O'z aforizmlarimizni yozayotganimizdan keyin men ushbu so'zning ma'nosini yozib qo'yishga qaror qildim.
AFORIZM (yun. aphorismos — ta’rif, ixcham ifoda) — muallifi ma’lum bo‘lgan, ixcham shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr. A.ga berilgan ta’riflarda turlichalik mavjud: ayrim manbalarda A. aniq muallifga ega bo‘lishi shart va shu narsa uni maqollardan farqlovchi asosiy jihat deyilsa, boshqalarida bu shart qo‘yilmaydi (q. aforistika). A.lar paydo bo‘lishi jihatidan turlicha. Ayrim hollarda A. maxsus yaratiladi, bu holda uni tom ma’noda janr deb hisoblash mumkin (mas., A.Qahhorning mashhur "œAdabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas", degan gapi). Zero, bu holda ijodkorning hayotiy tajribasiga tayangan holda biron-bir masala yuzasidan umumlashma fikrini ifodalashga imkon beruvchi shakl hodisasi haqida gap boradi. Mas., A.Muxtorning "œTundaliklar", O’.Hoshimovning "œDaftar hoshiyasidagi bitiklar"idan shu janrning ko‘pgina yaxshi namunalari joy olgan. Biroq ko‘p hollarda u yoki bu asardan olingan ixcham ibratli fikr ham A. sifatida ommalashadi (mas., "œSinchalak"dan: "œTo‘kilgandan tomchilagan yomon..." yoki "œChalasavod kishi o‘zidan past, nima desa "œhikmat" deb turadigan odamlar bilan ulfatchilik qilishga moyilroq bo‘ladi").
Dilmurod Quronov "Adabiyotshunoslik lug'ati" 41-bet