Chatga kirasizmi? U zararmi yoki foyda?  ( 37866 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


maknuna  16 Iyul 2006, 05:41:42

Assalomu alaykum!

Chat haqida fikringiz qanday?
Uning qaysi tomoni foyda-yu, qaysi tarafi zarar?
Hozirgi yoshlarning chatga munosabati qanday?

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:42:38

Otabek:

Men odatda koreyscha chatga kiraman. Koreyslar chatda muloqot qilish koreys tilini yaxshi o'zlashtirishingizda yordam beradi... Qolaversa, koreys chatlarida bemaza suhbatlar bo'lmaydi...

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:42:52

Kumushbibi:

Qizlarni chatga kirishini maslahat bermagan bo'lar edim.
Bu meni shaxsiy fikrim.
   

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:44:31

AbdulAziz:

O`zbekcha chatlar bemazami?
To`grisi man chatga kirmaganimga 3 yillar bo`ldi-yov.
O`zbekcha chatlar haqida qanday fikrdasizlar?

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:46:47

Otabek;

 Chatlarning ko'pchiligida bemaza suhbatlar bo'ladi. Bu mani shaxsiy fikrim. Bemaza suhbatlarga ko'p guvoh bo'lganman. Bundan tashqari niklarga ham e'tibor bering: odamni jahlini chiqazadigan niklar ko'p. Xatto yozishga or qiladigan niklar ham bor...
Yana bir gap: o'g'il bolalarning qizlarga xos nikni tanlab, masxaragarchilik qilishi...Yoki aksincha, qizlarning o'g'il bolacha nikdan foydalanishi...Bunaqa xolatlar ko'p...
Koreyada chatda suhbatlashish bunaqa bir-birini masxaralash emas, o'ziga xos dardlashish, do'stlashish vositasidir... Bu mani shaxsiy fikrim, xolos...

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:48:29

Komron:

Man narod.uz ga kiraman... Yaxshi chat...
Chatlarning bemaza ekanligi haqidagi gaplaga qo'shilmiyman. Bizani chatladayam ma'noli gapla bo'ladi..

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:51:22

AbdulAziz:

Iqtibos
Chatlarning ko'pchiligida bemaza suhbatlar bo'ladi. Bu mani shaxsiy fikrim.

Maniyam fikrlarim siznikiga o`xshash. man kirib ko`rgan chatlarning deyarli hammasi bema'ni. Hatto Islamiy ba'zi chatlarga ham ayrim g`oyasi buzuq kishilar kirib olishadi-da, kayfiyatni bulg`ashadi. Shuning uchun ham, mana bir yilki, chatga kirganim yo`q. ???

Iqtibos
Bemaza suhbatlarga ko'p guvoh bo'lganman. Bundan tashqari niklarga ham e'tibor bering: od**ni jahlini chiqazadigan niklar ko'p. Xatto yozishga or qiladigan niklar ham bor...

Gaplarizga yuz foiz qo`shilaman. Aynan o`zbek "milliy" chatlarida (ayniqsa, Oloy, Narod, Choyxona) ham shu holat borki, adminlar nimaga qarayapti hayronman. Yigitlar o`zlarining odam aytsa uyaladigan qismlarini aynan nik qilib olishsa, qizlar esa bunga ehtirosiy tarafdan yondashishadi. (Asalqiz, shakarqiz, s..qiz va h.) ???

Iqtibos
Yana bir gap: o'g'il bolalarning qizlarga xos nikni tanlab, masxaragarchilik qilishi...Yoki aksincha, qizlarning o'g'il bolacha nikdan foydalanishi...Bunaqa xolatlar ko'p...

Bu holatni nima deb baholash mumkin. Kechirasizlaru o`z jinsini o`z haddidini bilmaydiganlarni xotinchalik va ... deydilar. Bunday bema'nilarning makoniga aylangan cahtlarda o`tirishni o`zi or. Kecha bir o`rtog`im aytib qoldi. Chatda endi odamlar o`ziga "xushtor" izlayapti ekan. "Klient" topyaptikan. "Klient" izlovchilar orasida axloqi buzuq, o`z jinsiga moillar ham bor ekan. Bu gaplar hali o`zbek chatlari haqida ketyapti. ???

Iqtibos
Koreyada chatda suhbatlashish bunaqa bir-birini masxaralash emas, o'ziga xos dardlashish, do'stlashish vositasidir... Bu mani shaxsiy fikrim, xolos...

Demak koreyslar chatni ham o`zlarining yaxshi manfaatlariga bo`ysundirishgan ekan. Demak, ularni cahtlari "bardak" emas ekan. Chat qayerniki bo`lmasin, unda madaniyat elementlari saqlansa, u go`zal bo`laveradi. Bu borada koreys birodarlarimizga havas qilsak arzir ekan.

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:52:09

AbdulAziz:

Iqtibos
Man narod.uz ga kiraman... Yaxshi chat...

Nimasi yaxshi? Bir-birini jahlini chiqarishi, so`kinib o`tirishimi?
Sizga savol: Chatga nima uchun kirasiz? ???

Ho`p, qaysi chatni ma'noli deya olasiz? Silani chatlarda qanday ma'nili suhbatlar bo`ladi?

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:52:36

Komron:

narod.uzda har kuni o'tiraman... Hali biror nojo'ya suhabtga guvoh bo'lmadim...

Qayd etilgan


maknuna  16 Iyul 2006, 05:52:46

Komronbek, manam o`sha siz aytgan chatga kirganman. Lekin bema'niligidan, bir-birini ochiq-oydin so`kishidan uyalib qaytib kirmiy qo`yganman.

manimcha chatda ham azgina emas, ko`pgina filt qo`yish kere. Chunki, odammi oshkora haqoratlash, so`kish, na madaniyatga to`ri keladi, na etikaga. Bu narsa siz etvotgan narod.uzdayam bor.

Qayd etilgan