Forumchilarning aforizmlari...  ( 500044 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 146 B


Ansora  10 May 2010, 21:33:35

Universitetda o'qigan hamma ham odam bo'lavermaydi!!!

Qayd etilgan


Huseyn  11 May 2010, 10:45:00

Етакчилик сенга сргашганларни оғзингга қарата билиш билан смас, уларни керакли пайтда ҳимос қила билиш билан гсзалдир!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 May 2010, 10:56:23

Rahmatli buvam shunday derdilar:" Insonning obro'sining yarmi uning kiyim-boshiga qarab beriladi. Doim ozoda va chiroyli kiyinib yur".

Qayd etilgan


muhibb  11 May 2010, 16:45:58

Kishida eng muhim xislat nima ekan deb rosa o'yladim. Nihoyat xulosaga keldim:
Insonga ko'rk bo'lishga arziydigan yagona xislat Allohdan hayo qilish ekan.
Hayo qilganingiz uchun ibodatlarni mukammal ado etasiz, hayo qilganingiz uchungina gunohlardan qochasiz...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 May 2010, 17:04:36

Eski ish joyimda ishlab yurganimda koreyalik boshlig'imiz yana bir tarjimon ishga olmoqchi bo'ldi. Xullas, bir yigitcha suhbatdan o'tish uchun keldi. Menga "Falon institutning falon fakultetini bitirdim", deb maqtanib qoldi. Koreyalik boshlig'imiz bilan suxbatlashgandi: koreys tilini yaxshi bilmasligi ma'lum bo'ldi. Uni ishga olishmadi. O'sha yigitga koreyalik boshlig'imiz shunday degandi:"Hatto dunyoga mashhur Garvard universitetining diplomiga ega bo'lsang ham, eng avvalo biliming kuchli bo'lsin. Tarjimon degan diploming bo'lsayu, o'zing o'sha tilni bilmasang, bu institutdagi 4 yillik umring zoye ketibdi, deganidir. Xaliyam bo'lsa o'qib-o'rgan!"

Qayd etilgan


UzMuslim  11 May 2010, 18:56:43

Hamma narsani Oxiri bo'lgani kabi Bu Azoblarni ham cheki bordir,Unga Sabr qilgin,Alloh O'zi Sani Mukofatleydi/.//

Qayd etilgan


BelleQizcha  12 May 2010, 01:38:42

Aldoqchilik ham Og'rilikni bir turi.

Qayd etilgan


JaviK  12 May 2010, 16:13:30

mendan 2 yosh kichik bir ukahon bor, bu ishni qilaylik desa yo`q vaqtim yo`q desam shunday derdi:   Bir kattaning bir kichikning gapiga ham kirib turing

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  12 May 2010, 17:18:00

Ikki kishi yahshi, yolg'iz inson undan ham yahshi...faqat kamroq g'iybat qilib ko'proq zikr qilsa, jim turganda fikr qilsa....

Qayd etilgan


muhibb  12 May 2010, 18:01:42

INsonda eng sharafli a'zo uning qalbi ekanligini ko'pchilik bilamiz, ammo uning buzilishi asosan xalqumdan ekanligini bilamizmi?

Qayd etilgan