Diydor shirin  ( 120232 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 23 B


Akbarjоn  30 Yanvar 2010, 20:46:09

Iqtibos
AbdulAziz aka o'z ona yurtiga borib,

ona yurt :) qayer, O'zbekiston emasmi

xa yana bir bora so'radi deb qabul qilishiz xam mumkin :)

Qayd etilgan


Abdullоh  30 Yanvar 2010, 21:00:31

Farg'onani nazarda tutgan edim  ;)

Qayd etilgan


Ansora  31 Yanvar 2010, 16:19:23

Osh- osh, o'zimizni oshni rosa sog'indi-da odam:) Orada o'zim pishiraman, lekin baribiram ko'pchilikka qilingan oshni mazasi boshqacha bo'ladi-da, nima deymiz endi forumdoshlarga osh bo'lsin : )

Biz ham Vatanga kelganimizda nasib bo'lib qolar to'y oshlaridan yeyish...

Qayd etilgan


Mr.Twister  31 Yanvar 2010, 16:27:35

Assalomu alaykum.

Mister-Twister-Ministr-Vandam-Shvarsnegr. (ChehMikning ta'rifi) Bola xursand, sessiyani yopganidan... Keyingi sessiyalarda ham omad. Bu safar 4 omang.
Lekin osh yeyishga yaxshi sherik ekansiz. Kamroq yerkansiz. :)))



4 olmadim 4 qo`yishdi. Oma lekin baho 5 tushadigan bo`ldi... Xvostichka sharofati bilan  :)

Assalamu alaykum!
yo'q olmadim, bugun institutga kelmabdi. ??? ???
U kishi ham siz borganizni ko`rib bormaganlarda. Yoki u yoki men degan naqlda ish ko`rganlar...


Qayd etilgan


Mr.Twister  31 Yanvar 2010, 16:48:05

Kelganlardan boshlasak:

Admin:

AbdulAziz aka - Xuddi oxirgi ko`rganimdagidek yuribdilar, xushchaqchaq, dunyoqarashlari keeeeng

Moderatorlar:

Foniy - U kishini birinchi ko`rishim lekin u kishi meni darrov tanidilar. Ajoyib aka ekanlar

Chustiy- O`sha o`sha Chustiy, faqat tezroq to`y boshlash kerak, aka necha kg sabzi kerak.

Y_U_R_I_S_T - Oshni sevuvchi talaba, Talabaga osh ham ovqat naqlini bilasizmi? Osh bo`lsin. Safar haqidagi xushxabarlarizni kutamiz.

Userlar:

Orif aka - Bizni zemlyak, aka qachon Buxoroga qaytamiz. Siz bilan suhbatlashib yurtga qaytish niyat bor.

Ziyovuddin - O`sha kamgap bola, faqat shu uchrashuvga ovozlarini eshitdim, gapirsalar ham konkret qilib gapirarkanlar... Chustiyning iltimoslariga javoblaridan bildim

TITAN-UZ - Srochniy topilishi kerak bo`lgan userlardan, srochniy yetib keldilar. Aka, kelib xursand qildiz

Muhammad Amin- Talaba, kuyov bola, Akbawr nomlari bilan tanilgan userlardan, har bir gapni o`ylab gapiruvchi user.

Abdurohman - Talaba, xushchaqchaq, buxorolik, uni ustiga kechikuvchi user, albatta sababli kech qoldilar. Dekan, zamdekanlar bilan primoy aloqaga chiqarkanlar, voy uzr to`g`rirog`i ular bu kishi bilan primoy aloqaga chiqadiar

Muazzin - Forum>>Fudbol>>Dasturxon atrofi>>va osh shu ketma-ketlikda suhbatda bo`ldik. Yashang aka.

Akmallidin- U kishining faqat qayerda o`qiysiz va nechanchi kurs degan gaplarini eshitdim

Va oddiy, uchrashuvga kelgan eng kichik user:[/b]
 
Mr.Twister - Oddiygina, shu postni qo`ygan user... Bu post uchun otmoqchi bo`lgan pomidor, kartoshkalarni iltimos o`zimga bering, har holda talabaman  :)

Qayd etilgan


Mr.Twister  31 Yanvar 2010, 17:36:03

Men rozi! Uylanmagan qo`chqorning go`shtidan yeyishga uylkangan userlar ham kelishsin!!! Faqat bo`ydoqlar emas.  :)

Qayd etilgan


Chustiy  31 Yanvar 2010, 18:46:12

Tarifni ham keltiribsizlar....

Bugalgi yig'ilshda bir Uylanmgan qo'chqorni go'shtidan SOMSA xo'rlik qilaylik BESHPANJADA yaxshi qiladi somsani... ;)

NIma dediylar.......




Man za man... Darhaqiqat yaxshi somsa qilishadi... Qachon boramiz??  :o

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Yanvar 2010, 19:27:32

Assalamu alaykum!
Uchrashuv juda go'zal o'tdi.

Avvalo Chustiyga tashakkur aytaman. Bu bolaning tashkilotchilik qobiliyatiga yana bir bora qoil qoldim. Garchi markazdan ancha uzoq bo'lsa-da, har kunlik oshiyonida 2 soat ichida 13 kishini to'play olish hammaga ham nasib etavermaydigan san'at va qobiliyatdir.

Oshni chiroyli qilib tayyorlab bergan akamizga (baraka topkur, ismlari esdan chiqdi) hamda uni bizlar uchun tayyorlagan Chustiy va Vakiyljonga ham tashakkur. Ishqilib, bizdan keyin yig'ishtirish-tozalash ishlari bilan kech qolib ketmadinglarmi?

Tashrif buyurib, orifiy va akmaliy, erkin fikrlari ila qalbimizni ziyoi akbar ila bahramand etgan, diydori bilan bizni xushnud etgan, behro'z rizqimiz o'lmish palovxonto'rani taqdim etmoqqa vakil bo'lgan siz azizlarga tashakkurimni izhor etaman. Bu foniy dunyoda Alloh hammamizga rahm aylasin. Doimo muazzinning azoniga labbay deydiganlardan qilsin!

Uchrashuvga kela olmagan, barcha ishtirokchilarga salom yo'llagan Abdulloh, Akbarjon, Chehmik, Registon va boshqalarga ham bizlarning salomlarimiz bolsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Yanvar 2010, 19:28:45

Rasmlar ko'p olinmadi. Shunday bo'lsa-da ulari taqdim etishga harakat qilaman:



Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi. Chustiy juda ayyor ekan. Tovoqning ustida go'stlari ko'rinmasa-da, ichi to'la go'sht ekan. Foniy ikkalamiz zo'rga yeb tugatdik.

Keyin yana bir gap. Anau ORIF deganlari yaxshi bolamas ekan. Osh suzib kelib, dasturxonga tortildiyu, hamma rasmga tushsin deb fotoapparatimni rosa chuqiladi-da, naq 7 minut ovora bo'ldi. Natija chiqmadi. Oshning sovigani qoldi, xolos. Xullas, o'sha rasmlardan biri. oshga mahtal bo'li o'tirishgani shundoq ma'lum bo'pturibdi. ORIF aka, o'shanchun keyingi safar o'zizi camerangizni ko'tarib kelib, qush tilini qush biladi-da :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Yanvar 2010, 19:29:34



Ha, bu vaziyatda YURISTimiz va'dalariga ko'ra, ustozi a'lamlari hazrat Chehmik uchun rasm tushirish bilan band ekanliklarida olingan. Shu bolagayam hayronman. Kelishi bilan aparatini yoqvolib, shu ustozi bilan chatlashdi xolos. Orada, salom ham aytib turdi, harqalay.



Ha, mana o'zlari. Ha, aytgancha, Chustiyning baliqlari katta bo'pqopti. Sotish niyati ham yo'q emas ekan. Akvariumni ustida turgan ORIF akaning torti.

Qayd etilgan