Forumchilarning aforizmlari...  ( 500103 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 146 B


Shoxjahon12  07 Noyabr 2009, 17:16:05

50 yoshlardagi amakim menga doim shunday deydilar:"Nasixat qilaverib joningga tegib ketdim-a? Mening nasixatlarimga parvo qilma, lekin beparvo ham bo'lma".

Qayd etilgan


Ansora  07 Noyabr 2009, 17:20:28

Ayam maktabda, univertitetda, bazan ko'p aql berishadi, bazilari, deganimda shunday degandilar:

"Qizim hech qachon "yo'q", dema, "ho'p" degin, keyin bilganingni qilgin"....

Qayd etilgan


siddiqa  07 Noyabr 2009, 18:27:07

birodarimizdan

"do'stlar hayr demaydilar ,ular har doim assalamu aleykum deydilar"

Qayd etilgan


Mr.Twister  07 Noyabr 2009, 20:05:31

Xursandsan, chunki hamma joying sog`...
U juda xursand lekin nogiron...
Xursandsan chunki kayf-safo qilib yuribsan...
U juda xursand ishrat qilmaydi, lekin namoz o`qiydi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Noyabr 2009, 04:36:11

Yuzimizga chiqqan xusnbuzarni ko'rib ko'zimizga dunyo tor bo'lib ketadi...
Qalbdagi "xusnbuzar" bilan ishimiz yo'q...

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Noyabr 2009, 04:44:44

Qachonki ibodatlarimizni dunyo ishlariga qarab emas,
dunyo ishlarini ibodatlarimizga qarab rejalashtirarkanmiz shunda dunyoni o'zi bizniki bo'ladi.

Qayd etilgan


Ansora  08 Noyabr 2009, 15:17:45

Ommaviy forumlarda erkaklar va ayollar ommaga qaratilgan tarzda yozmas ekanlar:

Ayollar o’zlarini —erkaklarning "œOSH" ida
Erkaklar esa- o’zlarini ayollarning "œGAP"ida o’tirganday his qiladilar"¦

(Eslatma: Omma- "Umum", "xalq" degani. Xalq esa-(asosan)7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlar, degani"¦.)

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Noyabr 2009, 18:34:16

Ba'zi insonlarni pastkashliklarini ko'rib, ularga "rahmat" aytging keladi, chunki ularning pastkashliklari sabab, biz yaxshilarning qadrini bilamiz.

Bir birodarning so'zlari....

Qayd etilgan


Ulugbek75  09 Noyabr 2009, 23:49:38

Bugun bir ajoyib insondan eshitganim o'git:

Sen biror muammoni yechishga urinarkansan, buni faqat Alloh uchungina qil, shunda U seni yomon oqibatlarga qurbon qildirmaydi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Noyabr 2009, 04:43:54

Aybi bor ko'p karillidi

dirdi bir tanishim
Man ham bu narsaga ko'p guvoh bo'vomman

Qayd etilgan