Mavzuga sig'magan mulohazalar  ( 1369456 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 310 B


Y_U_R_I_S_T  02 Fevral 2010, 10:53:38

Iqtibos
Assalomu alaykum!
Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T, bu mavzuda tortishish yaxshi emas. Yurtimiz ulamolari, jumladan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham uchta bayramni - Yangi yil, 8-mart, Navro'zni islomiy diniy bayram emasligini ta'kidlab o'tishgan:

Assalomu alaykum. Rahmat fikringiz uchun. Bo'larkanu, shunaqa qilib tushuntirsa.

Men ham aynan mana shuni bilmoqchi edim. Yangi yil, Navro'z va 8-mart haqidagi fikrlarini ko'p bora eshitgandim va bularni bilardim. Ammo ba'zi insonlarning qolgan bayramlarni, ya'ni men yuqorida sanagan kunlarni ham bid'atga chiqarishadi.

P.S Har-hil bayramlar ham bor ekan (ASKAR) bayrami?

Mana bunga o'xshab. Shu sababli ham aniqlik kiritib olmoqchi edim. Rahmat!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  02 Fevral 2010, 12:04:44

Yana bir savolda. Rosa ezma bola ekan bu deb o'ylayotgan bo'lishingiz mumkin. Balki gaplarim kulgili ham tuyulayotgandir. O'zi diniy masalalarga kamdan-kam aralashaman. Faqat menda savol tug'ilgandagina so'rayman xolos. Eslatib o'taman, men quyidagi fikrlarim bilan biron narsaga qarshi chiqmoqchi emasman, shunchaki o'zimga MA'LUMOT olmoqchiman. Biron narsani bilmasdan yurgandan ko'ra, so'rab bilib olgan ma'qulroq men uchun.

1. Yangi yil xususida. Avvalo yangi yilni Rojdestvo bilan farqi bor-yo'qligini bilmoqchiman. Nasorolarda Rojdestvo bayrami 26 dekabrdan boshlanadi. Va yana bir qancha diniy tadbirlari mavjud. Bu o'z yo'liga. Bunday diniy tadbirlar biz uchun harom. Bu aniq. Lekin yangi yilni kutib olishni nasoro diniga biron aloqasi bormi? Buni so'rayotganimni boisi, hatto Nasoro dini peshvolari ham o'z dini ahliga Yangi yil bilan Rojdestvoni aralashtirmasliklarini so'rab kelishadi. Rojdestvo bayrami siymosi sifatida Santa Klausni olishiga ular ham qarshilik qilishadi. Diniy bayramni Dunyoviyga aylantirmanglar degan hayqiriqlar bilan chiqishi haqida eshitgan joyim ham bor.

Aslida Islomda ham Hijriy taqvim bo'yicha yangi yil kirib kelganda "yangi yilingiz bilan" deya qutlanadi, tabriklanadi. Milodiy taqvim bo'yicha ham xuddi shunday qutlovlar berish mumkin emasmi?

Uzoqqa bormasdan, oddiy misol sifatida o'zimdan keltirsam. Bizning oilamizda ham har yangi yil kelishi arafasida dasturxon yoziladi. Yangi yilni xush kayfiyatda kutib olish va yil bo'yi ushbu xush kayfiyat hamroh bo'lishi uchun ham shunday qilamiz. Agar Qashqadaryoda bo'lsak, unda yangi yil kirgandan so'ng barcha qarindoshlarnikiga mehmon bo'lib kirib chiqamiz. Yangi yilda omad va baxt hamroh bo'lishini tilaymiz.

Menimcha Forumdagi ko'pchilik userlarimiz oilasida ham shunday bo'lishi kerak.

Yana bir narsa. Bizda bir tushuncha mavjud, bayram dasturxoni deganda darrov ko'z oldimizga ichkiliklar keladi. Ammo Ollohga shukrki hamma xonadonlarda ham bundayin emas. Shu sababli ichkilikni ro'kach qilib, bid'atga chiqarish nojoiz.

Ushbu ishlarda biron diniy qarash yoki bid'at bormi?

2. 8-mart bayramini asli Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqalishi haqidagi bir maqolani o'qib qolgandim. Bugun uyga borib o'sha maqolani topib, forumga joylashga harakat qilaman.

3. Yana bir savol.

Iqtibos
Yangi yil, 8-mart, Navro'zni islomiy diniy bayram emasligini ta'kidlab o'tishgan:

Diniy bayram emas degani nishonlash mumkin emas deganimi? Shu haqida biror sharh yoki fatvo bo'lsa yomon bo'lmasdi. Ya'ni aniq ta'qiqlangan joyi bormi? Chunki o'zi shundog'am bular islomiy bayram emasligi aniq. Adashmasam Islomiy davlatlarda ham diniy bo'lmagan bayramlar (mustaqillik kuni, konstitutsiya kuni kabi) ham nishonlanadi shekilli.

Yana bir bor savollar uchun uzr.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 12:31:44

1. Yangi yil xususida. Avvalo yangi yilni Rojdestvo bilan farqi bor-yo'qligini bilmoqchiman. Nasorolarda Rojdestvo bayrami 26 dekabrdan boshlanadi. Va yana bir qancha diniy tadbirlari mavjud. Bu o'z yo'liga. Bunday diniy tadbirlar biz uchun harom. Bu aniq. Lekin yangi yilni kutib olishni nasoro diniga biron aloqasi bormi? Buni so'rayotganimni boisi, hatto Nasoro dini peshvolari ham o'z dini ahliga Yangi yil bilan Rojdestvoni aralashtirmasliklarini so'rab kelishadi. Rojdestvo bayrami siymosi sifatida Santa Klausni olishiga ular ham qarshilik qilishadi. Diniy bayramni Dunyoviyga aylantirmanglar degan hayqiriqlar bilan chiqishi haqida eshitgan joyim ham bor.

Шайх Мухаммад Содик: Янги йил Ийсо алайхиссаломнинг тугилган йилларидан хисоб олиб борадиган насоро кавмлар томонидан асос солинган байрам. Хирстиан тарихчиларнинг айтишларича Ийсо алайхиссалом 25 - декабрда тугилганлар. У зот тугилган йилни биринчи йил деб хисобланган. Аммо йил снгиланиши ой бошидан, съни, Ийсо алайхиссаломнинг мавлудларидан кейинги биринчи ойнинг бошланишидан олинган. Manba

Iqtibos
8-mart bayramini asli Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqalishi haqidagi bir maqolani o'qib qolgandim. Bugun uyga borib o'sha maqolani topib, forumga joylashga harakat qilaman.

Bo'lmagan narsa bu. 8-mart bayramini Rasululloh s.a.v.ga umuman aloqasi yo'q. Agar aloqasi bo'lganda ulamolar albatta e'tirof etishardi. Menimcha, maqolada Islomda ayollar faqatgina 8-mart da emas, har kuni e'zozlanadi, deyilgan bo'lsa kerak.

Iqtibos
Diniy bayram emas degani nishonlash mumkin emas deganimi? Shu haqida biror sharh yoki fatvo bo'lsa yomon bo'lmasdi. Ya'ni aniq ta'qiqlangan joyi bormi?

Savol:Yangi-yilni nishonlamaslik haqida ko'p eshityapmiz,lekin bunga hujjat topa olmayapmiz iltimos yordam bering.

Шайх Муҳаммад Содиқ: Уни нишонлашга қандай ҳужжатингиз бор?! Manba

Шайх Муҳаммад Содиқ: Бу каби масалаларни бировдан ссрашдан олдин, хар бир одам сзи сйлаб ксрсин. Бу нарса качон пайдо бслган, ким тарафидан, нима учун. Хозир унга ким амал килмокда, нима учун ва хоказаларни сргансин. Хулоса килсин. Ўшанда сзининг кснгли сзига фатво беради. Manba

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  02 Fevral 2010, 12:47:53

Iqtibos
Bo'lmagan narsa bu. 8-mart bayramini Rasululloh s.a.v.ga umuman aloqasi yo'q. Agar aloqasi bo'lganda ulamolar albatta e'tirof etishardi. Menimcha, maqolada Islomda ayollar faqatgina 8-mart da emas, har kuni e'zozlanadi, deyilgan bo'lsa kerak.

Ha, to'g'ri. O'sha maqolada ayollar har kuni e'zozlanishi kerak deyilgandi. Faqat unda aytilishi bo'yicha, Rasululloh s.a.v. qayerdadir ot ustida turgan holda ayollar haqida ma'ruza o'qigan ekanlar. Aynan "Jannat onalar oyog'i ostidadir" degan hadis ham o'sha ma'ruzada aytilgan ekan. Va eng ajablanarlisi o'sha kun milodiy 8-martga to'g'ri kelgan ekan. Adashmasam, maqolaning qisqa mazmuni shunday edi. Nasib qilsa ertaga to'liq matnini keltirishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Fevral 2010, 13:34:20

Ha SUDYA JANOBLARI biz "chipqon odam" dib adashibmiz, "chipqon"ni o'ziyakan.
Uyam Anvar buyam Anvar... (HT)  :)

sal palmi... qizil bn yoziladimi, man qora bilan ko'ramanmi, postini o'ylab yozish kere hammayam!
Yozgandan keyin u unaqa dimoqchimasidi... bunaqa dimoqchidi...
unaqa ma'noda yozmagan... bunaqa ma'noda yozgan dimasdan!

Gapi bo'sa o'zimga gapirsin kim bo'sayam PM orqali! hadeb hamma joyda kesatuvirmasdan.



Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2010, 14:17:13

Menimcha bu tur kunlarni atamasida yanglishlik bor.

Masalan Turkiyada faqat Ramazon va Qurbon Hayitiga Bayram- deyishadi...

Qolgan mahsus kunlarga esa faqat shu shu kuni deyishadi...

Masalan Onalar kuni, Bolalar kuni, Askarlar kuni...

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Fevral 2010, 04:25:02

Man ham unda o'zizni postizdan keltiraqoli (tuzukroq gap dib o'zi shu gapizni topdim)

i o'zizzi haq deb hisoblayapsizmi,malomatlarga bir marta eting,tushuntiring,agar shundayam ko'nishmasa,Allohga sopqo'yuring..Agar haq bo'lsangiz,Allohni o'zi qo'llaydi,bu malomatlar qilgan gunohlarizga kafforat bo'lsa ajab emas...


... Biz ham Allohga sopqo'yaqolamiz... Chaynalmasdan



Qayd etilgan


Abdulhafiz  04 Fevral 2010, 22:18:53

Analitiklarimiz mazhab tanlash bn band bo'lishsa kk, vallohu a'lam.
G'alati gaplani yozip qo'yasde o'ziyam...

Qayd etilgan


Ansora  04 Fevral 2010, 22:26:54

Bazan forumdagi a'zolarni ma'lumotlariga qiziqib qarab qo'yaman. Eng ko'p diqqatimni tortgan va menga juda qiziq tuyulgan narsalardan biri, a'zolarning a'zo bo'lgan sana bilan, ohiri kirgan sanalari, oy, yil, kunning juda o'hshashi, yoki bir-biriga mos ataylab tanlangan kun, soat. Bu tasodifmi yoki,,,,?

Masalan shulardan biri:

Nom:  Nilufar qizcha
Xabar:  0 (0 kuniga)
Maqom:  Newbie
Ro'yxatdan o'tgan sana:  09 Iyul 2009, 00:28:12
So'nggi aktivlik:              09 Iyul 2009, 00:30:30

Yana hayron bo'lgan narsalarimdan biri, a'zo 2006 yildan beri bir dona ham post yozmagan, faqat o'qiydi, qoyil-ee, men bo'lsam portlab ketgan bo'lardim ;D

Qayd etilgan


siddiqa  05 Fevral 2010, 07:51:39

 :as:

Tabriklar va qutlovlar mavzusini topa olmadim .

Aziz va qadrli dindosh forumdoshlar ............

Juma miskinlar haji bo'lgan kun ,quyoshi eng hayirli chiqqan kun muborak bo'lsin .

Alloh qalbimizga hotirijamlik ,solimlik bersin .o'zining shokir bandalaridan aylasin
.
Omin

Qayd etilgan