Forumchilarning aforizmlari...  ( 499861 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 146 B


Shoxjahon12  22 Oktyabr 2009, 08:45:43

Bir tanishim shu gapni ko'p takrorlardi: "Akuna matara"   :D

Qayd etilgan


Muhammad Amin  22 Oktyabr 2009, 08:50:31

Bu dunyo uchun g'am yeyishga ne hojat,
U dunyo g'amini yeyishga hojat.


Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 09:02:36

Dunyoda sevgidan ham muhimroq narsalar bor... ISHONCH!!!

Qayd etilgan


saltanat  22 Oktyabr 2009, 10:12:20

hayotda shunday kishilar borki, go'yoki ortiqcha barmoqqa o'xshaydilar, ortiqcha barmoqni kesib tashlay desang og'riydi, turaversa bir ish qilayotganingda halaqit beradi, shunday kishilardan ham voz kechay desang odamku deb iching og'riydi,muomalada bo'lganingda asabingni chertib o'ynaydilar,Allohim shuningday felga ega qilib qo'ymasin.

Qayd etilgan


Ansora  22 Oktyabr 2009, 14:56:06

Dunyoda sevgidan ham muhimroq narsalar bor... ISHONCH!!!

İshonch bo'lmagan joyda-sevgi ham bo'lmaydi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 15:51:08

Uyingdagilar seni tushunmasa, boshqalar tushungani befoyda ekan...

Qayd etilgan


Ansora  22 Oktyabr 2009, 15:55:11

Biz odamlar ko'pincha-"Nega meni hech kim tushunmaydi", deymiz, aslida ko'proq- "nega men odamlarni tushunmayman", desak hayot yana ham oson bo'lardi  : )

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Oktyabr 2009, 20:15:54

Ayollarda kun o'tayotgan sayin noyoblashib ketayotgan fazilat HAYOdir....
Erkaklarda esa MARDlik va G'URURdir...

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 23:20:51

Hamma narsani kechira olish mumkin, lekin SOTQINLIKni kechirish o'ziga nisbatan sotqinlik qilishdir!!!

Darrov iqtibos qiladiganlar uchun: Bu mani fikrim albatta. Man sotqinlikka chidolmiman, kim tomonidan qay holatda bo'lsa ham! Sizni sotganni kechirishingiz bu siz ham o'zizga nisbatan sotildiz digani  :)

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 00:24:53

Ayol kishi qiyin masalada kuchli fikri egasi bo'lishi mumkin ekan,
shu bilan birga oddiygina masalada "bilmasvoy" bo'lishi ham mumkin ekan

Hayotiy tajribadan  :D

Qayd etilgan