Registonbek, men "Registonjon", derdim, ChehMik sizga "bek" deganlari uchun men ham sizga "bek" deyabman
Hullas anuv kuni "men faqat tuhum pishira olaman", degandiz, sizga yana bir maslahat. Ozgina qiyma oling, 3-4 daqiqa qiymani saryog' yoki salat yog'ida qovuring, keyin ustiga tuhumni yo aralashtirib yoki shunday ustiga chaqing. Juda mazali bo'ladi.
Keyin yog'da bir dona pomidorni qirg'ichdan o'tkazgandan keyin 3-4 daqiqa past olovda qovuring, keyin 1 dona maydalab to'gralgan bolgarskiyni qovuring 2-3 daqida, yog sachramasligi uchun tovaning qopqog'ini yoping.Eng ohirida ustiga tuhum chaging. Orada tuz, murch hohishingizga qarab solishingiz mumkin.
Bu oson nonushta ham ko'pi bilan 15 daqidangizni oladi....