Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1369542 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 310 B


registan  03 Dekabr 2009, 17:09:35

Registan- tanish-bilish qilib tashlabsiz-u hammasini butun a'zolar Qashqadaryolik.

Shokir aka, Yurist, ChehMik, AbduMalik ham shunday qilibdi, vay-vay-vay  : )

Men qayerda qanday qilibman?  : )

Tushunmadim.


Shokirbek aka xafa bo'lmaysiz endi, o'rmonga o't ketti. :)

Qayd etilgan


Shokirbek  03 Dekabr 2009, 17:25:57


Shokirbek aka xafa bo'lmaysiz endi, o'rmonga o't ketti. :)

Yo'g'e, nega xafa bo'laman?
Tushunmadimda, qaysi postimga ishora qilayotganlarini (yoki biror postga bergan thanksimga ishorami) bilmay turibman.

Qayd etilgan


registan  03 Dekabr 2009, 17:35:15

Registan- tanish-bilish qilib tashlabsiz-u hammasini butun a'zolar Qashqadaryolik.

Shokir aka, Yurist, ChehMik, AbduMalik ham shunday qilibdi, vay-vay-vay  : )

Men qayerda qanday qilibman?  : )

Tushunmadim.


Manimcha u kishining postlari quyidagicha bo'lishi kerak edi.

Registan- tanish-bilish qilib tashlabsiz-u hammasini butun a'zolar Qashqadaryolik. Shokir aka, Yurist, ChehMik vay-vay-vay  : ) 

AbduMalik ham shunday qilibdi.

Qayd etilgan


Shokir63  03 Dekabr 2009, 19:33:49

Ko'zga tushgan xas quyoshni berkitadi.

Qayd etilgan


Shokirbek  03 Dekabr 2009, 21:18:51

Keyin "Muslima"da bo'lgan gaplarni sizga aytgan o'sha ishtirokchi, kim bo'lsa ham, aytib qo'yarsiz, hat xabarlaringizda. Boshqa joyda bo'lgan muslimalarni gapini muslimlarga yetkazish, bu XIYONAT...

Ilgari bu gapga e'tibor bermagan ekanman, hozir bu mavzuga yana qaytishga majburman. Buning uchun AbdulAzizdan uzr so'rayman.
 
Ikki musulmon kishi yoki jamoat (bular xoh erkaklar bo'lsin xoh ayollar) orasidagi o'sha kishilarga xos bo'lgan gaplarning boshqa yerga naql etilishi amonatga xiyonat hisoblanadi.

Ammo gap shar'iy, ommaga oid "falon narsani yeb bo'lmaydi", "falonday deyish gunoh", "falon narsa desang fitna eshigini ochgan bo'lasan", "falon yerga borib bo'lmaydi" va h.k. gaplar bo'ladigan bo'lsa, buni naql etuvchini xiyonatkor deyish xato bo'ladi. Lekin bu yerda o'sha hukmni naql etayotgan kishining maqsadi haqiqatni oydinlashtirish va shar'iy hukmni yaxshi o'rganish bo'lishi lozim, birovlarni birovlarga qayrash emas. Zero, sahobalar ko'pincha o'zlarining shaxsiy majlislarida bir hukmni yoki shar'iy fikrni aytar edilar, eshitganlar boshqa sahobalardan bu haqda shunday eshitganlarini aytib yanada ishonch hosil qilish maqsadida so'rab olar edilar. Ayollar majlisidagi shar'iy hukm va fikrlarni erkaklardan, erkaklardagi bo'lganlarni ilmli ayollardan so'rab olar edilar. Bu narsa hech qachon xiyonat sanalmas edi.

Bordiyu, bu voqeada ham o'sha muslima singlimiz yuqoridagidek umumiy shar'iy bir hukmni, fikrni "opalarimiz shariatda bunday deyishayapti" deb naql qilgan bo'lsa buni xiyonat deb atayotganlar Allohdan qo'rqsinlar.

Lekin bordiyu, o'sha singlimiz muslimalar bo'limidagi ularning o'ziga xos bo'lgan shaxsiy gaplardan birortasini tashqariga olib chiqqan bo'lsa (xoh forumda yozgan bo'lsin, xoh bo'lmasin), bu ish ayni xiyonat hisoblanadi, bunday qilishdan Allohdan qo'rqsin, amonatga xiyonat jazosi Qiyomatda juda og'irdir.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  03 Dekabr 2009, 22:42:43

:as:
Nimagadir hamma 235 ni chetlab o'tibdi...
Yoki 13 raqamidek, shumlanish bormi yo?  ;D


O'sha raqamda Ibrohim_jon shunchaki 235 deb ketganligi uchun o'chirgan edim... Sababi shu...
Haa... biz bular sanashni bilishmas ekan deb o'tiribmiz.

Qayd etilgan


Muslimа  03 Dekabr 2009, 23:27:12

shu yerda bir savolde:

ana shu "Muslima" bo'limida ,qizlarimizga diniy,dunyoviy tarbiya berayotgan opalarimiz bormi? Bor bo'lsa,ularning ilmi qay darajada?Xolismi?

 :as:
    Bo'limda diniy va dunyoviy tarbiyani beradigan hech kim yo'q. Hamma o'z fikrini bildiradi halos, uni qabul qilish yoki qilmaslik muslima userkani o'ziga bog'liq! Bo’limdagilarning ko’pi  bir-birlari bilan yaqin va yaxshi aloqadalar. Shu sabab  muslimalar bir-birlarini ilmi qay darajada ekani haqida surab surushtirishmaydi. Muslimalarga buni keragi yo'q. O'qigan bilaganlarini boshqalar bilan baham ko'radilar, bilmaganlarini o'rganadilar. Qolaversa bo’limda ham, forumda ham qizlar ibrat olsalar arziydigan, maslahatini ayamaydigan to’rt nafar mo’mina opalar bor. Lekin ularning hech birlari bizga "œshuni qilishin kerak",  "œbuni qilma" deyishmagan. Har bir masalada xolis fikrlarini bildirishgan shu kunga qadar. Hamma o’ziga kerakli bo’lganini oladi, bajaradi, majburlash yo'q :)

P.S. Aslida bu bo'lim yashirin, u haqda yozmaslikka kelishilgan. Shu sabab "Muslima" bo'limi haqida yozganim uchun qizlardan uzr so'rayman. :)

Qayd etilgan


registan  03 Dekabr 2009, 23:29:36

Abdulhafiz~Muhammad Amin~Siddiqa

"~" belgisi ekvivalentllik, taqriban teng degan ma'noda keladi. :)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 Dekabr 2009, 00:58:57

Qoyil! Xozirgina forumimizda 2 000 000 (ikki yuz ming) - post qoldirildi. Bunday sharafli vazifani bajarganimdan xursandman! Shampanskiy ochinglar! Ey, yog'ey, tavba qildim, nimalar deyapman. Achchiqqina ko'k choy damlanglar! Bir nishonlaylik buni! Axir bugun to'y!
lolo dan bitta qo'shiq bo'lsin!

Qayd etilgan


registan  04 Dekabr 2009, 03:30:44

Qoyil! Xozirgina forumimizda 2 000 000 (ikki yuz ming) - post qoldirildi. Bunday sharafli vazifani bajarganimdan xursandman! Shampanskiy ochinglar! Ey, yog'ey, tavba qildim, nimalar deyapman. Achchiqqina ko'k choy damlanglar! Bir nishonlaylik buni! Axir bugun to'y!
lolo dan bitta qo'shiq bo'lsin!

A bu deyman to'ydan qaytayaptilarmi deyman-a?

Nollar soni nechta bo'lib ko'rinyapti Y_U_R_I_S_T?

Hammada ko'paysa sizda kamayadimi deyman-a? ;D

Qayd etilgan