Assalomu alaykum.
Kecha Osh majlisi zo'r o'tdi!!!
Hamma samimiy suhbat, unaqa-bunaqa deyaptiyu, lekin hech kim oshni eslamabdiku! Mulla Chustiyga osh uchun katta rahmat. Biram maza qilib yedimki... Talabaning qorni to'ygani, boy bo'gani deb bejizga aytishmaydiku.
Rasmlarga kelsak, mana bitta havaskorlik ishimiz na'munasi. Garchi yil yakunlari bo'yicha "Eng yaxshi suratchi" nominatsiyasida birorta ovoz ololmagan bo'lsakda, garchi telefonimizning suratga olish sifati a'lo darajada bo'lmasada, ammo baribir bunday unsurlar, "Osh majlisi"dagi do'stona atmosferani ifodalash uchun to'sqinlik qilmagan deb o'ylayman.
Chapdan boshlab sanaymiz:
1. Orif aka -
super professional suratchi.Ammo aka, kecha baribir mehnatizga ichim achidi. Shuncha mehnat qilib obektivni to'g'irlagandiz, AbdulAziz aka bir harakat bilan hammasini barbod qildilarda. Ha, endi nimayam derdik, admin baribir ADMINda. Indamay o'tib ketaveramiz...
Aytgancha Tort uchun katta rahmat!
Bormaganlarga eslatma: ORIF aka uchrashuv uchun maxsus tort olib kelibdilar. Maza qilib desertga yamlamay yutdik.
2. Akmaliddin - Juda kamgap aka ekanlar. Deyarli ovozlarini eshitmadim hisob. Balki bizni ozgina begonasiradilarmi yoki tortindilarmi... Salomat bo'lsinlar.
3. Muazzin - Bu aka bilan futbolda ko'rishgandik. Oma lekin rasmga tushishni qiyib qo'yarkanlar. Fotoaparat o'zlariga qaratilganligini sezsalar, darrov yon tomonga qarab, hayol surib, ko'zlarini pirpiratmasdan, nafas omasdan turarkanlar. Seluet zo'r chiqarkan bu akada.
4. Muhammad Amin -
o'zimizni kuyovbola. Sessiyalarni eson-omon yopib olibdilar.
P/S: O'zbeklar haqidagi fikringizga baribir qo'shilmayman. Har millatning o'ziga xos yutuq va kamchiligi bo'ladi, buni aytish hecham ayb emas. Shotlandlar yubka kiyadigan millat desangiz, ularni haqorat qilgan bo'lmaysizku... Mayli buni hali yana davom ettiramiz...
5. Ziyovuddin -
eng kamgap yigitimiz. Haliyam o'zgarmabdilarey. O'sha-o'sha Ziyovuddin...
6. Chustiy bratan -
super oshpaz, jamoatchi, sportchi... (Shashkada AbdurRohmanni yutganku) Ta'rif shartmasdirey...
Lekin akam, yomonam uylangiz kebdiyey. A desayam to'yni gapirdiz, B desayam...
Uylantiraylik tezroq sizni...
7. AbdurRohman -
yaqinda talabaligi esiga tushgan userimiz. Eng kech kelgan va kech ketgan user.
Muhammad Amindan daftarni oldizmi?
8. TITAN - (Atayin -UZ degan qo'shimchani qo'ymadim, chunki ba'zilarni fikriga ko'ra O'zbek deyish mumkinmasakan...
)))
9. Foniy -
Ko'rinmas moderator. O'xshashlikni qarangki, rasmda ham ko'rinmaslikni afzal ko'rganlar shekilli.
P/S: Aslida ADMINning soyasi ularni to'sib qolibdilar. Ha, endi nimayam derdik, admin baribir ADMINda. Indamay o'tib ketaveramiz...
Aytgancha, Qashqadaryoga yaxshi yetib oldingizmi aka?
10. AbdulAziz -
ADMINISTRATOR!!!Ularni ko'rganda hamma "oooooo" deydi.
Bugun ketmoqchi ediza? Yaxshi yetvoling aka. Uydagilarga salom ayting.
11. Mister-Twister-Ministr-Vandam-Shvarsnegr. (ChehMikning ta'rifi) Bola xursand, sessiyani yopganidan... Keyingi sessiyalarda ham omad. Bu safar 4 omang.
Lekin osh yeyishga yaxshi sherik ekansiz. Kamroq yerkansiz.
))
12. Y_U_R_I_S_T - Kamina. Futbolda ham 12-o'yinchi - bu muxlislar hisoblanadi. Ular maydondan tashqarida turadi. Men ham "maydonda"gi o'yinchilarga chetdan turib muxlislik qilib turdim. Rozi bo'lasizlar...