Muallif Mavzu: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...  ( 28735 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« : 23 Oktyabr 2009, 00:12:00 »
                                        IKKI SOHIL

   Keng va sersuv daryo oqib turibdi… Daryoning ikki sohili esa
tumonat odam bilan gavjum. Sohilning bir tomonidagilar hammasi ikkinchi
tomonga o’tish talabidalar. Ikkinchi tarafdagilar esa, ularni harakatsiz va jim
kuzatmoqdalar. Daryoning u tomoniga olib borish uchun, har hil kattalikdagi
qayiq va sollar turibdi(1 kishilik, 2 kishilik va 15-16 kishilikkacha).Garchi
hamma daryoning narigi sohiliga o’tishga intilsada, ularni tanlaydigan va
qayiqqa jamlaydigan mas’ul Zot bor. Ya’ni har kim o’zi hohlagan vaqtda
va o’zi hohlagan kishilar bilan sherik bo’lish huquqidan mahrumdir. Har bir
qayiqda Darg’a(kapitan) va uning yordamchisi tayinlanadi. Daryonning eni
shunchalik kengki, uni suzib o’tish uchun yillar kerak…
   Suzib o’tish jarayonida ham kemaga yangi yo’lovchilar mindiriladi va
yoki aksincha, ayrim yo’lovchilar yo’lda tushirilib qoldiriladi yoki boshqa
qayiqqa mingashtirib yuboriladi. Qayiqdagi oddiy matroslar ham tajriba
orttirgach boshqa qayiqqa Darg’a qilib olib o’tiladi…



Bu keng daryo – Hayot daryosi bo’lib, biz tirik insonlar ayni damda uni suzib
o’tayotgan yo’lovchilarmiz. Sohilning bir tarafidagilar hali yorug’ dunyoga
kelmagan, lekin Allohga Miysoq va’dasini bergan insonlar, narigi sohildagilar
esa hayotdan ko’z yumgan marhumlardir. Katta-kichik qayiq va sollar esa –
oilalardir. Dar’g’alar-otalar, uning yordamchilari esa-onalardir. Bizning qachon
dunyoga kelishimiz, biz bilan bitmaganidek, qaysi qayiqqa tushishimiz ham biz
bilan kelishilmaydi. O’zimiz ulg’ayib yangi qayiq Darg’asi bo’lganimizdan keyin
ham, qanday yo’lovchi(farzand)lar qayig’imizga mindiriladi biz bilmaymiz.
   Ha, birodarlar har bir Inson hayotga yolg’iz dunyoga keladi va qabrda
ham bir o’zi yotadi. Va har bir Inson o’z qilmishiga o’zi javob beradi. Ota-onalarimiz,
aka-ukalarimiz, opa-singilu, farzandlarimiz, Alloh bizlarni bir qayiqqa joylashtirgan
yo’ldoshlarimizdir. Hech kimga qattiq muhabbat qo’yib bog’lanib qolish yaramaydi!
Faqatgina vazifa va burch yuzasidan bog’lanish kerak. Matroslar o’z vazifasini qoyil
qilib bajarishlari kerak, Dar’g’a bo’lgach ham o’z vazifa va burchlarimizni anglab
unga musthkam amal qilmasak, qayiqlarimizda intizomsizlik yuzaga keladi. Agar
qayig’ingizga solih yo’lovchilar minishini hohlasangiz, duoga qo’l oching…
« So'nggi tahrir: 23 Oktyabr 2009, 12:03:56 muallifi Abu Muso »

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #1 : 23 Oktyabr 2009, 00:59:59 »
                               Idishlar va suv

Tumonat haloyiqqa har hil hajmdagi idishlar berilgan. Hamma bir hil
vazifa: dengizdan suv olib kelish topshirilgan. Suvni olib kelish manzili
belgilangan. Kimgadir chelak, kimgadir obdasta, kimga piyola, kimga
angishvona. Ba’zilatga hatto 10 tonnalik suv tashiydigan mashina ham
berilgan . Hullas idishlar turli hil va turli hajmda. Dengiz esa undan
qancha ko’p suv olinsa ham sira kamaymaydi. Haloyiqdan kimlardir
qo’lida idishi boru uni nima qilish kerakligini ham bilmaydi. Kimlardir
zudlik bilan idishni to’ldirish bilan band. Vaqt esa o’lchab berilgan, go’yo
imtihondagidek. Lekin, manzilda esa suv o’lchab qabul qilinadi. Kimlardir
angishvonani liq to’ldirgan odamlardan kulib chelakni 1/10 ini to’ldirib
borsam ham undan ko’p meniki deb, beparvoroq yurbdilar. 10 tonna sig’imli
idshi borlar esa umuman ham beparvo, chunki 1/100 ini olib borsam ham,
hammasidan ko’p suv olib brogan bo’laman deydi va hokazo… Kichik,
idihslilar esa, katta idishlilarga havas va hasad qilishadi, ularga mazza deb.

Manzilga ketib kelingach esa, suvning miqdori bilan emas, berilgan idishning
qanchalik to’ldirilgani bilan hisob-kitob qilinadi. Shunda kichik idishlilar
hursand bo’lishadiki, katta idishning o’ziga yarasha mas’uliyati ham bor
ekan, deb. Katta idishlilar esa , uni bekor to’ldirmaganliklaridan afsuslanadilar.
Miqdori ozgina bo’lsada, idishi liq to’ldirganlar esa izzatda bo’ladilar.

Ha birodarlar, suv – solih amal, idishlar – insonga berilgan imkoniyatlar,
manzil – mahshar maydoni. Hulosa qilish esa, sizlardan …
« So'nggi tahrir: 23 Oktyabr 2009, 12:06:11 muallifi Abu Muso »

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xuolasalar...
« Javob #2 : 23 Oktyabr 2009, 01:14:12 »
Alloh rozi bo'lsin

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #3 : 23 Oktyabr 2009, 02:15:15 »
                                                            PIYOLA

Ko'p qavatli uyning yuqori qavati derazasidan choy qoldig'ini to'kmoqchi bo'lib,
qo'lingizdan piyola sirg'alib tushib ketdi... Piyola sinmay qolishi mumkinmi ?
Agar mumkin bo'lsa, siz bilan bitadigan nima amal borki, uni saqlab qola olsangiz ?
Qo'lidan piyolasi sirg'alib ketgan odam faqat 2 narsaga qodir : 1. Piyola sinmay
qolishini qattiq hohlashi, ya'ni orzu qilishi mumkin; 2. Yoki uzining qilgan ishidan
norozi bo'lib , pushaymon bo'lishi mumkin. Baxtga qarshi bu ikala usul ham piyolaga
yordam bera olmaydi. Uning sinmay qolishi esa , Allohning irodasi bilangina bo'ladi.
Shunday ekan mazkur holatda, faqatgina Allohdan so'rash va unga Tavakkul qilishdan
o'zga chora yo'q. Aslida bizning hayotimizda kechayotgan barcha hodisalar, huddi
havoda uchib tushayotgan piyola kabidir. Tug'ilishimiz o'zimiz bilan bitmagani kabi,
o'lishimiz ham biz bilan bitmaydi va hokazo... Shariat esa bizga , choy qoldig'ini
derazadan to'kmaslik kerakligini o'rgatadi (bu misol nisbiy ma'noda). Chunki, piyola
qo'limizda turgan paytda bizda imkon katta edi, sirg'alib tushgach esa, nima bilan
tugashi bizga bog'liq emas. Hayotda ham shariat  imkoniyati  bor amalni qilishga
buyuradi yoki qaytaradi, sizning imkoniyatingizdan tashqaridagilarini esa Allohga
topshirasiz-tavakkul qilasiz. Masalan, mo'minaga uylanish shariat chegarasi, bunga
qattiq turib olib amal qilishingiz mumkin. Lekin, u ayol to'ydan keyin qancha umr
ko'radi, iymondan chiqib ketmaydimi , qisqasi sizga munosib bo'ladimi yo'qmi , erta
nima bo'lishini bilmaysiz-ku. Qani bu orzularni amalga oshirish uchun nima amal qila
olasiz? Faqatgina so'rash va tavakkul qilishingiz mumkin. Ya'ni, siz avvalo shariat
buyurganidek amal qiling va siz bilan bitmaydiganlarini esa Allohga topshiring. Xuddi
oyatda aytilgandagidek, "otingizni avval bog'lang, so'ngra Allohga tavakkul qiling " .
Otni yechib yuborib, Allohga topshirdim deb bo'lmaydi. Mo'min kishi bo'lib o'tgan
narsalarga pushaymon bo'lmasligi, hali bo'lmagan narsani orzu qilmasligi kerak.
Shariat buyurgan chegarada amalga qattiq turib, qolganini Robbisiga topshirsagina,
iymon halovatiga erishadi, inshaAlloh...
« So'nggi tahrir: 23 Oktyabr 2009, 12:15:26 muallifi Abu Muso »

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xuolasalar...
« Javob #4 : 23 Oktyabr 2009, 11:45:30 »
:bsm:

                                        Qasri orifon

10 yillar oldin hayotimda bo'lib o'tgan bir voqea yodimga tushdi ...

    Buxoroga Hazrati Bohovuddin Naqshbandiyni ziyorat qilishga boradigan bo'ldik.
Tariqatdan habari bor bir inson , u erda Hazrat Bahovuddinning shogirtlarini oriflik
darajasiga tarbiyalaydigan chillahona borligini aytdi. U er qarovsiz ekanligini va
joylashgan o'rnini tushuntirdi . Bilmadim Buxoroga bo'lgansizlarmi, yo'qmi ziyoratgah
huddi namoyish bo'layotgandek , odam g'ij-g'iz...
   Men esa ziyoratgoh qolib qabristonda timirskilanib yuribman. Ohiri bir kishi arang
sig'adigan tuynukni topdim, pastga zina olib tushar ekan. Tot yo'lak atrofida kichkina-
kichkina 10dan ziyod hujralar joylashgan. Ularda faqat o'tirish mumkin , hatto tik turib
bo'lmaydi. Namoz o'qiladigan alohida kichikroq hona bor. Qorong'ulik shu darajadaki ,
qo'lingizni yuzingizga yaqin olib kelsangiz ham hech narsa ko'rinmaydi ... Qiziq holat
qorong'ulik ham ko'zga tiqilib qolar ekan . Er ostidagi sukunatdan quloq yorilib ketguday
qomatga keladi, bo'lmasa jim-jitlik... Bunday holatlarni er ustida topib bo'lmaydi. Hujralar
ham qabr lahadiga o'hshatib kovlangan . Tayorgarlik bilan borganman, joynamozu tasbeh
 bilan. Bir hujraga joylashdimu, qo'limdan kelgancha istig'for aytishga, Allohni zikr qilishga
harakat qila boshladim. Haqiqiy qbrdagi holat ..! Faqat nimadir ichimdan yorug' dunyoga
tezroq qaytishga undardi, yo'q bu qo'rquv emas, menimcha tiriklik Nafsi edi bu . Qisqasi
er ostida nima bo'lishini ana o'sha holatda his qilganman . Va o'tmish ajdodlarimiz qay
yo'l bilan o'z nafslarini engib, Allohga qurbat hosil qilganlariga tahsinlar aytganman.
O'rtadan dunyo degan tushuncha ko'tarilib , Alloh bilan yakka hilvatda qolinadi, hatto eng
 yaqin do'stlaringiz ko'z va quloq keraksiz narsaga aylanib qoladi...
    O'sha qishloqni adashmasam "Qasri orfon" deb atalardi . Haqiqiy "Qasri orifon" esa
qabristonning o'rtasida kishi bilmas joyda ekan , bilmadim hozir u joylar shunday qolganmi ,
yoki ziyoratgoh ansambliga qo'shib olinganmi , bilmadim. Kimda ma'lumot bo'lsa, yozsin .
Bunga 10 yillardan oshdi...
   Aytadilarku er ustida nima ko'p ?- Orzu havas ko'p ! Er ostidachi ?- Afsus nadomat
ko'p !, deb.
« So'nggi tahrir: 23 Oktyabr 2009, 16:59:54 muallifi Abu Muso »

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #5 : 23 Oktyabr 2009, 12:20:27 »
:bsm:

                                               Qiyos...

Hamma forum ishtirokchilari kompyuterdan foydalana olishadi va uning
ishlash printsipini qisman bilishadi. Shunday bo’lsada bir eslab o’tsak,
comp ishga qo’shilganda, Winchester aylana boshlaydi va undagi
ma’lumotlarni  o’qish uchun golovka birinchi kelib  tekshiradigan qismi
“boot sector” deyiladi. Agar compimizda operatsion sistema(OS) o’rnatilgan
bo’lsa, o’sha “boot sectorga” yozilgan bo’ladi. Birinchi bo’lib compga
yuklanadigan dastur OS bo’ladi va u keyin ishga tayyorligini bildiradi.
Agar OS “boot sector”dan boshqa joyda bo’lsa, komp boshqa “nositel”
(DVD ROM, Floppy)larga murojat qiladi. OS ni topa olmasa, u o’z ishini
to’htatadi. Ichida qancha ko’p ma’lumotlar bo’lishiga qaramay, biz ulardan
foydalana olmaymiz, toki OS o’rnatmagunimizcha. Boshqa proga va
ma’lumotlar Winchester hotirasida saqlangani bilan, qachongina biz unga
murojat qilsakkina aktivlashadi, ya’ni ishga tushadi…

Insonni agar compga qiyoslasak, Winchester uning hotirasi, OZU(DDR)
uning aqli, ma’lumotlar va progalar uning bilimlari, “boot sector” qalbi,
OS esa Iymoni bo’ladi! Bilimlarimiz o’zimizda saqlansada, ehtiyoj
bo’lmaguncha ularga murojat(aktivatsiya) qilmaymiz. Iymon(OS) bo’lmasa,
o’rganilgan bilimlardan maqsadli foydalana olmaymiz. Masalan, tahorat
qilmoqchi bo’lsak, o’sha ma’lumotga murojat(aktivatsiya) qilamiz va
hokazo… Lekin, Iymon esa biz ertalab uyg’ongan soniyamizdan yuklangan
bo’lishi va u to uhlagunimizcha (o’chgunimizcha) aktiv holda bolishi
lozim! Buning ucun esa Iymon(OS) Qalb(boot sector)da bo’lishi kerak.
Aks holda, faqat namoz o’qiyotganda, yoki duo qiloyatganda, yoki
biror musibatga yo’liqqandagina Iymonga murojat qilib qolamiz va
o’zimizni kechira olmay yuramiz “nega shunday” deb. Huddi OS
yahshi o’rnatilgan compda hech qaysi proga otkaz qilmay ishlaganidek,
agar Iymonimiz ertadan kechgacha biz uchun Sistemadek hizmat qilib
tursa, inshaAlloh amal va ibodatlarimiz bizga sira ham malol kelmaydi.
Endi bir o’ylab ko’raylik, OS imizni qaerga va qanday o’rnatganmiz?

Agar, noto’gri taqqoslash bo’lgan bo’lsa uzr. Postda hech qanaqa
manbadan foydalanilmadi :)

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #6 : 23 Oktyabr 2009, 16:31:14 »
                                                   :bsm:

                                                     Aql va Qalb

Faraz qiling, uyda non qolmagani uchun ko'chaga non harid qilish uchun chiqdingiz...
Non yo'qligi haqidagi habarni eshitishingiz bilan, bunga qasd qilgan edingiz. Shu qasd
bilan kiyimlarni almashtira boshlaysiz, pul olasiz, idish olasiz va hokazolar... Har bir
amalni qilishingizda aqlga bevosita murojat qilasiz. Masalan shimni kiyishda, tugmalarni
qadashda, hattoki qaysi kiyimingizni ko'chada kiyish mumkinligini ham o'ylab korasiz. Siz
holagan kiyimda biror kamchilik bo'lsa, darhol boshqa variantlarni o'ylab ko'rasiz. Bu hali
uydan chiqmay turib aql yurgizgan narsalarning ayrimlari holos! Ko'chada esa yana yangi
vazifalar bor aqlingiz uchun. Non harid qilish uhun yo'nalish qaysi tarafda bo'lishi kerak,
vaziyatga qarab qaysi transportda borish eng optimal variant, bular zinadan tushayotgan
lahzalarda o'tib ketadi aqldan. Lekin halyam, nonga ketayotganingiz haqidagi qasd o'zgarmay
turipti. Yo'lni kesib o'tguncha ham aql tinimsiz ishlaydi, qizil yondimi yashil, neksiadan oldin
o'taymi tikodan keyin va hokazolar. Agar biror tanishni ko'rib qolsangiz-chi? Endi unga aytilishi
lozim bo'lgan gap va so'zlar ro'yhatini ishlab chiqadi aql bechora:) Chunki har bir tanishga hos
bo'lgan o'z tarihi bor, unga qo'llaniladigan hazil iboralaru, kimi kasalligi haqida ham aqlni
zo'rlaysiz hotira qasriga qayta-qayta kirishga. Lekin shunda ham men o'zi nimaga ko'chaga
chiquvdim, deb qasdingizni unutmaysiz. Bunday tanishlardan yo'lda qanchasi chiqsa han, aql
bechora majbur hammasiga tegishli dokladni tayyorlab berishga. Aqlda sodir bo'lishi mumkin
bo'lgan protseeslarni tasavvur qila oldingizmi? Biz misol keltirganimiz 100 dan biri ham emas!
Aql qancha mashg'ul bo'lmasin ham, biz uydaligimizda qilgan qasd bo'yicha harakatda davom
etaveramiz va uni sira ham unutib qo'ymaymiz. Agar ko'chaga chiqib, yo'lni kesib o'tishda aqlimizni
ishlatganimiz uchun, qaerga ketayotganimizni unutib qo'yaversak, bizga ruhiy shifokor zarur!
Teskari holda ham huddi shunaqa, menga nonga ketyapman deb tinimsiz ichimizda takrorlab
unutib qo'ymasligimiz uchun, tanishlarga salom bermasak, yoki uzr gaplasha olmayman, bo'lmasa
unutib qo'yaman qaerga ketayotganimni, desak:) Yoki Majnunga o'hshab non olish ishtiyoqi
zo'rligidan, yo'lni kesib o'tishda qoidaga rioya qilmay mashinalarni ko'rmay-sezmay qolsak
ham, bizga ruhiy shifokor zarur! Sog' odamning hammasi ana shu protsesslarni joy-joyiga
qo'ya oladi. Demak, bizda bir tokcha bor, unga biror narsani qo'ysak to o'zimiz olmaguncha
uni birov ola olmaydi. Aql qancha ko'plab operatsiyalarni bajarsada, unga bog'liq bo'lmagan
holda informatsiya saqlanib turadigan seyfimiz bor ekanligiga shubha yo'q!

Bu tokcha-seyfni Qalb desak, unda niayt, ihlos, qasd, iymon, umidvorlik, qo'rquv kabilarni
joylashtirsak, aql shar'iy amallar hisobini kontrol qilsa ham, qalbdagi narsalar o'zgarmaydi.
Namozda qalb nima uchun va kimga ibodat qilayotganini his qilib tursa, namozdagi amallar
soni ko'pligi unga tahdid qilmaydi. Agar qalbda turishi zarur bo'lgan narsalarni ham aqlga
joylasak, aql bu bir bozor kabi, maqsaddan og'ib ketamiz. Keyin ko'nglimiz to'lmaydi namoz
o'qidikmi yoki yo'qmi, deya. Yoki aksincha sajda qildimmi, qilmadimmi, necha rakaat bo'ldi,deb.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, Alloh ne'mat qilib bergan qalb va aqlni tanib farqlay olishimiz
kerak. Masalan, namozdagi farzlar ichida hushu' va huzu' yo'q, lekin ularning har birisiz, ya'ni
farz amallarisiz ham, hushu' va huzu'siz ham namoz namoz bo'lmaydi. Hamma farzni qoyil
qilib bajargan holda namoz o'qish sahnasini o'ynagan aktyorga savob yo'q-ku!
Bu haqda yozsa tugashi juda qiyin ekan :)

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #7 : 23 Oktyabr 2009, 16:57:03 »
                                                       :bsm:

                                                      Ikki shart

Shu o'rinda aql va qalb haqida ba'zi bir qarashlarimni yozishni lozim topdim...

Bizga ma'lumki, solih amalda ikki shart bor: 1. Alloh uchun bo'lishi. 2. Alloh buyurganidek bo'lishi.
Yoki boshqacharoq qilib aytsak, Ihlos va Shariatga mos bo'lishi kerak. Bu ikki omil huddi qushning
ikki qanoti kabidir, ikkovidan biri bo'lmasa ham maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Misol: 1.Teatrda Navoiy
rolini o'ynayotgan aktyor, stsenariy bo'yicha asr namozini o'qidi. Sahnada u yuzlangan tomon qiblaga
mos tushdi, vaqti ham aynan asr vaqtiga mos tushdi. U o'z rolini professional holda o'zlashtirgan,
chunki tomoshabinlar orasida namozhonlar juda ko'p, shuning uchun tahorat va namoz shartlarini
ham pisoladagidek o'rgangan. Hullas tahoratdagi 4 farz va namozdgi 12 farz bajarildi, erta u vafot
etgach, bir martagina bo'lsa ham asr namozini o'qigan edim, desa shu davosi inobatga o'tadimi?
Yo'q! Chunki 1-shart bajarilmagan, Alloh uchun amal bo'lgani yo'q, tirikchilik uchun amal bo'lgan.
2. Alloh uchun bir insonga yahshilik qilishni qasd qilib chiqsanizu ko'chada bir stakan aroqqa eta
olmay qiynalib yotgan alkashga duch kelib qolib, uning istagini bajarsangiz, yoki biror beva ayolga
u ham insonku, deb "yahshilik" qilsangiz(Misolim qo'polroq chiqqani uchun uzr.), maqsad hosil
bo'ldimi. Ya'ni erta Qiyomatda siz ayta olasizmi, men ikki insonning hojatini holis O'zingning
roziliging uchun chiqarganman, deb? Yo'q! Bu misolda 2-shart bajarilmayapti, amal Alloh
buyurganidek bo'lmadi va undan qilingan madsad amalga oshmaydi.

Amallarimizda ikki muhim shart bajarilishi uchun, bizga ham Iymon, ham Ilm zarurligi ma'lum
bo'ldi. Bu ikki faktorning esa, maskani ikki joyda: Iymon qalbda, Ilm esa aqlda bo'ladi. Demak,
mo'min kishi har bir a'zosini Alloh uchun buyso'ndurgani kabi, Aqli va Qalbini ham Alloh uchun
hizmat qildirishi zarurdir. Agar biz aqlan Allohni tan olsagu, qalban unga ishonib iymon keltirmasak,
komil mo'min bo'la olmaymiz. Yoki aksincha, Allohga qalban iymon keltirib, amallarimizni o'zimiz
aqlimiz bilan to'g'ri-noto'g'riligini o'lchab yursak ham, komil mo'min bo'la olmaymiz. Buning misoli
huddi oilada o'g'il namozhonu, ota kofir yoki ona hijobdayu ota qimorboz kabi. Alloh Ta'olo bizlarni
Islomga to'la holda kirishga undaydi Qur'oni Kariymda, demak tanamizdagi hamma a'zolar bilan
birga aqlimiz, qalbimiz va hatto nafsimizni ham musulmon qilishga harakat qilishimiz kerak!
Qalb - bu hohishlar-istaklar, hissiyot va hokazolar markazidir. Aql - bu bilimlar, hotiralar tafakkur
va eng asosiysi foyda va zarar hisob-kitob qilinadigan markazdir. Demak biz hohishu-istaklarimiz
va hissiyotlarimizni ham jilovlab ularni Islomiy holda bo'lishini ta'minlasimiz kerak. Bu bizga
dil ibodatlari(iymon, ihlos, tavo, hushu', Alloh uchun yahshi ko'rish va ...)ni, yana bevosita tana
ishtirok etmaydigan ibodatlarni ko'proq qilishimizga imkon yaratadi. Tafakkur va tadabburimizni
to'g'ri yo'naltirishga ishlatsak esa, bu Aqlimiz endi bizga dunyoviy foyda-zararni emas, balki nima
qilsam savobi ko'proq bo'ladi, deb hizmat qilishini ta'minlaydi. Huddi bir juda ilmli kishi Islomga
kirsa, o'quvchi bolaning Islomga kirganidan farqli ravishda, ilmli  odamning Islomga ko'proq foydasi
tekkani kabi. To islomni qabul qilmagunlaricha Aqlimizni va Qalbimizni da'vat qilishdan to'htamaylik!
Hadislarda aytiladiku, yahshilikna eng avvalo o'zingdan boshla, deb. Alloh Ta'olo hammamizga o'zini
tanitsin va o'zi rozi bo'ladigan holda umr kechirishimizni nasib etsin. Amiyn.

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #8 : 23 Oktyabr 2009, 17:08:20 »
                                    :bsm:

                                Tasbeh...

Shu mavzuga oid yana bir misol haqida gapirmoqchi edim...
Zikr - qanday ibodatligi hammamiz ma'lum. Ana shu ibodat
ham dil ibodatlaridandir. Demak bu ibodat qalb bilan bajarilar
ekan. Ko'p holatda biz, aql va qalbni farqiga bormaganimiz uchun,
zikr qilamiz deb harakat qilamizu, boshimiz zo'riqib-og'rib qoladi.
Nega? Chunki biz zikrni qalb bilan emas aql bilan qilishga harakat
qildik! Aql esa, go'yoki bir bozor, unda nimalar yo'q... Huddi
odam tirband g'ala-g'ovurda bemalaol ibodat qila olmaganimizdek,
aql bozorida zikr ibodatini bajarib bo'lmaydi. Hayotda ham dunyoviy
ehtiyoji bor odam bozorga boradi, ibodat qilmoqchi bo'lgan odam esa,
masjidga boradi. Bizning masjidimiz esa - qalbimizdir! Avvalo masjidimiz
shahrimiz(tanamiz)ning qaerida joylashgan topib olishimiz zarur. Keyin
esa u masjidni tozalab, unda ibodat qilib uni obod qilishimiz zarur.
Albatta bu Aql bozorida yurib bezor bo'lgan va ibodat uchun hilvat
izlaganlar uchundir. Zikr ibodatini qalb bilan qilishimizga , aqlimiz
halaqit beradi. Alloh, deb bir aytamizu, aql bizga boshqa hotiralar
va fikrlar berib, yo qalbdan chqarib oladi yoki yo'ldan qaytaradi.
Bunday bo'lmasligi uchun biz aqlimizni aldashimiz kerak. Huddi bir
kitob o'qish yo dars qilishingizga, yosh bola to'polon qilib halaqit
qilsa, yo uni qo'rqitasiz jim,deb, yoki quvib yuborasiz, yoki o'yinchoq
va yo biror yumush berib ovora qilib qo'yasiz. U ovora bo'lib turgan
vaqtdan esa unumli foydalanib olasiz. Buning yo'lini ajdodlarimiz
o'ylab topihsgan - Tasbeh! Biz qo'lga tasbeh ushlasak, aqlga uning
adadini hisoblashni topshirgan bo'lamiz. Va u hisob bilan ovora bo'lib
bizga halaqit bermay turganda, qalbimiz sari yo'l olsak bo'ladi...

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #9 : 23 Oktyabr 2009, 17:11:46 »
                               :bsm:

                            Aql va Qalb(2).

Bular huddi bir davlatdagi ikki oppozitsion partiya kabidir.
Ya'ni boshqaruvni ba'zan Aql qo'lga olsa, ba'zida  esa Qalb
qo'lga oladi. Bu hokimiyat esa juda qisqa (ba'zan bir necha
soniyagina) vaqtda almashib turadi. Qalb har doim ayni
vaziyatga baho bersa, Aql teskarisi keyingi oqibatni ham
hisobga oladi. Masalan, rahbaringiz sizni juda qo'pol so'z
bilan haqorat qildi. Agar shunda sizdagi ichki hokimiyatga
Aql o'tirgan bo'lsa, Qalbingiz bundan qanchalar ezilsada,
unga javob variantlari taklif qilsada, hokim Aql bularning
hech biriga erk bermaydi, erta ishsiz qolish ehtimoling bor,
deb. Agar hokimiyatga Qalb o'tirgan vaziyat bo'lsa, Aql
sho'rlik ertangi kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammolar
ro'yhatini ilova qilsa ham, bo'lganicha-bo'lar, deb yo uni
qaytarib so'kasiz, yoki urasiz va hokazo. Ichki davlatimizda
doimo davlat to'ntarilishi bo'lib turar ekan. Shular chiqargan
hulosaga ko'ra amal qilar ekanmiz, unda har ikalovini ham
musulmon qilmasak, gunohkor bo'lish ehtimolimiz 50/50
bo'ladi. Bu esa ijobiy natija emas! Shuning uchun ham duo
qilishimiz kerakki, Aqlimga Qur'onni va Qalbimga Iymonni
jo qil, deya. Alloh Ta'olo barchamizning ushbu duoimizni
ijobat aylasin. Amiyn.
« So'nggi tahrir: 23 Oktyabr 2009, 17:17:07 muallifi Abu Muso »

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #10 : 05 Noyabr 2009, 18:58:49 »
 :as:

Bizda o'zbekchilikda yaxshi bir udum bor. Biror yangi xonadonga tashrif buyurding-mi?, albatta ko'rmanasi bilan bor. Sizning blogingizda oldin bo'lgan bo'lsamda ko'rmanasini bugun topdim. Avvalo qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo'lsin va ziyoda qilsin...

http://www.mefeedia.com/watch/23282274 "Nega islom ko'rinmaydi nasheed"

P.S: Umid qilaman ko'rmana yoqadi :)
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #11 : 05 Noyabr 2009, 20:17:10 »
 :as:
Ha, rahmat ko'rmana yoqdi ! :)

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #12 : 10 Dekabr 2009, 17:57:37 »

Aka, bunisi boshqa gap. Tashakkur. Yangicha qiyoslar kutib qolamiz...:)
Dil ba Yoru, dast ba kor.

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #13 : 01 Mart 2010, 17:43:16 »
:as:

        Rahbar va Chol (Yohud, Aql va Qalb 2 ga misol)

Bir kishi deylik, halqqa ijtimoiy yordam ko'rsatadigan qandaydir
davlat korhonasining rahbari. Uning honasiga keksa va yupun
kiyingan bir chol kirib keldi. "Uff, nima so'rab keldi ekan bu chol",
deya o'yladi u, chol tomonga hushlamaygina yuzini burishtirib
qarar ekan.(Qalb hokim). Chol unga kechagi shamol tomiiga
jiddiy zarar etqazganini va undan 20 dona shifer yordam qilishini
so'rab kelganini, aytdi. U hayolan bazada bor shiferlarni hisobladi,
hammasiga haridor topi qo'ygan! U achingan bir qiyofada cholga
yordam berish istagi juda yuqoriyu, lekin sirayam ilojisi yo'qligini
tushuntira ketdi. So'nggi so'zlarini aytgach, chol bilan hayrlashdi.
(Qalb hokimiyati davom etmoqda). Kutilmaganda chol, juda nozik
bir kishining familiyasini aytib, shu kishi uning jiyani ekanini va uni
bu erga o'sha kishi yuborganligini aytdi. (Hokimiyat to'ntarilishi
yuz berdi, endi hokim Aql!). U familiyasi tilga olingan kishini hafa
qilish oqibati nimalarga olib kelishini o'ylab ko'rdi... Cholga sekin
jilmayib, o'zimizdan ekansizku, shundan boshlamaysizmi deb,
cholga kreslodan joy ko'rsatdi va kotibasini mehmonga qahva
olib kelmagani uchun koyib berdi. Telefon trubkasini ko'tarib,
allakimga mashinaga 60 ta shifer yuklashni buyurdi va choldan
manzilini so'radi, o'zimiz olib borib beramiz, deya iljaydi...
Chol rahmat aytib, ketmoqchi bo'lganida, qo'ymadi qahva ishib
ketasiz, deb. (Aql hokimiyati davom etmoqda.) Qahva ham keldi,
ayni suhbat qizigan damda, telefon jiringlab qoldi. Yaqin kishilaridan
biri unga yuqorida nomi tilga olingan familiya sohibi mansabidan
ozod qilinganini habar qilayotgan ekan. U bir zum jim turib qoldi.
(Ichkarida inqilob! Qalb askar to'plab kelib yana hokimiyatni oldi).
Cholga ho'mrayib qarab, bu erda nima qilib turibsiz?, dedi. Sodda
chol, shifer yuklangan mashinani kutayotganini aytdi. U kurakka
turmaydigan so'z bilan cholni so'kib haydab yubordi va telefonda
yuklangan shiferlarni qayta tushirish haqida buyruq berdi. Asabi
taranglashib, stolga qattiq musht tushirqi. (Hokim hamon Qalb.)
Kutilmaganda telefon jiringlab qoldi, yaqin kishisi boya aytgan
habari noto'g'ri bo'lib chiqqanini, aytdi. (Inqilob! Aql hokimligini
qayta tiklab oldi.) Ko'chaga cholni qaytarish uchun halloslab chopib
chiqdi, lekin chol allaqachon ketib bo'lgan edi ...

Bu hangoma bo'lgan voqea emas, bir misol holos. Aslida ana shu
kabi hodisalardan iborat hayotimiz. Yuqoridagi voqea balki yarim
soat, balki 20 minutda bo'lib o'tishi mumkin-ku. Hokimiyat esa,
qo'ldan-qo'lga necha bor almashyapti. Bu ichki inqiloblarga bizdan
tashqari Alloh guvohdir! Zero:


Ey mo’’minlar, Alloh va uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot
beradigan narsaga (ya’ni haq dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul
qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning
qalbi o’rtasini egallab turur  va shubhasiz, sizlar uning huzuriga
to’planursizlar
.(Anfol 24)


Hulosa qilish esa, sizlardan...

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...
« Javob #14 : 01 Mart 2010, 18:07:34 »
oldin kirmagan ekanman bu joyga ...
mana xozir kirdim, postni o'qib ko'rdim, Alloh rozi bo'lsin
xuddi oldin xam o'qiganday yoki bigandek go'yo bu postlarni
rahmat aka, shu mavzudagi postlaringiz bardavom bo'lsin
:as:

 

Re: Qiyoslar, yoki shaxsiy xulosalar...

Muallif siddiqaBo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4110
So'nggi javob 16 Oktyabr 2010, 05:39:51
muallifi siddiqa
Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?

Muallif maknunaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 63
Ko'rilgan: 24481
So'nggi javob 27 Yanvar 2011, 14:30:40
muallifi Zuxurov
Horijda o'qishmi yoki Vatanda???

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 16
Ko'rilgan: 13027
So'nggi javob 10 Dekabr 2008, 02:48:31
muallifi ibnUyayna
Hollywood yoki Bollywood? Nega?

Muallif MuslimаBo'lim Kino olami

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 10672
So'nggi javob 16 Aprel 2009, 18:52:36
muallifi Usmon
Seen nick yoki diqqat, qidiruv!

Muallif ikbaljohnBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 1371
Ko'rilgan: 429474
So'nggi javob 15 Dekabr 2017, 09:02:24
muallifi NANO