Forumchilarning aforizmlari...  ( 499223 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 ... 146 B

muhibb  19 May 2010, 11:45:40

Dunyo uch kundan iboratdir: Kecha, bugun va erta.
Kechang o'tdi.
Ertang nima bo'lishi noma'lum.
Shuning uchun buguningning qadriga yet.

(Mani gapimmas. Bir joyda o'qigandim, rosa ta'sirlanganman.)

Qayd etilgan

Abu Muso  19 May 2010, 11:50:15

 :as:

Muhib akaning gaplariga bir to'ldirish:

Agar bugungi kuningda yaxshi amallar qilgin,

chunki bugun sening ixtiyoringda! Ana shu

kun kechagi kunning ertasi va ertangi kunning

kechasidir. Bugungi kuningni nazorat qilsang,

har uchala kunda ham yutgan bo'lasan...

Qayd etilgan

Ansora  19 May 2010, 12:00:07

Bugunni qadriga yetmagan odam ertani qadriga qanday yetsin!

Qayd etilgan

muhibb  19 May 2010, 13:37:01

Qorilar musobaqasida bir xofiz Qur'on o'qiydi. Kulminatsion nuqtada hamma "o'o'o'o'" devoradi. Aytsam ishonmaysizlar, mana shu mavzudagi fikrlarning ko'piga men ham "vaaaaaahhhh" deb yubraman.

Qayd etilgan

registan  19 May 2010, 15:51:52

Qorilar musobaqasida bir xofiz Qur'on o'qiydi. Kulminatsion nuqtada hamma "o'o'o'o'" devoradi. Aytsam ishonmaysizlar, mana shu mavzudagi fikrlarning ko'piga men ham "vaaaaaahhhh" deb yubraman.

Aha shunaqa, men ham ko'plab fikrlarga qoyil qolganman. Maqtash emasku bu borada qizlarimiz ancha oldinda, ilmlari bundan ham ziyod bo'lsin ilohim.

Aforizmlardan iborat bir video tayyorlamoqdaman, insha Alloh bitgach e'tiboringizga havola qilaman.

Qayd etilgan

muhibb  19 May 2010, 16:50:29

Alloh muvaffaqiyat bersin. Ja bolalarimizni yerga urmang, iltimos :)

Qayd etilgan

Robiya  19 May 2010, 17:23:33

Birovga keragidan ortiq izhor qilingan mehr-muruvvat xorlik keltiradi...

Qayd etilgan

Robiya  19 May 2010, 17:26:51

G'unchadek bo'l qon yutib kulmakka monand, ey ko'ngil...

Qayd etilgan

Robiya  19 May 2010, 19:19:18

Hech nimadan umid qilmagan kishi tushkunlikka ham tushmaydi..

Qayd etilgan

Ansora  19 May 2010, 21:59:45

Bazi insonlar borki boshda ko'zingizga chiroyli ko'rinadi, lekin vaqt o'tib xarakterini taniy boshlaganingizdan keyin ko'zingizga chiroyi ham ko'rinmay qoladi;

Bazi insonlar borki, boshda sizga xunuk ko'ringan bo'lsa ham vaqti bilan fe'l huyining chiroyliligi sabab ko'zingizga dunyoning eng chiroyli insoniday ko'rinadi....

Qayd etilgan