Forumchilarning aforizmlari...  ( 499143 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 146 B


Ansora  21 Oktyabr 2009, 13:36:04

Unutmang: og'zida bol bo'lgan asalarining ham dumida ignasi bordir : )

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 13:37:21

İnson har doim qahramon bo'la olmasligi mumkin, lekin har doim inson bo'la olishi mumkin...

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Oktyabr 2009, 13:47:19

Odamni maqtashlik, unga KIBR eshiklarini ochmoq demakdir!

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 13:48:44

O'zini bilgan odam-maqtovdan ham to'g'ri hulosa chiqara olgan odamdir...

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 13:54:47

Aqlli gaplar yozgan odam-aqlli inson degani emas, aqlli inson-aytganlarini bajargan va bajara oladigan gaplarni yozgan kishidir....

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 13:56:02

Chiroq yoqmagunimizcha-qorong'ulik yo'q bo'lmaydi....

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 13:59:36

Vaqt tez o'tyabdi, kunlar bir-birini quvalayabdi, deymiz, bu savolni qamoqdagilardan yoki kasalxonada shiftga termulganlardan so'raylikchi, nima deyishar ekan....

Qayd etilgan


Muhyiddin  21 Oktyabr 2009, 14:06:11

Chiroq yoqmagunimizcha-qorong'ulik yo'q bo'lmaydi....

Bunga Hamohang: "Ilm olmasdan turib jaholatni quvib bo'lmaydi..."
 

Jaholat zulmatini faqat ilm nuri yoritadi!

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 14:17:52

Ota-onasi qarigan chog'da ham ularga hushxabar olib kela olmagan farzandlar-eng notavon farzanddir....

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 14:19:33

Dunyo-insonlarning Ehtiyojlarini qarshilay oladi, lekin Ehtiroslarini-aslo!

Qayd etilgan