Bizning televideniye hozir g'irt bekorchilar uyasiga aylanib qolgan. Bundan uch-to'rt kun oldin kursdoshimning qo'lida ko'rsatuvlar dasturi berilgan gazeta ko'rib qoldim. Birgina O'zbekiston TV ning o'zida kuniga 4 ta serial berilar ekan. Yana uni kunduzi qaytarib qo'yisharkan. Bunda 8 ta serial bo'ladi. Agar har bir serial, orasidagi reklama bilan qo'shganda o'rtacha 40-45 daqiqa davom etsa, bir kunda 5,5-6 soat vaqt shunga sarflanar ekan. Mana bugun xalqimiz nimalar bilan mashg'ul?!
2002 yildan beri muntazam ravishda televizor ko'rishni yig'ishtirganman. Yashasa bo'larkan. Axborotlarni asosan Internet yoki gazetalardan olaman.
Umuman bizning sharoitda televizor ko'rgandan ko'rmagan ma'qul bo'lib qoldi. Har holda ortiqcha vaqtingiz yoningizga qoladi.