Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?  ( 25635 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


maknuna  16 Iyul 2006, 06:06:49

Bonu:

Assalomu alaykum! Yoq man etmoqchi edimki bu narsa alohida bolimda ochilishi shart emas, lekin bu saytni tuzilsihiga ozgartirish kirgazish degani, yani har doim saytga kimlar kirayotgani, qaysi azo on-line yoki nechta guest borligi haqida pastda yozilib turadi-a? Osha joyni tagidan bugun qanaqa kunligi kimni bayramiligi yozilsa gap tomom vassalom! keyin agar nobodo kimnidir tugilgan kuni yoki shunga ohshash narsa bolsa unda keyin tabriklanadi tabriklar sahifasi ozi borku!

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:07:13

AbdulAziz:

Wa alaykum assalom Bonu!
Gaplaringizga qo`shilaman. Agar e'tibor qilgan bo`lsangiz, forumning birinchi sahifasida News paneli bor. Shu panelda forum haqida oxirgi yangiliklarni berib boraman. Shu yerga joylasak ham bo`ladi.
Lekin, baribir shunaqa mavzu ochish kerak, chunki newsdagi narsalar bir haftadan keyin eskiydi. Man o`chirib tashashim mumkin. Threaddagilar esa o`chmaydi. Ham Newsga ham Bugunga qo`ysak bo`ladi.

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:07:30

Margilamets:

Shu saytlarini ichida biron ma'nili chat ochsalaring bo`meydimi?

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:07:45

Gulhayot:

Institutimizga endigina Internet ulangan kezlari Chat.uz ga kirgandim.To'g'risi unaqa bema'ni yoki qo'pol suhbat bo'lmagan,ammo dugonalarimdan ayrim gaplarni eshinib dunyoda shunaqangi qo'pol-qo'rs,bema'ni gaplar borligini eshitdim.Shu-shu man chatga kirmayman,qolaversa vaqtimni oladi.Bu dunyoda har kashfiyot,yangilik insoniyat ehtiyoji uchun yaratiladi,afsuski ,hamma o'zining ehtiyojini qondirishga harakatqiladi.Har bir kashfiyotdan kimdir to'g'ri kimdir o'z bilganicha foydalanadi.Bunday olib qarasak chat yaxshi narsa do'stlar suhbatidan bahramand bo'lish,olisdagi do'stingizdan maslahat olish va boshqalar...Telefondan arzon menimcha. Yana bir qulayligi ish stolingda o'tirib o'z ishing bilan ham shug'ullansang bo'ladi.Ma'lum bir kunda soatda do'stlaringizga ma'lum nom ostida kirib bemalol davra suhbatini o'tkizishingiz mumkin.Uning qolgan salbiy tomonlarini biz o'zimiz keltirib chiqaramiz.
Bunda :) ham telefondagi singari odob bilan so'zlashish darkor!

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:07:57

AbdulAziz:

To`gri cahtning ham foydali jihatlari bor.
Lekin o`sha foydadan zarari ko`proq.
Agar siz o`z o`rtoqlaringiz bilan muloqotga kirishishni istasangiz, bunday xizmatlar, chatdan ko`ra qula bo`lgan dasturlar mavjud, masalan Yahoo! Messerger, MSN Messenger va hokazo.
Masalan, man aytishim mumkin, Chatga ko`pchilik (hamma ham emas) bekorchi vaqtini sarf qilish uchun va "yangi" do`stlar orttirish uchun kiradi. Orada kim bilandir gijillashadi, urushadi, qarabsizki, keyin boshlanadi, har xil gap so`zlar.
Yana kimdir, kimnidir asabini o`ynash uchun kiradi, kimdir bekorchilikdan, biron yaxshi suhbat bo`lganini o`zbek chatlarida ko`rmaganman.

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:08:34

jadid:

 8) O`zbekistonda tuzukroq chat yo`q, deb bemalol aytishimiz mumkin.

Hatto yoshlarimiz orasida chatlar mazza qilib so`kishadigan, bir-birini yerga uradigan makon sifatida tushunilishi odatiy holga aylanib qolgan. Bundan ikki yillar chamasi oldin, chatlarga kirar ekanmiz, vulgar, haqoratli so`zlardan foydalanidigan bo`lsak chiqarib yuborishini, chatdan admin chiqarib yuborishi mumkin ekanligini ogohlantirib qo`yar edi.

Ammo hozir o`sha chatlarning qoidalarini o`zlari buzishmoqda. Qaysidir gal og`aynilarim bilan netcafega kiribman. Bolalardan biri qizishib ketdi, qarasam haqoratli so`zlar bilan to`lib ketgan, keyin bir payt netcafe admini haligi do`stimning otini so`rab qoldi. Keyin birdan kelib so`kib turta boshaldi. Bungacha og`aynim uni (so`kishayotgani u ekanligini bilmagan)
rosa "bo`ktirgan" ekan.... Zo`rg`a ajratib olgan edik.

 :-[ Mana shunaqa ahvol. Bunaqa ko`ngilxiraliklarni nafaqat chatlarda, undan tashqarida ham kuzatish mumkin. Bu oddiy xalq tilida "ishkal" deyiladi. Bularning barchasiga vatandoshlarimizning ong saviyalari biroz pastligi bilan bog`liq bo`lsa ajab emas. O`zlarining qo`llaridan chatga kirvolib xotinchalishlik yoki erkaklashish keladi-yu, ammo birodarlar qilgan ishlarni ko`rib uning ustidan kuladilar, vaholanki, ana shuni qilishga ularda bilim ham, qunt ham sabr ham, yetmaydi.

;) Koreya masalasi.... Koreyada hozir hayot ancha iziga tushib olgan. shuning uchun do`stlashish, dardlashish kabi fazilatlar paydo bo`lgani tabiiy va quvonchli, bizda esa hammaning ko`nglida nimadir yetishmaydi, shundan bo`lsa kerak nima qilarini bilmay, chatda shunda ahmoqgarchilik qilsalar kerak

:) Olloh nasib qilsa biz ham Koreya yetishgan kunlarga yetib olarmiz

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:09:10

Iqtibos
Ammo hozir o`sha chatlarning qoidalarini o`zlari buzishmoqda. Qaysidir gal og`aynilarim bilan netcafega kiribman. Bolalardan biri qizishib ketdi, qarasam haqoratli so`zlar bilan to`lib ketgan, keyin bir payt netcafe admini haligi do`stimning otini so`rab qoldi. Keyin birdan kelib so`kib turta boshaldi. Bungacha og`aynim uni (so`kishayotgani u ekanligini bilmagan)
rosa "bo`ktirgan" ekan.... Zo`rg`a ajratib olgan edik.

Bunday holat ko'p uchrab turadi. Bir kuni men ham internetcafeda o'tirgan edim. Bir payt birqancha bolallar u yerga bostirib kirib adminning yoqasidan olishdi va tashqariga olib chiqib ketishdi. Keyin bilsam, ulayam chatda rosa bir-birlarini haqorat qilishgan ekan...

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:09:37

Shamshir:

Man avval mailni chatiga kirganmanda shunda bir kishi bilan tanishganman faqat u manga savollar bergan togrisini aytganman, shungami u manga ishonib qoldi.U odam Hozir KOreyada. Oilasini ham taniyman, telefon qilib turaman.Shunda chatga chiqardim faqat pravatda shu kishi bilan gaplashardik. Hozir umuman chatga chiqmayman, boshqalarga ham maslahat bermayman.Chat hatto islomiy chatlar ham meni joyim emas ekan.Hozir olloh shohid 90 foiz kishi internetda chatda otiribdi,nima ahvol bu shundan niam topisharkin......

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 06:09:54

Feruza:

Men umuman chatga kirmagandim. internetni faqat xat yozish va darsim uchun kerakli u bu narsani izlashga ishlatardim, xolos. lekin bir kuni kirib ko'rdim. manga umuman yoqmadi. shundan beri qayta kirmaslikka qaror qildim, unless birorta do'stim bilan aniq kelishib kirmagunimcha! Vaqtimni bekorga ketkazgancha birorta bir maqola topib o'qiganim ming marta afzal!

Qayd etilgan


islimakhanim  22 Fevral 2007, 16:37:44

alamimdan yozypman _uzur...
   Assalamu alaykum!
Hmmm, Siz ajoyib chiqib qoldizu??? Bu nima deganiz alamizni nega bu yerdagilani asabini buzish bilan olyapsiz? boshqa usulini topolmadizmi, Nadir bey? Sizga bitta zo'r maslahat, kimdandir alamiz bo'lsa, avval o'zizni yaxshilab kontrol qiling, boshqalani alamiga sabab bolib qolmaslik uchun! Yana shuniyam hisobga olib qoyingki, siz bir kishisiz, forumdagila esa kopchilik! Agar shuncha odamni jahlini chiqarsez, unda, qolganini o'ziz tasavvur qilib olavering. Sizni kimdandir alamiz bor degani, forumga kirib istagan gapizni yozib tashlayverishiz mumkin degani emas, tushunarlimi? Lutfen, anovi postlarizni o'chirib, o'zizni hulqizni tuzatib oling! Bo'lmasa, birinchilardan bo'lib Sizni bann qilinishizni iltimos qilaman!
   

Qayd etilgan