'libdi, izohga o'rin yo'q!

Qayd etilgan

Abdul_Malik  25 Oktyabr 2009, 00:58:22

Салом,  Манда биринчи муҳаббат бслган. Лекин у армонли скун топган. Чунки ман шаҳарлик қизни севиб қолганман. Мани сзим сса қишлоқи йигитман. Манга айтингларчи дсстларим, нима шаҳарлик қизлар биринчи муҳаббатни тушунмайдими? Уларда юрак ёқми, Ахир ман шаҳарлик қизни севдим, айбим нима қишлоқданлигимми. Ахир у мани биринчи муҳаббатим сдику, Дсстларим жавоб беринглар.

Qaysi ahmoq o'zini "Мани сзим сса қишлоқи йигитман" deydi. Bu yer sizga maynavozchilik qiladigan joy emas. :(

Qayd etilgan

Ulugbek75  25 Oktyabr 2009, 09:06:31

Gapni kontextda tushunish kerak. Bir bechora dardini aytayaptiyu, Siz unga qarab o'qlov ko'tarasiz?!
Balki u odam qishloqi bilan qishloqlik orasidagi farqni bilmas...
Nima bo'lganda ham, biror muammo ko'tarilganda, uning  qanday ko'tarilgani emas, uning o'zi haqida gapirish aynan maynavozchilikdan uzoqroq narsa bo'ladi, menimcha.

on: Birodar, Sizga muqaddas hisoblangan birinchi muhabbatdek  pokiza tushuncha, qarshi tarafga, aslida ko'p narsani anglatishga loyiq bo'lsa ham, bazan hech ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Insonlar juda turlidirlar. Bazan birov kuyib yonadiyu, qarshi taraf buni tushunish darajasida ham bo'lmaydi.

Insonning asl qiymati uning neqadar insoniylikni o'zlashtirganidadir. Bunga shaharda ham, qishloqda ham erishish yoki erisholmaslik mumkin. Misollarga hojat yo'qdir. Inson o'zini hech qachon hech kimdan bu kabi qo'shimcha va yasama belgilar bilan past tutmaslgi lozim, ayniqsa erkak kishi.

Qadringizga yetmagan inson aslida, qaysidir ma'noda, Siz bilan birga bo'lishga munosib bo'lmagan, faqat Sizga tashqaridangina shunday tuyulgan inson bo'lsa ajab emas.

Alloh Sizga, qadringizga yetadigan va Siz ham uning qadriga yetadigan umryo'ldosh nasib etsin, ameen!

Qayd etilgan