IZOH TALAB RASMLAR...  ( 16319 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Hadija  20 Oktyabr 2009, 15:38:03

Assalam alaykum Wa Rahmatullohu Wa Barakatuh...

Hurmatli, forum a'zolari va mehmonlari. Ushbu mavzuni aslida kecha ochmoqlikni niyat qilgandim, ammo bugunga nasib qilibdi. Aslida bu mavzu boshqa forumda ham ochilgan edi, ana o'sha forumning shu mavzusidan ta'sirlanib ilhomlanib bu yerda ham ochmoqlikni niyat qilgandim...

Mavzu shartlari: Izoh talab rasmlarni o'z fikrlash doiramizdan kelib chiqqan holda izohlaymiz. Agarda to'g'ri kelsa Qu'ron va Hadis asnosida ham tahlil qilishimiz mumkin...

Lozim topsangiz o'zim boshlab bersam...

Qayd etilgan


Hadija  20 Oktyabr 2009, 15:40:32

Izoh:...


Qayd etilgan


Hadija  20 Oktyabr 2009, 15:42:00

Bunisi ham:...


Qayd etilgan


Muhyiddin  20 Oktyabr 2009, 16:22:18

Bunisi ham:...



Ruhi cho'kkan inson...

Qayd etilgan


Abu Muso  22 Oktyabr 2009, 22:59:06

Izoh:...



 :as:

Haqiqatda juda serqirra mazmunga ega surat ekan...
Shunday bo'lsada, baholi qudrat izohlashga harakat
qilib ko'raman.


Izoh: Avvalo suratdagi shaxmat doskasi, dunyo. Bunga etarlicha
dalillar bor, masalan dunyo o'tkinchi bir o'yin ekanligiga, Qur'oni
karimda ishora bor. Oq va qoara donalar, dunyodagi solih va johil
kishilarga ishora bo'lsa, oq va qora kataklar esa, haq va zalolat
yo'llaridir. Ya'ni, har bir manzilga borishning halol va harom yo'llari
bor. Hammasining tarozi ustida turishi esa, dunyo imtihonligi va
hisobi borligidan darak. Cholni agar Insoniyat desak, uning qariligi,
ayni damda oxirzamon ummatlari dunyoda yashab turganlariga ishora.
Cholga yarashmay turgan boshyalanglik esa, bugungi kunga kelib
ummatning sunnatga e'tibori qanday ekani haqida bildirmoqda.
Tarozining vaznni ko'rsatadigan joyi katta ilon bilan to'silganligi esa,
dunyoning imtihonligidan va ilon esa bu imtihonda bizga halaqit
beruvchi nafsimiz ekani tasvirlangan. Ya'ni, qilgan amalimizning gunoh
yoki savobligini bilish bizdan to'silgan, nafsimiz esa bu haq o'lchovni
o'zgartirib, boshqacharoq qilib ko'rsatadi bizga. Biz esa uni o'z qo'limiz
bilan boqib turamiz(choy uzatilayotgan piyola). E'tibor bersangiz, chol
bu tarozi ustida omonatgina o'tiribdi, bu esa dunyoda abadiy qola
olmasligimizga, dunyo o'tkinchi ekaniga ishora. Kitoblar ilm bo'lsa,
ularning tarozidan pastda turishi amalsiz ilm tarozida vazn bosmasligidan
darak. Tasvirdagi tarozi dunyo bolsa, ko'kka qad ko'targan minorani,
oxirat manzili deb angladim. Afsuski, suratdagi o'simlikni qanaqa o'simlik
ekanini aniqlay olmadim.  :(

Xulosa:
Ey Inson, o'yinsifat bo'lgan bu imtihon dunyosida o'zing omonatgina
o'tiribsanu, ammo sunnatlarga beparvo holda, ilmalrni oyoqosti qilib,
oxirat manzilinga qaramasdan, haqiqat tarozisini sendan to'sib turuvchi
nafsingni hanuzgacha, keksayib qolgan bo'lsang ham o'z qo'llaring bilan
boqib turish bilan ovorasan.

Hozircha faqat shu fikrlar keldi, lekin bu suratda yana ma'nolar ko'p...

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 23:29:38

Hadicha yaxshi mavzu ochibsiz manga yoqdi.

Tafakkur qilishga yana bir misol bo'la oladigan mavzu.

Abu Muso! Alloh rozi bo'lsin juda go'zal suratda izoh beribsiz.
Agar minoraniham aytganizda aniq siz bu sur'at egasi digan bo'lardim  :D

Lekin haqiqatda ma'noli rasmlar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 23:34:11

Bunisi ham:...



O'zimcha izoh berib ko'rsam aybga buyurmaysiz...

Manimcha bu insonni ruhiyati cho'kkan.
Bunga esa yonidagi maktub sabab...
"Qora xat"mi maktub?....

Inson joni bilan vidolashmoqchi, lekin bunga tayyor emas.
Insonda shunaqa fazilat bor, o'lishga otlangan inson ham nimadur sabab bo'lib tirik qolishni xohlaydi.
Bu insonda nasfimi, ruhimi hali o'limga tayyor emas, yoki dunyoni tark etgisi yo'q...
 

Qayd etilgan


Abu Muso  22 Oktyabr 2009, 23:37:31

Agar minoraniham aytganizda aniq siz bu sur'at egasi digan bo'lardim  :D
:as:

Tasvirdagi tarozi dunyo bolsa, ko'kka qad ko'targan
minorani, oxirat manzili deb angladim.


Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 23:49:03

Rosti o'zbek tilida o'qigan bo'sam ham h bilan x qaysi so'zlarda ishlatilishini bilmiman.
Xojiboy Tojiboyev (rahmatli) aytgan o'quvchilardan bo'sam kere.

Lekin sur'at bilan suratni farqini tushuntirib berilar. :D

Qayd etilgan


Abu Muso  22 Oktyabr 2009, 23:51:42

Sur'at - bu темп degani.

Qayd etilgan