afsus man qatnasha olmayman. Buxoroga qaytyapman
Havotir olmang, InshaAlloh sizning ulushingizni ham men yeb qo'yaman.
Shunday qilib, Abdulloh Erkinning hissasini ham paqqos tushirdimi?
PS. Kimlar qatnashdi?
Shu desangiz aka, meni Abdulloh rosa "pushka"ga qo'yibdi deng... Tarki odat amri mahol deganlariday, har doimgidek 1 soatga kechikib bordim :-) Borsam hamma menga yomon qarayabdi... Nimaga ekan desam, Abdulloh akamiz Y_U_R_I_S_T Twisterni haqini ham yeyman degandi, bugun ularga 2 hissa berishimiz kerak deb aytib qo'ygan ekan. Menga majburlab yedirishdi...
Kelganlardan:
Muhyiddin (oldingi Uzmus)
Muhammad Amin
Ziyovuddin
Titan-Uz
Chustiy
AbdurRohman
Abdulloh
Qaysar (arbuz.com dan)
Y_U_R_I_S_T
hamda qadrdon 3 ta og'aynilarimiz...
Ammo AbdulAziz aka, yoshlar sal neto ish qilib qo'yishibdi men kelgunimgacha
Xullas deng, yuqorida aytgan 3 ta birodarimiz bizning faxriy mehmonlarimiz ekan. Ya'ni
Kapalak opaning ukalari (rodnoy) hamda ularning 2 ta o'rtoqlari... Shundoq mehmonimiz kelgan ekanu, ular munday bir suhbatlashmabdiyam bafurja. Men kelganimdan keyin ham tanishtirishmadi deng. Keyin ular vaqtliroq uzr so'rab ketishdi.
Xullas shunaqa gaplar...
Kapalak opa, ukangiz bilan ko'rishdik. Sizga salom aytdi deb yolg'on aytolmaymanu, lekin baribir ko'zlaridan sezilib turdi
Noqulaylik uchun uzr, keyingi safar albatta suhbatlarini olamiz.
Ma'lumot uchun: Kapalak opamizni ukalari ham oshpaz ekanlar...