Forumchilarning aforizmlari...  ( 371760 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 146 B


Muhyiddin  20 Oktyabr 2009, 15:55:02

Agar osmon-bir qog'oz, dengizlar esa-siyoh bo'lsa edi, yana-da senga bo'lgan tuyg'ularimni yozishga yetmasdi...

Bu aforizm:
 
Sen:«Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh bo’lsayu unga o’z mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur», degin. (Kaxf, 109) esga soldi.

Qayd etilgan


Muhyiddin  20 Oktyabr 2009, 15:57:12

Gunohlar — samoga yuksalayotgan duolarning oyog’iga osilgan toshlar"¦

Qayd etilgan


Muhyiddin  20 Oktyabr 2009, 16:00:50

Insonni butun fikru zikrini band etgan maqsadi bo’lmas ekan, u hayotning ikr-chikrlariga o’ralashib qolaveradi...

Qayd etilgan


Ansora  20 Oktyabr 2009, 19:33:38

Bazan "ko'r" degan odamlar bizdan ham "yaxshi ko'radi", chunki ularning qalb ko'zlari ochiq...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  20 Oktyabr 2009, 22:05:36

Haqning haq yo'lidan chetga chiqma, xor bo'lasan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Oktyabr 2009, 00:09:31

Aytganingizni bajarmadilarmi? Demak chiroyli tushuntira olmagansiz!

P.S. Juda xursand bo'ldim, demak bu mavzu ko'pchilikka manzur ekan.
Lekin 1 Iltimos. Kitoblardan va qaysidir kitob mualliflarining, kinodagi gaplarni emas, o'zingiz va tanishlaringiz gapini yozing!

Qayd etilgan


saltanat  21 Oktyabr 2009, 05:55:55

O'g'il bo'lib tug'ilganlarning hammasi ham erkak bo'lib yashayolmayapti, Qiz bo'lib tug'ilaganlarning hammasi ham ayol bo'lib yashayotganlari yo'q.Allohimdan hamma bandalari o'z maqomlarida bo'lishlari uchun madad so'raymiz.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  21 Oktyabr 2009, 06:20:13

Dunyoga aslo birovning ko'zi bilan qarama,
O'z ko'zing bilan qarashni o'rgan . . .

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Oktyabr 2009, 06:41:13

Yaxshilikka buyurilganida, "vaqtim yo'q" degan odam aslida g'irt bekorchi odam bo'ladi

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Oktyabr 2009, 06:43:45

1 taloq tushgan oila sindirilib, keyin yelim bilan yelimlangan idishga o'xshaydi, uzoqdan qarasang but ko'rinadiyu, e'tibor bilan qarasang yamalgan.

Qayd etilgan