Assalomu alaykum"¦
Bu yerda ChehMikka nisbatan siz aytgan e’tiroz o’rinsiz. Uning noo’rinligini o’zingiz ham yaxshi bilib turibsiz. Ammo buni tan olishga sizning dunyoqarashingiz yo’l qo’ymayabdi.
Keling bir tahlil qilaylik:
Birinchi holat:
Men sizni (e’tibor bering faqat sizning o’zingizni) so’zdan pufak yasashda aybladim. Ya’ni qo’pol qilib aytganda "œshaxsiy ayblov" qo’ydim. Siz esa o‘zingizni himoya qilish uchun
Ахборот, Давр журналистлари, сонсиз газеталарнинг ходимлари, давлат ОАВларида ишлаётган журналист "œбобо"ларимиз бу ишни сизу биздан ксра схшироқ билишади. Мен уларнинг олдида ким бспман.
dedingiz. Bu umumiy ayblov! Siz xatto "œayrim", "œko’p sonli", "œba’zi" jurnalistlari degan iboralarni ham ishlatmadingiz. Ya’ni sizga qolsa O’zbekistondagi siz sanab bergan OAVlardagi barcha jurnalistlar quruq gap shaydosi bo’lib chiqadi. Ammo qani bunga dalil?!
AbdulAziz aka ta’kidlagandek, kimgadir ayb qo’yishdan oldin, odam o’sha ayb qo’yiluvchidan ustunroq va kamida tengroq darajada bo’lishi kerak. Siz o’zingizni o’sha OAVlardagi BARCHA jurnalistlardan ustunroq yoki tengroq hisoblasangiz, bu sizning ishingiz. Lekin mening fikrim — siz qattiq adashasiz!!!
Ikkinchi holat:
Ushbu postingizdan so’ng men sizni yana aybladim. Ya’ni men boshqa narsani gapirsam, siz boshqa narsani aytibsiz degan ma’noda. Albatta tan olaman, oxirgi gapim butun odamzod haqida aytilgan edi. Ya’ni odamlarga sening bunday xatong bor desa, darrov boshqa kattaroq xato qiladiganlarni eslaydi degan ma’noda. Demak, men ham umumiy gapirgan bo’lib chiqaman.
Siz esa javob tariqasida ushbu ayblovlar menga ham tegishli ekanligini eslatdingiz. Mening fikrim — siz haqsiz.
Ikkinchi gapingizda esa, yana oldingi holat:
Биродарингиз араб юртларидаги ҳукмдорларнинг бир-иккита хатосини ксрибди-ю, сзининг юртидаги ҳукм сгаларининг снлаб нуқсонларини ёки ксрмабди, ёки ксрмаганга олибди.
Bu bilan aytmoqchi edingizki, do’sting ham o’zidagi xatolarni ko’rolmasdan birovni xatolarini izlamoqda, shuning uchun men ham o’zimning xatolarimni ko’rmasdan boshqalarning xatolarini sanab berdim"¦ Sizni to’g’ri tushundimmi?
Shaxsiy jun bilan davlat junini aralashtirmang!!!
Avvalo, O’zidagi aybni ko’ra olish bilan, davlat aybini topish o’rtasida farq bor. Aniqrog’i uni aytish borasida"¦
Ikinchidan, ChehMik u ma’lumotlarni o’zi yozmagan va o’zi to’qimagan. Qayerdandir olgan. Endi nega aynan arab davlatlarini misol keltirdi demoqchi bo’lsangiz, buni ham kichkina sababini aytay. Arab davlatlari diniy davlat hisoblanadi. Bizniki esa dunyoviy. Islomiy davlatlarning o’zida shunday kirdikorlar qilinayotganligi achinarli holat degan ma’no bor edi.
Uchinchidan, yurtimizdagi hukm egalarining "œo’nlab" xatolari arab davlatlari hukmdorlarinikiga o’xshab,
xalqaro ahamiyat kasb etmaydi. Butun dunyo musulmonlariga qarshi fitna qo’zg’amaydi. Men bu bilan oqlamoqchi emasman. Balki, aynan ChehMik keltirgan joyda va ma’noda bu misol noo’rin edi demoqchiman. Agar sizning yo’nalishingiz bo’yicha ketadigan bo’lsa, dunyoda mavjud bo’lgan hamma davlat nomlarini birma-bir sanab o’tish kerak. Chunki hamma davlatda ham siz eslatib o’tgan xatolar bo’ladi.
Misolingiz yopishmayabdi"¦
Siz va yana sizday fikrlovchi ba’zi insonlarni bir latifadagi qahramonga o’xshataman. Ya’ni zoologiyadan imtihonda faqat burga haqida ma’lumot o’qigan talaba bo’lardiku. Kuchuk desa ham burgani, qo’y desa ham burgani, xatto baliq desa ham burgani gapiradigan. "œBaliqda jun yo’g’u, agar bo’lganda, unda burga bo’lardi" deb"¦
Sizlar ham imkon tug’ilishi bilan davlatni yomonlashga harakat qilasilar. Ronaldu Toshkentga kelibdi desa, darrov "œQaysi pulga keldi?", "œXalqni ahvoli bunaqa bo’lsa, yana odamlarni puliga olib kelibdi!", "œDavlat yuqorisidagi mansabdorlar unaqa, ular bunaqa" deysilar-u, ketdiiiiiiii buyo’gi.
Falon joyda yangi kollej qurildi desa, "œQaysi pulga qurildi?", "œXalqni ahvoli bunaqa bo’lsa, yana odamlarni puliga qurildi!", "œDavlat yuqorisidagi mansabdorlar unaqa, ular bunaqa, shu kollejga ajratilgan puldanam urib qolishgan" deysilar-u, ketdiiiiiiii buyo’gi.
Hattoki, Rossiya xokkeydan chempion bo’libdi desa, Xokkey sporti bizda yo’g’-u, lekin bo’lganda unga ham davlat amaldorlari aralashib rasvo qilardi. Mana bunaqa qilib pulni o’zlashtirardi, bunaqa qilib g’irromlik qilardi, Davlat yuqorisidagi mansabdorlar unaqa, ular bunaqa, bitta xokkeyni ham rivojlantirish qo’lidan kelmaydi deysilar-u, ketdiiiiiiii buyo’gi.
Yuqorida gap jurnalistika haqida ketgandi, shu o’rinda o’zimning bir fikrimni aytib o’tsam. Siz ayb qo’ygan davlatning ba’zi OAVlari va sizga o’xshab fikrlaydiganlar yoqtiradigan ferghana.ru, uznews.com va h.k.lar kabi muxolifat saytlarining sira farqi yo’q. Ikkalasiyam foydasiz. Bittasi faqat maqtaydi, ikkinchisi faqat yomonlaydi. Xuddi bu dunyoda yaxshilik yoki yomonlik sira yonma-yon kelmaydiganday. Birini o’qisang, jannatni tasvirlaydi, biri do’zaxni.
Axir ish bor joyda xato ham bo’ladi. Mag’lubiyat bor joyda yutuqlar ham bo’ladi.
Axir bu dunyoda yaxshilik va yomonlik, ijobiyat va salbiyat, oq va qora, mehr va qahr yonma-yon yuradiku. Bu olamda 100% yaxshi va 100% yomon narsa yo’qku. Tayoqning ham ikki uchi bor bo’ladi.
Nahotki o’sha xabarlani tarqatuvchi "œdaholar" buni unutib qo’yishgan bo’lsa? Nahotki hamma narsaga aqli yetgan "œdonishmandlar" buni nazarda chetda qoldirgan bo’lsa. Xolislik qayerda qoldi?!
Shu sababli ham bir yoqlamalikdan qochish uchun joyi kelganda qilinayotgan ijobiy ishlarni maqtash kerak, lekin ko’klarga ko’tarish kerak emas.
Joyi kelganda qilingan xatolarni tanqid qilish kerak, lekin botqoqqa botirish kerak emas.
Saytga qo’yilayotgan ko’plab yangiliklar esa aynan xolis manbalardan olinmasdan, yuqoridagi kabi "œbir ko’zli" agentlikdan olinayotganligi achinarli holat.
Bir birodarimiz tahmin qilganlaridek, saytda vujudga kelgan "œtexnik muammo" ham shuning oqibati bo’lsa, ajablanmayman.
Bilasizmi, sizga o’xshagan davlatni o’ta yomon ko’ruvchilar bilan menga o’xshagan davlatni rosa yaxshi ko’ruvchilarni aka-ukalarga o’xshataman"¦ Tasavvur qilinga, biz aka-ukamiz. Bir uyda turamiz"¦
Dadamiz o’zi yaxshi insonlar, faqat ba’zida xato ham qilib turadi.
Dadamiz katta mansabdor. Ba’zida harom ishlar qilib, pora ham olib turadi.
Ba’zida bag’rikeng, mehribon, mehmondo’st, aqlli.
Ba’zida yovuz, qahri qattiq, isrofgarchiliklarni ko’p qiladi.
Ba’zida bolajon, ochiqko’ngil, saxovatpesha.
Ba’zida kambag’alni ham ayamaydi, bechorani honavayron qiladi"¦
Ba’zida yetim-yesirlarning boshini silaydi, ko’ngli yarimtalarning dilini xushnud qiladi. G’amxo’r"¦
Biz farzandlarigachi"¦???
Ba’zida boshiga chiqaradi, erkalaydi"¦
Ba’zida urushadi, so’kadi"¦
Ba’zida og’ir kunimizda bizga qanot bo’ladi"¦
Ba’zida o’zi bizni og’ir kunga solib qo’yadi"¦
Ammo har doim biz uning farzandi ekanligimizni unutmaydi"¦
Xullas, tanganing ikki tomoni bo’lganidek, dadamiz ba’zida yaxshi, ba’zida yomon. Axir beayb parvardigorku"¦
Endi diqqatni biz ikkalamizga qaratsak"¦
Siz — dadamizga nisbatan pessimistsiz. Men — dadamizga nisbatan optimistman.
Siz dadamizning faqat yomon ishlarini ko’ra olasiz. Agar harom bilan topgan luqma olib kelgan bo’lsa, boshida yemayman deb tixirlik qilasiz, lekin och qolmaslik uchun baribir o’sha luqmani yeysiz"¦ Yeysizu, darrov ko’chaga chiqib "œVoy, musulmonlar"¦!!! Mening dadam bugun o’girlik qilibdi, pora olibdi, bunday dadaning dastidan dod!" deb ayyu hannos solasiz.
Ko’chada bolalar o’zaro birovlarning dadalari haqida suhbat qurganda, siz darrov mening dadam shunaqa yomon odam, fosiq, yovuz, iymonsiz, hech bir yaxshilik qilganini ko’rmadim deb arz qilasiz. Bundan ko’nglingiz to’lmay, narigi mahallaga borib, shu gaplarni takrorlashdan tap tortmaysiz. Lekin kech tushganda yana o’sha yovuz, fosiq, iymonsiz dadaning uyiga baribir qaytib kelasiz"¦ Qaytmay qayoqqa ham borardingiz, tug’ilib o’sgan joyingiz, jigarlaringiz shu yerdaku axir.
Men-chi? Sizday akamga o’xshamayman. Men dadamning xatolari borligini bilsamda, ularning yaxshi tomonlarini ko’raman faqat. Ko’chada hamma mening ustimdan kulsa ham, "œSen falonchining og’lisan deb meni masxara qilsa ham, men qaddimni bukmayman. Ularga tish-tirnog’imgacha qarshilik qilaman. Ular menga fakt va dalillarni ko’rsatsa ham, qarshilik qilaveraman. Ular menga isbotlarni ko’rsatsa ham, qarshilik qilaveraman. Ularning safiga mening jonajon akam qo’shilib olgan bo’lsa ham qarshilik qilaveraman"¦ Chunki u mening dadam"¦ Mening padari buzrukvorim. Men uning xonadonida dunyoga keldim"¦ Meni katta qilgan ham u. Meni kiyintirgan, meni qornimni to’ydirgan, meni o’qitgan ham u"¦ Dunyoni ko’rsatgan, tarbiya bergan ham u. Mening uning haqqi uchun ham kurashaman. Men qarzim uchun ham kurashaman. Men tuzni yeb, tuzlug’iga tupurmayman. Mayli, bugun yomon bo’lsa, ertaga yaxshi bo’ladi. Men dadamizning yomonliklarini sanagandan ko’ra o’sha xatolarni o’zimda takrorlamaslikka va dadamga amaliy yordam berishga harakat qilaman. Ularga ta’na qilib, ko’chaga chiqib dod-voy qilishdan baribir maqsadga erishib bo’lmasligini bilaman. Dadamizning faqat yaxshi xislatlarini o’zimga olaman. Chunki dadamiz ham qachondir qariydi, belidan kuch-quvvati ketadi. Ularning o’rnini siz va men egallaymiz. O’shanda o’zimiz ham doimo to’g’ri yo’ldan keta olmaymiz. Yoki siz o’zingizni butunlay xatolardan xoli inson deb hisoblaysizmi?! Odam o’zidagi kamchiliklarini butunlay yo’qota olmaydi, faqat uni kamaytirishi mumkin xolos"¦
Shu tahlit yillar o’tadi"¦
Ulg’ayamiz. Siz voyaga yetgach, yana bir ish qilasiz. Bunday dada bilan yashab bo’lmaydi deysizu, boshqa uyga ko’chib chiqib ketasiz"¦ Ya’ni xonadoningizni almashtirasiz. O’zga uyga borasizu, u yerdagi rohat-farog’atni ko’rib joningiz huzur topadi. Mana bu yoqda ekanku, haqiqiy hayot deysiz beixtiyor. Ana undan keyin tilingiz yanada uzun bo’ladi. O’sha begona xonadonda turib ham yana dadamizni yomonlashga tushasiz"¦
"¦Mana ko’rib qo’yinglar, men kelgan uyda bunaqa mehribonchilik qilinarkan, siz esa yovuz edingiz deysiz. Bu uyda daromad yaxshi ekan, siz esa qashshoq edingiz deysiz"¦ Bu uyda adolat bor ekan, siz esa nohaq edingiz deysiz. Bu uyda hammasi binoyidek ekan deysiz"¦
Lekin bilmaysizki, u xonadon egalari sizga hamma sirlarini ham ochmagan bo’ladi. Ular sizga hamma kirdikorlarini ko’rsatmagan bo’ladi. Chunki siz ularga BEGONA edingiz. Siz o’z uyingizdagi hamma voqealardan xabardor edingiz, shuning uchun ko’zingizga yomon ko’ringan. U yerda esa sizga faqat kulib turgan tashqi ko’rinishlarini ko’rsatishadi xolos. Ammo ichki dunyosini ochishmaydi. Chunki siz u xonadan vakili emassiz! Siz baribir BEGONAsiz"¦ Shuning uchun sizga u uyda hammasi yaxshi bo’lib ko’rinadi.
Men dadamiz bilan qolaman. Kindik qonim to’kilgan uyda qolaman. O’sha uyda hammasiga chidab yashashga rozi bo’lib qolaman. Chunki bu yerda mening jigarlarim bor. Ming yomon bo’lsa ham, boshimga kulfat tushsa ularga suyanaman.
Men Olloh xoxishiga qarshi chiqishni istamayman. Chunki Ollohning o’zi meni shu xonadonda tug’ilishimni xohlagan ekan. Xo’, anavi Afrika mahallasida emas, aynan shu yerda. Xo’, anavi Afg’oniston qishlog’ida emas, aynan shu yerda. Ho’, anavi Amerika megapolisida emas, aynan shu yerda. Shu uyda tug’ilishimni xohlagan! Demak, bu xohishga qarshi chiqolmayman. Men akamdan farqli o’laroq, o’zimcha bu uydan norozi bo’lib, boshqa joyga ko’chib borsam ham, lekin men baribir shu xonadon vakili bo’lib qolishimni yaxshi tushunaman. Baribir meni Falonchining o’g’li (oz’bek) deb chaqrishlarini bilaman. Men o’z uyimda qiynalib yashayman, siz o’zga uyda rohatda yashaysiz.
Lekin siz ertani o’ylamaysiz. Tasavvur qiling, yillar o’tib ikkalamiz ham qarisak, o’lim xavf sola boshlasa"¦ Men xotirjamman, garchi bu xonadonda ozgina qiyinchiliklar ko’rib yashagan bo’lsamda, tinchgina o’laman. O’z uyimda, yaqinlarim bag’rida o’laman. Vijdonim qiynalmasdan o’laman. Chunki ushbu xonadon obro’si uchun yashadim, ushbu xonadon farovonligi uchun xizmat qildim. Uning bergan non-tuzini oqlash uchun harakat qildim. Unga kerak joyda qalqon bo’ldim. Kerak joyda tanqid qildim. Lekin dadamizga qarshi har bir so’zimni aytayotganimda, o’ylab ishlatdim. Uni behudaga haqorat qilmadim. Unga ha deganda tosh otmadim. U har qancha yomon bo’lsa ham, uni dunyodagi eng yaxshi dada deb bildim. Uning oldida yuzim yorug’, shuning uchun o’limim oldidan ko’nglim xotirjam.
Siz esa o’zga xonadonda o’lim arafasida turibsiz. Xavotirdasiz. Chunki baribir ming qilsa ham u yerda sizning yaqinlaringiz yo’q. Bor bo’lsa ham ko’p emas. O’z mahallangizni qumsaysiz, jasadim u yerga qo’yilsa deysiz. Lekin qaysi yuz bilan bu xonadonga qaytishni o’ylab qiynalasiz (balki qiynalmassiz). Chunki kechagina o’zingiz uni balchiqlarga botirib turgandingiz, endi yana o’sha siz yomonlagan xonadonga qaytish istagida turibsiz. Kechagina o’zingiz uyingiz derazasiga tosh otib derazalarni sindirgandiz, endi o’sha xonadonning oynasiz xonasiga bo’lsada talpinayapsiz. O’sha vaqtda vijdoningiz qanday qabul qilarkan buni?
Aka-ukalar bir kun umri tugab vafot etdi"¦ Aka o’layotganda ham, dadamiz yomon edi deb ketdi, uka o’layotganda dadamiz mendan rozi bo’ldimikin deb o’ylab bu dunyoni tark etdi.
Hikoya tugadi"¦
Xulosa o’zingizdan"¦ Kim haqu, kim nohaq?
(Iltimos, Dada so’zini o’rniga — O’zbekiston, xonadon so’zining o’rniga — Vatan so’zlari tushunilsin"¦)