(Marhum Ergash Karimovning "Uchrashuv"larini o'ylamang yana)
Hammasi 2 oycha oldin Farg'onaga ishlashga ketgan
AbdulAziz akaning Toshkentga sayohatlaridan boshlandi (O'sha mashhur "Toshkentga sayohat" spektaklini o'ylamang yana).
Bundan xabar topgan
Chustiy domla, darrov ahli birodarlarni yig'ishga kirishib ketdilar.
Chorshanbamidi-yey, payshanbamidi-yey, vallohi alam, telponim "œTala-lay-lay, tala-lay-lay, tala-lay-lay-laaayyyy" deb jiringlab qoldi. (Telponim "œNoKIA" ekanligini bildingiz-a?) Olsam, bir notanish ovoz, tez-tez gapirib turibdi. Garchi oldin umuman gaplashmagan bo’lsam ham, lekin darrov bu inson Chustiy domla ekanliklarini bildim. Chunki ularning ovozlaridan tarvuzning hidi (balki "œarbuzniy" orBIT chaynasalar kerak), orqa fondan esa kapkirning ovozi eshitilib turardi"¦ Ular meni uchrashuvga taklif qildilar, forum uchrashuviga"¦ Darrov rozi bo’lib qo’ya qoldim. Axir anchadan buyon kutib yurgandimda, bu daydor ko’rishishni"¦
Mana yakshanba kuni ham keldi. Imkon qadar kechikmaslikka harakat qildim. Chunki har doim kamida yarim soatga kechikadigan juda yomon odatim bor. Bu safar ham ozgina kechikdim. Aytilgan lag’monxonaga kelib, ichkariga kirdim va o’z tanishlarimni qidira boshladim. Qarasam yo’q. Keyin telpon qildim. Keyin bilsam biznikilar V.I.P. xonada, 2-etajda o’tirishganakan. Haaa, Chustiy domla, buyog’ini zo’r tashkillashtirgan ekan. Qoyil"¦
Kirsam, ichkarida, AbdulAziz, Abdulloh, Muhammad Amin bor ekan. So’rashdik"¦ AbdulAziz akani anchadan buyon ko’rmagandim, diydorlarini so’gingan ekanman. Akbar bilan (xozirgi Muhammad Amin, yoshligida biz Akbar deb chaqirardik) 1-2 hafta oldin telponlashgandik. Abdulloh bilan esa o’tgan haftada ko’rishgandik (Aytgancha anavi narsani jo’natish esimdan chiqib qolibdi. Menga PM orqali e-mailizni tashlab qo’ying). Chustiyni esa 1-marta ko’rib turishim edi.
Keyinchalik bizning safimizga mendanda kechikkanlar qo’shilishdi. Orif aka va Uzmus birga keldilar adashmasam. Uzmusni ko’rib rosti ustimdagi kiyib olgan toza turetskiy sport kiyimidan uyalib ketdim (kiyimni toza turetskiyligiga e’tibor bering!). O’zimizni milliy kiyimimizdan qo’ymasin ekan"¦ Yarashibdi"¦
Keyin ovqatlandik"¦ Yigitlar kamtarinlik qilib aytishmayapti, ovqatni ham zo’ridan yedik: Tovuqsay"¦midi?! Uylanmagan xo’rozlarni tushida ko’rib chiqadigan yosh tovuqlarning go’shtidan bo’lgan ekan o’ziyam. Shirin ekan"¦
Syurpriz"¦ Gap yo’q!!! Dahshat chiqibdi, oma lekin. Sanoatingizga qoyil!!! Keyin esa Abdulloh fotosharhini bergan Tarvuz Awards bo’lib o’tdi. Yaxshi bo’ldi"¦
Rasmlarga tushdik"¦ Orif aka professional (iltimos, mana shu so’zni inglizchalab "œprofeshshional" deb o’qing!) ekanlar. (Venetka masalasida gaplashamiz aka"¦)
Suhbatlar har xil mavzuda bo’ldilar"¦ Forum, jamiyat, o’qish, WT, futbol, xozirgi zamondagi yangiliklar va"¦ Va Abdullohning yangi sayti haqida"¦ Shu o’rinda aytib o’tmoqchi edimki,
www.zukko.uz sayti, Abdullohning tashabbusi bilan ochilgan bo’lib, ushbu saytda iqtisodga oid ko’plab qiziqarli va foydali ma’lumotlar mavjud"¦ (Abdulloh, reklama narxini PMga yozib yuboraman. Har so’ziga 5 ming so’mdan bersangiz yetadi"¦)
Endi navbat har bir userlarga alohida sharhga:
AbdulAziz — ajoyib va samimiy inson. Sermulohazali, kamtarin va dunyoqarashi keng. Haqiqiy va ajoyib suhbatdosh. Ular bilan soatlab gaplashsangiz ham zerikmaysiz"¦ Ular bilan biror uzoqroq sayohatga chiqishni juda orzu qilardim.
Akbar (Muhammad Amin deyishga erindim) — o’ta tortinchoq"¦ O’zlaricha men unaqa emasman deydilaru, ammo bitta tarvuz bilan rasmga tushishlari uchun ham rosa yalindik"¦ Ammo bir xislatlarini cheksiz hurmat qilaman. Ular eshitish san’atini biladilar"¦ Bu juda katta gap!
Orif aka — hushchaqchaq ekanlar. O’sha AbdulAziz aka bilan boradigan uzoq sayohatga ularni ham olib ketsak, voobshe zo’r bo’lardi! Aytgancha gap bilan bo’lib, farzandlari haqida so’rashni unutibman. Kichkinalar katta bo’layaptimi, Husniddin aka? (Shu payt bir qiziqarli voqeani aytsam: Orif aka bilan eng ko’p gaplashadigan user Mr.Twister bo’lsa ham, ammo Erkinboy, Orif akaning haqiqiy ismlari Husniddin aka ekanliklarini bilmas ekan. Voy, tovbaaaa!)
Uzmus — Farxod aka ham ajoyib inson ekanlar. Yuzlaridan iymon nuri sochilib turibdi"¦ Dillaridagi bu narsa tillarida ham namoyon ekan. Ilohim, umrlari uzoq bo’lsin, Ollohning o’zi qo’llab-quvvatlasin"¦ Kyimlariga esa respekt!
Chustiy — Aka, yana bir tarvuzdan yeyaylik, iltimos"¦
Abdulloh — ilmli, quvnoq, ochiqko’ngil"¦ Kelajagi "œporloq yo’l savxozida" degan multfilm bo’lardi. Ularni muomala madaniyatiga besh ketaman. Judayam odobli"¦ Judayam"¦
Mr.Twister — Ha, endi bu eski tanish.
www.iguzar.uzdan yodgorlik"¦ Erkinni kutilmaganda, kutilmagan gaplarni aytishi odamni quvontiradi. (Aytmoqchimanki, nima deganlariga tushunmayman)
AbdurRahmon — Begzodbekni yo’q joydan chaqirib oldik o’ziyam. Rejada yo’q edilar"¦ To’satdan kimnidir kallasiga ularni chaqirish fikri kelib qoldi deng! Eh, agar imkonim bo’lganda mana shu fikr chiqqan insonning boshini xuddi Loran Blan darvozabon Bartezning kal boshidan qanday o’pib qo’ysa, men ham shunaqa o’pib qo’yardim. Chunki AbdurRahmon kelgandan keyin davramiz yanada qizib ketdi"¦ Shunaqa qizidiki, men ustimdagi toza turetskiy sport kiyimini yechib qo’yishga majbur bo’ldim (kiyimni toza turetskiyligiga e’tibor bering!). Keyin bilsam, pastimizda o’sha kafening nonvoyxonasi bor ekan, shuning uchun qizib ketayotgan ekanmiz"¦
Bir so’z bilan aytganda, AbdurRahmon haqida birinchi taassurotim ijobiy"¦ Garchi MoyMirda do’stlik taklif qilganimda qabul qilmagan bo’lsalar ham"¦
Ziyovuddin — Shu bolani faqat salom berganda ovozini eshitdim. Kamgap va kamsuqum ekanlar. Nega Muhammad Amin bunchalik xursand desam, ular o’zlariga o’xshagan yana bitta tortinchoq bola kelganidan xursand ekan"¦ Buni ustiga ularni eng chekkaga o’tkazib qo’yibmiz deng. Taklif: bundan keyingi uchrashuvlarda, tortinchoq bolalar o’rtada o’tirishlari shart! Esdan chiqib qolmasin yana!!!
Kim qoldi yana? Haya, kaminaning o’zi qolib ketibdiku"¦ Bizni taniysiz endi"¦ Egnimiz 42, oyog’imizni razmeri 40.. Buyog’i himmatingiz endi"¦
Keyingi uchrashuvlarda ko’rishguncha xayr!!!
P/S:
ChehMikni yo’qligi juda bilindida"¦P/S-2: AbdulAziz aka, o’sha kuni to’g’ri aytgan ekansiz. Esingizdami, xayrlashayotganda, "œSiz bilan ko’p ko’rishamiz, Farg’ona tomonlarga tez-tez borasizu" degandiz. Mana niyatiz xolis ekan, ertaga kechki payt Farg’onaga yo’lga chiqayapman. Komandirovka bilan"¦ 1 haftaga"¦ Ko’rishib qolarmiz-a???