PIYOLA
Ko'p qavatli uyning yuqori qavati derazasidan choy qoldig'ini to'kmoqchi bo'lib,
qo'lingizdan piyola sirg'alib tushib ketdi... Piyola sinmay qolishi mumkinmi ?
Agar mumkin bo'lsa, siz bilan bitadigan nima amal borki, uni saqlab qola olsangiz ?
Qo'lidan piyolasi sirg'alib ketgan odam faqat 2 narsaga qodir : 1. Piyola sinmay
qolishini qattiq hohlashi, ya'ni orzu qilishi mumkin; 2. Yoki uzining qilgan ishidan
norozi bo'lib , pushaymon bo'lishi mumkin. Baxtga qarshi bu ikala usul ham piyolaga
yordam bera olmaydi. Uning sinmay qolishi esa , Allohning irodasi bilangina bo'ladi.
Shunday ekan mazkur holatda, faqatgina Allohdan so'rash va unga Tavakkul qilishdan
o'zga chora yo'q. Aslida bizning hayotimizda kechayotgan barcha hodisalar, huddi
havoda uchib tushayotgan piyola kabidir. Tug'ilishimiz o'zimiz bilan bitmagani kabi,
o'lishimiz ham biz bilan bitmaydi va hokazo... Shariat esa bizga , choy qoldig'ini
derazadan to'kmaslik kerakligini o'rgatadi (bu misol nisbiy ma'noda). Chunki, piyola
qo'limizda turgan paytda bizda imkon katta edi, sirg'alib tushgach esa, nima bilan
tugashi bizga bog'liq emas. Hayotda ham shariat imkoniyati bor amalni qilishga
buyuradi yoki qaytaradi, sizning imkoniyatingizdan tashqaridagilarini esa Allohga
topshirasiz-tavakkul qilasiz. Masalan, mo'minaga uylanish shariat chegarasi, bunga
qattiq turib olib amal qilishingiz mumkin. Lekin, u ayol to'ydan keyin qancha umr
ko'radi, iymondan chiqib ketmaydimi , qisqasi sizga munosib bo'ladimi yo'qmi , erta
nima bo'lishini bilmaysiz-ku. Qani bu orzularni amalga oshirish uchun nima amal qila
olasiz? Faqatgina so'rash va tavakkul qilishingiz mumkin. Ya'ni, siz avvalo shariat
buyurganidek amal qiling va siz bilan bitmaydiganlarini esa Allohga topshiring. Xuddi
oyatda aytilgandagidek, "otingizni avval bog'lang, so'ngra Allohga tavakkul qiling " .
Otni yechib yuborib, Allohga topshirdim deb bo'lmaydi. Mo'min kishi bo'lib o'tgan
narsalarga pushaymon bo'lmasligi, hali bo'lmagan narsani orzu qilmasligi kerak.
Shariat buyurgan chegarada amalga qattiq turib, qolganini Robbisiga topshirsagina,
iymon halovatiga erishadi, inshaAlloh...