Umumiy bo'lim > Umumiy

Birinchi marta yoki birinchi....

(1/132) > >>

Ansora:
Assalomu-alaykum azizlar. Bugun googledan bir ma'lumot qidirar ekanman, birinchi marta google, degan narsa haqida eshitgan kunim esimga tushib ketdi. U paytlar "Hamza" metrosida joylashgan "Metro" supermarketida ishlardim. Magazin ichidagi mollarning ko'pi Turkiyadan kelgani uchun, ko'pchilik mendan "bu nima" deb so'rardi. Men ham bilganlarimi tarjima qilardim, bilmaganlarimni esa Abu Bakr akamiz bor edi, shu kishindan so'rar edim. Asosan shifobahsh dorivorlar mavzusida uncha ma'lumotga ega bo'lmaganim uchun, rosa qiynalganman. Abu Bakr aka, "To'hta, men senga magazindagi hamma ziravorlarni rasmlari bilan chiqarib beraman", dedilar va oradan yarim soat o'tmasdan qo'llarida rangli rasmlar bilan keldilar. Men rosa hayron bo'ldim, "qayerdan oldingiz aka", dedim. U kishi xazillashib, "Turkiyadan so'ragandim, jo'natishdi 30 daqiqada", deb kulgandilar...
Google bilan birincha marta shunday tanishganmiz...

Sizlar ham hayotingizdagi "birinchilarni" birinchi sinf, birinchi o'qituvchi, birinchi marta osh qilganingiz, birinchi she'ringiz, maqolangiz...hullas inson bolasining hayoti davomida duch keladigan (birinchi) turfa hil voqealar haqida bu mavzuda yozishingiz mumkin....
Moziyni eslash inson hofizasini kuchlantirar ekan....


Ulugbek75:
Men bu forumda, rasman foydalanuvchi sifatda, BUGUN (2009-10-23) birinchi postimni qoldirdim.

Oson qutuldima-a?
:)

Ansora:
Birinchi o'qituvchimni elas-elas eslayman. 40-45 yoshlarda ayol edilar. Mehnat darsimiz esimdan hech chiqmaydi. Shu kuni darsda bo'ri va qo'zichoqlarni yasagandik : )

Ansora:
Menga 1chi rahmatni Guli aytgan edilar  : )

Hadija:
Opa, Hamza metrosi dganizga yodimga tushib ketdi :)...
Ota-onamga isbotlamoqchi bo'lib, ish qidirganimda Birinchi marta uyimizga yaqin deb Hamzadagi metro marketga ish so'rab borgandim, qarasam menenjer bo'lib Biologiya fanidan bizga dars bergan Iroda opa o'tiribdila :)) Rosa kulgandim...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version