So'rovnoma

Qaysi TV kanalni tomosha qilasiz?


O'zbekiston
  10 (20.4%)
Yoshlar
  15 (30.6%)
Sport
  7 (14.3%)
Toshkent
  0 (0%)
Men umuman TV ko'rmayman
  17 (34.7%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 47



Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?  ( 37186 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  01 Sentyabr 2009, 14:40:43

Tv-da bazan juda yaxshi narslar chiqib qolardi eskidan. Hozir bilmadim. Lekin kecha qani endi O'zbekiston kanallaridan biri bo'lsa edida, men ham Mustaqillik konsertini ko'rsaydim, deb o'yladim:(

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2009, 15:20:55

Eskidan "Otalar so'zi-aqlning ko'zi" degan ko'rsatuv bo'lardi, haliyam bormi?

İnsonlarimizda juda foydali bo'ladigan voqealar teatr holida ko'rsatilardi.

"Zarang kosa"ni ko'rganimga balki 10 yil bo'lgandir, lekin huddi kecha ko'rganday esimda...

Ko'rsatuvni olib boruvchi otaxonni juda yaxshi ko'rardim...Nurli yuzlari bor edi, Alloh rahmat qilsin. Vafot etganlarini eshitgandim....

Qayd etilgan


Akbarjоn  26 Yanvar 2010, 17:11:00

Iqtibos
Eskidan "Otalar so'zi-aqlning ko'zi" degan ko'rsatuv bo'lardi, haliyam bormi?

İnsonlarimizda juda foydali bo'ladigan voqealar teatr holida ko'rsatilardi.

Xozir shu "Otalar so'zi aqilning ko'zi" ni "Umr manzaralari" hamda "Turmush chorahalari" deb nomini ozgartirishib ko'rsatishyabdi, nomlari qayta qayta o'zgaraveradi, xar xar zamonda yangilarini berib qolishadi

Iqtibos
Ko'rsatuvni olib boruvchi otaxonni juda yaxshi ko'rardim...Nurli yuzlari bor edi, Alloh rahmat qilsin. Vafot etganlarini eshitgandim....
Oldinlari shu ko'rsatuvni ko'rganimizda eex shunqa odamlar xam bo'larmikan deb o'ylardik, xayron qolardik, bora bora o'zimiz ham tanqid qilingan shu kishilarga o'xshab boryabmiz... Alloh asrasin

Qayd etilgan


Munavvar Bonu  01 Mart 2010, 10:06:08

men oxirgi marta O'zbekistondaligimda televizor ko'rganimdim.Rossiyada biron marta TVni tomosha qilganim yoq. chunki ko'rishga arzirli narsani o'zi yo'q. hammasi behayo filmlarva reklamalar bilan to'lib ketgan

Qayd etilgan


UzMuslim  14 Aprel 2010, 13:54:00

Man Agar Noboda Tv Ko'rsam albatta Sport telekanalini Ko'raman Bazi Bazida..

Qayd etilgan


abdu3333  18 Avgust 2011, 18:30:27

Bizlarni telekanallar juda zerikarli  ayniqsa bir xil tipdagi seriallar juda zerikarli . :(

Qayd etilgan


Aqoid  19 Avgust 2011, 12:15:29

O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini ko'raman,sport tvda

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2011, 12:48:20

Zerikarli bo'lsayam qani endi bir kanal "sayrab" tursa edi:)

Qayd etilgan


Humayro  19 Avgust 2011, 13:25:26

Prabolani tomga qistirib qoymismi opa ))

mani ayamni dardiyam shu edi, har ikki gapida ko'z yosh qivolardilar, mana endi bittasi sayrab turadi, zerikarli bo'lsayam, lekin ayam xursand  :7

Qayd etilgan


Donishmand  19 Avgust 2011, 13:41:22

O'zbekiston telekanallarining hammasini ko'ramiz, faqat yoqqan ko'rsatuvlarini. Yoqmaganlarini aytish osonroq manimcha, chunki ularning salmog'i baland hozirda.
Uyga kelsam "Turmush chorrahalarida"ni ko'rib o'tirishgan bo'ladi ba'zan. Men iltimos qilaman doim, uydagilardan, shu ko'rsatuvni ko'rmasliklarini. Balki men noto'g'ri fikrlayotgandirman, lekin bu ko'rsatuv tomoshabinni tushkunlikka, kimgadir nisbatan nafratga, behuda siqilishga, asabiylashishga olib keladi. Ba'zi ko'ngli bo'shlar buni ko'rib yum-yum yig'lashadi ham, koshki edi o'shalar behuda o'tayotgan umrlari uchun shunday yig'lashsa. Achinarlisi, shu senariyni kimdir yozgan, o'zicha qandaydir taqdir yaratgan, Olloh saqlasin...
Bir misol, keksayib qolgan ona qishlog'idagi uyiga sig'madi, shahardagi o'g'linikiga ham sig'madi. Uch kun ko'chada sarson bo'lib yurgan onani ko'rsatishayapti: - vokzalda, qo'lida tugunchasi, nochor, holdan toygan...
Yonimda o'tirgan do'stlarim o'sha onaning farzandlarini "bo'ralatib" so'kishayapti, men esa ana shuni yozgan senariychi bilan rejissyorni borib bo'g'ib qo'ygim keldi, Onani shunday xor qilganlari uchun! Tomoshabinga asablar taranglashishidan boshqa hech narsa berisholgani yo'q ular.
Ilgarigi "Otalar so'zi..." bilan buning o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Hozir o'zini oqlashadi "Biz odamlarga ibrat bo'lsin deb qildik bu narsalarni, bunday qilmasinlar keyinchalik dedik..." va hokazo. Lekin hamma narsaning ham chegarasi bor, yaxhshi tomonlarimiz yo'qmi ibrat bo'ladigan?! Hullas, gapiraman desa gap ko'p bu haqida...
Serilallarni aytmasa ham bo'ladi, ularning bizga berayotgan "ma'naviy ozuqalari"ni ta'riflashga til ojiz. Turkiyadagi bir oilaning muammolari bilan nima ishimiz bor. Qo'shnimizning muammosi ularnikidan o'n marta ortiq. (Bir yaxshi serial olaman degan rejissyor bo'lsa kelsin, butun dunyoga mashhur bo'lib ketadi, bu serialdan keyin :))))
Telekanallarimiz ko'pku, lekin bitta faqat ma'naviyatimizni, milliyligimizni o'ylaydigan, yoshlarimizning kelajakda qanday shakllanishi kerakligi haqida qayg'uradigan kanal yetishmayapti bizga...

Qayd etilgan