Keyin "Muslima"da bo'lgan gaplarni sizga aytgan o'sha ishtirokchi, kim bo'lsa ham, aytib qo'yarsiz, hat xabarlaringizda. Boshqa joyda bo'lgan muslimalarni gapini muslimlarga yetkazish, bu XIYONAT...
Ilgari bu gapga e'tibor bermagan ekanman, hozir bu mavzuga yana qaytishga majburman. Buning uchun AbdulAzizdan uzr so'rayman.
Ikki musulmon kishi yoki jamoat (bular xoh erkaklar bo'lsin xoh ayollar) orasidagi o'sha kishilarga xos bo'lgan gaplarning boshqa yerga naql etilishi amonatga xiyonat hisoblanadi.
Ammo gap shar'iy, ommaga oid "falon narsani yeb bo'lmaydi", "falonday deyish gunoh", "falon narsa desang fitna eshigini ochgan bo'lasan", "falon yerga borib bo'lmaydi" va h.k. gaplar bo'ladigan bo'lsa, buni naql etuvchini xiyonatkor deyish xato bo'ladi. Lekin bu yerda o'sha hukmni naql etayotgan kishining maqsadi haqiqatni oydinlashtirish va shar'iy hukmni yaxshi o'rganish bo'lishi lozim, birovlarni birovlarga qayrash emas. Zero, sahobalar ko'pincha o'zlarining shaxsiy majlislarida bir hukmni yoki shar'iy fikrni aytar edilar, eshitganlar boshqa sahobalardan bu haqda shunday eshitganlarini aytib yanada ishonch hosil qilish maqsadida so'rab olar edilar. Ayollar majlisidagi shar'iy hukm va fikrlarni erkaklardan, erkaklardagi bo'lganlarni ilmli ayollardan so'rab olar edilar. Bu narsa hech qachon xiyonat sanalmas edi.
Bordiyu, bu voqeada ham o'sha muslima singlimiz yuqoridagidek umumiy shar'iy bir hukmni, fikrni "opalarimiz shariatda bunday deyishayapti" deb naql qilgan bo'lsa buni xiyonat deb atayotganlar Allohdan qo'rqsinlar.
Lekin bordiyu, o'sha singlimiz muslimalar bo'limidagi ularning o'ziga xos bo'lgan shaxsiy gaplardan birortasini tashqariga olib chiqqan bo'lsa (xoh forumda yozgan bo'lsin, xoh bo'lmasin), bu ish ayni xiyonat hisoblanadi, bunday qilishdan Allohdan qo'rqsin, amonatga xiyonat jazosi Qiyomatda juda og'irdir.