Til-jonli borliq. U tug'iladi, yashaydi, o'ladi.
Frantsuzlar- Davlat chegarasidan yangi bir narsa(yeyiladigan,kiyiladigan, yoki foydalaniladigan nima bo'lsa bo'lsin) kirar ekan, avvalo bojxonda ushlab turar ekanlar, unga Fransuzcha ism qo'yib keyin ichkariga berar ekanlar.
Frantsuzlar qadar Til mavzusida Milliyatchi Millat ko'rmadim.
Tilda yangi bir o'zgarish qilar ekansiz, avvalo u tilning o'z ichki imkoniyatlaridan foydalanishingiz kerak.
Biz endigina Mustaqil bo'lganimiz uchun eng ohirgi e'tiborni Tilimizga qaratyabmiz.
Bu esa kelajak avlod uchun juda muhim bo'lgan narsa.
Bazi so'zlar sizlar ham aytib o'tgandek umumjahon tillarida birhil qo'llabiladigan so'zlar shaklida olinishi kerak. Zotan "investitsiya" o'rniga "sarmoya", deyilishi ham sof O'zbekcha emas-ku, Forshcha.
Qolaversa biz Tilshunoslarga qo'yib berishimiz kerak bu sohadagi ishlarni.
Xalqimiz bekorga aytmagan-ku "Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin", deb.
Shu tilshunoslarga yaxshiroq maosh berilsa va desalarki "shu shu sohalardagi so'zlarni yaxshilab ko'zdan kechirib chiqing ustoz" !!!
Bechora tilshunoslarimiz, adabiyotshunoslarimiz ishsizlikdan nolishgani nolishgan.
Tildagi xatolarni orqaga qaytarib bo'lmaydi. Shunday ekan, hamma kallasiga kelgan shaklda harakat etmasligi kerak!
Avvalabor katta rahmat. Opa, lekin sizning bir fikringizga qo'shilmayman. Buni tilshunoslarga qo'yib qarab tura olmaymiz. Tajribadan kelib chiqadigan bo'lsak, ko'pgina g'arb davlatlarida bironta yangi tushunchani so'z bilan ifodalash uchun hozirgi kunda internetdagi bloglarni ham ko'zdan kechirib chiqish, bloggerlar qanday iboralarni qo'llayapti kabi masalalarni qo'yar ekan. Bu bilan G'arbnikini shundoqqina ko'chirib olish kerak de,oqchimasman. Ma'lum ma'noda shundoq qilish lozim. O'zFA shu masalaa bilan hozirgi kunda shug'ullanmoqda ekan. Bu haqda O'zbek tili o'qituvchimiz aytdilar. Qani ko'raylik, natijasi nima bo'larkin. Yuqorida aytganimday, tarjima ishlarida yangi tushuncha (o'zbek tiliga yot) kelib qolsa, o'z bilim va saviyamizdan kelib chiqqan holda uni o'zbekchalashtirishga harakat qilyapmiz. Bunga bir misol qilay: Iqtispdiyotda inglizcha "boom" degan tushuncha mavjud. O'zbekchaga tarjima qilganda "portlash" ma'nosini beradi. Lekin sao'zning asl maanosi "iqtisodiyotning ma'lum bir davri bo'lib, unda iqtisodiyot gullab yashnaydi, ya'ni eng yuqori cho'qqisiga chiqadi". Bu tushunchani ruslar "bum" deb qabul qilishgan. Men ham o'ylab qarasam shu o'zbek tiliga ham ma'qul ekan. Shu sababdan men ham bu iborani "bum" deb qo'shtirnoq ichida yozib ketdim va yoniga izoh berib qo'ydim. Omma bunda so'zlarni bir necha marta ko'rsa, tili unga o'rgana boshlaydi
A.alaykum, rahmat sizga ham javobingiz uchun.
Tilshunos, deganimda siz faqat O'zbek tili va adabiyoti sohasidagi olimlarni o'ylamang. Ularni ham har xil sohada ishlaydiganlari bor.
Biz Sovet paytida bir narsaga juda qattiq o'rganib qolganmiz: "Hamma narsani eng to'g'risi Ruschadagisi" deyishga. İshning eng qiziq tarafi esa Rus tili bilan O'zbek tili tamoman farqli tillar gruppasiga kiradi.
Tabiiy holda kim qaysi Davlatni mustamlaka ostiga olsa o'z tili qonun-qoidalarini ham majbur bo'lsa-da o'tkazishga harakat qiladi. Masalan Nigeriya va Frantsuz tili, nima aloqa to'g'rimi? Lekin Nigeriya bechora ham Frantsuzlarni mustamlakasi ostida qolganligi uchun Davlat tili Frantsuzcha.
Bizning ham ona tilimiz Sovet paytida juda ko'p taraflama Rus tilining tazyiqi ostida qolgan. Ta'sir qila olmagan sohasi esa adabiyot bo'lgan, sababi esa asrlab ota-bobolarimiz tarafidan mukammal shaklda ishlatilib, takomillashtirilgan Eski O'zbek tilimiz yoki Chag'atoy tilimiz bo'lgan.
Xozirgi kunda O'zbek tilining izohli lug'atini Turkchaga tarjima qilish bilan bandman. Lug'atdagi fan va texnikaga oid so'zlar Rus tilida. Tabiiy bu so'zlarning kelib chiqishi Ruscha emas- Frantsuzcha yoki Yunoncha.
Xatto Sovet paytida faqatgina so'zlar emas, jumlalarni ham qanday bo'lsa shunday ola boshlagan ekanmiz: Bayramingiz bilan!
Qani bu jumlaning fe'li? Turkiy tillarning qoidasiga ko'ra gap boshida ism, ohirida esa fe'l keladi. Bu to O'rxun obidalari zamonidan beri shunday.
Keyin a senchi, a uchi? degan so'roq olmoshi bor, bu ham qanday bo'lsa shunday Ruschadan olingan?
Biz 80 yil davomida tilimizni boshqa tillar qarshisida ojiz ko'rdik afsus ki ming afsus.
Hech bo'lmasa endi o'tirib tilshunoslar (siz aytgan iqtisod fanlari olimlari bilan birga) o'z tilimizdan qanday yangi so'zlar yasay olamiz, deb bosh qotirishlari kerak.
Kechagi postimda : til tug'iladi, yashaydi, o'ladi, dedim.
Mantiq va tilning o'z xazinasini qo'llangan holda yangi so'zlar yasalsin.
Tilning haqiqiy egasi yana Xalqdir.
Xalq qabul qildimi, qo'llandimi u so'z yashaydi.
1930 yillarda Turkiyada ham yangi so'zlar yasalgan va xalq e'tiboriga taqdim etilgan.
Vaqt bu so'zlarning umrini belgilab bergan.
Shunday so'zlardan biri: Kamu- yani omma. Bu so'z O'rxun obidalarida
700 chi yillarda ishlatigan bo'lib, 1930 yilgacha hech kimning aqliga kelmagan.
Bu va bunga o'hshash so'zlarni yangidan hayotga qaytarishgan va muvaffaqiyatli bo'lishgan.
Aytmoqchi bo'lganim, 80 yildan ortiq Rus tilini ta'sirida qoldi tilimiz, Mustaqillikdan keyin esa İngliz tilini ostida ezilmasin, demoqchiman holos. Buning uchun keng ko'lamda ilmiy ishlar olib borilishi kerak.