Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1019234 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 310 B

Shokirbek  25 Noyabr 2009, 19:36:19

Bir mulohaza aytmoqchiman, muhtaram a'zolarimiz yuraklarini keng qilgan holda o'qisalar, muayyan bir kishiga qaratilgan deb bilmasalar yaxshi bo'lar edi. Kishi qaysi tilda so'zlashsa o'sha til qoidalaridan kelib chiqib, o'sha til terminlariga rioya qilgan holda yozishi kerak bo'ladi. Bu - barcha ittifoq qilgan qoidadir.

Bizning o'zbek tilimizdagi "birodar" so'zi asli forschadan kelib chiqqan bo'lib, tug'ishgan aka yoki uka, degan ma'noni beradi, o'zbek tilida bu ma'noni kengroq olib, "o'rtoq, do'st" ma'nosida ishlatishib, faqat erkak kishilarga nisbatan qo'llab kelishgan va bu so'z hozir ham shu ma'nodan boshqasini bermaydi. Ayollarga esa ayni shu ma'noda "dugona, hamshira (bunisi ancha kam)" so'zlari qo'llangan. Ba'zi muhtarama singillarimiz buni "din yo'lidagi dugona" degan ma'noga moslab olishgan ko'rinadi, ularning "bir birodarim... " deganlarini, keyin hikoya davomida o'sha "birodar"ning ayol kishi ekanini payqadim. O'zbek tilida bunday istiloh chiqarib olish (erkakka ishlatilgan so'zni muayyan ayollarga xoslash) menimcha xato. Buning o'rniga ilgari ayollarga ishlatilib kelgan "dugona, hamshira" kabi so'zlarni ishlatish ma'qulroq. Mabodo, diniy yo'ldagi "uxt" (opa-singil) ma'nosini aytmoqchi bo'layotgan bo'lsalar, unda ayollarga xos terminlardan birini tanlashlari lozim, erkaklarga xos terminlardan birini olmasdan.

Mulohazam qo'polroq chiqqan bo'lsa uzr so'rayman.

Qayd etilgan

imlaah  26 Noyabr 2009, 02:25:16

Assalamu alaykum.
Go'zal bir tanbeh bo'libdi.Yanada ajablanarlisi hayotimdagi juda muhim vaqtlarga bir eslatma bo'ldi. :)Ayni tarzdagi tanbehni bir vaqtlar "malum va mashhur shahslar  o'ta shasiy suhbatlar" da biroz ajablanib to'g'rirog'i kinoyali tarzda berar edilar.Balki shu sababdur har bir dindor o'zimiz tanigan insonni birodar deb atashlik bizlar uchun fahrli tuyulganidan hayotimizga singib ketgan bo'lsa ne ajab?

P.S.Dini va e'tiqodi sabab yaqinlashib ketgan do'stlarimiz( qandaydir islom sabab yaqinlashgan insonlarga do'st iborasi kamdek his qilinadi aynan men uchun)  orasida bu savolni bir vaqtlar muhokama qilganmiz (o'zaro o'z tushunchamizcha) shunda ustoz aytgan edilar Rasululloh sallollohu alayhi vasallam "do'st istasam Abu Bakrni tanlagan bo'lardim ammo menga islomiy birodarlik kifoya " mazmunida gap aytganlar degan edilar. Balki boshqalarning ham o'z sabablari bordur.

Qayd etilgan

Муҳаммад Соҳиб  26 Noyabr 2009, 12:26:09

:as:
O'zbek erkaklar faqat namozxon o'rtoqlarinigina birodar deb atasalar xato bo'ladi. Chunki bu takfirchilarning sifatidir. Har qanday musulmonni birodar deb atashlari kerak.

  "Албатта, мсминлар биродардирлар, бас, икки биродарингиз сртасини ислоҳ қилинг, Аллоҳга тақво қилинг, шосдки, раҳм қилинсангиз". (Ҳужурот сураси, 10-ост)

Яъниким, Аллохга иймони бор булган икки шахс бир-бирига биродардир. Менинг учун айнан шундай. Валлоху аълам!

Qayd etilgan

registan  26 Noyabr 2009, 16:52:03

ChehMik, ulyl tm 1-osptl. Amkfmylkgqug nmzug, smvgq. Tgq mzgkfil flvlslb zgagt smvgyiefg. :7 Npupylu zgngy csly!

Bir olam ma'noyuuuuu T_U_R_I_S_T qaerdan o'rgandiz bunaqa yozishni? ;D

Qayd etilgan

registan  26 Noyabr 2009, 16:58:02

Rabbim, yaqinlashayotgan Qurbon Bayramimizni qalb huzuri bilan to'la holda, yaqinimizdagi Mo'min-Musulmon qardoshlarimiz bilan xush kayfiyat ichida qutlashni nasib et!

Yordamga ehtiyoji bo'lgan birodarlarimizga moddiy-ma'naviy yordam berib, senga yana ham yaqinlashishni bizlarga ham nasib et Yo Rabbim!

Bu Qurbonni faqat sening rizong uchun kesib, mukofotini yana faqat sendangina kutishni nasib ayla Yo Rabbim....

Umlarida Qurbon kesmaganlarga haloli bilan kesishni, kesayotganlarga esa davomini nasib ayla Yo Rabbim!

Bizda qurbonlik kesilmaydi opajon so'yiladi. :D

Qayd etilgan

registan  26 Noyabr 2009, 17:01:41

ChehMik, ulyl tm 1-osptl. Amkfmylkgqug nmzug, smvgq. Tgq mzgkfil flvlslb zgagt smvgyiefg. :7 Npupylu zgngy csly!

Bir olam ma'noyuuuuu T_U_R_I_S_T qaerdan o'rgandiz bunaqa yozishni? ;D
bu Yurist bilan tuzgan yangi alfavitimiz... :)
oka qachon uylanasiz?
to'yizda biiir ishtala kishtang qilib o'ynaylik ;D
(bugun ekch bo'ldi deb javob berish yo'q)

Ie hali siz ham shunaqa yozasizmi? Ikkingizni ham unda birinchi maktabning birinchi sinfiga yuborish kerak ekan. :)

Man aytgandek o'ynashni o'rganvoling, keyin. ;D

Qayd etilgan

registan  26 Noyabr 2009, 17:21:41

Bayram tabrigiz qabul qilindi. O'zizga ham kattakon tabrik. :)

Maktabning ikkinchi sinfidagi o'quvchi u yoqda tursin hatto Sherlock Holmes ham yer dumaloqligini bilmagan ekan, qoyil. :)

Mavzuni yangi nomi manga yoqdi, har xolda eskisidan ko'ra o'zbekonaroq. ;D (Yomooooon patriotmanda, ba'zilarga o'xshab)

Yeydigan boshqa go'sht bo'lmagandan keyin shunaqa go'sht bilan qorin to'ydiradida talaba, nima qilsin bechora. :) (San ham YURISTning go'shtini yeyapsan deyotgan bo'lmang tag'in)

Qayd etilgan

registan  26 Noyabr 2009, 17:45:57

Arab tilida bir xil shaklda talaffuz qilinmaydi, balki nahviy qoidaga binoan agar Alloh kalimasidan oldin oxiri fathali yoki zammali kalima kelsa h dan oldingi harf o o'qiladi, agar kasrali bo'lsa h dan oldingi harf a o'qiladi. Masalan: Ka'batulloh, Innalloha, Bismillahi va h.k. Undan tashqari Alloh so'zi alohida gap va jumla boshida kelsa ham h dan oldingi harf o o'qiladi. "Allohu nazzala ahsanal hadisi" oyati kabi.

Shunga ko'ra, o'zbek tilida Alloh kalimasini boshqa kalimalarga qo'shsak-qo'shmasak o'zgarmagani uchun "Alloh" shaklida yozish maqsadga muvofiqdir, turklar "Allah" shaklida yozishi bizga hujjat bo'lmaydi, turklarning talaffuzi boshqacha.

Ba'zi ulamolarimiz, adiblarimiz yozganidek "Olloh" shaklida yozish ham menimcha uncha to'g'ri emas, chunki arab tilidan bizga kirib kelgan so'zlarda agar uzun-cho'ziq unli (madli) harf bo'lsa, o'shalarni "o" qilib o'qiymiz, madga dalolat qilsin deb. Masalan: Shafoat, sanoat, shijoat, munozara, mutolaa, mustazod va hk. "O" harfi kelgan yeri arab tilida cho'ziq (zabardan keyin ham alif-madi bor bo'lgan) harf hisoblanadi.

Yaqinda shu mavzuda bir arab bilan tortishib qoldim. Uning aytishi bo'yicha "Allah" yozilib "Allah" deb o'qiladi. "Alloh" deb o'qilsa noto'g'ri bo'ladi deydi. Man ikkinchi "a" harfi sal qalin o'qiladiku desam, yo'q "a" harfi emas, "h" harfi qalin o'qiladi deydi.

Yana bir narsa, man tajwidda "b" harfidan oldin sukunlik nun yoki tanwin kelsa "nun"ni "m" almashtirib o'qiladi deb o'qigandim, lekin juda ko'p mash'ur qorilarning talaffuziga e'tibor bersangiz, ular "mim"ni "b"ning chiqish joyiga yashirib o'qishadi. Shunga nima deysiz?

Qayd etilgan

Shokirbek  26 Noyabr 2009, 18:22:19

Assalamu alaykum.
Go'zal bir tanbeh bo'libdi.Yanada ajablanarlisi hayotimdagi juda muhim vaqtlarga bir eslatma bo'ldi. :)Ayni tarzdagi tanbehni bir vaqtlar "malum va mashhur shahslar  o'ta shasiy suhbatlar" da biroz ajablanib to'g'rirog'i kinoyali tarzda berar edilar.Balki shu sababdur har bir dindor o'zimiz tanigan insonni birodar deb atashlik bizlar uchun fahrli tuyulganidan hayotimizga singib ketgan bo'lsa ne ajab?

P.S.Dini va e'tiqodi sabab yaqinlashib ketgan do'stlarimiz( qandaydir islom sabab yaqinlashgan insonlarga do'st iborasi kamdek his qilinadi aynan men uchun)  orasida bu savolni bir vaqtlar muhokama qilganmiz (o'zaro o'z tushunchamizcha) shunda ustoz aytgan edilar Rasululloh sallollohu alayhi vasallam "do'st istasam Abu Bakrni tanlagan bo'lardim ammo menga islomiy birodarlik kifoya " mazmunida gap aytganlar degan edilar. Balki boshqalarning ham o'z sabablari bordur.

Va alaykum assalom.
Bu ehsosni, tuyg'uni tushunib turibman. Kelinglar, shu yerda nima uchun bunday tuyg'u paydo bo'lgani haqida bir og'iz so'zylaylik, shunda ancha oydinlik hosil bo'ladi, fikrimcha.

Ma'lumki, arab tilida "muzakkar" va "muannas" siyg'alari (mujskoy va jenskiy rodlar) mavjud bo'lib, Qur'oni karimda aksar xitoblar muzakkar siyg'asida kelib, ma'nosi umumni ifodalaydida, bu umum ichiga erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham kirib ketadi. Bizning masalamizda ham shu shaklda bo'lgan. Qur'onda Alloh taolo bir necha oyatda mo'minlarning bir-birlariga "ixva", "ixvon" ekanini aytib o'tgan. Bu so'zlarni o'zbekchaga ag'darsak "tug'ishgan aka-uka, og'a-ini" degan ma'noni beradi. Hujurot surasida "Albatta, mo'minlar "ixva"- og'a-inidirlar", Tavba surasida "Agar ular (ya'ni kofirlar) tavba qilib (iymonga qaytib) namozni barpo qilishib, zakot bersalar, sizlarning dindagi "ixvonlaringiz" - og'a-inilaringizdir" deyiladi. Shuningdek, hadislarda ham "axuka" - og'ang so'zi ishlatilgan. Bu ko'pchilik yerlarda "birodar" deb tarjima qilinmoqda. Bu o'sha og'a-inining forscha qo'llanmasi, juda yaxshi tarjima, umumiy ma'noda oyatlarni, hadislarni tarjima qilganimizda "og'a-ini", "birodar" deb tarjima qilib ketaveramiz. Bunga ham umumiy ravishda erkak bilan birga ayol ham kirib ketaveradi. Lekin, bir musulmon ayolga xitob qilganimizda xuddi arablar erkaklarga xos bo'lgan "ax" va "ixva" so'zlari bilan xitob qilmay, uning o'rniga "uxt" (opa-singil) va "axavot" (opa-singillar) so'zlarini ishlatganidek, biz ham "og'a-ini" o'rniga "egachi", "birodar" o'rniga "dugona"ni ishlatishimiz lozim deyapman. Chunki, Qur'onu hadislarda kelgan umumiy erkakcha xitobni olvolib, ayollarimizga erkakcha xitobni qo'llashimiz durust emas, demoqchiman.

Qayd etilgan

Shokirbek  26 Noyabr 2009, 18:40:05

Yaqinda shu mavzuda bir arab bilan tortishib qoldim. Uning aytishi bo'yicha "Allah" yozilib "Allah" deb o'qiladi. "Alloh" deb o'qilsa noto'g'ri bo'ladi deydi. Man ikkinchi "a" harfi sal qalin o'qiladiku desam, yo'q "a" harfi emas, "h" harfi qalin o'qiladi deydi.

Yana bir narsa, man tajwidda "b" harfidan oldin sukunlik nun yoki tanwin kelsa "nun"ni "m" almashtirib o'qiladi deb o'qigandim, lekin juda ko'p mash'ur qorilarning talaffuziga e'tibor bersangiz, ular "mim"ni "b"ning chiqish joyiga yashirib o'qishadi. Shunga nima deysiz?

1. Allohning arab tilida o'qilish turlarini ilgari yozib o'tgan edim. Arab tilida Alloh so'zi o'zidan oldingi harakatga qarab o'zgaradi.
Oxiridagi "h" hoyi havvaz (tomoqning eng oxiridan, kindikka yaqin yerdan chiqadi) bo'lib, bizning yumshoq "h"mizga to'g'ri keladi. Hoyi huttiy shaklda (tomoq o'rtasidan, x harfi orqasidan) chiqarish xato hisoblanadi.

2. Tajvidda (Qur'onni o'qish jarayonida) nuni sokina yoki tanvindan keyin "b" harfi kelsa, nun va tanvin mimga qalb qilinib (almashtirlib) g'unna bilan o'qiladi. Buni talaffuz qilayotganda ochiq mim harfini chiqarib uning ustida 2 harakat miqdori to'xtab g'unna qilsa ham, mim harfini "b"ga yashirib, 2 harakat miqdorida to'xtab g'unna qilsa ham bo'laveradi inshoolloh.

Qayd etilgan