Onamdan har kuni tanqid gaplarni eshitaman. Ming ishimdan boshqalar baraka top, juda yaxshi ish qilibsan deyishsa-da, onam teskari tanqid fikrlarini bildiradilar. Axiyri bir kuni so'radim, nega hammaga ishim ma'qul keladi, rahmat aytishadiyu sizga yoqmaydi bu ishim deb so'rasam, onam: ertaga yangi hayotga qadam qo'yganingda bu gaplarimdan ham murakkab vaziyatlarga duch kelishing mumkin, shunga tayyor bo'lgin deyman deb javob berdilar. Shu tanqidlari orqali bizni pishitarkanlar. Men esa hafa bo'b yuribman...